Hijobli opa-singillarimga  ( 62941 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


ossiyobinti  16 Noyabr 2009, 22:04:04

Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib,
Nafosat haqida sursang gar hayol.
Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib,
Yurgan bir hasratdir hijobli ayol.
 
Biroq oson emas yurmoq hijobda,
Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol,
His qilar o'zini o'ng yot dunyoga
Kelgindi hilqatdir hijobli ayol.

Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan,
Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol,
Ey, Rabbim, panoh ber deya bulardan,
Berkingan suratdir hijobli ayol .

Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay,
Avratlar ochilib bo'lishar xushhol.
Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay,
Saqlangan siyratdir hijobli ayol.

Millatu dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'rida toparkan zavol,
Taqvosin timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.

Behayo kimsalar, dinsiz johillar,
Masxara qilganda uni bemalol.
Allohim ularga hidoyat ber deb,
Eng yahshi niyatdir hijobli ayol.

Uning mavjudligi ko'ngilga malham,
Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol.
Kitoblar yoqilib ketganida ham,
Islomga hujjatdir hijobli ayol.

Da'vatlar to'xtagan telba diyorda,
Har kimning ko'nglida katta bir savol.
Indamay ketsa ham ko'zlari yerda,
Katta bir da'vatdir hijobli ayol.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  26 Fevral 2010, 00:47:30

Ксплаб Ғарб аёллари сзларининг инсоний қадристларини поймол стаётган ва қспол тарзда сксплуатаяис қилаётган Ғарб маданисти тутқунлигидан озод стувчи қандайдир шахсни сабрсизлик билан кутишмоқда. Ислом уларнинг сзларини халос стишлари учун сгона восита бслиб ҳисобланади. Шу боис ксплаб Ғарб аёллари исломий урф-одатлар уларнинг номусини ҳимос қилишини, қадристларини юксалтириб, одамийлигини сҳтиром стишини тушунгандан сснг ислом динига муражаат стишганига ажабланиш носриндир.

Ғарб аёлларининг исломга кириши ҳақидаги мисоллар анча ксплаб топилади. Ушбу мақолада таниқли насроний ёзувчи аёл Джоанна Френсиснинг мактубидан парчалар келтирилган бслиб, уларда хат муаллифи аёлларнинг Ғарбдаги аҳволи ва аснчли қисмати ҳақида ҳикос қилади, ҳамда мусулмон аёлга сз сҳтиромини изхор стади. Ўз изҳорини у "мусулмон опа-сингиллар" деб атаган инсонларга юборилган мактубида баён стган. Бу мақола tribes.tribe.net сайтидан таржима қилиниб, бир неча араб сайтлари томонидан нашр қилинган.

Джоанна Френсис ёзади:
Аасроний аёлнинг мусулмон аёлларига мактуби.
Адолатсизликка асосланган "террорга қарши уруш" бошлангандан кейин мусулмон олами ҳар бир америкалик хонадонида снг ксп муҳокама стиладиган мавзуга айланди. Мен Ливанда юз берган хунрезлик, ажал ва вайронгарчиликларни ксриб турибман, лекин шу билан бирга сна ниманидир; съни, сизларни ксриб турибман.
Мен назаримдаги ҳар бир аёл фарзанд кутаётганини ёки фарзандлари даврасида сканлигини пайқамасдан қололмайман. Мен, бу аёллар анча камтар кийинган бслса ҳам, уларнинг гсзаллиги барибир либоси остидан шуълаланиб турганини ксрспман. Аммо мен нафақат ташқи гсзалликни, балки сзимдаги ғалати ҳиссиётни ҳис стспман: бу ҳавас (ҳасад) ҳиссидир.
Мен сизларнинг қадристингиз (ғурурингиз), нафосатингиз, камтарлигингиз, ва айниқса, бахтиёрлик шуълаланиб турган ташқи қиёфангиздан хайратланмай иложим йсқ. Ҳа, бу қизиқ туюлади, лекин менинг ҳаёлимга ҳаттоки доимий портлашлар ёмғири остида сшаётганингизга қарамасдан сизлар биздан ксра бахтиёрроқ ксринасизлар, чунки сизлар ҳануз табиий аёл ҳаёти билан сшамоқдасиз. Асрлар оша, олам сралгандан буён аёллар сшаб келган ҳаёт билан. Ғарбда ҳам аёллар шу ҳаёт тарзига 60-йилларгача амал қилиб сшашди; шанда биз ҳам душман бомбалари ёмғирига дучор бслдик. Фақат бизнинг бошимизга хақиқий бомбалар смас, балки маккор алдов ва аҳлоқий емирилиш ёғилди.

давоми: http://info.islom.uz/content/view/2000/985/

Qayd etilgan



Abu Muslim  26 Fevral 2010, 01:33:11

Iqtibos
She'r muallifi o'zingizmi?

fotimahon келтирган... Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib деб бошланган шеър... ва Muzayyana келтирган Қалбим оташида битилди ғазал деб бошланувчи шеърлар муаллифи Хайрулла Ҳамидов... мана шу шеърлар ва бошқаларига линк : http://muslimaat.uz/content/view/507/131/

Qayd etilgan


Jamila  30 Mart 2010, 10:42:29

Haq rizosin tilab, hijob tutgan qizlar
Xalqning emas, Holiq lutfin kutgan qizlar
Haq isqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy xislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!
Yot nazardan qochib, parda tutib yuzga
Ibrat bo'lib behayo-yu qaro yuzga
Endi hatto tosh otsalar tegmas sizga,
Sizga zulm istaganlar o'zin tiysin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Bu ne fayzu karomatkim sirlarga boy,
Misli bulut arosida kulganday Oy
Or-hayoga burkanipti Oyday chiroy
Kiyim kiygan yalang'ochlar RASHKda KUYSIN!
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Oriyatli oy yuzlarni to'sgan parda
Bir chiroyni tovlatti ming bir chiroyda
Yomon ko'zdan asrasin Alloh har joyda
Betavfiqlar mayli nima desa desin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Muhofaza etib o'zni yot nazardan
Besh mahramni qutqardingiz ahli nardan
Haq lutfiga sazovorsiz tong sahardan
Ochiq-sochiq yurganlar ham esin yig'sin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Dunyo-sinov, haq yo'lida sobit qoling
Hatarlardan eson-omon o'tib oling
Jannat uzra bunda poyondozlar soling
Alloh o'zi sizga chin baht ato qilsin
O'rangan oy yuzingizni Alloh suysin!

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Jamila  30 Mart 2010, 11:06:05

Bu she'r hammaga bir ibrat bo'ladi, bazi ota-onalar uchun esa juda yaxshi narsa bo'lsa kerak.
Bazigi Ota-onalar o'zlarini Farzandlariga Islomdini va Haqiqat Dini dan to'sishyapti.
Hayrulla aka esa ularga ibratli she'r yozgan ekan, man uni sizlarga ham taqdim etmoqchiman!!!
Qizlarini O'g'ilarini to'sib yotgana Ota-onalar uchun!

Qizlaringizni!..
Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,
Toboro ezmoqda tana bosimi,
Erlarga buyursin erkakning shimi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!

Eski jaholatni dildan o’piring!
Muqaddas tuyg’udan endi shopiring!
Sobiq sho’rolarning tusin tupuring!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!

Xayrulla Hamidov

Alloh hammamizga hidoyat bersin! Amiyn!

Qayd etilgan


UzMuslim  09 Aprel 2010, 20:45:45

Абдуллоҳ ибн Амрдан ривост қилинган ҳадисда А асулаллоҳ с.а.в.: "œҚиёмат қоим бслишидан аввал менинг умматим орасида сизнинг сгарларингизга сҳшаш устига чарм тортилган катта сгарларни минган кишилар пайдо бслади. Улар масжид сшиклари олдида тсҳтайдилар, уларнинг аёллари сса кийинган-у, лекин сланғоч бсладилар. Уларнинг бошида ҳориққан туснинг сркачига сҳшаш нарсалар бслади. Уларни ланъатланглар, сабаби уларга ланъат бслгандир", деганлар (Имом Аҳмад ривостлари, Аҳмад Шокир саҳиҳ деган).



Абу Ҳурайра р.а. ривост қилинади. А асулуллоҳ с.а.в айтдилар: «Дсзах аҳлидан икки тури борки, мен ҳали уларни ксрмадим: Биринчиси: қслларида сигир думига схшаш қамчилари билан одамларни уриб юрадиган кимсалар. Иккинчиси: кийиниб олган, лекин сланғоч, (бошқаларни ҳам) йслдан оздирувчи, сзлари ҳам (йслдан) оғган ҳамда бошлари(даги сочлари)ни туснинг (бир тарафга) мойил бслган сркачлари сингари дсппайтириб олган аёллардир. Улар жаннатга кирмайдилар, унинг ҳидини ҳам топа олмайдилар. Ваҳоланки, жаннатнинг ҳиди фалон масофадан келиб туради» (Имом Муслим ривости).



Qayd etilgan


UzMuslim  09 Aprel 2010, 20:50:55

Haq rizosin tilab hijob tutgan qizlar
Halqning emas holiq lutfin kutgan qizlar
Haq ishqida nozin ichga yutgan qizlar
Pok qalbingiz chin ilohiy hislar tuysin
O'rangan oy yuzingizni Olloh suysin

Hayrulla Hamidov.

Qayd etilgan


UzMuslim  11 Aprel 2010, 19:57:06

Shu o'rinda man ham bir Eshitganimi Aytib bersam maylimi?
Rahmatli Bir Imom domla bor edilar(Alloh ulardan rozi Bo'lsin),Juma'a Kuni Bir Savol berishdi odamlar yani qaysidir yigitdan Qizlar Savol Yozib Jo'natib yuborishibdi.
Savol:BIz Dunyoviy O'qishda O'qiymiz Allohga Shukurkim Muslima,namozhon bir Guruh Qizlar nomidan Yozyapmiz Bu Savolni...Bizni O'qishga Hijob Kiyish Ro'mol O'rashni Yechtirib tashlashmochilar aytishlaricha Insonni Dilida Bo'sa Bo'ldi O'ranmasa ham Bo'laverar ekan,Domla Shunga Nima Deysiz?
DomLa Mana Shundey Javob BErdilar;Ha Juda Ham Achinarli Holat endi Masalani Bir Tomonini Qareyli Hop Dilda Bo'sa bo'ldi ekan,Unda O'sha Domlalarizga Ham Aytin Darsga Kastyum shim,Galstukda emas Spartivka,Uy Kiyimida Kelishsinchi..Yo'q Unaqa Qilisholmeydi Chunki Unaqa Kiyinib Kelishsa Direktor ularni Quvib Soladi To'rimi?Mana Odddiy Bir BU Dunyo Amaldoridan qanchalik Qo'rqishadi,Nimaga Oxirat Kuni Alloh Oldida Uyalib Qolishdan Qo'rqishmeydi.?

Shu Yerda hamma Jim Bo'lib qotib qoldi...

Qayd etilgan


siddiqa  07 May 2010, 04:26:08


Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Alloh hammamizga hidoyat bersin! Amiyn!

Ko'pchilik uylarda katta qilib ilib qo'yiladigan she'r ekan !!!!!!!!!!!!

Qayd etilgan