Forum ishtirokchilari: o'zingizni taniting  ( 231210 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 34 B


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 05:22:48

Assalomu alykum!
1. Dilnoza, NOZA
2. 1986 yil 25 oktyabr.
3. Toshkentning Mirzo Ulugbek tumanidanman.
4. [email protected]
5. hozircha yoq.
6. Mirzo Ulugbek nomidagi informatika kasb-hunar kollejida tahsil olaman. Shu yili hudo hohlasa oliy o'quv yurtiga kirish niyatim bor. "GIDROINGEO" institutida ishliman.
7. Kompyuterga juda qiziqaman. Bosh qotiradigan jumboqlarni echishni yoqtiraman.
Hayotda qiziquvchan insonman. Hamma narsaga qiziqaman. Ayniqsa do'stlarim bilan birga sayr qilishga, net. dan ular bilan gaplashishga qiziqaman.

Qayd etilgan


mubashshir  26 Iyun 2006, 18:14:59

Assalomu alaykum!
Bu mavzuda forum ishtirokchilarining do`stliklarini mustahkamlash maqsadida, hamma o`zi haqida ma'lumotlarni qoldirsalar yaxshi bo`lardi.

Foydalanuvchilar! Quyidagi savollar javob berib shularni kiriting:
1. Ismi sharifingiz.
2. Yoshingiz? Qachon tug`ilgansiz? Tug`ilgan oy yil, kuningiz.
3. Qayerdansiz? Ayni paytda qayerdasiz?
4. E-mailingiz.
5. Web-sahifangiz.
6. Qayerda o`qiysiz? Qayerda ishlaysiz?
7. Nimalarga qiziqasiz? O`zingiz haqingizda...
8. Agar lozim topsangiz fotoingizni joylang.
9. Uylanganmisiz/turmushga chiqqanmisiz?
10. Oilangiz haqida

Arxiv

1.Mubashshir Pazil Muhammad o'g'li.
2.16da desam  bo'ladi.1990/12/12. 
3.Namangandan. Hozirda Toshkenti azimda.
[email protected]
5.Yo'q,afsuski.
6.Maktabda.
7.Arab tiliga,Islomga taaluqqli hamma narsaga. Keyin mashina desa o'zimni tomdan tashlayman.
8.Lozim topmadim.
9. Hali anchaaa bor.
10.Oilamiz besh kishilik oila:Adam, ayam, men va ikki singlim.

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:08:14

Shoir
1. Mahmudjon Fozilov
2. 22 da, 15 iyul, 1984 yilda tug'ilganman.
3. Andijonning Marhamat tumanidan. Hozir Andijon shahridaman.
4. [email protected]
5. inshaalloh, bo'lib qoladi.
6. Shu yil bakalavrni tugatdim. Magistrga harakat qilayapman.
7. Adabiyot jonu dilim. Internetda yangi badiiy asarlar qidirishni yoqtiraman.
8. ....
9. Yo'q.
10. 7 kishimiz: onam, otam, men va aka-ukalarim.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:12:16

1. Abdusalom Akbarov
2. 24,    12/21/1981
3. Toshkent shahri, Shayhontohur tumani.
4. [email protected]
5. hozircha yo'q.
6. UzMUni bitirganman. Hozirda o'zbek-turk firmasida ishlayman.
7. Adabiyotga qiziqaman. Qiziqarli jrnallarni o'qib boraman. Islom hayoti yangiliklari bilan tanishishni xush ko'raman.
8. __
9. Hali yo'q. Nasib qilsa.
10. 7 kishi: adam, oyim, man va singil va ukalarim

Qayd etilgan


_Otabek_  30 Iyun 2006, 10:36:44

1. Ismi sharifingiz.
Otabek G`ulomov

2. Yoshingiz? Qachon tug`ilgansiz? Tug`ilgan oy yil, kuningiz.
25 da. 1981 yil 30 aprel, payshanba kuni yorug' olam yuzini ko'rgan ekanmiz...

3. Qayerdansiz? Ayni paytda qayerdasiz?
Termiz shahrida tugilganman va hali-hanuz shundaman.

4. E-mailingiz.
[email protected]

5. Web-sahifangiz.
Bir qancha turli mavzulardagi saytlar bor, ammo o'zim haqimda tuzmaganman.

6. Qayerda o`qiysiz? Qayerda ishlaysiz?
TerDU ni bitirganman. Arxeologiya muzeyi xodimiman.

7. Nimalarga qiziqasiz? O`zingiz haqingizda...
Kitob o`qish, musiqa tinglash, yaxshi film ko'rish va albatta do'stlar bilan dildan suhbatlashish.

8. Agar lozim topsangiz fotoingizni joylang.
Hozircha yo`q.

9. Uylanganmisiz/turmushga chiqqanmisiz?
Hozircha yo`q.

10. Oilangiz haqida
Oilada besh nafar farzandning kenjasiman.

Qayd etilgan


azizaxon  13 Iyul 2006, 12:22:30

                                    Assalomu Alaykum 
1 .Mani ismim Munira Yunusova.
2 .17da .1988yil 21 oktyabrda tug'ilganman .
3 .Namangan viloyati Chust tumanidan man hozirda ham .
4 [email protected] . [email protected].
5 .hozircha yo'q .
6 .O'zimizdagi kasb hunar kollejida 2 bosqich talabasi EXM operatori sohasi bo'yicha.
7 . Ko'proq kitob o'qiyman ,tikuvchilik bilan shug'ullanaman .
8 .Xudo xoxlasa nasib bo'lsa joylashtirarmiz.
9 .yo'q.
10.Oilada 7 kishimiz ota onam 3 ta opam 1 ta akam vaeng kichigi  Kamina .

Qayd etilgan


Nodi  19 Iyul 2006, 04:41:55

Assalomu alaykum Shoira!
Tanishganimdan xursandman.

ushbu forumda ham faol ishtirok etasiz degan umiddaman.

Qayd etilgan


Odina  19 Iyul 2006, 10:10:06

Assalomu Alaykum!!!

Mis_Shoira opa (desam xam bo`lar)  siz biolan tanishganimdan juda xam xursandman .Siz bilan albatta shaxsiy maktub orqali xabarlashamiz degan umiddaman .rasmlar uchun raxmat

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 07:16:09

Boshqa yangi ishtirokchilar ham o'zlarini tanitishsa juda yaxshi bo'lardi. :)

Qayd etilgan


Margilanets  02 Avgust 2006, 08:10:56

1. Mani ismim Husanbey, Familam Kamolov.
2. Yoshim 17da. 1987 yil 25 mayda tug`ilib qolganman.
3. Agar bilsalaring, shu kichkinagina Marg`ilon digan shahar bor, biz o`shatdi sentridanbiz. Hoziram o`shittamiz.
4. [email protected] - Bemalol yozo`rasilar. :)
5. Unaqa narsa yo`q bizda, aka!
6. G`irt bekorchiman. Bozorga chiqaman.
7. Ko`p narsaga qiziqaman, hozir eng qiziqqanim - forum.
O`zim yomon bolaman,
Yuragi qon bolaman... (deb ashula aytgan bittasi)
8. Qanaqilib joyleydi.
9. Hali uylaishka ertaaaaa (emas)
10. Oilamiz jaa kotta: man, dadam, ayam, singlim va 1 ta mishiq va 1ta itimiz :)

Hammalringga omad! Salomat bo`lilar

Qayd etilgan