Do'stlar dunyo shunday sinovkor ekan,
Muslim bo'lmaganlar zinokor ekan,
So'zim ibtidosi og'ir bo'lsa ham,
Ayturman ko'nglimda saqlamay alam,
Beparda dunyodan avratin yopgan,
Sahobiyalardan kelar bir darak,
Xaqiqiy hurlikni Islomda topgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Musiqiy zavqlardan qalbda paydo darz,
Fahshlar davrasiga da'vat sizdan qarz,
Dunyoga tupurib, farzni bilgan farz,
Munis singillarga Jannat muborak.
Go'zal amallarni aylab vasila,
E'tiqod bog'inda qolmish asila,
Halovat izlagan mahramlar ila,
Munis singillarga Jannat muborak.
Erni rozi qilmog'i ilinjida,
Xizmatin bajarga erta kechida,
Namozni o'qigan uyning ichida,
Munis singillarga Jannat muborak.
Farzandlar uyiga sig'masa kulgan,
Buni Alloh yozgan taqdir deb bilgan,
Ummat ko'paymoqda debon shod bo'lgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Dunyo tashvishini yelkadan otgan,
Hijob ro'mol deya qayg'uga botgan,
Onajonisini Do'zaxdan tortgan,
Munis singillarga Jannat muborak.
Unutgan g'arazli adovat kinni,
Garchi el ichinda nom olsin "jinni",
Singillariga ham ilingan dinni,
Munis singillarga Jannat muborak.
Biz bugun ochlikka chidaymiz yo Rab,
Bizni azobingdan qo'ysang bas o'rab,
Erini tergagan halolin so'rab,
Munis singillarga Jannat muborak.
Do'stlar dunyo shunday sinovkor ekan,
Muslim bo'lmaganlar zinokor ekan,
Soz'im intihosi takror bo'lsa ham,
Ayturman ko'nglimda saqlamay alam,
Asri saodatda saodat topgan,
Sahobiyalardan kelar bir darak,
Yetmishga kirsa ham avratin yopgan,
Munis onalarga Jannat muborak.
Hayrulla Hamidov