Bularni bilarmidingiz???  ( 185083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 36 B


AbdulAzim  06 Sentyabr 2010, 21:04:51

*Turklarda Mo'ylov qo'yish erkaklik g'urui belgisi ekan*
Bu odadat hammada bo'lish kere, Bu sunnat-ku?
Arablarda bitta gap bor, 40-30 yoshdagi erkelar soqol qo'ymasa bigin-ki, Musulmon mas.


 :as:

Payg'ambarimiz s.a.v mo'ylovni qisqartirish, soqolni qo'yishni fitrat sunnatlaridan, degan ekanlar.

Qayd etilgan


AL_laziz87  12 Sentyabr 2010, 13:39:15

Avstriyadagi dorixonalardan nafaqat vitamin yoki antibiotiklargina emas , balki sovuqda dudlangan alp lasosini xam topish mumkun ekan. Ush bu baliq juda xam foydali bo'lib, unda katta miqdorda to'yinmagan yog' kislatalari mavjud bo'lib, ular xolesterin miqdorini me'yorda ushlab turar ekan.

Qayd etilgan


yoqutxon  14 Sentyabr 2010, 15:57:38

 Assalam. Bu voqeani faqat mo'jiza deb atash mumkin menimcha! Shu yilning 5- avgustida Chilining Kompyano shahridan 60km uzoqlikda joylashgan " San Esteban" oltin mis konida tog' ko'chkisi yuz berdi. Yer osti qazish ishlarida 700 m chuqurlikda 33 nafar konchi ishlayotgan edi. Konga kirish qismini tuproq ko'mib ketgan konchilar bilan aloqa umuman uzilib qolgan. Kunlar o'tib borar, qarindoshlari konchilarning tirik ekanligidan ko'ngil uzib bo'lgan paytta bir habar chaqindek tarqaldi: Deyarli bir oydan buyon qo'lli qo'liga tegmay ishlayotga qutqaruvchilar konchilar turgan joyga tuynuk ochishgan. Qazuv uskunasini qaytib tortib olishganda uning uchiga yopishtirilgan qog'ozni topib olishdi. "Bu yerda 33 kishi bor. Biz tirikmiz" deb yozilgandi qog'ozda qizil ruchka bilan.Bu hatni televideniya orqali ommaga shahsan mamlakat prizidenti Sebastyan Penera :
-Bugun butun mamlakat quvonchdan ko'z yosh to'kmoqda- deb namoyish qildi.
Lekin konchilarni u yerdan hali olib chiqishgani yo'q. Yaqin orada ham bu ish bo'lmaydiganga o'xshaydi. Chunki konga kirish joyini 100ming tonnalik tog' jinsi bosib qolgan .
Qazib olish tuynigi esa juda tor. Undan hozircha kislorod balonlari, oziq-ovqat, suv va kerakli narsalar uzatilib turilibdi.Bu tuynikni 66smga kattartirilgandagina odam sig'ishi mumkin. Biroq bu yerda tog' jinslari juda zich joylashgan  arzimas ehtiyotsizlik oqibatida yangi o'pirilish yuz berishi mumkin.Shuning uchun qazish ishlari o'ta ehtiyotkorlik bilan sekin olib borilmoqda. Muhandisslarning aytishicha bunga 120 kun vaqt ketadi. Nima ham qila olardik konchilarga sabr toqat tilashdan boshqa ilojimiz yo'q. Lekin ular ham vaqtlarini bekorga ketkazishmayotganga o'hshaydi. Bir konchi yuqoriga o'z muxbubasiga atalgan xat yubordi unda " Iltimos ibodatda davom et. Bu yerdan chiqib olishimizni so'rab duo qil. Biz to'y libosi sotib olamiz va oila quramiz " deyildandi.Bo'lg'usi kelin xatni o'qib, shodlikdan hushini yo'qotgan. Ana shunaqa gaplar.
P/s: Qirq yil qirg'inda ham  ajali yetgan o'ladi deganlari shu bo'lsa kerakda


Qayd etilgan


BelleQizcha  15 Sentyabr 2010, 07:01:49

bir narsani eshitib ogzim ochilib qobti .. aytishlariga qaragnda hitoylikla yaniy chin-chinla// bollarni opishmasakan.. jalkaa-ku

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2010, 13:26:30

Yaponiyada yoshi 100dan oshgan insonlar soni 44 mingdan oshibdi...

Qayd etilgan


yoqutxon  16 Sentyabr 2010, 23:00:27

Odam ko'zini yiliga 10 million martagacha pirpiratadi.

Qayd etilgan


yoqutxon  19 Sentyabr 2010, 15:06:34

Assalom aleykum.
Bu voqeani o'qib jahl chiqsa , aql ketishiga yana bir bor amin bo'ldim.
Britaniyaning Safflok grafligida yashovchi Ostin Kettl o'z ismini Thomas Cook turfirmasidan qasos olish uchun o'zgartirdi. Endi uning ismi "Men Thomas Cook turfirmasi va uning bizness hamkori Big Shotdan nafratlanaman"  bo'ldi.Qizning bunday qarorga kelishiga sabab  Thomas Cook firmasi Missis Ostin Kettl  firmaga berilgan ayrim hujjatlardagi malumotlarga o'zgartirish kiritishni so'raganidan so'ng  undan jarima to'lovini undirganligi bo'ldi. Miss Kettl yaqinda turmushga chiqqan bo'lib erining familiyasiga o'tgan ekan. Qiz turfirmadan malumotnomadagi familiyani o'zgartirishlarini so'ragan ekan.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 04:12:42

Eng ko'p  hadis rivoyat qilgan sahobalar muksirun  deb ataladi.Bu sahobalarning nomlari va ular rivoyat qilgan hadislar soni quyodagicha:
1- Abu Hurayra( r.a)-5374ta
2-Oisha onamiz- 2210ta
3- Abdulloh ibn Umar( r.a)-2630ta
4- Anas ibn Molik( r.a)-2286ta
5- Abdulloh ibn Abbos(r.a)-1660ta
6- Jobir ibn Abdulloh(r.a)-1540ta
7- Abu Said al-Hudriy(r.a)-1170ta

( Irfon taqvimi 2010dan)




Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Oktyabr 2010, 02:00:11

Brazilyada, ayol kishini o'ldirgani uchun 3 yil qamoq jazosi, bir dona mol o
ldirgani uchun esa 20 yil qamoq jazosi, bor.

Qayd etilgan


Shukrona  02 Oktyabr 2010, 08:49:24

Assalomu alaykum.
Miya hujayralari tiklanmaydi.Yosh ulg'ayishi,jaroxatlar,chekish,ichish miya to'qimalarining buzilishiga,uning hujayralari nobut bo'lishiga olib keladi.Agar miya to'qimalari butunlay yangilanib turganida edi,biz nobut bo'lgan hujayralar b-n birga atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarimizdan,xotiralarimizdan ayrilgan bo'lardik.Subhanollohi va bihamdihi.(Darakchi gazetasidan olindi)

Qayd etilgan