Hijobli opa-singillarimga  ( 89989 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Muallim  06 Oktyabr 2010, 13:30:24

:bsm:
Bir odam ko'chaga chiqib duch kelgan insonni o'ldirib ketaveradi va oxiri o'zi ham shu tariqa o'lim topadi. Uning joyi qayer? Shubhasiz u do'zahdan joy oladi. U qancha insonni hayotiga zomin bo'lishidan qat'iy nazar do'zahga bir o'zi ravona bo'ladi...

***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***

Bir ayol ochiq-sochiq kiyinadida ko'chaga chiqib ketadi. To u hojatini ado qilgunicha ko'chada o'ziga nomahram bo'lgan erkaklarning nigohini jalb qiladi, mo'min va mo'minalarning iymoniga putur yetkazadi va gunohkor bo'ladi, hamda ularning ham gunohiga sababchi bo'ladi. U ayol shu tariqa tavba qilmay olamdan o'tadi. Uning joyi do'zahdadir. Lekin u do'zahga bir o'zi emas balki, yaqin mahramlari otasi, akasi, ukasi, eri va o'g'lini o'zi bilan birga jahannamga olib ketadi. Alloh bizlarni, yaqin mahramlarimizni do'zah o'tidan saqlasin.


رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً ۚ إِنَّكَ أَنتَ الْوَهَّابُ

"œRabbana la tuzigh quloobana ba'da idh hadaytana wa hab lana milladunka rahmah innaka antal Wahhab"

"œEy Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so'ng qalblarimizni og'dirmagin va bizga O'z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta, Sening O'zing ko'plab ato qiluvchisan". (Oli Imron surasi, 8-oyat)


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ

"œEy iymon keltirganlar! Islomga to'lig'icha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir". (Baqara surasi, 208-oyat)
:as:

Qayd etilgan


afifa  26 Noyabr 2010, 18:43:44

Saraton07 siz aytgan gaplar meni xam boshimdan o'tgan o'tyapti xam.xozir ko'chaga xijobda chiqsam yoki ro'mol o'rab chiqsam o'ramasligimi qizlardek yurishimi,zamonaviy yurishimi aytishadi.odamlarni gaplaridan charchadim.

Qayd etilgan


_IYMONA_  26 Noyabr 2010, 21:35:48

Assalamu alaykum va rohmatulloh! Shayton 4 tarafdan o'z domiga tortib ketmoqchi bo'ladiyu.... Allohning qudrati ila yuqori va pastki tomonlarni mag'firat eshigi qilib qo'ygani... Sajda chog'ida aytilgan istig'for nolalar yuqori tarafdan Alloh dargohida mag'firat qilinadi inshaalloh! Sinovlar bizgacha ham bo'lgan, hozir ham bor. Guruch kurmaksiz bo'lmaganidek, dinda ham sobit, iymoni mustahkam insonlar qatorida zaif-zaifalari ham bor. Jannat umidida, Allohning jamoliga yetishish lahzalari nasib etgan vaqtda bu dunyodagi qiyinchiliklaru, sinovlar ko'zimizga ko'rinmasa kerak...

Qayd etilgan


JeeS  02 Dekabr 2010, 01:47:27

 :bsm:
 :as:

Onajon, opam va singillarimga ham ayting, kiyim-kechagiga e’tibor berishsin, Allohning amrlariga bo‘ysunsin, ochiq-sochiq yurishmasin, aks holda bu yerda ming bora pushaymon bo‘lishadi va jannat ne’matlaridan bebahra qolishadi, «Qalbim toza, qalbimga qara, namozimni ham o‘qiyman» kabi so‘zlar g‘aflatda qolgan kimsaning gaplaridan boshqa narsa emas, bu xatoga aslo yo‘l qo‘yishmasin, mo‘minlar barcha go‘zal va shar’iy amallarini ko‘paytirsa, bu yerda nadomat qilmaydilar, moda, deb butun qomatlarini ko‘rsatadigan kiyimlarga burkanmasinlar, ko‘kraklarini ochib, avrat joylarini namoyish etmasinlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurganlaridek, «kiyimli yalang‘ochlar» o‘laroq o‘zlarini aldamasin; ana bilishingiz kerak, bu yerda hech bir gunoh yashirin qolmaydi, boshqalar ko‘rmaydi, degan xayolda gunohga qo‘l urmanglar, chunki hisob-kitob kuni hatto gunoh qilgan a’zolaringizning o‘zi ham guvohlik berishadi.

("Qabrdan maktub" dan parcha)

Qayd etilgan


Hadija  02 Dekabr 2010, 10:21:42

Saraton07 siz aytgan gaplar meni xam boshimdan o'tgan o'tyapti xam.xozir ko'chaga xijobda chiqsam yoki ro'mol o'rab chiqsam o'ramasligimi qizlardek yurishimi,zamonaviy yurishimi aytishadi.odamlarni gaplaridan charchadim.

Sabr qiling, inshaAlloh Alloh o'z ajri bilan mukofotlaydi bu sabringizga! Ularning ham haqlariga duo qilingki, Alloh azza va jalla ularni sizga berayotgan aziyatlari uchun iymon bilan jazolasin!!!

Qayd etilgan


Musafira  03 Dekabr 2010, 01:04:01

 :as:
 :bsm:
Ming afsusku yurtimizdagi muslima-mo'mina opa-singillarimiz haqlariga faqt duo ila madad so'ray olamiz.
Alloh subhanahu va ta'alo barcha aziyatlarga sabr qilganingiz uchun O'z huzuridagi eng yaxshi mukofatlar ila mukofatlasin! Siz kabi mo'minalar yurtimizda ko'payaversin, Alloh safingizni kengaytirsin! Hammamizni Sirotal mustaqimda bardavom qilsin! Amin!  :'(

Qayd etilgan


Aqoid  03 Dekabr 2010, 01:10:46

Mo'mina, muslima opa-singillarimizga aziyat yetkazdirmaydigan hamiyyatli erkaklar ko'payishi uchun ham duo qilinglar!

Qayd etilgan


_IYMONA_  03 Dekabr 2010, 07:37:01

Mo'mina, muslima opa-singillarimizga aziyat yetkazdirmaydigan hamiyyatli erkaklar ko'payishi uchun ham duo qilinglar!
OMIYN! OMIYN! Allohim bizga ham shunday jufti halol ila siylasin. 2 dunyoimiz uchun hayrli va iymoni mustahkamlikda sababchi bo'ladigan...

Qayd etilgan


Ansora  06 Dekabr 2010, 15:13:31



Alloh rahmat aylasin buyuk Turk buyuk mutafakkir, shoiri- Nejib Fozil Kısakurekni gaplari:

"Bir qiz talabani boshini o'ragani uchun tahsil olish huquqidan mahrum qilish, İstiqlol urushi boshlarida va Marash (Turkiyadagi viloyat)da dushmanlar tarafidan ro'moli yechilib, boshidan otilgani uchun boshlangan Milliy shoxlanish-oyoqqa turishni ustidan tupirishdir"...

Qayd etilgan


G_u_l_i  11 Dekabr 2010, 05:31:17



Alloh rahmat aylasin buyuk Turk buyuk mutafakkir, shoiri- Nejib Fozil Kısakurekni gaplari:

"Bir qiz talabani boshini o'ragani uchun tahsil olish huquqidan mahrum qilish, İstiqlol urushi boshlarida va Marash (Turkiyadagi viloyat)da dushmanlar tarafidan ro'moli yechilib, boshidan otilgani uchun boshlangan Milliy shoxlanish-oyoqqa turishni ustidan tupirishdir"...

 :'( :'( :'(

Qayd etilgan