Ota-onalarimiz haqida she'rlar  ( 547083 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:12:43

ONAM

Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?
Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?

Temur ila Chingiz qoni toshdi tomurimda -
Aytgil,Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?

Yov suqg'ali kelgach,qilichini yuragingga,
Tush oldiga,ol ko'ksumi - qalqonmi kerakdir?

Boq,boq,mana turk tengizi toshqun qila qoldi,
Turon yovini quvg'ali to'fonmi kerakdir?

Turon, yigiting,barchaga boq,qalqdi oyoqg'a,
Yurtda qorovul qo'yg'ali arslonmi kerakdir?

Fitrat 

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:13:00

MEHRIBON ONAM

Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo’lg’an yuragu bag’ri qon onam.

Xo’tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan,
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.

Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan,
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam.

Meni bir jodu ko’zluk bul jahon ichra xarob etti,
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam.

Boshimga tushti bul savdo, bo’lubman bulbuli shaydo,
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam.

Bu ishq o’ti xarob etti, yurak-bag’rim kabob etti,
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam.

Seni ko’p intizor ettim firoq o’tig’a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.

Iloho, avf qilg’aysan bu Mashrabning gunohini,
Tufayli onayi zorim, g’aribu notavon onam.

Mashrab

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:13:18

ONAM YODI

Bolaligim. Avji saraton
Dala. Tog‘u toshlar kuymakda.
Onam ishga otlanadi tong,
Rangi o‘ngib ketgan ko‘ylakda.

Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang‘ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir.

Borar baland bo‘yli, kulcha yuz,
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.

Eshitaman tovushlarini
Borar jannat malaklariday.
Tuproq to‘la kovushlari-yu
Rangi o‘nggan ko‘ylaklarida...

Ruhim ko‘taradi bayroqlarini...
Dunyo kambag‘alni kamsitib, g‘ajib
Tag‘in boyitarkan boyroqlarini
Ruhim olib qo‘yar boshimdan tojni

Halima Hudoyberdiyeva

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:13:42

ONAMGA

O‘n sakkizga to‘lgan paytim,
Askar yigit bo‘lgan paytim —
«Xush, oy borib, omon qaytgin!»
Degandingiz non tishlatib.

Keng ko‘ksimga qo‘ygancha bosh,
Yuzingizni yuvgancha yosh,
«Burching o‘ta, berib bardosh»
Degandingiz ont ishtirib.

Harbiy xizmat o‘tib omon,
Burchim o‘tab qaytganim on —
«Yuzim yorug‘ etding, o‘g‘lon!»
Degandingiz dil xushlatib.

Zayniddin NORMAN

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:00:38

O’ZBEK ONASI

Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Seni To‘maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas,
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Boshingdan nimalar o‘tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir,
Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Kelajak toychog‘u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta poyingizdadir,
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Sizga ta’zim qilib turibman bu payt
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz Yurtboshingga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
1999 yil, 6 mart

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:06:17

ONA

Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo‘llarin.
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on,
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin.

Hojar onamizning nidosi sabab
Ka’bada ko‘z ochgan Obi Zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg‘ambarlar ko‘zlarida nam.

Qavmimni ranjitib qo‘ymayin, ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag‘riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan, muloyim.

Sho‘rlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bo‘lgay ochun,
Onalar o‘tinchi topib ijobat.

Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo‘llarin.
Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on,
Tavof qil, ko‘zga surt, o‘pgin qo‘llarin

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:06:50

ONA

Kimdir savol berdi: - Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga?

Rasul javob qildi: - Tingla, birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
O’ng avval onangga yaxshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq .
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


shoir  26 Oktyabr 2007, 15:19:10

OTA DUOSI

O’g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog‘u salomat.

Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog‘u salomat.
1998

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Foniy  03 Noyabr 2007, 12:33:16

Baxtimiz - Onajon...

Tunda yozibman kimgadur she`rlar
Kimgadur o`zimni bag`ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O`shanda unutdim sizni onajon.

Do`stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni hamma vaqt do`stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Do`st sirimni olamga yoyib ham bo`ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo`ldi
Nahotki quvonib yi`glagan chog`da
Sizni o`ylamadim bir dam onajon.

Yuz o`girdi hatto o`z  Do`stim
Va`dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg`iz boshginamda yig`ladi onam.

Ko`zimni ochib qarasam shu choq
Yig`lab turar munis bir inson
Ko`zlaridan tutib so`rayman
Gunohkor o`g`lingni kechir  ONAJON!..

Muallifi noma'lum

Qayd etilgan


Foniy  03 Noyabr 2007, 12:36:17

***
Oro kirmay hayqirar, ingrar,
Og’rir goho butun vujudim.
Qaysar yurak to'xtovsiz yig'lar,
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!

Atrofimga alanglab tinmay,
"Kelarmikin..." uzoq kutaman.
Ursalar ham egilmay, sinmay,
Dardlarimni ichga yutaman.

Eshik qoqib o'tadi yillar,
Hayqiradi sog'ingan ko'ngil.
Boshim faqat shabboda silar...
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!

Meni kutar qabrim, bilaman,
Kovlashmoqda hozir tuprog'im.
Nahot,.. xayrlashmay ketaman...
Onajonim...sizni S.O.G'.I.N.D.I.M!
***

Muallifi noma'lum

Qayd etilgan