Hijobli opa-singillarimga  ( 89939 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 B


muxlisa  15 Aprel 2011, 22:05:36

Islomdagi farz amallarini sevuvchi insonlardan Alloh rozi bo'lsin, albatta. Lekin shu o'rinda bir narsani aytib o'tishni lozim topdim. hozirda hijobda yurgan muslimalar ham bir paytlar ochiq yurishgan. Alloh xohishi, hidoyati bilan ko'plarimizga hijob o'rashlik nasib bo'ldi. Alhamdulillah. Vaqti kelib tashqi ko'rinishlari ko'zlarimizga o'rnashmayotgan opa-singillarimiz ham avvalo duolarimiz va chiroyli mav'izalarimiz sababidan iymonlari biznikidan ham kuchayib ketar, degan umiddamiz.. inshaalloh.

gapning indallosi, xulosa qilishga shoshilmaylik. qalblarida  iymon nurlari boru amal qilishga ozgina jasorati yetmi turganlarning haqlariga duoda bo'laylik.. Hidoyat esa Allohdan.

Qayd etilgan


Sofdil  15 Aprel 2011, 23:41:35

CHin ihlos bn hijobda yurgan opa singillarimizani iymonlarini Alloh uzi quvvatli qisin. Bizaniyam avlodlarimizadilagayam shuni nasip qisin.

Qayd etilgan


Best friend  16 Aprel 2011, 23:49:27

Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar,
Xalqning emas Holiq lutfin kutgan qizlar,
Haq ishqinda nozin ichga yutgan qizlar,
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.
Yot nazardan qochib parda tutib yuzga,
Ibrat bo'lib, behayoyu qaro yuzga,
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga,
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.
Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy,
Misli bulut arosida kulganday oy,
Or hayoga burkanibdi oyday chiroy,
Kiyim kiygan yalang'ochlar rashkda kuysin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.
Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda,
Bir chiroyni tovlabdi ming bir chiroyda,
Yomon ko'zdan asrasin Alloh har joyda,
Betovfiqlar mayli nima desa desin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.
Muhofaza etib o'zni yot nazardan,
Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan,
Xaq lutfiga sazovorsiz tong sahardan,
Ochiq sochiq yurganlar ham esin yig'sin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.
Dunyo sinov Haq yo'lida sobit qoling,
Xatarlardan eson omon o'tib oling,
Jannat uzra bunda payondozlar soling,
Alloh o'zi sizga chin baxt ato qilsin,
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Best friend  27 Aprel 2011, 10:12:24

Do'stlar dunyo shunday sinovkor ekan,
Muslim bo'lmaganlar zinokor ekan,
So'zim ibtidosi og'ir bo'lsa ham,
Ayturman ko'nglimda saqlamay alam,
Beparda dunyodan avratin yopgan,
Sahobiyalardan kelar bir darak,
Xaqiqiy hurlikni Islomda topgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Musiqiy zavqlardan qalbda paydo darz,
Fahshlar davrasiga da'vat sizdan qarz,
Dunyoga tupurib, farzni bilgan farz,
Munis singillarga Jannat muborak.
Go'zal amallarni aylab vasila,
E'tiqod bog'inda qolmish asila,
Halovat izlagan mahramlar ila,
Munis singillarga Jannat muborak.
Erni rozi qilmog'i ilinjida,
Xizmatin bajarga erta kechida,
Namozni o'qigan uyning ichida,
Munis singillarga Jannat muborak.
Farzandlar uyiga sig'masa kulgan,
Buni Alloh yozgan taqdir deb bilgan,
Ummat ko'paymoqda debon shod bo'lgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Dunyo tashvishini yelkadan otgan,
Hijob ro'mol deya qayg'uga botgan,
Onajonisini Do'zaxdan tortgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Unutgan g'arazli adovat kinni,
Garchi el ichinda nom olsin "jinni",
Singillariga ham ilingan dinni,
Munis singillarga Jannat muborak.
Biz bugun ochlikka chidaymiz yo Rab,
Bizni azobingdan qo'ysang bas o'rab,
Erini tergagan halolin so'rab,
Munis singillarga Jannat muborak.
Do'stlar dunyo shunday sinovkor ekan,
Muslim bo'lmaganlar zinokor ekan,
Soz'im intihosi takror bo'lsa ham,
Ayturman ko'nglimda saqlamay alam,
Asri saodatda saodat topgan,
Sahobiyalardan kelar bir darak,
Yetmishga kirsa ham avratin yopgan,
Munis onalarga Jannat muborak.

Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


_IYMONA_  30 Aprel 2011, 05:12:57

Assalamu alaykum. Masha Alloh! Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin. Ushbu mavzuga kirib ko'ngil ko'tariladi, buni til bilan ifodalash mushkul, ammo bizni qo'llab turadigan muslimlar ham bor ekanidan xursand bo'laman... ALLOH HAYRINGIZNI BERSIN.

Qayd etilgan


AsiRa  30 Aprel 2011, 05:25:22

PS: Bu she'rni kim yozgani aniq topa olmadim Hayrulla H yozgan deb o'ylayapman yana Alloh bilguvchi.
Abdulaziz (aka) o'tgan safar hato qilgandim to'g'irlagandiz bu safar ham agar bilsez yozib qo'yas degan umitdaman  ::) . Alloh rozi bo'sin!


Biz kabi sevolmas...

Qalbim otashida bitildi g'azal,
G'amboda kеchadan kеladi kеchgim.
Muslima opalar, singillar, azal,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarixni o'qidim, u yig'lar bеun,
Kеlajak mo'rida qop-qora tutun.
Mеn javob bеraman, so'zimga bugun,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Hurliqo farangi o'qisin tahsin,
Yaxshisi tanlagan yo'lidan qaytsin.
Gollivud dod dеsin, qo'shiqlar aytsin,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Tarix shohid bugun, qilmay bahona,
Mo'min yuragida butkul tantana.
Romеo o'zini o'ldirsin yana,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Olam gul kiyindi saodat sayli,
Ayol haq so'z aytdi Umar tufayli,
Qirol Lir ikki bor ko'r bo'lsin mayli"¦
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Otеllo qatl etdi Dеzdеmonani,
Qonga bo'yab butkul guldеk xonani.
Lеk muslim boshida tutar onani,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Allohning hukmini bilsangiz yoddan,
Biz sizni sеvamiz haddan-da haddan.
Juliya Robеrtslar yig'lar hasaddan!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Aliy yo'lga tushdi, hilol, birga yur!
Holid qilichidan taralmoqda nur!
Еvgеniy Onеgin, chеtga o'tib tur!
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Dunyoviy sеvgiga ko'ngillar zormi,
Ilohiy chashmadan qongan iftormi?
Haqiqiy mo'minlar sеvsalar bormi?
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Insof bilan ayting, qay elatda bor,
Faqat mahramiga to'kilgan viqor?
Zino ko'chasidan bеrkinib, bеdor,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Bеchora tanalar, hammadan qolgan,
Bugun dunyo uzra faryodlar solgan.
Buyuk payg'ambardan nasihat olgan,
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Ko'rdim yuzingizda gulgun chеhralar,
Undan shabboda ham olar bahralar.
Ko'nglimda bir surur asta sirg'alar:
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!

Mo'min ko'rsa, qalbi bilan ko'radi,
Shu bois, yurak ham sokin uradi.
Sеvsak gar, o'rtada Alloh turadi
Biz kabi sеvolmas sizlarni hеch kim!


.....?

Qayd etilgan


Best friend  01 May 2011, 17:15:50

Biz kabi sevolmas...
Rosa zo'r she'r ekan... Rostdan ham sizlarni biz kabi hech kim sevolmaydi :).

Qayd etilgan


Sadulla  10 May 2011, 06:26:04

 :as:

Xaqiqiy hijobi bilan Ollohdan hayo qilgan mo'minalarni Olloh o'z panohida asrasin!!!


Qayd etilgan


Best friend  28 May 2011, 13:28:59

Hijobli ayol

Hijoblangan xotin-qizlar, ayollarning sarasidir
Iztirobi bor hijobning, lek Jannat samarasidir.
Jaholatga botgan edik, buni also anglab etmay
Ozod qildik ayolni deb, chachvonini yulib otdik
Balki shu dam, Hayo-ibo, Latofatin o’tga otdik.
Lekin "œozod" bo’lib ayol, cho’qqilarga yetmayapti
Inqilobdan qolgan yara, hamon-hanuz bitmayapti.

Ayol huru-ozod bo’lsa, hijoblanmoq unga mosdir,
Yarim yalang’ochlik esa, kanizak-cho’riga hosdir.
Opajonlar-singiljonlar, hijoblaning ozod-hursiz
Latofatu matonatda go’yo Quyosh, Oftob, Nursiz!
http://forum.islom.uz/smf/index.php?action=printpage;topic=10298.0

Qayd etilgan


Shukrona  29 May 2011, 08:03:56

 :asl3:



Dunyo ishlaridan bezgan ko’ngil der:
Sof erur xijobga o’rangan yuzlar.
Dunyo Julettaga ko’ngil qo’yaver,
Asli siz go’zalsiz mastura qizlar.

Chirkin nigohlardan go’zallik izlab,
Bazilar poyiga cho’kkanda tizlar,
Men baland ovozda baqirgum yuzlab,
Siz asli go’zalsiz mastura qizlar.

Gallivud, Hallivud tomonlarda kim,
Saxnaga tovlanib chiqqanda bezlar,
Oynai jaxonni o’chirib degum,
Asli siz go’zalsiz mastura qizlar.

Ular go’zallikka qilarlar davo,
Lek erlar ulardan nelardir izlar,
Suykalma ko’ngilni ko’rmaslar ravo,
Asli siz go’zalsiz mastura qizlar.

Malomat paytlari orttga qochganda,
Nur misol dunyoga porladingizlar,
Ishoning dunyoviy o’lchovlarda ham,
Asli siz go’zalsiz mastura qizlar.

                                                        Xayrulla Xamidov


Qayd etilgan