Bularni bilarmidingiz???  ( 184776 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 36 B


Ansora  18 Oktyabr 2009, 14:57:52

Ola qarg'a "yuvingani" suv topa olmaganida chumoli inining ustiga borib o'tirarkan. Chumolilar, "kutilmagan mehmonni" ustiga achqimtir moddalarini purkar ekanlar.
Bu modda esa ola qarg'ani patini yuvib, orasidagi parazitlarni o'ldirar ekan...

Bunday voqealarni eshitganimizda Rabbimizning dunyodagi butun jonlilarni muntazam qonun ichida yaratganiga yana bir bor shohidlik keltiramiz va O'ziga shuklrar aytamiz.

Qayd etilgan


Ansora  15 Noyabr 2009, 14:52:32

Piyola- so'zi Eski Yunonchadan Turkiy tilga-undan esa Fors tiliga o'tgan ekan....

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Noyabr 2009, 19:27:24

Kuniga besh mahal namoz o'qigan musulmonning jismi tobora quvvat oladi. U namoz o'qish bilan birga, qon aylanishi va mushaklar mashg;ulotini ham bajardi. Bu xususiyat farz hisoblangan namoz harakatlarini diqqat bilan tadqiq qilinganda ma'lum bo'ldi.
Ushbu tadqiqot Vena suyak kasalliklari shifoxonasi bosh vrachi prof. Xans Tilsher boshchiligida o'tkazildi.
Ma'lum bo'lishicha, namozdagi harakatlar insonda ma'naviy yuksalish bilan birga, jismoniy dinamizm, ya'ni harakatchan o'sishni ham ta'minlaydi. Va bu ilohiy ibodatning qiymatini yanada oshiradi. Namozdagi harakatlarning a'zolarga ta'siri esa, odam anatomiyasi bilan shug'ullanadigan olimlarni hayratga solmoqda.
Namozni tahlil qilinganda ko'rinadiki, favqulodda egiluvchanlik namoyon bo'ladi. Bunda harakat va harakatsizlik ajib bir qoida asosida o'zgaradi.

1-holat: Oyoqlardan boshlanadi. Qo'llar yuqori ko'tariladi va bosh barmoqlar quloqning yumshoq yeriga tekkiziladi. Shu sababdan tana mushaklari yengilgina tortiladi. Ushbu harakat nafas olishni yengillashtiradi.

2-holat.Qo'llar qorin ustiga bog'lanadi;O'ng qo'l chap qo'l ustida turadi. Doktor Tilsherning aytishicha, ushbu harakat davomida bosh barmoq eng muhimakupunktur nuqtalar hisoblangan yo'g'on ichaklarga tegadi. Qo'llarning qorin ustiga qo'yilishi ensa (bo'yin orqasi) va yelka mushaklariga tushadigan yukni yengillashtiradi.

3-holat. Ruku': Mutaxassislarning fikricha, qo'llar tarang holda tizza ko'ziga tayanganda chuqur nafas chqarish jarayoni kechadi. Ko'krak qafasi mushaklari tortilib, qisqa muddatga kengayadi.

4-holat. Ruku'dan qaytish: Namoz o'qiyotgan kishi ruku'dan turayotib qo'llarini yonga tashlaganda butun tana mushaklari yumhab, muvozanatni tiklaydi.

5-holat. Sajda: Bu paytda kurak suyaklari va ensa mushaklari harakatga keladi. Ayni paytda mushaklar bilan birgalikda barcha paylar tetiklashadi.

Birinchi holatdagi yelka harakatlari va undan keyingi harakatlarda biqin, tizza, yelka, tirsaklar va to'piqlar faol ishtirok etadi. Bo'yin va unurtqa pog'onasi bir kunda besh mahal namoz o'qilganda, shu tariqa zanglab qolishdan saqlanadi.
Natija: Namoz ortopedik nuqtai nazardan qaralganda, barcha harakat va holatlari bilan bo'yin, umurtqa pog'onasi, biqin va bo'g'imlarga koni foyda ekanligi tasdiqlandi.

"MUSULMONNING NAMOZI TEZ ORADA VRACHLARNING RETSEPTLARI ORASIDAN JOY OLADI".
Bernard Shou.

"Irfon" taqvimidan olindi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Dekabr 2009, 07:27:43


Qayd etilgan


Abu Muso  03 Dekabr 2009, 07:41:12

 :as:
Menimcha, bunisi ma'qulroq...

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Dekabr 2009, 07:52:39

:as:
Menimcha, bunisi ma'qulroq...


AHA TO'G'RI UZR.
KO'PINCHA ALLOH KALIMASIDAGI ALIFNI SHUNAQA YOZUVLARDA YOZISHMAYDIDA SHUNGA MAN HAM...  :)



Qayd etilgan


leonardo1024  03 Dekabr 2009, 07:55:21

Odamlarga hayron qolaman-de, Hamma narsadan ALLOH lafzini izlaydi...

Bir paytlar do'konga borsam bitta g'adir-budur tuxum kelgan ekan. Atrofi to'la odam, Borib qarasam. Bitta chalasavodi o'zicha chiziqlarni birlashtirib ALLOH so'zini "Kashf qilibdi"...

Bir paytlar Qo'ylardan izlashgan edi bunaqa yozuvlarni...

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Dekabr 2009, 08:02:32

Odamlarga hayron qolaman-de, Hamma narsadan ALLOH lafzini izlaydi...

Bir paytlar do'konga borsam bitta g'adir-budur tuxum kelgan ekan. Atrofi to'la odam, Borib qarasam. Bitta chalasavodi o'zicha chiziqlarni birlashtirib ALLOH so'zini "Kashf qilibdi"...

Bir paytlar Qo'ylardan izlashgan edi bunaqa yozuvlarni...

Nima qipti Alloh lafzini izlashi.
Aslida biz izlamasak ham hamma yerda Alloh lafzi bor!!!

Bu bayroqdagini esa man to'qib yo izlab qo'ymadim, balki shunaqa etishgan!

Qayd etilgan


leonardo1024  03 Dekabr 2009, 08:12:46

Agar istasangiz, istalgan bitta daraxtni tanlab shoxlaridan ALLOH lafzini "kashf qilaman"...
*** *** ***
Bunaqa ishlar bilan band bo'lish quruq vaqtni zoe ketgazish... muhimi, ALLOH lafzi QALBda bo'lsin

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Dekabr 2009, 08:18:45

Agar istasangiz, istalgan bitta daraxtni tanlab shoxlaridan ALLOH lafzini "kashf qilaman"...
*** *** ***
Bunaqa ishlar bilan band bo'lish quruq vaqtni zoe ketgazish... muhimi, ALLOH lafzi QALBda bo'lsin

Tog'ri aytasiz!
Qalbda bo'lsin eng avvalo.

Siz zoye ketkazmang bo'ldi, maslahatiz uchun RAHMAT

Qayd etilgan