Userlar haqida latifalar :)  ( 63692 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:35:28

Mahzunabonu pashsha tutib onasiga dedi:
-   Oyi shundan fil qilib bering.
-   Bu mumkin emas, jonginam.
-   Dadam sizni doim pashshadan fil yasaydi deydilar-ku! :D

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:35:43

AbdulAziz forumdagilarga dars o’tyapti. Gyotening tug’ilgan va vafot etgan yillarini ko’rsatib:
-   Bu nimani bildiradi? — deb so’radi.
Sunda Shoir irg’ib turib dedi:
-   Janob muallim, bu Gyotening telefon nomeri"¦

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:35:59

Sotuvchi Shohjaxon futbol o’yniga 5 yoshli o’g’lini ham olib keldi. Maydonga tushgan futbolchilarni ko’rib, o’g’li Shohjaxondan so’radi;
-   Dada, nega ularni narhini orqasiga yozib qo’yigan?
 :D

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:36:12

B-Boy: Dadajon, qilmagan ishi uchun bolani jazolab bo’ladimi?
Dadasi: Yo’q albatta.
B-Boy: Onam bo’lsalar meni jazolamoqchilar. Dars qilmaganim uchun.

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:36:30

Shoir AbdulAzizni o’g’lidan so’rayaptilar:
-   Otang nechchi yoshda?
-   Sakkizda.
-   Bo’lmag’ur gapni gapirma.
-   Rost, ahir, ular men tug’ilgandan keyin ota bo’lganlar-da"¦

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:36:42

-   Bilet necha pul turadi?- deb so’radi stadion kassiridan Milanelly.
-   Ming so’m.
-   Menda atida 500 so’m bor. Meni kiritib yuboraqoling, futbolni bitta ko’zim bilan ko’raman. :D

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:36:56

Lola:
-   Men olti oyligimdayoq yura boshlaganman, - deb maqtandi.
lolo:
-   Nima bo’pti! Men ham 10 oyligimda yuraolardim. Faqat bun ota-onamga aytgan emasman, shuning uchun ular meni ikki yoshimgacha qo’lda ko’tarib yurishgan.

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:37:15

Onasi bolalaridan so’rayapti:
-   Gilosni qaysi biring yeb qo’yding, danaklari sochilib yotibdi?!
-   Men emas, - debdi B-Boy, - Men danagi bilan yeganman.
 :D

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:37:25

-   Murod_bek, Ikbaljohnnikiga borma, u yomon bola.
-   Ho’p bo’ladi, oyijon. Bo’lmasa u biznikiga kelaqolsin.

Qayd etilgan


Muslimа  08 Avgust 2007, 09:37:36

O’qituvchi: Sen "œOilamiz hayotidan bir kun" degan mavzuda insho yozdingmi?
Abduholiq: Yo’q. Uydagi gapni ko’chaga olib chiqma, deyishdan.

Qayd etilgan