Userlar haqida latifalar :)  ( 63666 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Muslimа  02 Iyul 2007, 14:33:11

Hafa bo'lish yo'q!!!

Ikbaljohn zargarlik do’konida:
-   Anavi uzuk necha pul turadi?
-   O’n ming.
-   O, la’nati! Manavi bilak uzukchi?
-   Ikki la’nati"¦

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 14:42:02

Nozli:
-   Nega sin o’zingiz bilan o’zingiz gaplashasiz?
Murod_bek:
- Aqlli odamlar bilan gaplashishni yaxshi ko’raman!

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 14:53:54

Ikbaljohn:
-   Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushishni istamaysizmi?
Bekatdagi qiz:
-   Istayman.
Ikbaljohn:

-   Siz o’ylamang, men har qanday qizni ham kinoga taklif qilavermayman.
Bekatdagi qiz:
-   Men ham har qanday yigitga yoq deyavermayman.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 15:38:29

Bir kuni Ikbaljohn domladan:
- Chivin o’ldirsa, kishining tahorati ketadimi? — deb so’radi.
Domla og’zini javobga juftlaguncha yonidagi B-boy fatvo berib qo’yaqoldi:
- Sizniki emas, chivinniki ketadi.

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 15:46:04

Lola:
- Dugonajon hech bo'lmasa qanday yashayapsan, deb so'rasang-chi?
Mahzunabonu:
- Xo'sh, qanday yashayapsan?
Lola:
- E-e, so'rama...

Qayd etilgan


Muslimа  02 Iyul 2007, 16:06:13

Qorni juda ochgan mehmon B-boy uy egasining o’g’lidan sekingina so’radi :
-Sizlar odatda qachon ovqatlanasizlar ?
Bola javob berdi :
-O’zimiz soat birda , ammo uyda mehmon bo’lsa ,u ketguncha sabr qilamiz .

Qayd etilgan


Fatima  03 Iyul 2007, 13:05:27

Yaqinda Sibirdan qaytgan Nozlidan forumdoshlar so`rashyapti:
-Nozli, Sibir juda sovuq bo`lsa kerak-a?
-Nimasini aytasiz? Ertalablari qo`lni qo`lqopni yechmasdan yuvishga to`g`ri keldi

Qayd etilgan


Murod_bek  04 Iyul 2007, 08:47:44

Nozli:
-   Nega sin o’zingiz bilan o’zingiz gaplashasiz?
Murod_bek:
- Aqlli odamlar bilan gaplashishni yaxshi ko’raman!

lol

Qayd etilgan


ikbaljohn  04 Iyul 2007, 11:40:14

Rohatoy kecha sotib olgan klaviaturani bugun qaytarib olib keldi.Sotuvchi:
-Nimaga qaytarib olib keldingiz?Ishlamayaptimi?
Rohatoy:
-Ishlamayapti.Kecha kompimga uladim, keyin kino ko'rmoqchi bo'ldim.Qarasam kino inglizcha ekan.Alt+shift bossam ham ruschaga o'tmadi kino!
__________________________________________________________________
Xafa bo'gan os'ha... ::)

Qayd etilgan


Mahzunabonu  04 Iyul 2007, 15:31:53

Murod_bekni uch dona sochi bor ekan.
Bir kuni tarayman desa,bitta sochi uzilib ketibdi,yana tarasa,yana bitta sochi uzilibdi.
jahli chiqqan Murod_bek -mayli,paxmoq bulib yuraveraman debdi.

Qayd etilgan