Hijobli opa-singillarimga  ( 90005 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


AbdulAziz  22 Iyun 2007, 09:27:26

Assalomu alaykum!
Yoz kunlari. Ayni jazirama pallasi. Tashqariga 45 gradus issiq. Quyosh tushgan joylarda, avtobuslarda bu ko'rsatgich 50 gradusga yetadi.
Hamma issiqdan loxas bo'ladi. Hamma issiqqa qarshi chora qidiradi...
Ko'pchilikning birinchi chorasi ... kiyimida ko'rinadi...
Ko'chaga chiqib ... yurib bo'lmaydigan bo'lib qoldi. Qayerga qaramang, do'zaxdagi azobdan qo'rqmaydigan ayollarning holatiga ko'zingiz tushadi...
Allohga istig'for aytgancha, o'zimni yelpib ketib boraman. Avtobusda emasmanmi, transportning issig'i, ko'pchilikdan yuzaga keladigan issiq, tashqaridagi havo... chidab bo'lmaydi. Shu payt transportga bir muslima opamiz chiqdilar.
Shartta ularning oldilariga borib, "Rahmat, opajon sizga, shunaqa jaziramada, shunaqa holatda ham o'zligingizni yo'qotmaganingiz uchun, Allohim buyurib qo'ygan chiziqdan chiqmaganingiz uchun. Issiq bo'lsa-da, nafasingiz qissa-da, hammasiga Alloh uchun sabr qilganingiz uchun tashakkur! Zero, Allohning do'zaxi bundan-da jaziramaroq. Allohim sizdan rozi bo'lsin! Rahmat, sizga, bizni asraganingiz uchun, bizni hurmat qilganingiz uchun" degim keldi-yu, uyaldim ulardan. Lekin baribir tashakkur aytaman.

Tashakkur sizlarga mening opa-singillarim! Allohimning amrini har qanday holatda malol olmay bajarganingiz uchun, oilangizni, biz erkaklarni asraganingiz uchun!
 
Alloh sizlardan rozi bo'lsin! Siz kabilarning qalblaridagi ezgu niyatlariga yetishtirsin! Sizdeklar ko'paysin. Ko'payaversin! Sizlarni judayam hurmat qilaman!

Qayd etilgan


Dilnura  22 Iyun 2007, 16:15:13

Abdulazizaka eng muhimi bu so'zlarni dilizda bo'lsada aytib ko'yganiz va tan ola bilganizdir....olloh rozi bo'lsin sizu bizdan!!!!!!!!!!!!!

Qayd etilgan


Laylo  23 Iyun 2007, 14:29:15

Wa alaykum assalom!
Tashakkur sizga ham. Alloh rozi bo'lsin!
Mana shunday o'zini, bizni hurmat qiladiganlar ko'payaversin!

Har bir qizimizga ushbu baxt nasib etsin!

Qayd etilgan


Abdusalom  25 Iyun 2007, 08:47:29

Assalomu alaykum!
gaplarizga qo'shilaman, AbdulAziz!
Mana shunday muslima qizlarimiz ko'p bo'lsin,
Ular bor ekan, biz bormiz
Tashakkur aytaman, man ham.

Qayd etilgan


Abdulholiq  02 Iyul 2007, 16:30:52

Islomning bu kabi buyuk ayollariga Alloh(swt)ning salomi bo'lsin.
Bu kabi ayollarimizga qarab Islom uchun buyuk farzandlarini tarbiyalab bergan zotlarni ko'raman.
Ular hijob bilan go'zaldirlar.


Qayd etilgan


Muslimа  03 Iyul 2007, 14:35:42

Assalomu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin, asosiysi qalbizda hurmat bor!
Siz kabi hijoblilarni hurmat qiladiganlar ko'payaversin! OMIN!!!

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Iyul 2007, 19:43:21

Assalomu alaykum!
Yoz kunlari. Ayni jazirama pallasi. Tashqariga 45 gradus issiq. Quyosh tushgan joylarda, avtobuslarda bu ko'rsatgich 50 gradusga yetadi.
Hamma issiqdan loxas bo'ladi. Hamma issiqqa qarshi chora qidiradi...
Ko'pchilikning birinchi chorasi ... kiyimida ko'rinadi...
Ko'chaga chiqib ... yurib bo'lmaydigan bo'lib qoldi. Qayerga qaramang, do'zaxdagi azobdan qo'rqmaydigan ayollarning holatiga ko'zingiz tushadi...
Allohga istig'for aytgancha, o'zimni yelpib ketib boraman. Avtobusda emasmanmi, transportning issig'i, ko'pchilikdan yuzaga keladigan issiq, tashqaridagi havo... chidab bo'lmaydi. Shu payt transportga bir muslima opamiz chiqdilar.
Shartta ularning oldilariga borib, "Rahmat, opajon sizga, shunaqa jaziramada, shunaqa holatda ham o'zligingizni yo'qotmaganingiz uchun, Allohim buyurib qo'ygan chiziqdan chiqmaganingiz uchun. Issiq bo'lsa-da, nafasingiz qissa-da, hammasiga Alloh uchun sabr qilganingiz uchun tashakkur! Zero, Allohning do'zaxi bundan-da jaziramaroq. Allohim sizdan rozi bo'lsin! Rahmat, sizga, bizni asraganingiz uchun, bizni hurmat qilganingiz uchun" degim keldi-yu, uyaldim ulardan. Lekin baribir tashakkur aytaman.

Tashakkur sizlarga mening opa-singillarim! Allohimning amrini har qanday holatda malol olmay bajarganingiz uchun, oilangizni, biz erkaklarni asraganingiz uchun!
 
Alloh sizlardan rozi bo'lsin! Siz kabilarning qalblaridagi ezgu niyatlariga yetishtirsin! Sizdeklar ko'paysin. Ko'payaversin! Sizlarni judayam hurmat qilaman!

AbdulAziz, avvalo Jazakallahu khair, shunaqa, mo'minalarni faqat mo'minlar tushunadi :  )
Endi bitta qarshi gapim ham bor, to'g'risini aytganda hijoblilar yozning issig'ini qishning sovug'ini sezmaydi, man bir hil vaqt hayron qolaman, odamlar avtobusda shunaqangi yelpib, zo'rg'a chidab o'tirishadiki, nimaga issiqmasku deyman, manga issig'a rosa deyishsa kunning issiqligini faqat yuzimga tushayotgan oftobning issiqligidan bilaman, agar yuz am yopiq bo'lganida(InshaAlloh) , unda umuman issiqni sezmasdim manimcha, bu ilohiy quvvat, hijob qanchalar himoyadir.
Shunchun hijoblilarga qiyin, issiq demanglar boshqa :  )
Alloh hammamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


lolo  02 Avgust 2007, 06:06:12

...bu ilohiy quvvat, hijob qanchalar himoyadir. Shunchun hijoblilarga qiyin, issiq demanglar boshqa...
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Darhaqiqat, hijob ayollarni hamma narsadan himoya etadi, ilohiy yordam deb bilaman. Odamlar ochiq yurganda, tanasiga shamol tegib tursa issiqni sezmaydi deb fikrlashadi. Yo'q, issiqdan, quyoshdan hamda sovuqdan, eng asosiysi har xil nigohlardan saqlab turadi bu hijob. Bu narsani Alloh o'zi ettimi, demak himoya etishi aniq. Hijob yozda konditsoner vazifasini bajaradi, hech isib ketmasdan bemalol yuradi, hattoki faqat u uchun qayerdandur mayin shabada kelib turadi. Man buni jannatdan kelayapti deb o'yliman. Hovlida yashaydigan qizlar ham, hovlisida hijobsiz yurganida rosa isib ketadi, ayniqsa shu yozda 40 gradusda, keyin darhol hijobini kiyib ko'chaga chiqsa salqin himoyani his etishadi. Ammo niyatga bog'liq deb bilaman, chunki shu salqin bo'lishi uchungina o'ransa ham lekin foydasi bo'lmaganidan shikoyat etayotgan kaltafahmlar ham uchrashi hech gap emas.
Hijob - Allohning buyrug'i, o'ranishimiz esa - farz!

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Fevral 2009, 22:24:58

 :as:
Olloh hammamizdan rozi bo'lsin!!! Hijobli bo'lib hijoblilarning qanchalik baxtga "o'ranib" yurganliklarini tushunyapman. Hijobga o'ranish farz ekanligini, uni o'ramasa inson xuddi hech narsa kiymagandek bo'lib qolishini Olloh har kimning ham ko'ngliga, qalbiga solavermasa kerak, o'z suygan bandalariga bunday baxtni nasib etadi, VaAllohu A'lam.

Qayd etilgan


Muzayyana  07 Mart 2009, 14:35:33

Assalamu alaykum!
Allox rozi bo'lsin, shunchalik qalbingizdagi hurmat uchun tashakkur sizga.Allox O'zi ajrini bersin...
Qaniydi hamma xam siz kabi bo'lsa...
Mayli siz kabi shu darajada hurmat bilan qaramasada hech bo'lmaganda, hijoblilarni kamsitishmasa, bu insonni qalbini qattiq og'ritadigan holat...balki bu gaplarni yozishim noto'g'ridir, lekin, forum ham bir oila, bu yerdagilar esa qadrdonlar...
bizni institutga kelsangizlar hijobli qizlarni ko'rib rahmlaring keladigan holatlar bo'lib o'tdi, Alhamdulillax bu kunlar ham o'tib ketti, bu ham bir sinov bo'ldi...
Kunlar bo'ldi, qizlarni ro'mollarini yechmaganlari, orqalaridan o'ramaganlari uchun juda xunuk holatda darslardan haydashdi. Institutga kelishni taqiqlab qo'yishdi.Lekin olamlarning Robbiga cheksiz hamd bo'lsinki, bu ahvol 2 haftadan oshmadi.
Allox uni sevguvchilarni aslo unutmaydi!

Qayd etilgan