Kuniga besh mahal namoz o'qigan musulmonning jismi tobora quvvat oladi. U namoz o'qish bilan birga, qon aylanishi va mushaklar mashg;ulotini ham bajardi. Bu xususiyat farz hisoblangan namoz harakatlarini diqqat bilan tadqiq qilinganda ma'lum bo'ldi.
Ushbu tadqiqot Vena suyak kasalliklari shifoxonasi bosh vrachi prof. Xans Tilsher boshchiligida o'tkazildi.
Ma'lum bo'lishicha, namozdagi harakatlar insonda ma'naviy yuksalish bilan birga, jismoniy dinamizm, ya'ni harakatchan o'sishni ham ta'minlaydi. Va bu ilohiy ibodatning qiymatini yanada oshiradi. Namozdagi harakatlarning a'zolarga ta'siri esa, odam anatomiyasi bilan shug'ullanadigan olimlarni hayratga solmoqda.
Namozni tahlil qilinganda ko'rinadiki, favqulodda egiluvchanlik namoyon bo'ladi. Bunda harakat va harakatsizlik ajib bir qoida asosida o'zgaradi.
1-holat: Oyoqlardan boshlanadi. Qo'llar yuqori ko'tariladi va bosh barmoqlar quloqning yumshoq yeriga tekkiziladi. Shu sababdan tana mushaklari yengilgina tortiladi. Ushbu harakat nafas olishni yengillashtiradi.
2-holat.Qo'llar qorin ustiga bog'lanadi;O'ng qo'l chap qo'l ustida turadi. Doktor Tilsherning aytishicha, ushbu harakat davomida bosh barmoq eng muhimakupunktur nuqtalar hisoblangan yo'g'on ichaklarga tegadi. Qo'llarning qorin ustiga qo'yilishi ensa (bo'yin orqasi) va yelka mushaklariga tushadigan yukni yengillashtiradi.
3-holat. Ruku': Mutaxassislarning fikricha, qo'llar tarang holda tizza ko'ziga tayanganda chuqur nafas chqarish jarayoni kechadi. Ko'krak qafasi mushaklari tortilib, qisqa muddatga kengayadi.
4-holat. Ruku'dan qaytish: Namoz o'qiyotgan kishi ruku'dan turayotib qo'llarini yonga tashlaganda butun tana mushaklari yumhab, muvozanatni tiklaydi.
5-holat. Sajda: Bu paytda kurak suyaklari va ensa mushaklari harakatga keladi. Ayni paytda mushaklar bilan birgalikda barcha paylar tetiklashadi.
Birinchi holatdagi yelka harakatlari va undan keyingi harakatlarda biqin, tizza, yelka, tirsaklar va to'piqlar faol ishtirok etadi. Bo'yin va unurtqa pog'onasi bir kunda besh mahal namoz o'qilganda, shu tariqa zanglab qolishdan saqlanadi.
Natija: Namoz ortopedik nuqtai nazardan qaralganda, barcha harakat va holatlari bilan bo'yin, umurtqa pog'onasi, biqin va bo'g'imlarga koni foyda ekanligi tasdiqlandi.
"MUSULMONNING NAMOZI TEZ ORADA VRACHLARNING RETSEPTLARI ORASIDAN JOY OLADI".
Bernard Shou.
"Irfon" taqvimidan olindi.