Userlar haqida latifalar :)  ( 63659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 B


ikbaljohn  27 Oktyabr 2007, 10:15:10

Murodbek restoranga kirdi.Bo'sh stolga o'tirmoqchi bo'ganda ofitsiyantka yugurib keldi:
- Kechirasiz, lekin bu stol band.
Murodbek:
- Bu stol band bo'lsa, stolni almashtiring

Qayd etilgan


Muslimа  27 Oktyabr 2007, 12:10:18

Lola onasi gaplashishiga uzoq tikilib turdida:
- Oyijon, qachon menda ham tilla tish o'sib chiqadi? - dedi. :D

Qayd etilgan


Fatima  31 Oktyabr 2007, 12:22:03

Lola onasi gaplashishiga uzoq tikilib turdida:
- Oyijon, qachon menda ham tilla tish o'sib chiqadi? - dedi. :D

Qoyil, yana yangilaridan bormi, opajon?

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 13:07:41

Gayrat17 dorixonaga kelib so‘radi:
— Sizlarda ozdiradigan, tez ta’sir qiladigan va arzon vosita bormi?
— Bor. Yopishqoq plastir.
—Uni qaerga yopishtirish kerak?
—Og‘izga!

:)

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 13:08:59

Muslima o‘quvchi Loladan so‘rayapti:
Lola, dadang tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qildi?
— Uchta ragatka!
— Hazilingni qo‘ysang-chi, men rostdan so‘rayapman.
—Hazillashganim yo‘q. Dadam mahallamizdagi oyna o‘rnatadigan yagona ustalar.

:)

Qayd etilgan


shoir  31 Oktyabr 2007, 13:10:33

— Ko‘zingizga qarab yursangiz bo‘lmaydimi? - dedi mashinasida piyodani urib yuborayozgan Mahzunabonu. - Men juda ehtiyotkor haydovchiman. 10 yildan buyon mashina haydayman.
—   U holda menga sizning hech qanaqa e’tirozingiz bo‘lishi mumkin emas. Men qirq besh yildan buyon yuraman, dedi Shukurulloh

:)

Qayd etilgan


Shukurulloh  31 Oktyabr 2007, 19:39:45

Latifalarga mani nomim qo'shilganidan hursandman shoir aka : )

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 09:44:29

Shoir AbdulAziz ga:
-   Do’stim, men uylanyapman. Ota-onamni to’yga aytsammikin yoki "¦
-   Aytasanda.
-   Axir, ular ham meni to’ylariga taklif qilishmagan-ku! :D

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 09:45:48

Geografiya darsida o’qituvchi lolo so’radi:
-   Qani Ali Rizo Bek, ayt-chi nechta qit’ani bilasa?
Ali Rizo Bek :
-   Beshta.
-   Sanab chiq-chi.
-   Bir, ikki, uch, to’rt, besh! :D

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 09:47:04

Onasi Nozlidan so’radi:
-   Nozli nima qilyapsan?
-   Lolaga xat yozyapman.
-   Sen yozishni bilmaysanku!
-   Lola ham o’qishni bilmaydi! :D

Qayd etilgan