Muallif Mavzu: Sharqiy Turkitonlik musulmon qondoshlarni unutdikmi?  ( 3170 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abdulholiq

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 46
  • Jins: Erkak
  • Allohdan tugamaydigan ilm so'rayman.
Sharqiy Turkistonlik musulmon birodarlarimizni unutdikmi?

Sharqiy Turkiston("Xinjan"-hitoyda)da norasmiy manbalarga ko'ra 15-20 mln.lik Uyg'ur deb atalmish musulmon turkiy halqlar yashaydi.Hitoy tomonidan 1949 yilda bosib olingan va Xinjan avtonom respublikasi deb berilgan.
Uygurlar hamon mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga urinishadi,lekin Hitoy bu juda katta maydonni egallagan va neftga boy o'lkaga yanada qattiqroq yopishadi.O'lkadagi musulmonlar huquqlari ayovsiz toptaladi.Masjidlarga borish qonun bo'yicha ta'qiqlanmagan bo'lsada,masjidga qatnay boshlagan musulmonlar darhol har hil ayblar bilan jazoga tortiladi.Inson huquqlari faollarining holati esa bundanda ayanchlidir,ular so'zsiz hitoy qamoqlariga tashlanadi va u erda inson zoti chiday olmaydigan azoblarga tortiladi(kuydiris-qaynoq suv bilan...).
Hozirda esa bu o'lkaga hitoyliklarni ko'chirib olib kelinmoqda.1949 yilda Sharqiy Turkistonda 200ming hitoylik yashagan bo'lsa,hozir 8 mln.dan oshib ketdi.Uyg'uristonda mahalliy musulmonlar hitoylar tarafidan milliy kamsitilishga uchramoqda.Hitoy hokimiyati esa har qanday erkinlik istovchi Uyg'ur tashkilotlarini "terrorchilik"da ayblaydi va qamoqlarda otuv hukmlarini beradi yoki qamoqlardagi og'ir jazoga chiday olmagan uyg'urlar o'sha erlarda vafot qilib ketadi.
Uyg'urlar haqidagi ma'lumotlarni boshqa foydalanuvchilarimiz ham to'ldirib borishadi degan umiddaman.Shuni eslatib o'tamanki bir musulmon sifatida bizning bo'ynimizda uyg'ur birodarlarimizning haqlari bordir.Ular uchun ham duo qiling,ularni ham duolaringizda yodga oling aziz musulmon birodarim va muslima singlim,zero Alloh s.w.t. ularga ham ozodlik bersin.
http://www.youtube.com/watch?v=SCDJPRwuNlU&mode=related&search=
« So'nggi tahrir: 07 Iyul 2007, 23:43:52 muallifi Abdulholiq »
Olov o'tinni eb bitirgani kabi hasad ham go'zal amallarni eb bitiradi.

Abdulholiq

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 46
  • Jins: Erkak
  • Allohdan tugamaydigan ilm so'rayman.
Re: Sharqiy Turkitonlik musulmon qondoshlarni unutdikmi?
« Javob #1 : 13 Iyul 2007, 10:05:14 »
1988 yilda Hitoy shirkatlari Sharqiy Turkistonda katta e'lonlar berdi,"kelishgan turk(uyg'ur) qizlarini katta maoshlik ishlarga qabul qilamiz".Juda   ko'p turk muslimalari bu shirkatlar tomonidan aldanib, dengiz bo'ylarida joylashgan mehmonhonalarga olib ketildi va.. zo'rlandi,jinsiy ekspluataciya qilindi,sotib yuborildi, yana...yoqib yuborildi(astag'firulloh).Bu holatga tushgan qizlar miqdori tahminan 10 ming dir.

      Ming afsuslar bo'lsinki,Sharqiy Turkiston halqining noroziliklariga qaramay go'zal turk qizlariga bu kabi "ov"lar hamon davom etmoqda.

Quyidagi berilayotgan linkda suratlar ham joylashtirilgan...dahshat.Iltimos qizlarimiz bu linkni ochmasinlar.

http://uygur.org/uygurche/kishilik_hoquq/qizlar.html
Olov o'tinni eb bitirgani kabi hasad ham go'zal amallarni eb bitiradi.

Abdulholiq

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 46
  • Jins: Erkak
  • Allohdan tugamaydigan ilm so'rayman.
Re: Sharqiy Turkitonlik musulmon qondoshlarni unutdikmi?
« Javob #2 : 17 Iyul 2007, 23:44:18 »
                                                 GULJA qirg'ini.

1995 yilning 5-fevral kuni Hitoydagi Sharqiy Turkiston muhtor viloyatining GULJA shahrida hitoyliklar zulmidan to'ygan mahalliy turkiy-musulmon halq norozilik namoyishiga chiqdi.Halq eng oddiy insoniy munosabatni,hitoylik halq bilan teng huquqlilikni talab qilib chiqqan edi.Chunki aslida mahalliy halq bo'lgan uyg'urlar huquqi hitoylik halqnikidan har sohada past edi!
  Vaqt o'tgan sayin tinch namoyishchilar safi oshib borar va bundan hitoy hukumati nihoyatda qo'rqar edi.Hukumat darhol minglab qurollangan askarlarni namoyishchilar yo'liga joylashtirdi.Eng dahshatli voqealar endi boshlanishini bechora sodda halq hayoliga ham keltirmas,namoyishni esa o'zining oddiy insoniy huquqi deb hisoblar edi.
   Bir payt halq oldida turgan hitoylik askarlar bechora aholiga qarata nogahon o't ocha boshladi,o'q yomg'iri ostida to'zg'ib ketgan yuzlab odamlar o'sha erning o'zida jon bera boshladi.U erda bolalar,ayollar,qariyalar ham bor edi,lekin kofirlar hech kimga shavqat qilmadi.
   Otishlar namoyishdan keyin ham tinmadi.Endi askarlar uyma-uy yurib shubhali odam(o'zlarining nazdida) deb hisoblaganlarini ham ota boshladi va qamoqqa ola boshladi.Aslida "qamoq" degani ham o'lim bilan barobar edi.Chunki u erdagi qiynoqlardan hech kim sog' chiqmasligini kunday ravshan.
   Bu qirg'inda tahminan minglab insonlar vafot etdi va yana shunchasi qamoqlarga olindi.Aslida aniq ma'lumotlarni hech kim bilmaydi.Hitoy hukumati GULJA qirg'ini haqidagi ma'lumotlarni qattiq sir tutadi.Ba'zi huquq himoyachilariga ko'ra esa o'sha kundan keyin 8 ming(!) odam shundoq yo'qolib qolgan.
   Tili va madaniyati jihatidan o'zbeklarga eng yaqin halq bo'lgan uyg'urlar hozirda dunyoning turli mamalakatlarida istiqomat qilishadi.Ular yaqinda bu qirg'inga 10 yil to'lishi munosabati bilan bir necha mamlakatlarda katta norozilik chiqishlari uyushtirdilar.

  http://www.youtube.com/watch?v=4RUCOrg2Pb0
Olov o'tinni eb bitirgani kabi hasad ham go'zal amallarni eb bitiradi.

bir inson

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 8
  • Xabarlar: 55
Re: Sharqiy Turkitonlik musulmon qondoshlarni unutdikmi?
« Javob #3 : 04 Oktyabr 2010, 19:08:59 »
Бу ҳодиса икки йил олдин ҳам Урумчида қайтарилди.

Сиз қашқарлик уйғурлар билан гаплашганмисиз?

Намойишга чиқиб, норозилик билдирди, дегани албатта Ñ‚Ñžғри қилди, дегани эмас.

Мен ҳам гаплашган эмасман. Эшитишим бўйича, уйғурлар ўртасида ислом бўйича илм даражаси жуда саёз экан. 

 

Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari

Muallif LayloBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 26998
So'nggi javob 16 Noyabr 2007, 07:29:14
muallifi Laylo
Musulmon kishining kofir deyish

Muallif ChustiyBo'lim Islom

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 4960
So'nggi javob 04 Dekabr 2007, 12:53:14
muallifi Chustiy
Intelligent Musulmon va Muslima.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4752
So'nggi javob 28 May 2008, 00:33:28
muallifi saraton07
Musulmon futbolchilar

Muallif AbdulhafizBo'lim Futbol

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 47700
So'nggi javob 30 Avgust 2013, 13:28:35
muallifi Ansora
Sizningcha haqiqiy musulmon inson qanday bo'lishi kerak?

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 4059
So'nggi javob 23 Iyul 2012, 15:11:51
muallifi Muslimahon