Vaqtga e’tibor
Yusuf Qarzoviy
Qur’oni karimda va sunnatda vaqtga har tomonlama va turli shaklda e’tibor berilgan. Shunday e’tiborlarning eng avvalida vaqt ham Allohning buyuk bir ne’mati ekani va uning ahamiyatini bayon qilish (g’oyasi) turadi. Qur’oni karim vaqt qadrini buyukligi hamda Allohning insonga atagan fazlu karami kengligi haqida bayon qilib: "œU doimo aylanib turuvchi quyosh va oyni ham sizlar uchun bo’yinsundirdi(yani, sizlar yaxshi yashashingiz uchun tartib-intizomga solib qoydi). Yana u Zot kecha va kunduzni sizlar uchin bo’yinsundirdi. Shuningdek, sizlarga barcha so’ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog’iga yetaolmaysizlar" (Ibrohim, 33-34, oyatlar mazmuni), deydi
Va yana aytadi: "œU eslatma-ibrat olmoqchi bo’lgan yoki shukur qilmoqchi bo’lgankishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o’rnini bosuvchi qilib qo’ygan zotdir"(Furqon,62,oyat mazmuni).
Yani, Alloh kechaning ortidan kunduz va kunduzning ortidan kechani keladigan qilib qo’ydi, demak, kimda — kim ulardan birini behuda amallar bilan o’tqazsa, ikkinchisida o’sha qilgan hatolarini to’g’irlashga imkon bor. Vaqtning ahamiyatini bayon qilib, Alloh taolo Makkada nozil qilgan suralarni qasam bilan boshlaydi. Bunga misol tariqasida "œVal-Layl", "œVal-Fajr", "œVaz-Zuho", "œVal-Asr" kabilarni olish mumkin. Mazkur suralarni ko’zdan kechirsak, Allohning quyidagi so’zlarini o’qiymiz:
"œ (Borliqni o’z zulmati bilan) o’rab kelayotgan kechaga qasam; Yorishib ko’ringan kunduzga qasam" (Val-Layl, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œTongga qasam (Zulhijja oyidagi ilk)o’n kechaga qasam" (Val-Fajr, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œChoshgoh vaqtiga qasam (o’z zulmati bilan chor atrofni) qoplab o’rab olgan kechaga qasam" (Vaz-Zuho, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œAsr (vaqti) ga qasamki (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir" (Val-Asr, 1-2, oyatlar mazmuni).
Alloh O’z mahluqlaridan birining nomi bilan qasam ichishi u narsa yo hodisaga insonlarning diqqatini qaratish hamda o’sha qasam ichilgan narsaning qadri va manfaati buyukligini insonlarga bildirish hisoblanishini mufassir olimlar tushuntirishgan.
Payg’ambar sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida ta’kidlanadi va uning Alloh oldida qiyomat kunida inson bo’ynidagi bir mas’uliyat ekani tasdiqlab o’tilgan. Hatto hisob — kitob kunida ham bandaga beriladigan asosiy to’rtta savoldan ikkitasi ana shu vaqt haqidadir.
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinishicha, Payg’ambarimiz salallohu alayhi vassallam: "œBanda qiyomat kuni to’rt hislatdan so’ralmagunicha bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi- umrini nima bilan o’tkazgani; ikkinchisi — yoshlik davrida nima bilan mashg’ul bo’lgani; uchinchisi — mol-dunyoni qay yo’sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to’rtinchisi — o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani so’raladi".
Shuningdek, inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, o’ziga hos shaklda so’raladi. Yoshlik umrning bir bo’lagi, lekin uning boshqa davrlardan ajratib turuvchi o’ziga hos qiymatdor tarafi bor. U g’ayratu shijoatga, o’tkinchi maqsadlarga to’la fasldir hamda go’daklik va keksalik zaifliklari orasidagi jismoniy quvvatga to’lishgan bir davrdir. Rum surasi 54-oyati mazmuni bunday: "œAlloh shunday zotdirki, sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, so’ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, so’ngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni (paydo) qildi"¦"
A’zamjon Muhammadalixon tayyorladi
"œHidoyat"jurnali.