Bularni bilarmidingiz???  ( 184888 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 36 B


Ansora  01 Oktyabr 2009, 13:56:51

2002 yilda Dunyo Futbol Chempionatida Janubiy Koreyaga qarshi o'ynagan Turkiya Milliy komandasi o'yinchisi Hakan Shukur DUNYONİNG ENG VAQTLİ URİLGAN GOLİni 10. 8 soniyada otib, Rekordlar kitobiga kirgan....

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Oktyabr 2009, 10:53:55

O'zingga sano, ilmingga tasanno!

Burgut deb atalmish yirtqich qushning juda yaxshi ko'ra oladigan koz'lari bor.Shuning uchun o'ljasiga hamla qilganida masofani to'g'ri chamalaydi.Binobarin, ko'zida 1mln.dan ortiq ko'rish hujayralari mavjud bo'lganligi sababli,bir necha metr balandlikdan yer yuzining har bir qarichini aniqlay oladi. Kuchli qiruvchi samalyotlarning minglab metr yuqoridan nishonni mo'ljalga to'g'ri olgani kabi, burgutlar ham yer yuzasidagi ranglarning eng kichik farqigacha ajratib, o'ljalarini poylaydi. Burgutning ko'zi bir vaqtning o'zida 300gradus masofani qamrab, istagan tasvirini 6-8martagacha kattalashtira oladi.
4500 metr balandlikda ucharkan, burgutning koz'alri 30ming gektarlik hududni qamraydi.
1500 metr balandlikda turib, o'tlar orasida yashirinib yotgan quyonni ko'ra oladi.
Bu Buyuk Musavvirning beqiyos asarlaridan bir tomchisidir!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Oktyabr 2009, 05:00:52

Yoshligimda ko'pincha snejinka - qor parchasi ni yasashni yaxshi ko'rardim.
Rosti o'zimcha fantaziya qilib turli-hil snejinkalar yasardimu, uzog'i 10 ta chiqarardim.  :D

Sal katta bo'lib Allohning naqadar BUYUK MUSAVVIR ekaniga mana shu qor parchasining bir biriga o'xshashi yo'q ekanligini bilib yana bir bor amin bo'ldim!

O'ylab ko'rin a? Qishda osmondan go'zal bo'lib yog'ayotgan bu qor parchalari umuman bir-biriga o'xshamasakan...











Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 11:04:52

Mahdiya, yuqoridagi ma'mumotga qoshimcha qilgan qolda, osmondan tushgan qor parchalari hech qachon bir-biri bilan urilmas, birikmas ekan. Agar birikkanda insonlar uchun katta tahlika bo'lar ekan.
Rabbimiz qanchalar shafqatli,Alhamdulillah....

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:43:17

Qushlarning patlari elektro-energiyasi o'tkazmagani uchun qushlarda chaqmoq chaqqanida yashin urishi, degan tahlika yo'q ekan....

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:45:24

Fillarning quloqlarining kattaligi ularning eshitish qobiliyatlari uchun emas, tanalariga "shamol estirish" uchun lozim bo'larkan:)

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:47:05

Pengvinlar faqatgina yurishga boshlaganlarida va to'htashda kuch sarf etar ekanlar, shuning uchun hech charchamay kilometrlab yurishlari mumkin ekan:)

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:49:37

Chivinlarning yoygan kasalliklaridan o'lgan insonlarning soni, kunimizga qadar bo'lgan urushlarda o'lgan insonlarning sonidan juda ham ko'p ekan...

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:51:09

Akulalar tug'ilganlaridan o'lgunlaricha to'htamay suzishlari kerak ekan,agar to'htab qolsalar, cho'kib ketishar ekan-da:)

Qayd etilgan


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:54:27

Fillar o'lgandan keyin ham 4 oyoqda tikka qolaverishlari mumkin ekan...

Qayd etilgan