Muallif Mavzu: Islom muolajasi...  ( 2809 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Islom muolajasi...
« : 22 Iyun 2007, 07:23:50 »
Islom muolajasi.

Yuragingiz sizni tez-tez bezovta qilib turadimi, aziz birodar? Sizga atagan dorimiz bor: dilingizni og’ritgan har bir shaxsni yuragingizdan “ozod” qiling, iltimos. Kechirsangiz, KECHIRILASIZ…
O’pkam yallig’langan deysizmi? Keling, birgalashib yaxshi insonlarga havas qilaylik. Hursandchiliklariga sherik bo’laylik, g’amgin do’stlarimizga quvonch bag’ishlaylik. Havas qilsangiz, albatta erishasiz…
Nega uch kundan beri tumovsiz, mo’min do’stimiz? Balki o’tayotgan umrimizni sarhisob qilish payti kelgandir, ey aziz? Ko’z yoshlaringiz xazinasidan o’zingizga bir exson qiling: yig’lab – yig’lab oling. Zero astoyidil to’kilgan ko’z yoshlar ruhni poklaydi…
O’t pufagingizda og’riq bormi? Sizga tavsiya: achchig’ingiz chiqishi bilan tahorat oling. Bag’rikenglik – hotirjamlik ko’prigi…
Asabingiz tarang tortilibdi. Atrofingizga boqib, do’stu yorlaringizga TABASSUM hadya eting. Axir, bu hadya siz uchun arzimas muruvvat-ku! Zero TABASSUM – Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning tashrif qog’ozlari edi…
Yurak bezovtaligiga qarshi kuniga uch mahal “Kechirim”, o’pka yallig’lanishiga qarshi kun davomida “Havas”, tumovning asoratini kesish uchun haftada ikki bor “Ko’z yoshi”, o’t pufagining sog’ligi uchun “Jahlni bosish”, asabingiz tinchligi uchun har daqiqada “Tabassum” dorilaridan iste’mol qiling. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun o’zingizdagi QALB MUOLAJASI dorixonasiga murojaat qiling!
         Habiba.
         â€œIrfon taqvimi”1428(III)/2007 dan olindi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Islom hayotidan ibratli hikoyatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 349
Ko'rilgan: 134100
So'nggi javob 17 Oktyabr 2013, 19:16:52
muallifi Mirоlim
Islom va musiqa

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 14632
So'nggi javob 15 Iyul 2006, 15:41:22
muallifi Laylo
Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 7171
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 00:59:02
muallifi AbdulAziz
Hamma o'qisin: Islom bo'limining asosiy qoidalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 19484
So'nggi javob 26 Mart 2016, 22:26:23
muallifi Hadija
Islom - terrorni qoralaydi!

Muallif MohinurBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 9430
So'nggi javob 29 Avgust 2006, 06:44:22
muallifi Mohinur