Ota-onalarimiz haqida she'rlar  ( 375764 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:05:56

Sizning so'zingizda ajib ma'no bor,
Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo'shar qalbingizda onalik sehri.

Shoir qizim deysiz, sho'h qizim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.

Orzularim ro'yob duo qilsangiz,
Doimo yo'limda bo'lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.

Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.

Nafosat Sodiqova

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:06:19

Otajon so'zingiz ajib bir hikmat,
Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
Umr yo'lingizda yashaydi qat-qat,
Halollik ustuni turar bilinib

Yusingiz sahnida yashirin yillar,
Mehringiz bosadi oftob taftini.
O'sha siz o'tqazgan daraxtlar bilar,
Mehnatkash qo'lingiz qadoqlarini.

Nafosat Sodiqova

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:07:15

Onamga maktub

Erta-indin yelar izg’irin,
Yiqiladi bog’larga tuman.
Anglagani yashashning sirin,
So’zlashaman yomg’irlar bilan.

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.

Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.   

Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:07:46

ONAga talpinib...

Bir mehring olamni to'ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim"¦

Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim"¦

Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar "œDunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!", demak-la keldim...

Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni -
Onajon, huzringga emaklab keldim"¦


Bek, 20.12.2005

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/animak.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:08:29

Ko'zlaringiz tushimga kiribdi bugun
Soginibman sizni, juda onajon!
Bo'sh qalbimga joylashdi motamsaro tun
Ovozingiz yuragimga kiribdi shu on...

Bu erlarda yuribman, nimalar izlab?!
Issiq qo'llaringiz qumsar dimog'im
Talpinadi yurak nimalar istab?!
Bir shirin so'zingiz istar qulog'im.. 
 :'(

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:09:01

Hayot tashvishlari chulg’ab boshimni,

Sinamoqchi bo'lib sabr, bardoshimni.

Goh sevinch, goh g’amdan to'ksa yoshimni,

Sizni axtaraman, onajon.

Nuroniy keksalar davrasin ko'rsam,

Yurakda bir armon dardini tuysam,

Bafurja kimgadir gapirmoq bo'lsam,

Sizni axtaraman, onajon...

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:10:44

OH, NETAYIN UMRIM SENI

Behuda kechirdim kunni,
Oh netayin umrim seni,
Sening-la bo‘lmadim g‘ani,
Oh, netayin umrim seni.

Keldimu kechdim bilmadim,
Yig‘lab bag‘rimni tilmadim,
Ketar jafosin qilmadim,
Oh, netayin umrim seni.

Xayrim, sharrim yoziladur,
Umrim ipi uziladur,
Surat mendan buziladur,
Oh, netayin umrim seni.

Ketnb, ketib turolmasang,
Kelib meni ko‘rolmasang,
Davru davron surolmasang,
Oh, netayin umrim seni.

Ishonganim qani o‘zing,
Tolpinganim shodon so‘zing,
Qozonganim qolur to‘zib,
Oh, netayin umrim seni.

Miskin Yunus ketdi sarson,
Ajab safar etdi sarson,
Qoldi hasrat, ketdi sarson,
Oh, netayin umrim seni.

Yunus Emroning she'rlari judayam mazmunli va ta'sirli ekan. Sizlarga ham tavsiya qilardim...

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:11:07

Muhammad Yusufdan:

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:11:29

SOG‘INCH

Sog‘inaman va bu sog‘inchdan
Ruhim ma’yus tortib ketadi.
Hijron esa yigit boshimga.
G‘am yukini ortib ketadi.

Kimdir ko‘nglim ko‘tarmoq bo‘lib,
Dardim bilmay aytadi davo,
Jilmayadi kiftimga qoqib,
O‘kinma, der bu bir kam dunyo.

Ko‘zlarimga ishora etib —
Essiz yigit, deydilar pinhon.
Bilmaydilar: ko‘zlar dard emas,
Sendan ayru o‘rtaguchi jon.

Kayga boqmay seni ko‘raman,
Qayga bormay xayoling yo‘ldosh.
Faqat o‘rning bosolmas, hatto —
Qalbim ichra yoqsalar quyosh.

Abdukarim Jumaboyev

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:12:21

Onamni sog‘inib

«Bir pasgina yonimda o‘tir,
Bir kungina yotib ket, qizim»
Atrofimda aylanib gir-gir,
Takrorlardi onam shul so‘zin.

-Bu gal, -derdim yuragim toshib,
-Endi kelsam qolaman, ena...
Shafqati yo‘q bu kunlar shoshib,
Meni olib ketardi yana.

Topganini tuguncha qilib,
Qo‘llarimga tutqazar edi.
Meni zo‘rg‘a bag‘ridan yulib,
Mashinaga o‘tqazar edi.

Bazmlarga topar edim vaqt,
She’r o‘qirdim yona va yona.
Davralarni bilar edim baxt,
Sizga vaqtim yo‘q edi, ena.

Siz tog‘imni cho‘ktirib qo‘yib,
Ketar edim toqqa, lolaga.
Sizga azob chektirib qo‘yib,
Yayrar edim yashil dalada.

Majnuntolday egdirib Sizni,
Ketar edim terak bo‘lay deb.
Sizdan ayab bir tunlik so‘zni,
She’r yozardim yurak bo‘lay deb.

Chaqqon edim, roziydi mendan,
Ham uy, ham ish, ham majlisxona.
Shunchalar band edim-ki, chindan,
Sizga vaqtim yo‘q edi ena.

Kechiksam, ish kechirmas edi,
Koyinardi kechiksam, uyim.
Davralarning chiqardi dudi,
Faqat enam kutar edi jim.

Sha’n davralar ketdilar tarqab,
Bayramlari mensiz ham obod.
Goh dardlarim yig‘ilar qop-qop,
Yolg‘izlikdan solgim kelar dod.

Shunday g‘amlar bo‘lar ekanki,
Tushunmas ekan onangdan boshqa.
Tinglamaydi seni birovlar,
Boshlaringni ursang ham toshga.

Qabringizga chopaman bot-bot,
So‘zlashay deb qona va qona.
So‘ramaysiz holimni xayhot,
Endi Sizda vaqt yo‘qdir, ena...

Xosiyat Bobomurodova

Qayd etilgan