Ota-onalarimiz haqida she'rlar  ( 546946 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Muhyiddin  04 Aprel 2009, 15:12:27

Ona...

Halima Ahmedova

Qaynoq bo’sa ta’mi chiqdi yodimdan,
Yirtib tashlaganman ishqning xatini.
Buncha qo’msagayman, bilmayman nega,
Ona, qo’llaringiz haroratini.
Quvnoq davralardan qochaman sekin,
Sezmayman hayotning muhabbatini.
Injiq bola kabi sog’ingaydurman,
Ona, qo’llaringiz haroratini.
Go’zal bir tushdayin o’tdimi kunlar,
Tinglamayman tongning bashoratini,
Yo’lsiz sog’inch misol ichikdim bugun
Istab qo’llaringiz haroratini.
Karaxt soyamanmi, sezmayman nechun
O’tgan kunlarimning tilovatini?
Ayting, qay dunyodan tilab olayin,
Ona, qo’llaringiz haroratini.


Qayd etilgan


siddiqa  14 Aprel 2009, 07:05:42

Onamga xat
Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.
 Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


siddiqa  14 Aprel 2009, 07:06:38

Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:35:04

Onamga        

Monrealning sovuq tunida
Sizni qo'msab yig'ladim ona.
Begona yurt sovuq qo'ynida
Suratingiz bo'ldi parvona.

Onajonim, sizni keladi ko'rgim
Sizni chaqiraman alahlab tushda.
Bag'ringiz hidiga keladi to'ygim,
Uchib borolsaydim bir zumda qushdek.

Qush qanotlarini menga bersaydi
Olis Toshkentimga uchib ketardim.
Barcha tushlarimchi, o'ngidan kelsa,
Ettinchi osmonga bahtdan yetardim.

Sizni ko'p o'ylayman sovuq tunlari
Ko'zimdan o'tadi bir-bir yoshligim.
Hafa qilganlarim, dil ozorlarim,
Ahmoqlik sababi-bag'ritoshligim...

Qaltirib teraman uyim raqamin.
Go'shak ko'taradi sog'ingan onam.
Hol-ahvol so'rayman. Qarindosh-urug'
Hammasi salomat deb aytar onam.

Bir sukut saqlayman labimni tishlab,
Ko'zlarimdan oqar qatra-qatra yosh.
Onam gapiradi: "Bir so'z ayt, bolam.
Seni o'ylamagan kunim yo`q, bolam.

Bugun ketganingga bo'ldi uch yuz kun,
Kelishingga qoldi atigi uch kun.
Yuragim hamriqib seni kutadi.
Duolab chiqarman, yolg'izim, har tun.

Umring uzoq bo'lsin, deb yig'lar onam.
Mening qo'shilishib yig'lagim kelar.
Jonim onam bilan, bu murda tanam
Goh-gohi yig'idan silkinib ketar.

Ikki minut qoldi, deyman baqirib,
Jonholatda onam derlar hapqirib:
Allohim umringni ziyoda qilsin,
Peshonangdan ming bor o'pib qolarman.

Yana uvvos solib yig'i boshlayman.
Bu gal ham aytmadim, men ahmoq farzand:
Sizni olamlardan aziz ko'raman
Sizdan hayotim chun umrbod qarzman.

Yana uch kun qoldi sizni ko'rishga
Yana uch kun berdi Alloh sinovga
Uch kunlik sog'inchim, onajonginam
Uch asrlik bo'lib tuyular menga...

www.ayol.uz

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:36:33

Onamning qo’llari

Keltiray bir ta’rifin onamning qo’llarini,
Ham habib, ham tabibim — onamning qo’llarini.

Ko’targan ro’zg’or yukin, qilt etmay biror tuki,
Ham buyuk, ham suyukli onamning qo’llarini.

Kaftida tutgan bizni — besh o’g’il, ikki qizni,
Quyoshday issiq yuzi onamning qo’llarini.

Biz deb o’t — suvga kirgan, nonlar yopib, kir yuvgan,
Qattiqligi temirdan, onamning qo’llarini.

Goh suyib, goh alqagan, oq yuvib, oq taragan,
Kunimizga yaragan onamning qo’llarini.

Soyabon panoh bo’lgan, kaftlari qadoq bo’lgan,
Oling "œsadqa - sadoq" bo’lgan onamning qo’llarini.

Goho tushimga kirgan, ko’z yoshim artib turgan,
So’rang men musofirdan onamning qo’llarini.

Bargday titradim yozib, go’yo bag’rimga bosib,
Novdaday ozgan, nozik onamning qo’llarini.

Sizlar — aka-ukalar,
Tizlar bukib — cho’kkalab,
Ko’zga suring siypalab,
Xohi shom, xoh ertalab,
Bolangizday erkalab,
Onamning qo’llarini,
Onamning qo’llarini!

Dilshod Rajab

Hilol taqvimi, 2009, 1430/mart,aprel,may,iyun//Rabi’us-soniy,Jumodul-avval,Jumodus-soniy.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:49:08

QARO KO`ZLAR SIZGA QARAB QOLDIKU,
SIZSIZ ONAM BAXTIM YARIM BO`LDIKU.
BU DUNYODAN DUOGO`YIM KETDINGIZ,
OXIR CHOG`DA KO`RISH ARMON BO`LDIKU.

DUNYO DEYA KEZDIM O`ZGA YURTLARDA,
XIZMATIM HAM SIZGA ARMON BO`LDIKU.
O`G`IL BO`LIB QO`YOLMASAM QABRGA,
SHU FARZIM HAM BIROVLARGA QOLDIKU.

O`ZIM ASLO KECHIRMAYMAN ONAJON,
FARZAND BO`LIB NE HAM QILDIM ONAJON.
KECH BO`LGANDA OCHILDIKU KO`ZLARIM,
XIZMATINGIZ QILOLMADIM ONAJON.




Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:49:40

TOPINGANIM, TALPINGANIM O`ZLARINGIZ,
SUYANGANIM, SUYANCHIG`IM O`ZLARINGIZ.
BOSHIM UZRA KELSA AGAR MING TASHVISHLAR,
DUO QILGAN,DUO GO`YIM O`ZLARINGIZ.
-------------------------------------------

Onajon bu sira yurak so`zimni
Senga bag`ishladim senga Onajon.
Yo`q-yo`q so`zim emas balki o`zimni,
Senga bag`ishladim-senga onajon.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:50:27

ONAJON

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq - topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim -
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar -
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi, Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:51:07

Ota-onam uchun !!!

-Bozor-o'char savdo qildim kimga, bolam uchun,
Borin muhayyo paydo qildim kimga, bolam uchun.
Dabdabali to'ylar qildim kimga, bolam uchun,
Hashamatli uylar qurdim kimga, bolam uchun.
Lekin nima qildim meni tuqqan onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.
Kimga dasturhon yozdim bolam uchun,
Ba'zida semirdim, ba'zida ozdim bolam uchun.
Aqldan ham ozayozdim bolam uchun,
Ex kimlarga yalinmadim bolam uchun.
Lekin hech narsa ilinmadim onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.

Aylandim, o'rgildim, ado bo'ldim bolam uchun,
Sog'lig'imdan ham judo bo'ldim bolam uchun.
Bola shoh men go'yo gado bo'ldim bolam uchun,
Danagidan mag'zi shirinda ota-ona uchun.
Lekin nima qildim o'zim bola bo'lib onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun.

O'zi yemay-ichmay menga yedirgan ham onam edi,
Yupun yursa ham meni kiyintirgan otam edi.
Omon bo'lsang bo'ldi bolam derdi,
Ayting men ham odammanmi endi.
Nima qildim bir mushtipar onam uchun,
Dunyodagi eng yaxshi odam otam uchun...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:52:01

Bahtimiz - Onajon...

Tunda yozibman kimgadur she`rlar
Kimgadur o`zimni bag`ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O`shanda unutdim sizni onajon.

Do`stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni har vaqt do`stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Do`st sirini olamga yoyib ham bo`ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo`ldi
Nahotki quvonib yi`glagan chog`da
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Yuz o`girdi hatto o`z Do`stim
Va`dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg`iz boshginamda yig`ladi onam.

Ko`zimni ochib qarasam shu choq
Yig`lab turar munis bir inson
Ko`zlaridan tutib so`rayman
Gunohkoringizni kechirning ONAJON"¦

Qayd etilgan