Dunyo-inson uchun yaratilgan. İnsonlardan tashqari jonzotlar uchun vaqt, degan tushunchaning o'zi yo'q. Rabbim meni bir daraxt, yoki bir chumoli holida yaratishi ham mumkin edi. Lekin meni-Dunyoni Payg'ambarimizning yuzi-suvi hurmati uchun yaratgan jinsdan-inson holida yaratdi, (alhamdulillah) O'Zİni, Dinini, qulligimni tanib-bilishim uchun menga aql berdi. Bu aqlimni ishlatishim uchun fursat, vaqt berdi....Qancha vaqt berganligini yana Holiq Egamgina biladi.
Rabbimga men uchun berilgan bu vaqtni Uning mening "Yaratgan Egam", mening esa uning "quli" ekanligimni har soniya yana ham yurakdan his qilgan holda ishlata olishim uchun duo qilaman.
Bu vaqtni yana da ziyodalashtirishi uchun, foydali o'tkazishimizga sabab bo'ladigan hayirli bahonalar chiqarishini barcha Mo'min qardoshlarim uchun tilab qolaman.