Muallif Mavzu: Abdussalom Ashriy. Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho  ( 21668 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Abdussalom Ashriy
Muhammad Abdulg’ani Hasan.

XADICHA BINTI XUVAYLID
Roziyallohu anho

Tarjimon: Qurbonali Tursunov.

“Movarounnahr”
Toshkent – 2006

Ushbu risola Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning ayollari, u zotga ilk iymon keltirgan zoti sharifa, barcha mo’minlarning onasi – Xadicha roziyallohu anho hayotiga bag’ishlangan. Unda Xadicha onamizning bolaliklari, oilalari, Payg’ambarimizga qanday turmushga chiqqanlari, Islom dini yo’lida chekkan mashaqqatlari hikoya qilingan. Asar Islom dini tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 15:35:18 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
« So'nggi tahrir: 29 Oktyabr 2007, 06:04:58 muallifi Laylo »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
BISMILLAHI ROHMANIR ROHIYM.

1 – fasl. Xonadon guli.

Xuvaylidning hovlisi hursandchilik, baxt-surur, do’stlik va yaxshilik tuyg’ulari bilan to’lib – toshgan edi. Chunki qizi Xadicha bu honadonga o’zgacha fayz bag’ishlab turardi. Oila a’zolarining barchasi uni yaxshi ko’rar, dildan suyar, hatto qo’ni – qo’shnilar ham uni alqab, ko’nglini chog’lashga harakat qilishardi. Uni barcha birday tilidan bol tomib maqtar, bir so’z bilan aytganda, u hammaning mehr-muhabbatini qozongan edi.
Xuvaylid Quraysh saidlaridan bo’lib, har bir ishda qavmiga maslahatgo’y edi. Usiz biron ish boshlanmasdi. Garchi uning oilasi kattagina bo’lsa-da, ehson qilishda bemisil, o’ta sahiy inson edi. Uning hovlisini odamlar “ofiyat maskani” deb bilishardi. Bu yerda mehmonlar hotirjamlik, rohat va go’zal muomala topardilar. Bu hovlida sahovat dasturhoni hamisha ochiq edi.
Xadicha bunday muhitda, tabiiyki, sahiy va marhamatli bo’lib voyaga yetdi. Boylikka hirs qo’ymadi. Inson hayotining mazmuni faqat mol-mulk bilan o’lchanmasligini anglab yetdi. Bu ne’matlarni yetkazgani uchun Allohga shukur qilish lozimligini bir zum ham unutmadi.
U faqir va muhtojlarga qo’lidan kelganicha ko’mak berar, bu yo’lda mol-mulkini sira ayamas edi. Tilanchilarning qo’lini qaytarmas, hamisha musofirlarning hizmatida bo’lar, biron narsa so’rashsa, og’rinmay berar, hammani hojatini chiqarishga shay turardi. Xadichani bunday go’zal hulqini ko’rib, tabiiyki, qarindosh-urug’lari, qavmdoshlarining boshi ko’kka yetardi. Ayniqsa, qalbi rahmat va halimlik bilan limmo-lim bo’lgan otasining shodligini aytmaysizmi?! Qizidagi go’zal fazilatlarni ko’rib, unga bo’lgan mehri kun sayin oshardi. Yaxshi hulqi, o’tkir zehni, fahm-farosati va uddaburonligi uning porloq kelajagidan, imon-tavfiqidan darak berar edi.
Xuvaylid qizi haqida o’ylar ekan, uning go’daklik chog’larini esladi. Uning ilk qadamlari, yengil harakatlari, mehribon va ma’sum qarashlari ko’z oldidan o’tdi. Hursand bo’lib, Allohga shukur aytganicha, o’z-o’ziga dedi: “Qanday odamlar-a… Bulardan ham zolimroq kimsa bormi?! Qanday qilib, o’z qizlaridan jirkanadilar?! Bunchalik berahm bo’lishmasa?! Axir, nobud bo’lga norasidalar orasida Xadicha singari ma’sum checheklar qancha?! Ha, chindan ham Xadicha hovlimizdagi hushbo’y rayhon, ko’nglimizning quvonchidir…” Keyin u qizini huzuriga chaqirdi. Nasihatlar qildi. Qizini odob bilan bosh egib turishini ko’rib, ich-ichidan quvondi. Porloq yuziga, go’zal qomatiga nazar tashlarkan, Xadichaning qo’lini so’rab kelayotgan sovchilar ko’z oldidan o’tdi. Biroq u bu haqida gapirishning hali mavridi emas, deb o’yladi. Qolaversa, sovchi qo’ygan yigitlarning aksariyati Xadichaga emas, balki dunyo ziynatlariga ko’ngil qo’yishgani va faqat obro’li xonadonga kuyov bo’lishni rejalashtirganini yaxshi anglar edi.
Xadicha qo’ni-qo’shnilar orqali o’ziga kelayotgan sovchilar haqida eshitar, bu haqida gap ketarkan, beixtiyor yuzi qizarib, nima deyishni bilmay qolar edi. U erga tegish haqida bosh qotirmas, ko’proq o’z ishlari bilan band bo’lardi. Chunki otasining diyonatli inson ekanini bilar, uni albatta yaxshi honadonga, solih insonga uzatishiga ishonar edi. Zero, otasi muruvvat va sahiylik sifatlari bilan ziynatlangan kishi edi. Makka shayhlari yosh yigitlardek havolanganda, u o’zini o’ta kamtar tutardi. Xuvaylid har bir ishni tarozuga solib ko’radigan, ma’suliyatni his qiladigan, hakim va dono kishi edi. U har qanday holatda ham sahovat va ezgulik tamoyilidan og’ishmasdi.
Kunlarning birida kech payti Xuvaylidning hovlisiga Bani Mahzum qabilasidan mehmonlar kelishdi. Ular shunchaki mehmonlar emasdi. Ziyofat, o’zaro suhbat uzoq davom etdi. Mehmonlar hayr-hush qilib uylariga qaytishgach, Xuvaylid ham hujrasiga kirdi. Uni xotini Fotima intiqlik va hayajon bilan kutardi. Xuvaylid gapni cho’zmasdan muddaoni bayon qilib qo’ya qoldi. Fotimaning yuzi yorishdi. Erining qarori unga ham ma’qul kelgan edi. Ular shod-hursand holda hujradan chiqdilar. Xuvaylid dam olish uchun qurilgan so’riga borib o’tirdi. Ipakdan tikilgan qimmatbaho ko’rpa-bolishga yonboshlab, o’yga toldi. Xotini ham kelib yoniga o’tirdi. Keyin qizi Xadichani chaqirdi. Qizi tezda, lekin uyalibgina ko’rinish berdi. Ulardan sal uzoqroqda to’xtadi.
Xuvaylid qiziga tabassum bilan qarab: “O’tir, Xadicha, - dedi. – Sen bilan bir masala yuzasidan fikrlashmoqchiman. Qani, sen nima der ekansan?! Gaplarimini yaxshilab tinglab, o’ylab javob ber”.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
2 – fasl. Nozik savdo.

Xuvaylid Xadichaga qarab-qarab qo’ya boshladi. So’ngra muloyimlik bilan undan so’radi: “Xadicha, Shomga jo’natish uchun tayyorlab qo’ygan karvonimiz haqida nima deysan?”
Qizi savolni chiroyli tabassum bilan qarshiladi. Keyin odob bilan: “Karvon yaxshi hozirlangan. Savdo – tijoratimiz, Allohga shukur, kasodga uchramay foyda keltirmoqda. Qaysi shaharga borsa, rivoj topmoqda. Karvonimizda yaxshi tartib – intizom o’rnatilgan”, dedi.
Otasi tabassum bilan yana so’radi: “Karvon bilan jo’natmoqchi bo’lgan odamlarimiz va ishchilarimiz haqida nima deysan?”
  “Albatta, ular nimani sotib olishni va nimani olmaslikni yaxshi bilgan, ziyrak kishilar”, deya javob qaytardi Xadicha.
Xuvaylid xotini Fotimaga ma’noli qarab qo’ydi. So’ngra yana Xadichaga savol tashladi: “Makkaning mohir savdogarlari haqida fikring qanday? Seningcha, ularning qaysi biri ishning ko’zini, foyda olish yo’llarini ko’proq biladi?”
Qizi bir oz o’ylanib, odob bilan so’radi: “Qanday foyda haqida so’rayapsiz: halol foydami yoki harom?”
Otasi shoshib javob qaytardi: “Ha, albatta, halol foyda, harom foydaning ohiri voy-ku. U faqat bir marta egasiga foyda keltiradi-da, keyin barakani qochiradi. Aloh uni zoye ketkazadi. Men sendan savdo-sotiqda halollik bilan mohir bo’lganlarni so’rayapman…”
Qizi omonatga hiyonat qilmaydigan, halollik bilan ish yurituvchi Makka savdogarlarini birma-bir sanadi. So’zining so’ngida ota-onasiga nazar tashladi. Otasi: “Atiq ibn Obid to’g’risida fikring qanday?” deb so’radi. Javob tezda bo’ldi: “U Bani mahzunliklar kabi savdoda mohir, foyda olish yo’llarini yaxshi biladigan, boylik ta’mini totib, uni ko’paytirish istagida yurgan savdogar”.
Xuvaylid yana shoshilinch savol tashladi: “Haloldanmi, haromdanmi?”
Qizi eshitgan - bilganlariga tayanib, qat’iy javob berdi: “Guvohlik beramanki, u halol yo’l bilan shuhrat topdi. Harom molga yaqinlashmaydigan, sahiy va shijoatli inson. Men o’z ahliga undan-da sevimliroq bo’lgan boshqa kishini bilmayman”.
“Shu safargi tijorat ishlarimizni unga yuklamoqchimiz,-dedi Xuvaylid bir oz tin olib, qiziga boshdan – oyoq nazar tashlarkan. – Unga savdodan-da muhimroq, moldan-da qimmatbaho, har qanday boylik tenglasholmaydigan omonatni topshirmoqchiman”.
Xadichaning hayoliga birdan haligi mehmonlar keldi. Ota – onasini suhbatini esladi. Otasining hozir nima haqida so’z ochmoqchi ekanini payqab, yuzi qizarib ketdi. U boshini egib turar, javob qaytarishga uyalar edi. Xuvaylid sekingina, muloyimlik bilan: “Atiq haqida fikring qanday?” dedi. Xadicha hamon boshini ko’tara olmas, yuzi lov-lov yonar, bor shijoatini to’plab, so’zlashga kuch izlardi. Ota-onasi undan javob kutib, yuqoridagi savolni takrorlashlariga to’g’ri keldi.
Oxiri Xadicha zo’rg’a, eshtilar-eshtilmas ovozda: “Otamning roziligi mening roziligim emasmi?!” deb javob bera oldi, halos. Otasi yaqin kelib, uning peshonasidan o’pdi va : “Sen Atiqqa, Atiq senga munosib, - dedi- Alloh yaxshilikni sevuvchi va yaxshilar bilan yaxshilarni ro’baro’ qiluvchi Zot. Parvardigordan Atiq haqidagi fikrimni to’g’ri chiqishini va go’zal juftlik amalga oshishini o’tinib so’rayman”.
So’ng onasi kelib, Xadichaning ikki yuzidan bir-bir o’pdi-da, eriga yuzlandi: “Biz Atiq istaganidek to’yni tezlashtira olmaymiz. El qatori to’y liboslari va boshqa jihozlarni tayyorlash uchun anchagina vaqt kerak bo’ladi”.
Xuvaylid ularni tinchlantirdi: “Bir-ikki oy ichida karvon kerakli jihozlarni Yaman va Shomdan keltiradi, ungacha bir oz kutib turamiz… Fotima, do’konlarimiz mol-ashyoga to’la. Hohlaganlaringni olaveringlar, ahir barcha boyligimiz Xadichaniki-ku”.
Keyin jilmayib qo’shib qo’ydi: “Lekin men bundan ko’proq kechiktirishga qodir emasman”. Fotima ham jilmaydi. Xadicha yuzini yashirdi. Keyin ular tarqaldilar. Ota- ona qizlarining kelajagi, bo’lajak kuyovlari, ularning o’zaro turmushi haqida shirin hayollar surishardi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
3 – fasl. To’y hayajoni.

Karvon Makkaga xilma-xil yuklar bilan qaytdi. O’ziq – ovqat mahsulotlari, meva – chevalar, atir – upalar, turli liboslar, chakmonlar va boshqa shunga o’xshash noyob molar olib keldi. Unda Xuvaylid va Atiqning yuki ham bor edi. Chiroyli gazlamalar, nafis to’shaklar, qimmatbaho fors gilamlari… Ular har qanday odamning ko’zini quvontirardi. Xuvaylid ularni Xadichani sepiga atagan, kuyovi Atiqqa hadya etmoqchi edi.
Makkaliklar to’y kechasini intizorlik bilan kutardi. Ayniqsa, to’y kambag’allar uchun katta shodiyona edi, ular so’yiladigan jonliqlar go’shtidan, turli noz-ne’matlardan bahramand bo’lishga oshiqardilar. Qoni qaynoq yigitlar esa to’y sahnasida o’zlarining qilichbozlik borasidagi mahoratlarini namoyish etishni istardi. To’y tantanalarida Makka boylari o’zlarining ustun jihatlarini ko’z-ko’z etib, kayf – safo qilardi.
 Bu kechani yoshu qari birday intiqlik bilan kutmoqda. Erkagu ayol to’yning qachon bo’lishini tinmay surishtirardi. Ular o’z liboslarini ko’z-ko’z qilib, qimmatbaho taqinchoqlarini maqtanishni, o’z uylarining ko’rki va boyliklari bilan fahrlanishni juda-juda istaydilar. Yana boshqalari esa Xadichaning o’z kuyoviga qanday qimmatbaho hadya berishi bilan qiziqardilar, o’zlaricha taxmin qilardilar. Tabiiyki, kelinning sepi bilan qiziquvchilar ham kam emasdi.
Hammaning tilagi bitta: kelin-kuyov uzoq va barakali turmush qurishsin, uvali-juvali bo’lishsin.
Fotimaning qo’li-qo’liga tegmaydi – u qizining to’yini o’ylab hayajonda, kerakli narsalarni tayyorlashga kirishgan. Ba’zan hayol olib qochar, “Qizim boshqa xonadonga ko’nikib ketarmikan, qiynalmasmikan?” deya tashvishlanardi. Bu o’y, albatta, Xadichada ham yo’q emasdi. U umr yo’ldoshi bilan bir-birini tushungan holda, tinch-totuv, baxtli hayot kechirishini istardi. Ba’zi oilalarning buzilib ketishiga sabab murosasizlik deb bilardi.
Xadichaning to’yi bo’layotganidan barcha – qo’ni-qo’shnilar ham, qavmning saidlari ham hursand edilar. Yoshu qari hamma to’yda qo’shiq-yalla aytib, o’yin-kulgu qilishni o’ylardi. Har bir qiz kelin bilan birga uning yangi uyiga birga borishni jon-jon deb hohlar, faqat Xadichaning taklifiga ilhaq edi. Xadicha bolaligi o’tgan ota uyiga entikish bilan qarar, so’ng hali o’zi uchun notanish bo’lgan yangi honadoni, turmush o’rtog’I haqida o’ylar edi. U qalbidagi hadikni so’ndirishga harakat qilarkan, o’z-o’ziga dedi: “Allohning hukmidagi kelajakdan qo’rqishim nimasi?! Mendan nima ham talab qilinardi?! Albatta, er-xotin o’rtasida do’stlik bo’ladi-ku. Men erimga suyanchiq, yordamchi bo’laman. Ahli va molini ko’z qorachig’imday asrab, uning roziligini topishga harakat qilaman, - bir oz tin olib, fikrida davom etdi: - Nimadan qo’rqyapman o’zi? Otamning uyida hamma ishlarni o’zim bajaraman-ku. U yoqda ham tadbir bilan ish yuritaman. Aql – idrokim, fahm – farosatim bo’laturib, nega endi noqulay vaziyatga tushishim, muammolar tug’dirishim, erimni qiyin vaziyatga qo’yishim, unga achchiq qilishim kerak ekan?!” Keyin turmush qurib, erlari bilanmurosa qilolmay, oilasi buzilib ketgan ayollarni esladi. Ular nima uchun erga tekkanlarini, oila qurishdan maqsadlari nima ekanini anglamaganlar. O’zidan esa ko’ngli to’q. kelajagiga ishonch bilan qarar, yaqin qolgan to’yi haqida o’ylardi. Onasi tinimsiz er-xotinlik muammolari, burchlari haqida gapirar, nimaga amal qilish keragu nimani tark etish lozimligini uqtirar edi. Xadicha huddi madrasa talabasidek saboq olar, biroq bu saboqlaro’ta jiddiy fan – hayot darsligidan edikim, sinov va imtihonlari ham o’ziga yarasha ma’suliyatli, murakkab edi. Biroq Xadicha onasini eshitgan sari xotirjam tortar, bu o’gitlarni yoddan bilishini o’ylab, ko’ngli quvonardi.
To’y kuni Xuvaylidning hovlisi qavm-qarindosh, do’st-birodarlar bilan to’lib toshdi. Bani mahzumlik ayollar Atiqning Xadichaga yuborgan qimmatbaho sovg’alarni ko’tarib kelishdi. Quraysh ayollari ham rango-rang tuhfalar bilan keldilar. Jonliqlar so’yilib, to’yga Makka ahli tashrif buyurdi. Hovlida kuy – qo’shiq sadolari yangray boshladi. O’sha kuni havo ochiq bo’lib, yengil shabada esib turardi. Makka ahli kechani Xuvaylid xonadonida kutib oldilar. Ka’baning yonida nikoh marosimi bo’lib o’tdi. Odamlar duolar aytishib, uning atrofini aylandilar. So’ng to’yhonada o’yin-kulgi qilishib, allamahalda tarqaldilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
4 – fasl. To’y.

Makkada o’yin-kulgi avjiga chiqqan, kuy-qo’shiqlar yuraklarni zavqu shavqqa to’ldirayotgan va bu shodiyonaga hamma sherik bo’layotgan chog’da faqat bir ko’zi ojiz kishigina sukut saqlab o’tirardi. U qo’shiq va raqslarga e’tibor qilmas, o’zi bilan o’zi ovora edi. Hatto to’y sohibi Xuvaylid unga: “Ey, Varaqa, bu kecha shod-hurramlik kechasi, amaking qizini uzatmoqda, hursandchilik sen ham sherik bo’lsang-chi”, deb tanbeh ham berdi. Biroq u: “Amaki, bilasiz-ku, men bularning baridan uzoqlashganman”, dedi nim tabassum bilan.
O’tirganlardan biri uni masharalab: “Ey Varaqa, hali ham o’z fikringdamisan, sen, yaxshisi, Makkadan chiqib ketganing durustroq. O’z dinini begona dinga almashtirgan bir odamsan-da”, dedi. Ikkinchisi qah-qaha urib: “Biz sendan rozi emasmiz. Rum, fors dinlarini o’rgangan bitta sensan. Biz esa ko’pchilikmiz. But – sanamlarimiz ham Ka’baning atrofida son-sanoqsiz. Biz ularni asraymiz, ular bizni qo’riqlaydilar. Bizga ne’matlar yetkazib, qiyinchiliklarimizni ketkazadilar”, deb qichqirdi. Keyin yana biri ovozining boricha masharalab: “Ey, adashgan kimsa, ilohlarimiz bizga qanday ne’matlar ato qilganini ko’rmayapsanmi?! Xuvaylidning qizi Xadicha Atiq ibn Obidga turmushga chiqayotgan kechada but-sanamlarimiz hursandchiligimizni ta’minlash uchun bizga sharob va taomlar berganini-chi? Qaysi yo’lga kirgan bo’lsang ham, tezda qaytgin-da, bizga qo’shilib kayfu-safo qil. Toki bizga qo’shilmas ekansan, tirik yurganingdan ko’ra o’lganing afzalroq”, dedi.
“Ey Varaqa, qachondan beri ruxoniy, taqvodor bo’lib qolding? Sening shahrimizda yashashing boshimizga ko’p balo, fasod keltiradigan ko’rinadi. Yo, ota-onang senga tarbiya bermaganmi?! Hayotimizni barbod qilishni, dunyo lazzatlaridan bizni mahrum etishni hohlaysanmi?” dedi davradagilardan biri keskin tarzda. Keyin bu so’zlarga ko’pchilik qo’shildi. Varaqani masharalab, yigitlar rosa lazzatlanishdi. Keksalar ham bu munozaradan rosa huzur qildilar. Ular so’zlarini tugatgunlaricha, Varaqa jimgina eshitib o’tirdi. Keyin qat’iy ohangda dedi: “Mayli, bugun bizni mashara qildinglar, lekin ertaga biz sizni mashara qilamiz. Yaqin kelajakda orangizdan payg’ambar chiqadi. But – sanamlaringizni inkor etib, zalolatga barham beradi”.
Uning so’zlarini eshitib, davradagilar qah-qah urib, mashara qila boshladilar. “Ey Varaqa, u payg’ambar kim? Mabodo o’zing emasmi? Ota-bobolarimizni dinini rad etadigan, ilohlarimizni pisand qilmaydigan, e’tiqodimizga qarshi chiqadigan kishi sendan boshqa yana bormi?” deb qichqirishdi. Hammalari uni: “O’z ahling e’tiqodidan nega qaytding? O’zing tushunmaydigan dinlarga nega e’tiqod qilyapsan?” deb malomat qila boshladi. Gap ko’paygandan ko’paydi. Tortishuv avjiga chiqdi. Keyin ulardan biri Varaqadan qaysi qavmdan payg’ambar chiqishini va u qanday din keltirishini so’radi. Varaqa: “Samoviy kitoblarning barchasi o’sha payg’ambarning yuborilishi haqida bashorat beradi. Uning kelishiga oz fursat qoldi. U arablar orasidan chiqadi”, dedi. Ular yana qahqaha otib kulishdi. “Vahiyni qabul qilib olishga o’zingni tayyorlab turaver. Ko’pincha senga o’xshagan kishilarga payg’ambarlik topshiriladi”, deb kinoya – piching aralash masharalashda davom etishdi. “Mabodo, - dedi ulardan biri, - bizning ilohlarimizning yomonlab, ularga qo’l tekkizadigan bo’lsang, seni Makkadan badarg’a qilamiz. Ota – boblarimiz dinidan yuz o’girib, boshqa dinga e’tiqod qilish qanaqa bo’lishini o’shanda bilasan!” So’ng gapga Makka saidlari aralashib: “Bunga to’g’ri yo’l ko’rsataman deb, behuda ovora bo’lmoqdasiz”, deyishdi. Ular davradagilarni jim bo’lishga buyurib, qo’shiqchilarga ishora qildilar. Yana kuy-qo’shiq sadolari baland yangray boshladi. To’yga kelganlar orasida Makka saidlaridan biri Abdulmuttalib ibn Xoshim ham bor edi. U barcha qurayshliklar kabi shodiyonada ishtirok etardi. Abdulmuttalib yaqinda uylangan o’gli Abdulloxning to’satdan vafot etganini eslab, kecha qattiq qayg’urgan edi. Lekin bugun hursand, g’ubori yozilgan. Chunki Abdulloxdan zurriyot qolayotganini o’ylab, ko’ngli yorishmoqda. Abdulloxni xotini Omina bugun o’g’il farzand tug’di. Unga Muhammad deb ism qo’yildi. Odamlar Abdulmuttalibni nevara bilan muborakbod etishni unutmadilar. Nevarasi Muhammad ibn Abdulloxning ulg’ayib kamolga yetishini, uning nikoh to’yini ko’rish ham bobosiga nasib etishini tiladilar. Abdulmuttalib: “Shunday bo’lsin”, deya tabassum bilan javob qaytarardi.
Tongga yaqin kelin ota hovlisidan Bani Mahzun xonadonlaridan biriga – Atiq ibn Obidning uyiga qarab yo’l oldi. Odamlar taassurotlarini gapira-gapira tarqalishdi. Xadicha esa yangi hayot ostonasidan ichkariga qadam qo’ydi. U kelajakda yuz berishi, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan allaqanday havfni his eta boshladi. Uning qalbini g’ash qilayotgan havfni faqatgina g’ayb egasi Alloh bilar edi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
5 – fasl. Taqdir bitigi.

Xadicha barcha fahm – farosatli, oqila ayollar kabi erining hurmatini joyiga qo’yib, unga itoat etardi. Bu xonadonda o’zi orzu qilgan baxt-iqbolni topgan edi. Muhim ishlarda u eriga suyanchiq bo’lar, kerakli maslahatlar berishga harakat qilardi. Xadicha bilan Atiqni hamma “baxtli oila” deb ta’riflashardi.
Xuvaylid qizi bilan kuyovining tinch-totuv yashayotganlaridan behad hursand edi. Qizinikiga borganida uning eriga nisbatan hurmatini ko’rib, boshi ko’kka yetar, minnatdor bo’lar edi. Fotima ham qizi bilan fahrlanardi. Xadicha to’g’risidagi maqtovlarni eshitib, ko’ngli rohatlanardi.
Oradan bir yil o’tdi. Yangi mehmon – chaqaloq tug’ilishi bilan honadondagi hursandchilik yana-da oshdi. Chaqaloqning hozircha otasiga o’xshashini, lekin ulg’aygan sari onasiga o’xshab borishini aytishardi. Lekin Atiq bilan uzoq yashash Xadichaning peshonasiga yozilmagan edi. Ikkinchi yilning yarmi o’tmasdan Atiq vafot etdi. Undan yodgor bo’lib qizchasi qoldi.
Qurayshliklar Atiqning Xadichaga ko’p mol-dunyo qoldirib ketgani haqida gapirishardi. Ko’plari uchun mol-dunyosi va husni-nasabini o’ylab, agar rozi bo’lsa, unga uylanishni aytishardi. Atiqning vafot etganiga ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa-da, Xuvaylid ham uni erga tegishini istar edi.
Xadicha esa turmushga chiqishni istamas, Atiqdan keyin yolg’iz umrguzaronlik qilishni o’ylar edi. Ota-onasi yana turmushga chiqish haqida unga so’z qotishga botina olmasdi. Kunlar, oylar birin-ketin o’ta boshladi. Xadicha hovlidan tashqariga chiqmas, qizchasining tarbiyasi bilan band edi. Xuvaylid esa uyiga kelayotgan sovchilarning qadamini tezroq uzib, qizini erga berishni hohlardi.
Bir kuni qizini chaqirib: “Endi motam kiyimingni yechmaysanmi, qizim? Atiq vafot etganiga ko’p vaqt bo’ldi. Tirikligida ham, vafot etganidan so’ng ham hurmatini joyiga qo’yding. Axir, tiriklar marhumlar ketidan o’lishi kerak emas”, deb nasihat qila boshladi. Xadicha otasiga qararkan, ko’zlari yoshga to’ldi. Siniq ovozda: “O’z yaqinini yo’qotgan kishiga hayotning nima qizig’I bor?” deb qizchasini boshini silab qo’ydi. Ko’zidan yoshi duv-duv quyular edi.
Xuvaylid qizining ko’zyoshlarini ko’rib qattiq ta’sirlandi. “Qizim, yolgiz ayol boshing bilan eshigingni qulflab o’tirgandan ko’ra, yoningda panohing bo’lsa yaxshi, deyman-da. Eridan ajralib qolgan faqatgina sen emassan. Hammasi taqdiri azalda bitilgan. Hohlagan paytda bizning jonimizni oladi. Taqdirga tan berish kerak. Bunday qilishing yaxshi emas”, deb Xadichaga taskin va maslahat bera boshladi. Keyin erlaridan ajragan ayollarni birma – bir sanay ketdi. Ikkinchi marta turmush qurib baxtli yashayotganlarni ham tilga oldi. “Qizim, umr o’tib borayapti. Men ancha keksayib qoldim. Mendan keyin dunyoda yolg’iz qolib ketishingdan qo’rqaman. Agar sening kelajagingdan ko’nglim to’q bo’lmasa, bu dunyoni qayg’u bilan tark etaman. Nahotki, senga faqat yaxshilik sog’inadigan otangga itoat etmasang?! Yoki qarorimga qarshi chiqib gunohkor bo’lasanmi?” dedi muloyimlik bilan. Bir oz tin olgach: “Sening qo’lingni so’rab kelgan bir kishiga rozilik berib qo’ydim. Xudo xohlasa, undan rozi bo’lasan. Kimligini bilishni istaysanmi? U haqida avval ham eshitgansan, boy-badavlat inson, sahiyligi bilan tanilgan Nabbosh ibn Zurora Tamimiydir. Qizim, otangga itoat et va rahm qil”, dedi. Xadicha javob qaytarmay, erga tikilib turardi. Sukut – alomati rizo, deganlar. Xuvaylid qizi rozi bo’lganidan keyingina joyidan jildi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
6 – fasl. Yana judolik.

Odamlar endi Xadicha binti Xuvaylid bilan Nabbosh ibn Zurora uyidagi intizom va farovonlikni maqtay boshladilar. Eng yaxshi ayollar haqida gap ketsa, Tamimiyning uyidagi ayol birinchi bo’lib tilga olinardi. Vaqt – soati yetib, ular o’g’illik bo’ldilar. Umga Hola deb ism qo’yishdi va ko’z qorachiqlaridek avaylab o’stira boshlashdi. Xadicha erini “Abu Hola”, ya’ni “Holaning otasi”, deb chaqirardi. Odamlar ham unga shunday deb murojaat qilishardi. Kelgusi yili ular yana farzandlik bo’lishidi. Ismini Hind deb qo’yishdi. Ammo Xadichaning oilasiga ketma-ket kelayotgan bu hursandchilik uzoqqa bormadi. Kutilmaganda abu Hola vafot etdi. Xadicha ikkinchi marta ham beva qoldi. U Nabbosh qoldirib ketgan molu dumyoga burilib ham qaramadi. Ahir, bu mol-dunyo erini o’limdan asrab qolmadi-ku. Atiqning ham boyligi o’limga monelik qilolmagan edi.
Xadichaning qayg’usiga yana bechora ota-onasi sherik edilar. Otasi har kuni Xadichaning uyiga borar, uni yupatishga urinar edi. Qattiq bemor bo’lib yotib qolgach, “Ko’p kuyunma, o’zingga rahm qil”, deb qizidan o’tinib so’ray boshladi. Onasi bir kuni: “O’zingni o’ylamasang ham, farzandlaringni o’yla. Sen vafot etadigan bo’lsang, farzandlaring kimga qoladi?” deb tanbeh berdi. Onasining so’zlari Xadichani ancha sergak torttirdi. Farzandlarini tarbiyalashga ma’sul ekanini, irodasiga suyanishi shartligini his qildi. Va kunlardan bir kuni otasi uni uchinchi marta turmushga chiqarmoqchi ekanini eshitdi.
         
***

Xadichaning uyiga yaqinroq joyda Omina binti vahb ismli ayol yashardi. Turmush qurganidan bir oz vaqt o’tib eri vafot etgan edi. U erining o’limidan keyin tug’ilgan Muhammad ismli o’g’li bilan yashardi. Boshqa turmush qurmagan edi. Odamlar uni “sabrli, vafodor ayol” deb ta’riflashardi. O’g’li olti yoshga kirgan edi. Omina qolgan hayotini o’g’liga bag’ishlashga so’z bergani haqida gap-so’zlar yurardi.

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
7 – fasl. Sirli tush.
   
Xadicha ham xuddi Ominadek farzandlari bilan yolg’iz yashashga qaror qildi. Kelgan barcha sovchilarni izma-iz qaytardi. Yana tijoratni davom ettira boshladi. Oz fursatda boyib ketdi. Savdosi boshqalarnikidan ko’ra ko’proq foyda keltirardi. Qo’l ostidagilar tijorat sirlarini puxta biladigan bu tadbirkor va oqila ayolning hizmatida bo’lganlaridan faxrlanishardi. Xadichaning uyi savdo mollari bilan to’lib toshgan edi. Do’konlari Makkadagi eng mashhur savdo markaziga aylandi. Uning tijorati har xil illatlardan xoli, nuqsonsiz edi, tarozidan urmas, halol savdo qilardi. O’sha paytda keng tarqalgan sudxo’rlikdan parhez qilardi. Boyligi ziyoda bo’lgani sari u faqr-muhtojlarga ko’proq ehson qilardi. Odamlar uning muvaffaqiyatlaridan, qo’li ochiqligidan hayratga tushardilar.
Bir kecha u tushida nihoyatda musaffo osmon va porlab turgan quyoshni ko’rdi. Tevarak – atrof juda go’zal suratda edi. Keyin quyosh osmondan pastga tusha boshladi. Yaqinlashgan sari kattarib, o’zidan nur taratdi. U to’g’ri Xadichaning hovlisiga indi. Hovli nur bilan limmo-lim bo’ldi. Keyin nur Makka atrofiga yoyildi. So’ng butun er yuzini yoritdi. Xadicha uyqusidan uyg’onib ketib, hovlisi va atrofiga nazar tashladi. Qo’shnilari mast uyquda yotar, hovlisida hech narsa o’zgarmaganini ko’rib, o’rniga o’tirdi va tong otgunga qadar tushining ta’biri haqida o’yladi. Keyin ayrim hizmatchilarini chaqirib, amakisi Varaqa ibn Navfalnikiga shoshildi. Varaqa uni ko’rib, taajub bilan: “Ha, Xadicha, buncha erta kelishga seni nima majbur qildi? Boshqalar hali uyg’ongani ham yo’q-ku, tinchlikmi?!” deb so’radi. Hali ham yuz-kozida hayrat va hayajoni so’nmagan Xadicha: “Ey amaki, havotirlanmang, tinchlik, ayting-chi, siz tushlar ta’birini bilasizmi?” deb so’radi. Keyin ko’rgan tushini so’zlab berdi. Bu tushni eshitib, amakisining yuzi yorishib ketdi. Quvonch bilan: “Xadicha, sen tez kunlarda erga tegasan”, dedi.
Xadichaning hayrati oshdi: “Mening erga tegmasligimni, o’zimni farzandlarimga bag’ishlaganimni yaxshi bilasizku. Tushimning ta’birini so’rasam, siz boshqa narsa haqida gapiryapsiz. Yo’q, men erga tegmayman!” dedi qat’iy qilib. Varaqa tabassum qildi-da, yana: “Tez kunlarda erga tegasan, - dedi. – Mening hazlni yoqtirmasligimni yaxshi bilasan. Sen bir porloq quyoshga – odamlarni qorong’ulikdan yorug’likka yetaklaydigan, adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlaydigan zotga erga tegasan. Sen payg’ambarga erga tegasan! U o’zing o’qigan kitoblarda bashorat qilgan, arablar orasidan chiqadigan rasuldir. Alloh unga dushmanlari bilan urishganda u bilan birga bo’ladigan soliha xotinni nasib qiladi. Sen shunga tayyormisan? O’zingni o’sha mashaqqatlarga tayyorla. Tushing sening o’sha payg’ambarga xotin bo’lishingni bildirmoqda”.
Xadicha g’alati hissiyotlar bilan xovlisiga qaytdi. U haqiqat va shubha orasida edi. “Amakimning o’z ilmiga suyanib bu tush haqida qilgan ta’biri ro’yobga chiqarmikan? Bu ulkan quyosh bilan u aytgan payg’ambar orasida qanday bog’liqlik bor? U payg’ambar arablar orasidn chiqishini qaerdan biladi? Mening unga turmushga chiqishimni-chi?” deb o’zi bilan o’zi bahslashar edi. Nima bo’lganda ham, ko’rgan tushi va uning ta’biri hayolidan ketmasdi. Biroq bu to’g’rida hech kimga hech nima demadi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
8-fasl. Murojaat
Yamanga jo’natilgan karvonning qaytib kelishiga oz vaqt qolgan edi. Bir kundan so’ng karvonning kelayotgani haqida habar keldi. Ð¥adichaning hovlisida yangi yuklarni qabul qilib olish uchun tayyorgarlik ko’rila boshlandi. Yangi mollar do’konlarga jo’natildi. Ishchilarning haqqi ortig’i bilan to’landi. Ular xushmuomala va saxiylikdan xursand bo’lgan holda minnatdorchilik bildirib, hayrlashishdi. Ð¥adicha do’konidan sovg’a - salom oldi-da, qo’shnilariga ulashdi. Ular hursand bo’lishganidan raqsga tushib o’ynab berdilar.
Ð¥adicha tezda Shomga jo’naydigan karvonga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Uning hizmatiga kirishni, yukini olib ketishni istaganlar ko’p edi. Ishchilar yuklarni tayyorlashar, tuyalarni xozirlab, issiq, sahro qo’ynida kechadigan mashaqqatli safarga suvni g’amlab qo’yish uchun idishlarni jamlardilar.
Jo’nash chog’ yaqinlashgan paytda Ð¥adichaning huzuriga Makka saidlaridan biri Abu Тolib ibn Abdulmuttalib tashrif buyurdi. Mezbon uni hurmat bilan kutib oldi, o’tirishga taklif qildi, karvon va tijorat ishlaridan, foyda va ziyondan gaplasha boshladilar. Ð¥adicha o’z ishlari haqida, daromadi va ishchilariga tulaydigan maoshi haqida ma’lumot berdi. Abu Тolib uning ish yuritish uslubini, tadbirkorligini maqtadi. Suhbat davomida Abu Тolib nima uchun kelganini aytishga qulay fursat topdi. Akasining o’g’li Muhammad 25 yoshga yetsa-da, hali uylanmagan edi. Тo’y qilish uchun unda yetarli mol-mulk yo’q edi. U faqir bo’lib, Makka ahlining qo’ylarini boqardi. Agar otasi Abdullox ibn Abdulmuttalib hayot bo’lganida, shubhasiz, Makka saidlari qatorida yurar edi. Nachora, taqdir ekan. Endi esa, Abu Тolib unga cho’ponlikdan ko’ra ko’proq, foyda keltiradigan ish topishni maslahat berardi. Uylanishga yetarli mablag’ topishini hohlardi. Ð¥adichaning xuzuriga jiyaniga biror ish topilarmi, degan umidda kelgan edi. O’z maqsadini aytishga fursat topgan Abu Тolib: "Ey Ð¥adicha, akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullox, haqida qanday fikrdasan? Shomga yo’l olayotgan karvonga yordamlashish uchun uni olmaysanmi?" dedi. Muhammadning ismini eshitib, Ð¥adichaning yurak urishi tezlashdi. Chunki Muhammad omonatga
sadoqati, rostgo’yligi bilan nom chiqargan edi. U makkalik yigitlarga o’hshamas, kuchini faqat yaxshilik yo’lida sarflardi. Ð¥adicha: "Muhammad omonatga xiyonat qilmaydigan yigit, lekin u olis safarlarda yurib tajriba orttirmagan-da" dedi. Abu Тolib uning uzoq, yo’llarda yurganini aytib, Ð¥adichani tinchlantirdi. Safar borasida uning boshqalardan ko’ra kam emasligini ta’kidladi.
Ð¥adicha Abu Тolibning so’zlarini tinglarkan, bundan ancha yillar oldingi xotiralari jonlandi. O’shanda Muhammad tug’ilgan, bobosi Abulmuttalibning shodligiga Makka ahli sherik bo’lgan, Ð¥adicha unda o’n to’rt yashar o’spirin qiz edi. Keyin ko’z o’ngida Abdulloxning nikoh marosimi, ko’p o’tmay, u vafot etgach, qattiq kuyingan Abdulmuttalibning g’amgin chehrasi namoyon bo’ldi. Ð¥adicha uzatilayotgan kechada esa Abdulloxdan yodgor qolayotganidan — Ominaning ko’zi yorib, Muhammad ismli nabira ko’rganidan shodmon qiyofasi jonlandi. Keyin Muhammadning yetimlikda ulg’ayganini esladi. Otasidan so’ng onasidan ham judo bo’lganini hotirladi. Ota-onasiz yetim bo’laturib, shunday halol va pok inson bo’lib yetishgani uchun tasannolar aytdi. Mamnuniyat bilan javob qaytardi: "Ey Abu Тolib, uni o’z tijoratimga olishga roziman. Agar o’zing kelmasdan turib murojaat qilganingda ham taklifingni qabul qilgan bo’lardim".
Abu Тolib juda xursand bo’ldi. Ð¥adichaga rahmat aytar-kan, bir zum tin oldi va u yoq-bu yoqdan gapiraturib, asosiy masalaga ishora qila boshladi. Ð¥adicha uning nima demoqchiligini darrov angladi. "Ko’ngling to’q bo’lsin, Abu Тolib, albatta, seni qoniqtiradigan tarzda haq to’layman. Muhammad boshqa ishchilarim bilan barobar maosh olmaydi. Ish haqisi ularnikidan ko’proq bo’ladi. Chunki u shunga arziydi, o’z fazilatlari bilan Muhammad boshqalardan ustundir”.
Abu Тolib Ð¥adichaga takror-takror rahmat aytdi. Akasining o’g’liga tezroq xabar berish uchun undan ruxsat suradi. Shitob bilan jiyanining uyiga yo’l oldi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
9-fasl. Uchrashuv
Ð¥adichaning so’zlarini amakisidan eshitib, Muhammad
xursand bo’ldi. Amakisi unga Ð¥adichaning uyiga borishi
kerakligini aytdi. Bordi. Keng hovli. Kattayu kichik, erkagu ayol bu hovliga kirib-chikib turibdi. Sekin eshikdan
kirdi. Bir xodim unga xonalardan biriga borishini aytib,
yo’l kursatdi. Uyga qimmatbaho gilamlar to’shalgan, devori
chiroyli naqshlar bilan bezatilgan edi. Bir oz fursat o’tgach,
xonaga bir ayol kirib keldi. Bag’oyat go’zal, sochlari uzun, yuzlari oppoq, liboslari ipakdan, oyog’ida kimmatbaho teridan
tikilgan kovush, barmoqlarida gavhar uzuk va qulog’ida dur
halqa bor edi. Muhammad odob bilan turib unga salom berdi. Ð¥adicha o’tirishga izn berdi va o’zi undan uzoqroqqa
o’tirdi. U ancha yil oldin ko’rgan tushini unutgan, har holda,
u tush xotirasining allaqaysi puchmoqlarida qolib ketgan
edi. O’shanda amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfal tushini ta’bir qilib, uning erga tegishini va eri payg’ambar
bo’lishini aytgan edi. Muhammadni ko’rishi bilan negadir
o’sha tushini esladi.
     
Quyosh hovlisiga tushganini, uy sahnini yoritib yuborganini va butun olam nurga to’lib porlaganini tushida emas, xuddi o’ngida ko’rganday edi. Oldidagi yigit o’sha bashorat etilgan kishi ekanini ich-ichidan his etdi. Hissiyotini jilovlab, tijorat va karvondan gap ochdi. Yigit Ð¥adichaning so’zlarini jim, e’tibor bilan eshitardi. Uning so’zlari tugagach, o’rnidan turib, u bilan xayrlashdi-da, uyiga qarab yo’l oldi. Ð¥adicha Muhammadda odamlar maqtagan fazilatlar jamul-jam ekaniga guvoh bo’ldi. Qalbida unga nisbatan muhabbat uyg’ondi. Karvon jo’naydigan kuni maoshini to’lab, ko’rsatmalar berdi. Unga Maysara ismli hizmatkorini qo’shib jonatdi. Keyin boshqalarga qo’shilib olishni buyurdi. Karvon ko’zdan g’oyib bo’lguncha uning ortidan qarab qoldi.
Muhammad va Mysara yonma-yon tuyalarga minib olishgan edi. Karvon tog’u sahrolardan o’tardi. Muhammad bundan juda shod edi. Kechalari osmonga termulib, Allohning qudratiga tahsin aytardi. Kunduzlari esa bepayon sahro, qum barhanlari, baland-baland tog’larga tikilib yurardi. Karvon esa manzilga tezroq yetish uchun jadallab borardi.
Xadicha o’sha tushida ko’rgan quyosh va uning osmondan hovlisiga tushgani haqida o’ylar edi. Amakisining o’g’li aytgan barcha sifatlar Muhammadda mavjud ekanini angladi. Ha, bu o’sha tushida namoyon bo’lgan Quyoshdir. O’z-o’zini “Ey, Xadicha, senga nima bo’lyapti?! Erkaklardan yuz o’girgan, Makka boylaridan, raislaridan kelgan sovchilarni rad etgan eding. Endi esa bu yigitga muhabbatning oshmoqdami?!” deya so’roqqa tuta boshladi.
“Nahotki yana turmushga chiqsam-a? Nahotki u payg’ambar bo’lsa? Amakimning o’g’li aytgan payg’ambar shu yigitmikan? Agar bu bo’lmasa, undan boshqa kim bo’lishi mumkin?!” U shu yang’lig’ o’y-hayollarini, xavotirlarini tarqatib yuborishni xohlar, keyin yana Muhammad haqida o’ylar edi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!

10-fasl. Niyat

Karvon qaytadigan vaqt yaqinlashdi. Makka ahli uni kutib olish uchun tayyorgarlik ko’ra boshladi.
Xadicha o’sha sirli tushidan tashqari moli va tijorati haqida ham jiddiy bosh qotirardi. Karvon yaqinlashgan sayin odamlarning tayyorgarligi ham tezlashdi. Savdogarlarni kutib olish uchun uylarda tadorik boshladi. Nima olib, nima sotganlarini hisob-kitob qilishga, foyda va ziyonini aniqlashga shay turishardi. Tong otib atrof yorishgach, Xadicha ba’zi hizmatkorlarini olib, baland tepalikka chiqdi va karvonni kuta boshladi. Hushxabarni birinchi bo’lib yetkazish uchun joriya hizmatchilar karvon yo’liga qattiq tikilib turardi.
Uzoqdan Makkaga tezlik bilan kelayotgan karvon ko’rindi. Xadicha yuragini tez urayotganini his etardi. Xizmatchilardan biri to’satdan: “Ey bekamiz! Ana Muhammad! Muhammad!” deya qichqirdi.
Muhammad bilan Maysara tuyalarida kelishardi. Ularning orqasida yuk ortilgan yana bir tuya kelardi. Xadicha karvonni ko’rib taajjubga tushdi. Karvon ahlining hammasi quyosh tig’ida, faqatgina Muhammad soyada edi. Uning ustiga bir parcha bulut soya tashlab turardi. Soyaga hech kimni, hatto Maysarani ham sherik qilmasdi. Xadicha bulut faqat menga ko’rinyapti, deb o’yladi. Shuda xizmatchilar: “Muhammad soyada, odamlar esa quyosh tig’ida kelayotganini ko’ryapsizmi? Ey bekamiz, u qaerda bo’lsa, bulut ham unga ergashib yuribdi”, dedi. Xadicha hech narsa demadi.
Muhammad uyiga qaytdi. Maysara esa, Xadichaning hovlisiga yo’l oldi. Xadicha do’koniga borib, hisob-kitob qildi. Ko’zlariga ishonmadi. “Qanday qilib Muhammad bunchalik foyda bilan qaytdi? Shuncha molni qanday qilib sotishdi ekan?” deya hayratlandi. Keltirilgan mollar, ularning bahosini ko’rib hayrati o’n chandon bo’ldi. “Bu qanaqa foyda? Qanday qilib buncha foyda topdilaring?” deb Maysarani so’roqqa tutdi. “Hammasi Muhammadning sharofati tufayli – deb javob berdi Maysara. – Biz Busra shahriga yetmasdan karvon bilan birga bozorga kirdik. Atrofimizni sotuvchilar o’rab olishdi. Ko’zlariga matohlarimiz chiroyli ko’rindimi, qisqa vaqt ichida ularni sotib tugatdik. Muhammad juda chaqqon harakat qildi. Yonimizdagi savdogarlar taajjub bilan qarab o’tirishardi. Hatto ba’zilari: "Maysara, bu qanaqasi, hammamizning molimiz bir hil bo’laturib, faqatgina sizlar sotib tugatdingiz?!" deb hayratlarini bildirishdi. Ha, hammasi Muhammadning barakoti tufayli bo’ldi. Sotishda bo’lganidek, olishda ham Alloh, uni qo’lladi. Sotuvchilar mollarini negadir unga arzon bahoda berishdi. Odamlar Muhammadning ishini kuzatib, aqli shoshdi. Ha, qimmat sotdi va arzon oldi. Ba’zi savdogarlarimiz taajjub bilan: "Nima balo, sizlar xaridor va sotuvchilar bilan avvaldan kelishib qo’yganmisiz?" degandek savolga ham tutishdi".
Ð¥adicha xursand bo’lib, Maysaradan yo’lda ro’y bergan voqealarni batafsil aytib berishni suradi.
"Muhammad sha’ni ulug’, hamiyatli inson. Hozir sizga oldi-sotdi jarayoni haqida gapirib berdim. Karvon ahli bunaqa xislat hammada ham bo’lmasligini, ba’zi odamlargagina berilishini gapirdilar. Osmondagi mo’jizani ko’rmadingizmi? Havo juda issiq edi. Quyosh nuri olovdan battar kuydirardi. Makkadan uzoqlashgach, kichikkina soya topsak boshimizni yashirardik. Lekin Muhammad qiynalmadi. Unga osmondan bir parcha bulut yaqinlashib, to Shomga yetgunimizcha soya qilib bordi, — dedi Maysara. Bekasi yuzidagi hayratni ko’rib bir oz tin oldi, so’ng yana so’zida davom etdi. — Odamlar bu bulutni ko’rib, rosa hayron qoldilar. Ba’zan Muhammad odamlardan ajralib, chuqur o’yga tolar edi. Faqat savol bersalargina javob qaytarardi. Ba’zi birovlar yo’l mashaqqatini yengillashtirish uchun o’yin-kulgi uyushtirsa, u ishtirok etmas edi".
Ð¥adicha: "Shom shahrida Muhammad nima bilan mashg’ul bo’ldi?" deb so’radi.
"Daraxtzor va bog’larni sayr qildi. Yoqimli havosidan bahra oldi. Savdogarlar uyushtirgan bazmlarida ishtirok etmadi. Ba’zilar kabi kibrlanmadi. Alloh taologa shukr qildi. Doim tafakkur bilan band bo’ldi. Odamlar uni qoldirib, o’zlari ko’ngli tusagan joylariga ketishdi. Karvon qayerda to’xtasa, u o’sha yerda qolardi".
Maysara hikoyasidan bir zum to’xtab, bekasiga sinovchan tikildi. So’ng hayajon bilan ulkan sirni ochayotgan odamdek gapira boshladi: "Odamlar kutayotgan payg’ambar mana shu yigit ekaniga ishonasizmi? U zohir bo’ladigan vaqt juda yaqin qoldi, deb aytishyapti..."
Ð¥adicha birdan hushyor tortdi. Hayrat bilan: "Ey Maysara, nimalar deyapsan? Bu fikr senda qaerdan paydo bo’li?"
dedi.
Maysara Ð¥adichani hayratlantirib ushbu gaplarni aytdi: "Bekam, Shomga yaqin joyda — Busra shahrida tuyalardan tushdik. Muhammad yuklarimiz oldida, daraxtlarning soyasi ostida o’tirdi. Bu daraxtzor yaqinida bir rohibning ibodatxonasi bor ekan. Rohib Muhammadni ko’rgach, mendan, daraxtning ostida o’tirgan kishi kim, deb so’radi. Unga, Qurayshlik yigit deb javob berdim. Rohib hayajon bilan:. "Ana shu kishi aniq, payg’ambar qilib yuborilgandir. Alloh taolo tez orada odamlar orasidan bir elchi saylaydi. Daraxtning ortida o’tirgan kishi bo’lajak payg’ambardir!" dedi».
Ð¥adichaning hayrati oshgandan-oshdi. Amakisining o’g’li Varaqa ibn Navfalning aytganlari rost chiqayotgan edi. "Nahotki, odamlar aytayotgan payg’ambarning zohir bo’lishiga oz vaqt qolgan bo’lsa?" dedi o’ziga o’zi. Do’konidan qaytgach, Varaqa ibn Navfalning huzuriga shoshildi. Unga ko’rgan-eshitganlarini hikoya qildi. Amakisi hayajon ichra: "Ð¥adicha, u boshqalarga o’xshamaydigan inson", dedi.
Ð¥adicha: "U payg’ambar bo’lgunicha kutib turaymi?" deb
So’radi.
"Albatta, u payg’ambar bo’ladi, — dedi Varaqa. — Uning sifatlari, husni, xulqi shundan dalolat berib turibdi. Alloh uning martabasini hozirdanoq boshqalardan yuqori qilib qo’ydi.
Ð¥adicha uyiga qaytarkan, bir qarorga kelgan edi. Barcha payg’ambarlik sharafi Muhammadga nasib etishini ta’kidlayotgan bir paytda imkoniyatni boy bermaslikka ahd qildi. U bu sharofatli yigitga turmushga chiqishni diliga tugib qo’ydi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
11-fasl. Тaraddud
Ð¥adicha yaqin orada yer-yuziga rahmat sifatida yuboriladigan payg’ambar haqida o’ylar edi. El orasida keng tarqalgan fisq-fasodga barham berib, insonlar o’rtasida tenglik o’rnatuvchi, Baytulloh atrofini yomonliklardan tozalab, tinchlik va omonlikki qaror toptiruvchi nabiy haqida fikr yuritardi. Bu payg’ambarning kelishiga yaqin qolganini yurakdan his etardi. U tushida hovlisiga tushib porlagan, keyin butun atrofni yoritgan Quyoshdir. Kim unga turmushga chiqsa, buyuk fazl egasiga daxldor bo’ladi. Parvardigorimizning risolatini yoyish yo’lida yordam beradi. Тabiiyki, payg’ambarga yordam bersa, qo’llab-quvvatlasa, Allohning roziligiga ega bo’ladi. Bu ne’mat oldida uning tijorati, moli hech qanday qiymatga ega emas.
U faqat shunday maqomga erishishni o’ylardi. Lekin qanday qilib unga yetishish mumkin? Bu haqida gap ochishga hayo, andisha to’sqinlik qilardi. Agar taklifini rad etsa-chi, unda nima qiladi? Turmushga chiqish taklifi o’zidan chiqqanini eshitgan odamlar keyin malomat qilishmaydimi?
Bunday javobsiz savollar uni qiynar, lekin bir yo’lini
qilmasam bo’lmaydi, deb o’ylar edi u. Bir sirdosh dugonasi
bilan fikrlashguncha ana shunday ikkilanishda yashadi. Ð¥adicha, avvalo, sirdoshiga atab qo’ygan sovg’asini uzatdi. Mu-
loyimlik bilan: "Nafisa, tuhfam senga yoqdimi? Unga qanday baho berasan?" deb so’radi. Nafisa qo’lidagi sovg’ani
hayratlanib tomosha qilardi. "Тo’g’risi, bunaqa chiroyli narsani oldin hech ko’rmagan edim, — dedi Nafisaning ko’zlari yonib. — Buni Shomdan Muhammad keltirgan, shunaqa-mi? U chiroyli yigit, go’zallikni sevadi". Ð¥adicha: "U juda
kamtar yigit", dedi. Nafisa fikrini davom ettirdi: "U
omonatga sadoqat, rostgo’ylik bilan nom qozongan. U Makka
shaytonlari orasida o’zining yoshligi, quvvati, chiroyi, nasa-
bini pok tutgan Amin emasmi?!»
Bir oz sukut saqlab turgach, yana Ð¥adichaga yuzlanib:   "Ey
bekam, u savdo ishlaringizni bekamu ko’st, chiroyli bajaryapti. U barakotli yigit. Kim unga turmushga chiqsa, baxtli.
bo’ladi", dedi.
Yuragi tez-tez urayotgan Ð¥adicha: "Agar soliha bo’lsa..." deb qo’shib qo’ydi.
Nafisa Ð¥adichaning ko’nglida nima gap borligini sezdi. Axir, har qanday qiz unga tegishni orzu qiladi. Bugun kambag’al bo’lsa, ertaga boy bo’lishi mumkin. Chunki u yetuk aql egasi, yomonliklardan uzoq yuradi, bunday xulqqa ega inson davlatmand bo’lishga haqlidir. 
Nafisa: "Bekam, Muhammad haqida biror narsa o’yladingizmi? — deb so’radi Ð¥adicha ko’nglini yorishidan umidlanib. — U bugungacha o’zi orzu qilgan soliha ayolni topolmadi. Balki u Parvardigorining amri bilan ish yuritayotgandir. Ehtimol, u Makka ayollarining eng go’zali, saxovati, zakovati va sabri bilan boshqalarga o’rnak bo’lgan Ð¥adichaga uylanar?! Axir, undan afzal ayolni qayerdan topadi?! Ey bekam! Muhammad boshqa kimsalar singari o’ylanmaydi. U yuragi toza yigit, eng avvalo, insondagi ezgu fazilatlarni qadrlaydi, go’zal xulqli umr yo’ldoshi topsam, deydi".
"Yosh-chi? Rafiqasining o’zidan katta yo kichikligiga
qaraydimi?" deb shoshilib so’radi Ð¥adicha.
"Yosh unchalik muhim emas, — dedi Nafisa, — muhimi Allohning amriga rizo nafs va mehr to’la qalbdir. Ð¥o’sh... u bilan orangizda necha yosh farq bor?".
"Un besh yosh".

"Ayollarga yoshiga qarab baho berilmaydi. Muhammad bunga ahamiyat bermaydi, deb o’ylayman. Unga turmushga chiqmoqchi bo’lganingizni odamlarga sezdirmasdan o’ziga aytib ko’raylik. Agar rozi bo’lsa, Alloh yaxshilikni iroda qilgani shu; mabodo rozi bo’lmasa, hech kim bilmay qo’ya qiladi. Biz hech narsa yo’qotmaymiz".
Ð¥adichaning nafas olishi tezlashdi:
"Ð¥o’sh, bu ishning boshida kim turadi?"
"Kim bulardi, bekam, albatta, men turaman, — dedi mam-nunlik bilan Nafisa, — Bu ishga men kafilman".
Ð¥adicha behad xursand bo’ldi. Muhammad huzuriga borib,
uning taklifini yetkazishga rozilik berdi. Shu taxlit kechgacha gaplashib o’tirdilar. Ð¥adicha ulkan quyosh bilan bog’liq,
tushini unga aytib berdi. Amakisining ta’birini, safar-
da Muhammadga hamroh bo’lgan Maysaraning ko’rganlarini
aytdi. O’sha safardan olingan katta daromad haqida so’zladi. Aytilganlardan xulosa chiqarib, Nafisa: "Muhammad
yaqinda payg’ambar bo’lsa ajabmas, — deb ta’kidladi. — U
shunga munosibdir!"
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
12-fasl. Kelishuv
Oqshom cho’kdi. Ð¥adichaning uyidan chiqqan Nafisa Muhammadning uyiga yo’l oldi. Ruhsat so’rab, ichkariga kirdi. Uy  sohibini jimgina hayol surib turgan holda ko’rdi. Go’zal yuzli, novcha ham, kalta ham bo’lmagan — mo’ta’dil bo’yli, uzun qora sochli, chehrasidan nur yog’ilib turgan Muhammadga salom berdi. Bexosdan ayolni uning salobati tutdi. Muhammad uning salomiga javob qaytardi-da, muloyimlik bilan:
— Ð¥ush kelibsan. Bunday bemahalda kelishga seni nima majbur qildi? — dedi.
-  Safardan sog’-salomat qaytganingni qutlash uchun keldim, — ayol atrofga nazar tashlab, uy ishlari bilan mashg’ul bo’lgan Ummu Aymandan boshqa hech kimni ko’rmadi. — Ey Muhammad, Ummu Ayman ikkovlaring uyda zerikmaysizlarmi?
— Uylanay desam, kambag’alman, qurbim yetmaydi. Ustiga-ustak, hamma xotinlar ham sabrli, soliha bo’lib chiqmaydi. Qolaversa, uylanish o’yin emas, jiddiy ish. Agar taqdir kulib boqmasa, maqsadimga yetishim qiyin. Alloh menga bir soliha ayolni ro’baro’ qilsa, unga uylanardim.
Nafisa xursand bo’ldi. Maqsadiga erishishiga oz qolganini his etdi. Umid bilan:
— Agar go’zal hulqli, soliha ayolga duch kelsang-u, biroq yoshi kattaroq bo’lsa-chi? — deb so’radi.   
— Bunday ayollarning mahri ko’pligini yaxshi bilasanku! Ularga uncha-muncha erkak teng kelolmaydi. Ular bilan tenglashishga menga yo’l bo’lsin?
Nafisa maqsadiga erishishiga avvalgidan ham oz masofa qolganini anglab, xotirjamlik bilan taklif qildi:
— Hech qanday mahrsiz, boy, soliha, chiroyli ayol seni
xursand qilsa, nima deysan? 
— Ey Nafisa, koshki shunaqa bo’lsa. Bu ayol kim bo’lishi
mumkin?
Ayol hayajon bilan, past ovozda dedi: 
— Muhammad, bu Ð¥adichadir. Ð¥adicha binti Ð¥uvaylid...
Muhammadning Ð¥adichaga nisbatan moyilligi yo’q, emas edi. Agar boy bo’lganida, unga uylanishi ham mumkin edi. Unda chiroyli fazilatlar tajassum topgandi. Hayolida Ð¥adichani jonlantirarkan, umid bilan so’radi:
— Bu ishda menga kim ko’maklashadi?
— Men bosh-qosh bo’laman. Sen Ð¥adichaga juda loyiqsan. Men unga borib o’zim tushuntiraman. Uning fikrini
bilishga urinaman. O’ylaymanki, u senga turmushga chiqishdan bosh tortmaydi.
Nafisa xursand holda o’rnidan turdi. U Ð¥adichaning uyiga ko’tarinki kayfiyatda kirib keldi. Muhammadning rozi ekanini aytdi. Quvonganidan Ð¥adicha uni o’pib oldi va unga do’konidan keltirib qo’ygan qimmatbaho sovg’alarni taqdim etdi.
Kechani xursandchilik bilan o’tkazdi. Alloh unga shunday fazl ne’matni ravo ko’rayotganidan quvonardi. Тong otgach, amakisinikiga yo’l oldi.
—   Amaki, yana turmushga chiqmoqchiman. Nima deysiz shunga? — deb  maslahat so’radi undan.
—   Senga  biror  narsa deyolmayman.  Agar  otang tirik bo’lganida,   biror narsa degan bo’lardi.  Endi o’zing yosh
emassan, boy-badavlatsan, Makka saidlaridan birisan. Тurmush qurmasdan yolg’iz yashashni afzal bilib kelyapsan... Тag’in bilmasam, ixtiyor o’zingda.
Ð¥adicha amakisining so’zlarini bo’lmasdan oxirigacha eshitdi.
—   Agar turmushga chiqishga ahd qilgan bo’lsam-chi?
Amakisi unga boshdan-oyoq razm soldi. Keyin hayratlanib:
—    Juda yaxshi bo’lar edi. Juda ham to’g’ri o’ylabsan. Lekin Ð¥adichaga uylanadigan yigit qoldimikan? — dedi.
— Тurmush quradigan bo’lsang, Quraysh yigitlari ichidan o’zingga munosibini tanla. Ð¥otinini hurmat qiladigan, oilasiga mehribon, turmushning ma’nisiga boradigan yigit Makkada juda noyobdir. Agar shunday yigit topilsa, u bilan turmush qursang bo’ladi.
—    Men tanlagan yigit shunday bir insonki, turmushni e’zozlaydi.  Oilani qadrlaydi...  Lekin juda kambag’al. Bunisiga nima deysiz? — deb so’radi Ð¥adicha.       
—    Kambag’al, kambag’al...  — takrorladi o’zicha amakisi mulohaza yuritib. — Ð¥otinni qadrlaydigan, uning haqlarini ado etadigan, turmush ikir-chikirlarini fahmlaydigan yigitni rad qilmaslik kerak. Boylik va kambag’allik Allohning izmidadir. Agar aqlli kishi harakat qilsa, boylikka erishishi mumkin. Allohga shukr, sen davlatmandsan. Тurmushga chiqmoqchi bo’lganing kim?   
—    Muhammad ibn Abdulloh, haqida qanday fikrdasiz?
Amakisi baland ovozda javob berdi:
— Ajoyib, ajoyib... U senga yaxshi turmush urtog’i bo’ladi. Unga turmushga chiqishdan bosh tortma. Bu taklifni uzoq muddat kutding, axir. Shuncha kutganing ro’yobga chiqadigan ko’rinadi.   Xadicha xursandligini yashirmadi:
— Kecha tunda sovchi jo’natibdi. Sizning fikringizni bilmasdan turib, biron narsa demadim. Nima deysiz, amaki, siz rozimisiz?
—    Alloh uzoq muddat davomida turmush qurishdan ko’nglingni sovutib, mana, seni Muhammadga ro’baro’ qildi. Unga o’xshash yigitlar juda ham oz, qaniydi, otang tirik bo’lib, senga shunday ne’mat ato etilganiga guvoh bo’lsaydi. Munosib, munosib... — dedi amakisi xursand ohangda.
*   *   *
Muhammad ertalab uyqudan uyg’onib, amakisi Abu Тolibning uyiga keldi. Ð¥adichaga uylanmoqchi ekanini aytdi.
—   Ey Muxammad, Ð¥adicha rozi bo’larmikan?
—   Ha, amakijon, rozi bo’ldi. Kambag’alga turmushga chiqishga rozi  bo’ldi.  U oldin  ham  boylarning  mol-mulki uchun turmushga chiqmagan... Abu Тolib bosh silkib ma’qulladi. Muloyimlik bilan fikrini bildirdi:
—    Ð¥adicha  erning qadriga  yetadigan oqila ayol.  Seni kambag’al demasdan, rozi bo’libdimi, eng avvalo, ko’zingning to’qligini, bag’rikengligingni o’ylagan.
   Amakisi uning Ð¥adicha bilan turmush qurayotganini qutladi. Muhammad esa xursand bo’lib, shukrlar aytdi. Bu habar tezda butun Makkaga tarqaldi. Odamlar bu haqda ajablanib gapira boshladilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
13-fasl. Uylanish


Ð¥adichaning hovlisida to’yga tayyorgarlik boshlandi. Shuningdek, Bani Hoshim qavmida ham tayyorgarlik ketardi. Shu kuni kechasi Bani asadlik bilan Bani hoshimliklar Ð¥adichaning hovlisida to’planishdi.
Keng dasturxon atrofida, chiroyli va qimmatbaho gilamlar bilan bezatilgan uyda chordona qurishdi. Keksalar taqdir bitigi haqida gaplashishardi. Bosiqlik, vazminlik bilan bu hikmat haqida o’z fikrlarini aytishardi. Dasturxonda oltin kosalarda turli taomlar turardi. Ularning orasida yuzidan nur taratib Muhammad o’tirardi. Amakisi Abu Тolib esa tabriklarni qabul qilardi. Ð¥adichaning amakisi ham mehmonlarga xizmat ko’rsatar edi. 
Ð¥adichaning xizmatchilari, tevarak-atrofdagi kambag’allar juda xursand edilar. Ular maza qilib taom va mevalardan bahramand bo’lishdi. Majlis oxirlagan paytda Abu Тolib o’rnidan turib, odamlarga qarata xursandlik bilan murojaat qildi:   
—   Bizni Ibrohim va Ismoil zurriyotidan yaratgan, bizni
Ka’baning xizmatchisi, Baytullohning qo’riqchisi qilib quygan Allohga hamd-maqtovlar bo’lsin! Ey Quraysh ahli! Mol-dunyosi nihoyatda kam bo’lgan akamning o’g’li Muhammad ibn Abdullohga Ð¥adicha binti Ð¥uvaylid turmushga chiqdi. Mol-davlat o’tkinchi narsadir. Muhammad aqlli, dono yigit, odam uchun eng katta boylik shu...   
      Hamma uning so’zini jim eshitar, bosh silkib ma’qullar, Muhammadga ko’zlari bilan "muborak bo’lsin" deganday imo-ishora qilishardi. Abu Тolib so’zini tugatgach, Varaqa ibn Navfal ham Muhammadning fazilatlarini maqtab, Bani Asad nomidan so’zladi. Keyin Ð¥adichaning amakisi Umar ibn Asad tantanali tarzda Muhammad ibn Abdullohga akasining ko’zi Ð¥adicha binti Ð¥uvaylid turmushga chiqqanini e’lon qildi. Тo’y nihoyasiga yetgach, makkalik erkak-ayollar uylariga tarqalishdi. Muhammad Ð¥adichaning hovlisiga ko’chib o’tdi. Ð¥adichaning tijorat ishlariga yaqindan yordam bera boshladi.
Ð¥adicha Muhammadning insoniyatga buyuk elchi — payg’ambar bo’lishini, odamlarni zulmatdan nurga yetaklashini bilar edi. Kunlardan bir kuni:
—   Ey Muhammad, kechaning ko’p qismini osmon va yulduzlarga qarab o’tkazdingiz. Qurayshliklar uyg’onadigan paytgacha bedor bo’ldingiz. Buning sababi nima? — deb suradi.
—    Inson tafakkur etishi, bilganlariga amal qilishi lozim. Тavfik, Allohdandir, — javob qildi muloyimlik ila, yuzidan nur yog’ilib.   Ð¥adicha tabassum bilan:   
—    Allohga shukr, bizning boyligimiz ko’p, — dedi.   
—    Ey Ð¥adicha, — dedi Muhammad, — men mol-dunyoni emas, amal qilishni xohlayman!   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Abdulhamid Tahmoz. Oisha roziyallohu anho

Muallif MahdiyahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 24057
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:07:31
muallifi AbdulAziz
KA`B ROZIYALLOHU ANHUNING TAVBALARI

Muallif ibnUyaynaBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5081
So'nggi javob 23 Noyabr 2009, 11:54:38
muallifi _NOSTRA_
Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 29184
So'nggi javob 24 Iyul 2018, 15:10:31
muallifi MirzoMuhammad
Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 12813
So'nggi javob 09 May 2018, 15:04:05
muallifi MirzoMuhammad
Salmoni Forsiy roziyallohu anhu haqida hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 9334
So'nggi javob 02 Avgust 2014, 00:01:36
muallifi MirzoMuhammad