Ota-onalarimiz haqida she'rlar  ( 349533 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Robiya  07 Aprel 2008, 16:05:23

Tushimga kirdi onam.

Tushimga kirdi onam:
Hassasiga tayanib
Ostonada turibdi.

Sochlari oppoq, tol-tol,
Va boqadi jovdirab —
Bir xavotir ko’ribdi.

Kiygan libosi g’arib,
Indolmayman, zabon yo’q,
Tilim qaqshab, quribdi.

Qo’lingni och, der shu dam,
Qo’ynig’imga yashirdim —
Bilmam nedir beribdi.

So’ngra alqadi rosa,
Yana bir razm solsam,
Hovlimizda yuribdi.

Cho’chib turdim, bolish nam,
Ko’zlarimda achchiq yosh,
Yurak bejo uribdi.

Qabriga bordim tongda,
Atirgulga suv quydim —
Bitta bargi quribdi.

Kechiring, deb yolvorib,
Sag’anaga tikilsam,
Mangulik o’y suribdi.

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 16:06:09

Onam surati.

Bugun yana termulaman, Onajon,
Sen tomonga intilaman, Onajon,
Aytgil, endi ne qilaman, Onajon,
Ne o’tganin men bilaman, Onajon,
Sado chiqmas, sog’inaman, surat jim.

Shoir bo’ldim hasratingni aytgani,
Armoningni men bolamga bitgani,
Vaqtim yetmas uxlagani, yotgani,
Opam kelar yig’l;ab-yig’lab ketgani,
Siqilaman, o’kinaman, surat jim.

Ziyoratga bordim kecha qabringga,
Zor yig’ladim, kirolmadim bag’ringga,
Rahming sira kelmasmi sag’iringga,
Bilasan-ku, tayyor edim amringga,
Yolvoraman, o’tinaman, surat jim.

Mehnat bilan endi topdim e’tibor,
Bunyod, Ozod o’g’lim va to’rt qizim bor,
Men yashayman izlaringga intizor,
Sog’inganda O’zbekiston menga tor,
Yurak bosib yutinaman, surat jim.

Ko’z yoshim —suv, bog’ unar chaman-chaman,
Oq suting deb ilhomimni ichaman,
Sen — Turkiston, Ona-Yer, Ona-Vatan,
O’zingdadir, o’zing bergan jonu tan,
Bosh qo’yaman, sig’inaman, surat jim.

To'lan Nizom

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 16:06:48


Onam ruhi.

Onam o’lgan. Bo’ldi necha yil.
Hayotimning shami-ku so’ngan.
Chidab keldim, ohkim, sag’ir dil,
Hijron g’ami yurakda to’ngan.

Mozoriga boraman gohi,
Tiz cho’kaman, tizzamda titroq.
Eshitmas u o’g’lining ohin,
Oramizda so’ngi yo’q qirg’oq.

Poyiga oq gullar qo’yaman,
Ko’nglim ko’tarilar tog’larday.
O, mehriga qachon to’yaman,
Onam edi to’kin bog’larday"¦

Peshonamni silagan u qo’l,
Tirikmanki, chiqmas esimdan.
Men onamsiz bosdim qancha yo’l,
Bolalarim kelar izimdan.

Tonglarimni yoritar u nur,
Men-la yashar o’sha ulug’ ruh.
Onajonim, ming bora shukur,
Mening baxtim, Siz buyuk shukuh"¦

Onam o’tgan. Bo’ldi necha yil,
Hayotimning shami-ku so’ngan.
Uni qo’msar yetim shoir dil,
Hijron dardi ko’ngilda to’ngan.


To'lan Nizom

Qayd etilgan


shoir  24 Aprel 2008, 10:47:57

ONAIZOR

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


shoir  24 Aprel 2008, 10:52:14

OTA

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Robiya  02 Fevral 2009, 13:27:42

Men onamni  almashtirdim shaharlarga

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Qo’llariga suv quymadim saharlarda,
Shoir bo’lgin,qizim deya jo’natuvdi,
Lek she’rlarim qolib ketdi daftarlarda.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Umrim berdim vafosi yo’q go’zallarga,
U-chi borliq yoshligini menga berdi,
Endi bir tish topolmaydi gavharlarga.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Bir boychechak keltirmadim bahorlarda,
Men qiz bo’lib ko’ylagini bir yuvmadim,
Lek qoldirdim uni hijron-zaharlarda.

Men onamni almashtirdim shaharlarga,
Bir kuyuk non izin quvdim nahorlarda
Bir ko’rayin deya meni yo’qlaganda,
Dedim: "œVaqt yo’q, kuting boshqa safarlarda"

Bu savlatlar kimga kerak, bu davlatlar,
Ul hashamning border bir kun hasratlari,
Do’stlar ayting, bu yer qanday ko’taradi,
Onasini zor qilganda farzandlari?!

Yuragimni almashtirdim shaharlarga,
Duo qilgin, ona, meni saharlarda.
Oyog’ingga oyoq bo’lay, qo’lingga qo’l,
Axir seni topolmasman gavharlarga!

Gulandom Tog’ayeva


Qayd etilgan


siddiqa  04 Fevral 2009, 23:21:58

Onamga deb"¦..
Bozorlardan savdo qildim bolamga deb ,
Shirinligu novvot oldim bolamga deb ,
Go’zla gullar sarpo oldim yorimga deb ,
Men bag’ritosh nima oldim onamga deb,

Hashamatli uylar qurdim bolam uchun ,
Dabdabali to’ylar qildim bolam uchun ,
Oyoq osti qo’ylar so’ydim kimlar uchun ,
Men notavon  nima qildim onam uchun
Yolg’izgina bir mehribon onam uchun .

O’zi yemay yedirgan ham onam edi ,
O’zi kiymay kiydirgan ham onam edi ,
Bu dunyoda chin do’stim ham onam edi .
Menga chin do’st chuyanchig’im onam edi ,
Farzand bolib nima oldim onamga deb ,
Men bag’ritosh nima oldim onamga deb .
yolg’izgina mehribonim onam uchun "¦"¦"¦..



Qayd etilgan


siddiqa  04 Fevral 2009, 23:22:25

Duogo’yim Onamni "¦"¦"¦"¦..
Yetim farzandingga quloq sol dunyo ,
Kechalar to’lg’onib yig’lab yotaman ,
Bir kun baht omadni toparman ammo ,
Duogo’y onamani qaydin topaman.

Do’stlar kelib ketar halol va sotqin ,
Alardan goh shodlik jabr tortaman ,
dushman ham do’stimga aylanar lokin ,
duogo’y onamni qaydin topaman .

Bir kun sekinlashar hayot kemasi
Nogoh langar tashlab suvga botaman ,
Yuzimga urilsa o’lim sharpasi
Duogo’y onamni  qaydin topaman.

Fano sayri tugab qil ko’prik bu dam ,
Gunohim ko’p manim  qandoq o’taman,
Ey,voh ey sadoyi gunohkor bo’lsam ,
Duogo’y onamni qaydin topaman .
Duogo’yim "¦"¦.onamni men qaydin topaman "¦"¦"¦"¦


Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 11:06:13

Baxtimiz — Onajon!

Tunlari yozibman kimgadur she’rlar,
Kimgadur o‘zimni bag‘ishlab har on.
Muhabbat desalar berardimku jon,
O‘shanda unutdim sizni Onajon.

Do‘stimga ishonib sirim ham aytdim,
Dushmanni hamma vaqt do‘stim deb bildim.
Yomonlik, razillik barchasin qildim,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

Do‘st sirimni olamga yoyib ham bo‘ldi,
Ishonganim ustimdan kulib ham bo‘ldi.
Nahotki quvonib yig‘lagan chog‘da,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

***

Yuz o‘girdi hatto o‘z do‘stim,
Va‘dasin unutdi bevafolar ham.
Boshimga tushdiku malomat toshi,
Yolg‘iz boshginamda yig‘ladi Onam.

Ko‘zimni ochib qarasam shu choq
Yig‘lab turar munis bir inson.
Ko‘zlaridan tutib so‘rayman
Gunohkor o‘g‘lingni kechir ONAJON!..

www.uzforum.com dan olindi.

Qayd etilgan


Robiya  02 Aprel 2009, 11:08:14

Отасидан дуо олганлар

Оролмирза Сафаров ижроси

Лафзи ҳалол, ростгсй бслурлар,
А­згуликка ошно юрурлар.
Файзли давру-даврон сурурлар
Отасидан дуо олганлар,
Волидасин ризо қилганлар.

Амонликни стмас ихтиёр,
Етказмаслар дилларга озор.
Аҳдларида мудом устивор
Отасидан дуо олганлар,
Волидасин ризо қилганлар.

Улуғларга ҳурматдадурлар,
Кичикларга иззатдурлар.
А­л-юрт учун хизматдадурлар
Отасидан дуо олганлар
Волидасин ризо қилганлар.

Хиёнатдан ҳазар қилурлар,
Мискинларга назар қилурлар.
Ҳам халқидан дуо олурлар
Отасидан дуо олганлар,
Волидасин ризо қилганлар.

Мирзо олгил улардан ибрат,
Куйла, шеър ёз, қаламинг тебрат.
Бслсин сенга мудом дсст, улфат
Отасидан дуо олганлар,
Волидасин ризо қилганлар.

Manba

Qayd etilgan