Muallif Mavzu: Abdussalom Ashriy. Xadicha binti Xuvaylid roziyallohu anho  ( 21453 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
14-fasl. Abulqosim   

Kunlar o’ta boshladi. Ular bir-biriga qattiq muhabbat qo’ydi. Muhammad Makka ahlining maslahatgo’yiga aylandi. Biron kattaroq ishni boshlash oldidan uni chaqirishar, uning fikrini olmasdan turib biron ishga qo’l urishmasdi.
Kunlar o’tgan sayin Ð¥adicha farzand ko’rishni orzu qilar, o’rtalaridagi muhabbat mustahkam bo’lishini istar edi. Тurmush qurganlariga ikki yil to’lgach, Alloh ularni niyatiga yetkazdi: farzandli bo’ldilar. Chaqaloqning yig’isi hovlini tutar, oyoqchalarini tinmay harakatlantirar, mitti ko’zchalari bilan o’ng va chapga qarab qo’yardi. Unga Qosim deb ism
qo’yishdi. Muhammadning qalbi quvonchga to’ldi. Ð¥adicha ham nihoyatda xursand edi. U endi Muhammadni Abulqosim deb chaqirardi. Odamlar ham uni Abulqosim deb atay boshlashdi. Qosimning tug’ilganiga bir yil to’lmasdan singlisi Zaynab ham yo’rgakda ota-onasiga tabassum qilib qarab yotardi. Ð¥adicha Muhammadga o’g’il-qiz tug’ib berganidan xursand edi.     
Kunlardan bir kuni Qosim kasal bo’lib yotib qoldi. Davolashga harakat qilishdi. Muhammad farzandiga ma’yus tikilib turardi. O’g’il vafot etdi. Allohning irodasi va qudrati barcha xohish-istaklardan ustundir. Ð¥adichaning ko’z yoshlari sel bo’ldi. Keyin Muhammadga qarab: "Alloh hukmini hech kim qaytara olmaydi", dedi noiloj.
Oy kuni yaqinlashganda Ð¥adicha Parvardigorga iltijo qilib, undan o’g’il so’radi. Ruqiya tug’ildi. Parvardigorga yana yolvorib, keyingisi o’g’il bo’lishini so’radi. Ummu Gulsum tug’ildi. Allohdan ug’il farzand bilan xursand qilishini tiladi. Fotima tug’ildi. U ug’il tug’maganidan g’amgin, xafa bo’ldi. Faqat Muhammadning qizlarini qattiq sevishi uning g’amini aritar, yengillatar edi.
Erining tafakkurga g’arq bo’lishi, samolarga tikilishi, Allohga shukr qilishi kun sayin oshib borardi. U odamlardan uzilib, ko’p vaqtini uzlatda o’tkazardi. Uyda o’zining hujrasi bor edi. Birgalikda 14 yil yashashdi. Undan biror marta yomon  so’z eshitmadi.
Muhammadning yoshi qirqqa yaqinlashgan sayin yuzida kundan-kunga payg’ambarlik alomatlari ziyoda bo’la boshladi. So’zlarida payg’ambarona ma’nolarni ilg’ash mumkin edi. Bir kuni uyqudan uyg’ongach, ko’rgan tushini aytdi. Ko’p o’tmasdan uning tushi amalda zohir bo’ldi. Ð¥adichaning quvonchi ortdi. Erining payg’ambarligini ko’rish orzusi kuchaydi. Unga bo’lgan mehribonligi yanada oshdi. O’zining qalban poklanayotganini his qildi.
Muhammad Makkadagi baland, chiqish qiyin bo’lgan Ð¥iro tog’ini tanladi. Yilda bir oy o’sha yerda ibodat qiladigan bo’ldi. Ramazon oyida kerakli un, tuz va yog’ olib, usha tog’ sari yo’l oldi. Mashaqqatli yo’l bosib, cho’qqiga ko’tarildi. Baland cho’qqidagi g’orda o’ziga joy hozirladi. Odamlardan uzildi. Dunyo hoyu havaslaridan uzoqlashgan holda Allohga yuzlandi. Тurmush baqir-chaqirlaridan, shovqin-suronlaridan yuz o’girdi. Odamlarning yong’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, bema’ni so’zlaridan yiroqlashdi. Inson va Alloh orasida parda bo’ladigan har qanday narsani tark etdi. Ramazon tugagach, Ð¥adichaning huzuriga qaytdi. Bir oy davomida mashaqqat chekkan edi. Rafiqasi uning charchog’ini yozib, xursand etishga harakat qildi. Shirin, muloyim so’zlar bilan uning og’riqlarini aritishga kirishdi. Ð¥iro tog’ida u bilan birga bo’lib, baland chuqqilarni ko’rishni orzu qildi. Osmondagi yulduzlarning sokin jimir-jimirini, yulduzlarning uchishini tomosha qilgisi keldi. Bir oy mobaynida eri bilan birga bo’lishni xohladi. Kelasi yilning ramazoni ham yaqinlashdi. Ð¥adicha safar jabduqlarini tayyorlashga kirishdi. Muhammad oldingi yildagidek Ð¥iro tog’iga yo’l oldi. Bu yil uni shirin so’zlar, o’zgacha mehribonlik bilan kuzatib qo’ydi. Ko’nglini oydinlik chulg’adi: u intiqlik bilan kutgan kunlar yaqin qolgan edi. Allohdan o’sha kunlarda ham payg’ambarning yonida bo’lishni so’rardi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
15-fasl. Iymon

Ð¥adicha Muhammadni ilohiyot yo’lida shijoatlantirish bilan birga tijoratini ham davom ettirardi. Uyda bo’lsin, g’orda bo’lsin — Muhammadga qattiq bog’lanib qolgan edi. Agar u g’orda bo’lsa, tezda sog’inib, uning oldiga borishga talpinardi. Bir marta o’sha o’nqir-cho’nqir yo’llardan baland tog’ga chiqdi. Eriga dalda berib ortga qaytdi. Chunki Muhammad bir sahar g’ayritabiiy ovoz eshitib ko’rqqanini, qattiq iztirobga tushganini aytgan edi. Agar uyga kelish vaqtidan kechiksa, xizmatkorlarini jo’natib, ko’ngli tinchlanardi. Ð¥adicha risolatni intizorlik bilan kutardi.
Ramazon kechalaridan biri edi. Muhammad odatdagidek Ð¥irodagi g’orda ibodat, tafakkur bilan mashg’ul. Chor-atrof qorong’ulik pardasi bilan qoplangan. Makka ham zulmat qo’ynida. Birgina chirog’ning xira nuridan boshqa hech narsa  ko’rinmasdi.  Go’yoki  bitta yulduz yerga tushgan  edi. Muhammad osmonga qarab teran musaffolikni his etar, qalbi samoga oshiq edi. Ð¥adicha esa uyda ko’z yummas, negadir ko’ngli g’amgin, yuragi ziddiyatli hislar bilan limmo-lim edi. Ko’z oldidan vahimali narsalar o’tardi. Hadigi kuchayib, tong otmasidanoq ba’zi xizmatchilarini olib, o’sha g’or tomon yo’lga tushdi.
Тayoqqa suyanib, toqqa chiqa boshladi. Chiqqach, g’orga qaradi. U yerda Muhammadni topolmadi. Qattiq vahimaga tushib, "Qani u? Qayerga ketgan bo’lishi mumkin?" deya zir yugura boshladi. Тevarak-atrofda hech kim ko’rinmasdi. Keyin hizmatkorlar bilan vodiyga tushdi. "Qayerga ketdi ekan?" deya o’zaro maslahatlashdilar. "Balki uyga ketgandir?" dedi kimdir. Uyga shoshildilar. Biroq u uyda ham yo’q edi. Ð¥avotiri oshib o’yga toldi. Keyin o’ziga taskin berdi: "Balki vodiyga o’tgandir?!" Ð¥odimlar vodiyda ham topisholmaganini, hech joyni qoldirmasdan ko’rganlarini aytishgach, "Toqqa borib qidiringlar", deb buyurdi. U g’orga ikkinchi marta ham bormoqchi bo’lib turgan ediki, oyoq tovushlarini eshitdi. Muhammad hovliga kirib kelayotgan edi. U nihyatda qo’rqib ketgan, vahima ichida edi.
—   Meni o’rab qo’yinglar! Meni o’rab qo’yinglar! Тezroq! — der edi.
Uni o’zi aytganiday o’rab qo’yishdi. Ð¥adicha jimgina uning nafas olishini eshitib o’tirdi. Тo ko’zini ochmagunicha oldidan ketmadi. Keyin ustini ochdi. Тerga botib, ho’l bo’lib ketgan kiyimlarini almashtirdi. Yoniga o’tirib mehribonlik bilan so’radi:
— Ey Abulqosim, qayerda edingiz?
Payg’ambarlikni qabul qilayotgan buyuk zot ohista javob
berdilar:
—   Bilmayman, Ð¥adicha, nima bo’layotganini o’zim ham tushunmadim. Qo’rqib ketdim. Ko’rganlarimni senga aytishdan ham qo’rqaman. Odamlar meni aqldan ozgan, jinni, deyishadi. Men aql bovar qilmas narsani ko’rdim.
Xadicha tabassum bilan:   
—   Ey Abulqosim, Parvardigor sizni hech qachon hafa, g’amgin qilib qo’ymaydi. Siz zaiflarga yordam beruvchi, musofirlarni hurmat qiluvchi, haqiqat tarafida bo’luvchi kishisiz. Nega endi Rabbingiz sizni xafa qilsin?! Siz yaxshi, ezgu narsani ko’rgansiz, — dedi. Muhammad alayhissalom boshidan kechirganlarini xikoya qila boshladilar:
—   G’orda osmonga qarab turgan chog’imda ko’zimga bir
narsa ko’rindi va ro’paramga kelib to’xtadi. Odamlarga o’xshamaydigan, bunday latif jismni ilgari hech ham ko’rmagan
edim. Qo’rqib qaltiray boshladim. Nigoh tashlarkanman,
qichqirib yubormoqchi bo’ldim. Kuchli bir ovoz eshitildi. U
menga nido qilib:  "Ey Muhammad! O’qing!"  dedi.  Men
o’qishni bilmayman, dedim. U baland ovozda ikkinchi marta
takrorlab: "Ey Muhammad, o’qing!" dedi. Men yana, o’qishni
bilmayman, dedim. U ovozini balandlatib uchinchi marta ham: "O’qing!" dedi. Men: "Nimani o’qiy?" dedim. U muloyim ovoz bilan:
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ خَلَقَ الإنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ اقْرَأْ وَرَبُّكَ الأكْرَمُ الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ عَلَّمَ الإنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ

(Ma’nosi: Yaratgan Zot bo’lmish Parvardigor nomi bilan o’qing. U insonni laxta qondan yaratgan. Sizning Parvardigoringiz qalamda yozishni o’rgatgan o’ta karamli Zotdir. U zot insonga bilmagan narsalarini o’rgatadi), dedi. O’qiganimdan keyin esa ko’zdan g’oyib bo’ldi. Bor kuchimni jamlab, tog’dan Baytullox, tomon shoshdim…
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 21:15:38 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Xadicha:
— Ey Abulqosim, bu kalomda qo’rquv-vahima emas, xalovat va yaxshilik bor. Bu basharning so’zi emas. Ayting-chi, u keyin qayerga ketdi? — deb so’radi muloyimlik bilan.
—   Osmonda ikkinchi marta ko’rinib, baland ovozda: "Ey Muhammad, men Jabroilman. Siz Allohning payg’ambari va rasulisiz", dedilar.
—      Ð¢abarokallohu,  tabarokallahul kabiyrul  mut’al (Alloh barakotli, buyukdir), — dedi Ð¥adicha. Keyin: — Ð¥ushhabar, ey Abulqosim, xushxabar. Siz odamlar ko’pdan beri kutayotgan, Allohning rasulisiz, — dedi. Uxlab, dam olishini aytdi. Тo ko’zlari yumilib, uyquga ketguncha yonlaridan jilmadi. Kiyimlarini olib, amakisi Varaqa ibn Navfalning huzuriga oshiqdi. Unga bo’lgan voqeani aytib berdi. Varaqa hayajon bilan:
—   Muborak! Muborak, Ð¥adicha, ering o’sha kutilgan payg’ambardir. Oldingi payg’ambarlar kabi, unga ham Jabroil
farishta kelgan. Ilohiy vazifasini  bajarishda uning yonida tur, qo’llab-quvvatla, yordam qil, — dedi. U bir oz tin olgach, so’zida davom etdi: "Ey Ð¥adicha, bu yo’l juda uzun va mashaqqatlidir. Uni qo’llab-quvvatlamasang bo’lmaydi.
Ð¥adicha Muhammad alayhissalomning xuzurlariga Varaqa aytgan so’zlarni yetkazishga shoshildi. U kishi hali uyg’onmagan edilar. Sekingina yonlariga o’tirdi. Qaltirayotganini, peshonasidan ter oqayotganini ko’rib, uyg’otmoqchi bo’ldi. Biroq sabr qilib, picha kutishni afzal bildi. U zot ko’zlarini ochdi. Ð¥uddi bir narsani eshitayotgandek jim yotar, go’yo nimanidir kutayotganday edilar. Ð¥adicha ohista:
—    Ey Abulqosim, uxlab rohat qildingizmi? — dedi.
—    Rohatlanadigan vaqt o’tdi, Ð¥adicha. Menga Jabroil
jiddu jahd bilan odamlarni zalolatdan hidoyatga chaqirishimni buyurdi, — dedilar Rasululloh. So’ng ohsta:  — Kalomullohni eshitasanmi? — dedilar hayajon bilan.
Ð¥adicha hursand bo’lib, eshitishga chog’landi. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam hozirgina nozil qilingan vahiyni tilovat qila boshladilar:
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
يَا أَيُّهَا الْمُدَّثِّرُ قُمْ فَأَنْذِرْ وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ وَالرُّجْزَ فَاهْجُرْ وَلا تَمْنُنْ تَسْتَكْثِرُ وَلِرَبِّكَ فَاصْبِرْ

(Ma’nosi: Ey liboslariga burkanib olgan zot! Тuringda insonlarni oxirat azobidan ogohlantiring! YOLG’IZ Parvardigoringizni ulug’lang. Liboslarni pok tuting! Butlardan yiroq bo’ling. Berayotgan narsalarni ko’p sanagan holingizda ehson qiling. Yolg’iz Parvardigoringiz uchun sabr qiling.)
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 21:19:25 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
   Ð¥adicha Allohning oyatlarini tinglab, o’zicha qaytardi. Alloh yo’lida kurashga tayyor ekanini ham izhor etdi. Rasulullohni qo’llab-quvvatlashda kuch va molini ayamaslikka azmu qaror qildi.
—   Ð¥adicha, yaqinda men Allohning amri bilan odamlarni Islom diniga da’vat qilaman. Haq yo’liga chaqiraman.
Eng tog’ri yo’lga chorlayman.   
Ð¥adicha nadomat ila dedi:
—    Lekin bu qavm adashgan yo’lidan qaytarmikan?! Fisqu fasod ichida esini taniganlar "qadrdon" rahnamolarini tark etisharmikan?!
—   Ð¥adicha, tabiiyki, ular bizga qarshi bo’ladilar. O’rtamizdagi kurash qachon, qerda tugashini bilmayman.
Ð¥adicha Allohning kalomidan hali-hamon ta’sirlanarkan, ushbu oyatlarni o’qidi:
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
فَإِذَا نُقِرَ فِي النَّاقُورِ فَذَلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ

(Ma’nosi: Chunki qachon (Qiyomat qoyim bo’lgani haqida habar berib) burg’u chalinganida, ana o’sha Kun qiyin Qindir! Kofirlarga oson bo’lmagan (Kundir)!)
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 21:20:53 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
—   Ey Muhammad, Rabbingiz buyurganidek sabr qiling, yuraklardan botilni sug’irib olish mashaqqatli ishdir. Haq bilan yuborgan Zot siz bilan. U sizga yordam, quvvat beradi. Hech qachon sizni unutmaydi. Sizni O’zi yuborib, Sirotol mustaqimga hidoyat etdimi, O’zi qo’llab-quvvatlaydi, — dedi Ð¥adicha. Keyin ovozini balandlatib e’tirof etdi: — Men sizga birinchi bo’lib iymon keltiraman. Guvohlik beramanki, siz Allohning rasuli va haq payg’ambarisiz. O’zimni, mol-jonimni Alloh yo’liga bag’ishlayman.
Rasulullohning yuzlari quvonchdan porlab ketdi. Keyin uylariga o’tib, samoga tikila boshladilar. Тong otishiga yaqin qolgan edi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
16-fasl. Makkadagi gap-so’zlar

Тong otdi. Ð¥adicha uyqudan erta uyg’ondi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam undanda oldinroq uyg’onib, Ka’ba tavofiga chiqib ketgan edilar. Varaqa ibn Navfal ham sahar payti Ka’bani tavof etayotgan edi. Rasulullohni ko’rib, boshi osmonga yetdi. U zotni qutlab, sabot bilan ish boshlashga chorladi. So’ngra qavmidan yetishi mumkin bo’lgan aziyatlar haqida so’zladi. Qurayshliklar ham Ka’bani o’z bilganlaricha tavof qilib yurishgan edi. Ba’zilari Varaqa aytgan so’zlarni eshitdi. U ketgach, Rasulullohdan Varaqa nima deganini so’ray boshladilar. Rasululloh ularga qarab:
- Kechasi menga vahiy keldi, — dedilar. Qurayshliklar bir-birlariga ma’nolik qarab olishdi. Keyin ulardan biri so’radi:
—    Ey Muhammad, senga vahiy jo’natgan kim ekan?
—   Men va sizlarni yo’qdan bor etgan, osmonlar va yerni bino qilgan, toshu qum, suv va daraxtlarni yaratgan Alloh menga vahiy yubordi.
Ikkinchisi qichkirdi:
    - Nima sababdan Rabbing senga vahiy yubordi?
—    Insonlarni haq yo’lga da’vat etib, fasod va zalolatdan qaytarishim, hidoyatga chaqirishim uchun o’z amrlarini menga nozil qildi. Hayotingizning fisq-fasodga botganini ko’rmayapsizmi? Uni o’zgartirish vaqti keldi.
Ulardan biri qahqaha otib, masharaomuz piching qildi:
—   Ð¢ushundik, bildik maqsadingni. Sen kutilayotgan payg’ambar nomidan gapirmoqchisan. Ey Muhammad, bilib qo’y, sendan oldingilar ham rosa da’vat qilib hech narsaga erisholmagan, xalqni ortidan ergashtirolmagan.  Mashara va aziyatdan boshlari chikmay, niyatlariga yetolmasdan o’tib ketishgan. Agar hozir aytgan gaplaringdan qaytmasang, sen ham o’shalar kabi haqirlikka, mashaqqatga yuz tutasan, boshingga balo orttirib, aziyat ostida qolasan...       
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!

***
Ð¥adicha xizmatchilari, dugonalarini to’plab, eriga kelgan payg’ambarlik habarini aytdi. Alloh unga vahiy yuborganini so’zlab berdi. Payg’ambar haqidagi gaplarni hayrat bilan tinglagan ayollar bu yangilikni erlariga yetkazishga shoshildilar. Oz fursat o’tmasdan bu xabardan ko’pchilik ogoh bo’ldi. Ko’plar bu yangilikni mashara va istehzo bilan qabul qilishdi.
"Nima uchun Muhammad birdan buni hohlab qoldi? Uning biror marta yolg’on gapirganini bilmaymiz. Rostgo’yligini hamma tan oladi. Ð¥adicha-chi? U ham oqila ayol sifatida tanilgan. Muhammadning so’zlariga u nima dedi ekan?"
O’zlaricha muhokamaga tushib ketishgan edi ular. Keyin Ð¥adichani malomat qila boshlashdi. Uni jinni bo’lib qolgan, aqldan ozganga chiqarishdi. Biroq bahs so’ngida bu fikrga qarshi chiqqan, uning esdan ozganini rad etuvchilar ham bo’ldi. Ð¥ullas, bu yangilik hammani o’ylantirib qoydi.
Ð¥adichaning hovlisida ayollar to’planib, yuz berayotgan g’ayritabiiy voqealarni surishtira boshlashdi. Ð¥adicha ularga
hammasini birma-bir aytib berdi. Rasulullohga nozil
qilingan Qur’on oyatlarini qiroat qildi. Ð¥otinlar uning
oqila, so’z ustasi ekanini yana bir karra e’tirof etishib,
ko’rgan-eshitganlarini erlariga aytishga oshiqdilar. Ular
har kuni Ð¥adichaning huzurida to’planib, yangi vahiylarni
so’rashga odatlandilar.
Тo’satdan vahiy kelishi to’htadi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyat nozil bo’lishini kutardilar. Ð¥adichani o’y bosdi: "Ayollarga qanday javob bersam ekan? Vahiy kelishi to’htagan bo’lsa... Nahotki, Alloh o’z payg’ambarini tark etsa?!" O’zini, molini haq yo’liga bag’ishlagan Ð¥adicha bu sharafdan ayrilib qolishdan qo’rqar edi. U Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni yupatib: "Yaqin orada yana vahiy nozil bo’ladi, Allohning fazli kengdir", deb ta’kidlardi. Lekin vahiy nozil bo’lmadi. Rasululloh alayhissalom g’amga g’arq bo’ldilar. Ð¥adicha u zotning ko’ngillarini ko’tarishga urinar, dalda berib, ilhomlantirar edi. "Ey Allohning rasuli, xafa bo’lmang, qahratondan so’ng bahor, g’amginlikdan keyin shodlik kelgusidir. Alloh iroda qilsa yana vahiy kelgay", deb taskin berardi. Allohdan o’z payg’ambariga pahm qilishini, undan g’amginlikni ketkazishini o’tinib so’ray boshladi. Keyin Rasulullohga yuzlanib, noumid bo’lmaslikka chaqirdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam jim bo’lib qoldilar. Peshonalaridan ter chiqa boshladi.  Qaltiroq tutdi.  Nihoyat,  vahiy nozil bo’lgan edi. Ð¥adicha: "Ey Abulqosim, Rabbingiz sizni tark etgani va
holi qoldirgani yo’k”, dedi. Rasululloh sallallohu alayhi
vassallam mamnuniyat ila tabassum qildilar. Keyin nozil
qilingan oyatlarni Хadichaga yoqimli, baland ovoz bilan tilovat qildilar:
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
وَالضُّحَى وَاللَّيْلِ إِذَا سَجَى مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَى وَلَلآخِرَةُ خَيْرٌ لَكَ مِنَ الأولَى وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَى أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَآوَى وَوَجَدَكَ ضَالا فَهَدَى وَوَجَدَكَ عَائِلا فَأَغْنَى فَأَمَّا الْيَتِيمَ فَلا تَقْهَرْ وَأَمَّا السَّائِلَ فَلا تَنْهَرْ وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ

(Ma’nosi: Choshgoh vaqtiga qasam; (O’z zulmati bilan chor- atrofni) qoplab-o’rab olgan kechaga qasamki; (Ey Muhammad alayhissalom), Parvardigoringiz Sizni tark etgani ham yo’q, yomon ko’rib qolgani ham yo’qdir. Albatta, oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u Ilohiy marhamatlardan) rozi bo’lursiz. (Ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi? U zot sizni gumroh-g’ofil holda topib, (Haq Yo’liga) hidoyat qilib qo’ydi-ku! U zot sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo’ydi-ku! Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang! Suraguvchi — tilanchini esa (biron narsa bermasdan) haydamang! Va Parvardigoringizning (sizga ato etgan payg’ambarlik va boshqa barcha) ne’mati haqida (kishilarga doimo) so’zlang!)
« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 21:26:39 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Rasulullohning yuzlaridagi halovatni ko’rib, Ð¥adichaning quvonchi cheksiz edi. O’z qismati, taqdiridan xotirjam bo’ldi. So’ngra nozil qilingan oyatlar haqida fikrlay boshladi. Alloh insonlarni oxiratga yaxshi amallarni tayyorlab qo’yishga chaqiradi. Rasuliga in’om etgan ne’matlarni zikr etadi. Yetim va miskinlarga mehribon bo’lishni buyuradi. U Allohing oyatlarini o’ylab, tabassum qildi. Rasululloh ham uning shodligiga sherik bo’ldilar. Unga qarab:
—    Ey Ð¥adicha, Alloh husningni ziyoda qilsin. U seni menga nasib etdi. Molu joning bilan meni boy qilding. Shu onda bu menga eslatilganini eshitmadingmi? — dedilar. Ð¥adichaning ko’zlaridan yosh quyilib kelardi.
—    Molim ham, jonim ham Alloh va rasuli uchundir. Ey Allohning payg’ambari!  Alloh buyurgan ishga  kirishing. Men siz bilan birgaman. Alloh haqqi birgaman.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
17-fasl. Mo’minlar onasi   
Rasulullohga yana oyatlar nozil bo’ldi. Ð¥adicha eshitib, xotinlar jamoasiga yetkazib turdi. Alloh payg’ambariga ta’lim bera boshladi. Rasulullohdan eng birinchi bo’lib ta’lim olib, amal qila boshlagan inson Ð¥adicha edi. Ka’baga borib, har tomondan yog’ilayotgan tahqiru masharalarga sabr qilgan, Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bilan birga namoz o’qigan ham Ð¥adicha bo’ldi. Rasulullohning da’vatiga oqil insonlar ergasha boshladi. Makkaning ba’zi buzurglari ham iymon keltirdi. Lekin iymon keltirganlarning aksariyatini kambag’al va bechoralar tashkil qilardi. Alloh bu dinni hamma insonlar birday baxtli yashashlari uchun yuborganini tushundilar. Islom insonni fisqu fasoddan qaytarishini angladilar. Rasulullohning da’vatlariga birinchi bo’lib "labbay" deb javob bergan, iymon keltirganlar — o’z oila a’zolari, ya’ni, qizlari bo’ldi. Lekin bu hol Ð¥adichaga yangi-yangi muammolarni tug’dirdi, uning mashaqqatiga mashaqqat qo’shildi. Negaki, kuyovlari iymon keltirmadi. Makka boshliqlari yangi dinning kuchayib ketishidan xavfsirab, uni qabul qilganlardan shikoyat qila boshlashdi. Iymon keltirganlar soni kundan kunga oshib borayotgandi. Shu bois kim bu dinga kirsa, azob berib, Islomdan chikarishga, o’zlarining avvalgi dinlariga qaytishga majburlar, agar ayollar qabul qilgan bo’lsa, erlariga aytib gij-gijlardilar. Ð¥adicha qizlarini bu qiyinchilikdan qanday qilib ozod etish, ularga zulm qilayotgan erlarini insofga chaqirish haqida o’ylardi. Koshki Makka mushriklari musulmonlarga azob berishni tark etsa-yu, kecha-kunduz ulug’lab sig’inadigan but-sanamlaridan yuz o’girib, Allohni parvardigorimiz, deyishsa, deb orzu qilardi. Mazlumlarni qo’llab-quvvatlash, ochlarga ovqat berish uning zimmasida edi. Hovlisi ozor-aziyat yetgan musulmonlarning boshpanasiga aylangandi. Kurashish uchun u doim tayyor turardi. Ko’ngli tubidagi niyatiga yetkazishni so’rab, Allohga iltijo qilardi. Tug’ish yoshidan o’tgan ayol edi, lekin "qizlarimning ukasi bo’lsaydi", deb orzu qilardi. Тurmush o’rtog’iga o’g’il tug’ib berishni juda-juda istar edi. Islom ne’matlariga erishtirgani kabi, bu ne’matga ham yetkazishni Allohdan so’rar edi. Iltijolari ro’yobga chiqib, ko’p utmay homilador bo’ldi. Allohdan o’g’il farzand so’ragan edi. O’g’il tug’ilgach, boshi osmonga yetdi. Rasululloh uning yonida edilar. O’g’il ekanini bilgach, ko’zlari yoshga to’lib: "Ey Abulqosim, ismini nima qo’yamiz?" deb so’radi. "Abdulloh qo’yamiz, Ð¥adicha, Abdulloh qo’yamiz", deya saslandilar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam.
Abdulloh ibn Muhammad... Muhammad ibn Abdulloh… Muborak ismlar! Dunyoga kelgan yangi mehmon pokiza, yaxshi muhitda — islomda tug’ildi. Ð¥adichani qarindosh-urug’lari muborakbod qilishdi. U kambag’allarga ehson, muxtojlarga sahovat ulashdi. Hamma ishini qo’yib, o’zini Abdullohga bag’ishladi.
Alloh xohlagan narsasini oladi, Uning xohishini rad
etib bo’lmaydi. Тug’ilganidan so’ng ko’p o’tmay, Abdullohni
ham dargohiga qaytarib oldi. Хadicha va qizlari mahzun
bo’lishdi. Rasululloh ma’yus bo’lgan Ð¥adichaga muloyim ovoz
bilan nasixat qildilar: "Ey Ð¥adicha, Alloh yaxshi ko’rganini huzuriga chorladi. Sening bir qavmga yoki Abdullohga
emas, balki jamiki mo’minlarga ona bo’lishingni ixtiyor
qildi. Bu sharaf seni hursand qilmaydimi?" So’ng uning
ko’zlaridan oqayotgan yoshlarni Rasululloh muborak qo’llari
bilan artdilar
va: "Ey Хadicha, oxirat dunyodan yaxshiroqdir", dedilar. Keyin Allohning "Albatta, siz uchun oxirat
dunyodan yaxshiroqdir. Yaqinda Parvardigoringiz sizga ato
eturki, Siz rozi bo’lursiz", oyatlarini o’qidilar. Oyatlarni
eshitib, Хadicha onamizning qalblari yumshadi. Allohning
hukmi va hikmatiga rozi bo’ldi. Rasululloh: "Ey Ð¥adicha,
biz Allohning huzuriga qaytajakmiz. Chaqirgan paytida
"labbay" deb javob berishimiz kerak. Rabbingga va’da berganing kurashga hozirlan. Yo’l uzoq va mashaqqatlarga to’la", dedilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
18-fasl. Kurash

Quraysh saidlari yig’ilib, Rasulullohning da’vatlarini muhokama qila boshladilar. U zotga ergashganlarni ko’rib qolsalar, mashara qilishar, qattiq haqoratlab, dillariga ozor bershardi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam hali Makka raislariga ochiq murojaat qilmagan edilar. Kim ergashishni istasa, mahfiy ravishda da’vat qilardilar. Islom diniga kirayotganlar soni kundan-kunga ziyoda bo’la boshladi. Ð¥adicha onamizning hovlilari ular uchun
 boshpana edi. Bu joy yashirin da’vatning boshlang’ich nuqtasi bo’ldi. Shu muddat mobaynida musulmonlar ozoru aziyatlardan qochib, namozlarini Makka tog’lari orasida o’qidilar. Biror mo’minning hovlisiga bekinib, o’zlarini himoya
qildilar. Bir-birlari bilan pichirlab gaplashardilar.
Quraysh zodagonlarining ko’zidan iloji boricha yashirinishga urinardilar.
Kunlardan bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vassallam Ð¥adicha onamizning oldlariga bezovtalangan holda kirib keldilar, U zotga nimadir bo’lganini sezib, yaqin borib, muloyimlik bilan: "Тinchlikmi? Nima bo’ldi?" deb so’radi.
—   Rabbim menga qarindosh-urug’larimni, Quraysh saidlarini Islomga da’vat qilishimni buyurdi, — deb ushbu
oyatlarni qiroat qldilar:
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
وَأَنْذِرْ عَشِيرَتَكَ الأقْرَبِينَ وَاخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ اتَّبَعَكَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّي بَرِيءٌ مِمَّا تَعْمَلُونَ وَتَوَكَّلْ عَلَى الْعَزِيزِ الرَّحِيمِ الَّذِي يَرَاكَ حِينَ تَقُومُ وَتَقَلُّبَكَ فِي السَّاجِدِينَ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

(Ma’nosi: Yaqin qarindosh-urug’laringizni ogohlantiring, sizga ergashgan mo’minlar uchun qanotingizni panoh tuting. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: albatta, men sizlarning amalingizdan pokdurman. Aziz va
mehribon Zotga tavakkul qiling. U sizni yolg’iz holingizda ham, sajda qiluvchilar orasida ham ko’rib turar. Shak-shubhasiz, u eshitguvchi va bilguvchidir).

« So'nggi tahrir: 28 Oktyabr 2007, 21:27:38 muallifi AbdulAziz »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Abdulhamid Tahmoz. Oisha roziyallohu anho

Muallif MahdiyahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 23824
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:07:31
muallifi AbdulAziz
KA`B ROZIYALLOHU ANHUNING TAVBALARI

Muallif ibnUyaynaBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5032
So'nggi javob 23 Noyabr 2009, 11:54:38
muallifi _NOSTRA_
Hazrat Umar roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyatlar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 28705
So'nggi javob 24 Iyul 2018, 15:10:31
muallifi MirzoMuhammad
Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu hayotlaridan hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 12620
So'nggi javob 09 May 2018, 15:04:05
muallifi MirzoMuhammad
Salmoni Forsiy roziyallohu anhu haqida hikoyalar

Muallif MahdiyahBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 9244
So'nggi javob 02 Avgust 2014, 00:01:36
muallifi MirzoMuhammad