Userlar haqida latifalar :)  ( 63714 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 13 B


Muslimа  05 Iyul 2007, 11:51:30

Restoranda Ikbaljohn to’satdan o’rnidan turdi-da qichqirdi:
-Kim lentaga o’ralgan pul yo’qotdi?
Bir ho'randa:
-Men yo’qotdim , men ,-deya o’rnidan turdi bir kishi .
Ikbaljohn:
-Mana lentasini topib oldim"¦

Qayd etilgan


Abdulholiq  05 Iyul 2007, 22:12:51

Amerikada bosh bilan mih qoqish bo'yicha jahon chempionati o'tmoqda.Chempionatga dunyoning eng boshi qattiq odamlari yig'ilishgan.Chempionatni ko'rish uchun kelgan odamlardan stadion to'lgan.
Chempionat boshlandi.Rossiyalik mih qoquvchi uch daqiqa ichida boshi bilan to'rt ta mihni qoqib tashladi.Boshiga esa hech narsa qilmadi(jarohat etmadi).Barcha uni olqishlay boshladi.
Amerikalik mih qoquvchi uch minutda etti ta mih qoqdi.Odamlar hayratda qoldi.Uning ham boshiga hech narsa qilmadi.
Navbat Uzbekistonga keldi.Uzbekiston vakili sifatida esa Abdulazizbey(o'zimizning ADMIN) chiqib keldi.Uch minut ichida arang bir mihni yarmigacha qoqdi.Uning ustiga boshlari qon.
Hakamlar g'oliblarni e'lon qila boshlashdi.3-o'rin:Rossiya,2-o'rin Amerika,1-o'rin...Uzbekiston.Barcha hayron,tomoshabinlar hayqira boshladi.Hakam nima uchun Abdulazizbeyga 1-o'rin berganini tushuntira boshladi:"Ahir u mihni orqa tomoni bilan qoqib tashladi"...

Qayd etilgan


ikbaljohn  06 Iyul 2007, 14:40:41

Abdulholiq uyidan xat oldi:
-Xurmatli o'g'lim.Biz yaxshimiz.Xavotir olma.So'ragan 1000 so'mingni jo'natyapman.O'g'lim,esingdan chiqarma, 1000 raqami 5 ta 0 bilan emas, 3 ta 0 bilan yoziladi!

Qayd etilgan


AbdurRohman  08 Iyul 2007, 19:58:04

xich qachon bunaqa mazza qilib kulmagandim, hammalarizga rahmat, ayniqsa Rohatoy opamlaga. manga juda juda yoqdi. bundanam zo'rlarini kutib qolaman

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 14:03:51

xich qachon bunaqa mazza qilib kulmagandim, hammalarizga rahmat, ayniqsa Rohatoy opamlaga. manga juda juda yoqdi. bundanam zo'rlarini kutib qolaman

Behzodjon sizga yoqan boi'gan bo'lsa hursandman. Hafa bo'magan bo'sez bo'ldi! :D

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 14:51:03

O’qituvchi : Behzod, uy vazifangni yana dadang ishlab berdimi ?
B-boy :Oyim band bo’lganlaridan keyin nima qilay , axir?

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 14:53:57

-Behzodjon, darsga nimaga kech qolding?
-Kech qolganim yo'q. O'zingiz aytgansiz-ku: o'qish hech qachon kech emas deb"¦ :D

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 15:09:55

Ikbaljohn:
- Azizam, do'xtir bizga Kanar yoki Bagam orollariga borib, dam olib kelishimizni tavsiya qildi.
- Xo'sh, qaysi biriga boramiz?
Ikbaljohn:
- Boshqa do'xtirga.

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 15:55:50

Bir kuni Nozli rosa yig’ladi, nihoyat, yig’lay-yig’lay tindi.
-Yig’lab bo’ldingmi?- deb so’radi onasi.
-Yo’q. Hozir dam olyapman, - deb xo’rsindi Nozli. :)

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 15:59:21

Gayrat17 Ikbaljohndan so’radi:
-Nega qulog’ingni bog’lab olibsan?
Ikbaljohn:
 -Qulog’im og’riydi-da.
Gayrat17:
-Men og’rigan tishimni sug’urib tashladim, qutuldim. Sen ham qulog’ingni sug’urib tashla.

Qayd etilgan