Muallif Mavzu: Ota-onalarimiz haqida she'rlar  ( 316847 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 11 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Ota-onalarimiz haqida she'rlar
« Javob #75 : 08 Dekabr 2011, 13:34:47 »
ONAJON - Haydar Yahyoyev g'azali

Onajon, noming dilimda, jism aro tanho o'sha,
Shafqaring bitmas xazina, menga ming tillo o'sha,
Har nafas mehring bulog'i toshsa bir dunyo o'sha,
Ko'z ochib ko'rdim o'zingni, menga bir dunyo o'sha,
Onajon, ka'bam o'zing, sensiz jahonni na qilay,
Tanda mehring yonmasa, behuda jonni na qilay!

Tark etib oromu sabring, menga baxt berding mudom,
Ham jigarporam deya, chekding alamlar subhu shom.
Toza qalbing bo'ldi qancha - qancha qayg'ularga jom,
Sendan o'rgandim buyuk imlo bila shirin kalom,
Onajon, ka'bam o'zing, sensiz jahonni na qilay,
Etmasa nomingni yod - o'tkir zabonni na qilay!

Mehribon, mushfiq, murabbiy, buncha beozorsan,
Jonajon, munis, azizim, shodligimga yorsan,
Xasta bo'lsam, jonga darmon, har safar bedorsan,
Gar yiroq ketsam, tunu kun izlarimga zorsan,
Onajon, Yahyo dedi: sensiz jahonni na qilay,
Bo'lmasang boshimda sen, bu oshyonni na qilay!
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Ota-onalarimiz haqida she'rlar
« Javob #76 : 28 Dekabr 2011, 22:11:08 »
ASSALOM, MEHRIBON....

Assalom, mehribon, mehridaryo dil,
Ovozlari mayin, beg‘ubor ko‘ngil,
Sog‘inchdan ko‘ngilga sig‘mayapti qil,
Tushingizga kirgim keldi, onajon.

Yoningizdan jilmay, quvonchga to‘lib
Dunyolarga sig‘may, qiyqirib, kulib,
Biz zumga bo‘lsa-da, yosh bola bo‘lib
Orqangizdan yurgim keldi, onajon.

Aytar gaplarim ham ko‘pdan ziyoda,
Yig‘lolmasdan yoshlar ichimda shoda.
Qo‘ng‘iroq qilibmas, bugun ro‘yoda,
Holingizni so‘rgim keldi, onajon

Ichim jimirlaydi, xavotir tinmas,
Bemehr o‘g‘lingiz qadringiz bilmas,
Har kun tavof aylab, rasmingiznimas,
O‘zingizni ko‘rgim keldi, onajon.

Tunlar uxlolmasdan halak bu jonim,
Mehringizni qo‘msab bir zumga tindi.
Qo‘llari duoda - jon Onajonim,
Shu kecha men Sizni juda sog‘indim.

Mas'ud MAXSUDOV
« So'nggi tahrir: 26 Mart 2014, 00:57:37 muallifi Muhammad Sanjar »
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Dostonbek

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 2
Re: Ota-onalarimiz haqida she'rlar
« Javob #77 : 17 Yanvar 2012, 02:12:05 »
Tunlar yurdim,ko'chada sang'ib bevafo guzallar kuchasin poylab, shu mahal uyda o'tirar onam, ikki ko'zi eshikda bir meni o'ylab.Tunlar urushdim, kimlarbilandur sevganim shu tomon ovumasin deb,bu paytda uyda o'tirar onam bolamni ovqati sovumasin deb.Yarim kech go'zallar uyda uhlaydi, meni ko'nglim visol ko'zlaydi,shu mahal uyda otamga onam o'g'ligiz uyda deb yolg'on so'zlaydi.

muzaffar.uz92@yahoo.com

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 1
Javob: Ota-onalarimiz haqida she'rlar
« Javob #78 : 24 Mart 2013, 06:33:47 »
Jahongashta shumqorim, musofirim sog`indim
Horijlardan ilm istagan bolajonim sog`indim,
Yuragimni parchasi og`lonimni sog`indim ,
Onajon degan seni bo`ylaringni sog`indim
Yurt dovrug`in dunyolarga taratgin-ey bolama
El korga yaraydigan inson bo`lgin bolama,
Ota -onang qariganda kiftlaringda ko`targin-ey bolama
Qalbim to`la quvonch hamda sog`inchlarga bolama,
Qo`lim ochib duolarga yolvoraman ollohimga
Qayda bo`lsang seni olsin panohiga bolama.

muallif:
Mening Ojiz Onajonim

Rahmatnoma


 

Ota-Onalarimiz haqida qo'shiqlar

Muallif FaridaBo'lim She'riyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 22789
So'nggi javob 04 Dekabr 2007, 19:58:34
muallifi Foniy
Samarqand haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 26853
So'nggi javob 02 Fevral 2012, 14:07:29
muallifi Ansora
Qashqadaryo haqida she'rlar

Muallif MohinurBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 16674
So'nggi javob 17 May 2008, 18:54:51
muallifi saraton07
O'zbek va millat haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 50968
So'nggi javob 04 May 2013, 23:30:27
muallifi azizbek_mx
Shoirlik va she'r haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 13898
So'nggi javob 03 May 2013, 21:42:12
muallifi ilmitolib0720