Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)  ( 29977 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muhammad Amin  19 Noyabr 2007, 11:08:04

Ko'pchillik vaqtni pul bilan o'lchaydi va vaqt bu pul deb aytishadi. Lekin men umuman bu fikrga qo'shilmayman. Hech qachon pul vaqt bo'lolmaydi.
Siz qanday o'ylaysiz? vaqt nima?

Qayd etilgan


Usmon  26 Noyabr 2007, 16:01:18

Iqtisodchi fikricha vaqt bu pul. Mo'min odam uchun vaqt bu ezguilik, ibodat, va barcha yaxshi amallar. Iqtisodchi vaqt bu pul deganda, har bir soniyada inson foydali ish qilish orqali, ma'lum miqdorda pul ishlashi mumkinligini, soniyalar bekor ketganda esa, shu pullar "yo'qotilayotganini" tushunadi. Mo'min esa bekor ketgan soniyalarda ezgu amallarni ko'radi. Har bir inson har bir o'tgan kuninig oxirida qilgan amallarini sarhisob qilsa-yu, ular ichida ezgusini topolmasa, demak kun, ya'ni vaqt bekor o'tgani shu bo'lsa kerak....

Qayd etilgan


Muslimа  06 Dekabr 2007, 16:21:31

Vaqtga e’tibor

Yusuf Qarzoviy

Qur’oni karimda va sunnatda vaqtga har tomonlama va turli shaklda e’tibor berilgan. Shunday e’tiborlarning eng avvalida vaqt ham Allohning buyuk bir ne’mati ekani va uning ahamiyatini bayon qilish (g’oyasi) turadi. Qur’oni karim vaqt qadrini buyukligi hamda Allohning insonga atagan fazlu karami kengligi haqida bayon qilib: "œU doimo aylanib turuvchi quyosh va oyni ham sizlar uchun bo’yinsundirdi(yani, sizlar yaxshi yashashingiz uchun tartib-intizomga solib qoydi). Yana u Zot kecha va kunduzni sizlar uchin bo’yinsundirdi. Shuningdek, sizlarga barcha so’ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog’iga yetaolmaysizlar" (Ibrohim, 33-34, oyatlar mazmuni), deydi

Va yana aytadi: "œU eslatma-ibrat olmoqchi bo’lgan yoki shukur qilmoqchi bo’lgankishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o’rnini bosuvchi qilib qo’ygan zotdir"(Furqon,62,oyat mazmuni).
Yani, Alloh kechaning ortidan kunduz va kunduzning ortidan kechani keladigan qilib qo’ydi, demak, kimda — kim ulardan birini behuda amallar bilan o’tqazsa, ikkinchisida o’sha qilgan hatolarini to’g’irlashga imkon bor. Vaqtning ahamiyatini bayon qilib, Alloh taolo Makkada nozil qilgan suralarni qasam bilan boshlaydi. Bunga misol tariqasida "œVal-Layl", "œVal-Fajr", "œVaz-Zuho", "œVal-Asr" kabilarni olish mumkin. Mazkur suralarni ko’zdan kechirsak, Allohning quyidagi so’zlarini o’qiymiz:
(Borliqni o’z zulmati bilan) o’rab kelayotgan kechaga qasam; Yorishib ko’ringan kunduzga qasam" (Val-Layl, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œTongga qasam (Zulhijja oyidagi ilk)o’n kechaga qasam" (Val-Fajr, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œChoshgoh vaqtiga qasam (o’z zulmati bilan chor atrofni) qoplab o’rab olgan kechaga qasam" (Vaz-Zuho, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œAsr (vaqti) ga qasamki (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir" (Val-Asr, 1-2, oyatlar mazmuni).
Alloh O’z mahluqlaridan birining nomi bilan qasam ichishi u narsa yo hodisaga insonlarning diqqatini qaratish hamda o’sha qasam ichilgan narsaning qadri va manfaati buyukligini insonlarga bildirish hisoblanishini mufassir olimlar tushuntirishgan.
Payg’ambar sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida ta’kidlanadi va uning Alloh oldida qiyomat kunida inson bo’ynidagi bir mas’uliyat ekani tasdiqlab o’tilgan. Hatto hisob — kitob kunida ham bandaga beriladigan asosiy to’rtta savoldan ikkitasi ana shu vaqt haqidadir.
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinishicha, Payg’ambarimiz salallohu alayhi vassallam: "œBanda qiyomat kuni to’rt hislatdan so’ralmagunicha bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi- umrini nima bilan o’tkazgani; ikkinchisi — yoshlik davrida nima bilan mashg’ul bo’lgani; uchinchisi — mol-dunyoni qay yo’sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to’rtinchisi — o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani so’raladi".
Shuningdek, inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, o’ziga hos shaklda so’raladi. Yoshlik umrning bir bo’lagi, lekin uning boshqa davrlardan ajratib turuvchi o’ziga hos qiymatdor tarafi bor. U g’ayratu shijoatga, o’tkinchi maqsadlarga to’la fasldir hamda go’daklik va keksalik zaifliklari orasidagi jismoniy quvvatga to’lishgan bir davrdir. Rum surasi 54-oyati mazmuni bunday: "œAlloh shunday zotdirki, sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, so’ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, so’ngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni (paydo) qildi"¦"

A’zamjon Muhammadalixon tayyorladi
"œHidoyat"jurnali.

Qayd etilgan


Muslimа  23 Fevral 2008, 10:53:41


     Bir daqiqa vaqtining qadriga yetmagan inson, bir soatlik vaqtini ham qadrlamaydi.
Qadimgi maqol.


  Alloh insonlarga eng buyuk ne’mat qilib hayotni berar ekan, uning jo’shqin, qiziqarli o’tishiga vaqtni biriktirdi. Insonning bu aldamchi dunyoda qancha hayot kechirishini vaqt orqali belgilab qo’ydi. Ammo biz g’ofil insonlar vaqtning qadriga yetish u yoqda tursin, bugun Alloh yo’lida nimalar qilishga ulgurdim, degan savolni berishga ham iymanib qoldik. Buning uchun soatlar emas, bir daqiqaning o’zi ham kifoya qilishini unutdik. Sababi insoniyat uchun daqiqa oddiy lahzaga aylanib qoldi. "œBir daqiqa vaqtingizni olsam maylimi?", "œBir daqiqa kutib turing", "œHozir, bir daqiqa" so’zlari bugungi kun shioriga aylanib bo’lgan. Ammo shu "œarzimas" daqiqa ichida nimalar qila olishimiz mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz? Yaqinda Islom olimlari inson oltmish soniya ichida qanday ishlarni amalga oshira olishi mumkinligi haqida tadqiqot o’tkazdilar. Hulosa esa quyidagicha bo’ldi:
- inson oltmish soniya ichida uch marotaba FOTIHA SURASINI o’qiy oladi. Vaholanki, bir marotaba aytilgan bu suraga olti yuz hasanot va’da qilingan;
- bir daqiqada o’n marotaba IXLOS SURASINI ayta oladi. Bu surani uch marta o’qigan bandaga Qur’onni o’qigan savobi va’da qilingan. Demak, inson bir daqiqada uch marotaba xatm qilgan savobiga ega bo’lishi mumkin;
- bir daqiqa ichida Qur’onning bir sahifasini o’qish yoki kichik bir oyatni yodlab olish mumkin;
- bir kunlik gunohlarni barchasiga kafforat bo’lguvchi "œSUBHANALLOHI VA BIHAMDIH" kalimasini oltmish marta ayta oladi;
- "œLA ILAHA ILLALLOH" kalimasini ellik marotaba qaytarish mumkin;
- bir yuz yigirma marta "œSUBHANALLOH", bir yuz o’n marta "œALHAMDU LILLAH ", bir yuz o’ttiz marta "œALLOHU AKBAR" kalimasini ayta oladi;
-   yaxshi niyatlar ila duo qilishga ham daqiqa yetadi.
Xullas, inson har bir o’tayotgan soniyalari uchun qandaydir ajrlarga ega bo’lishi, bir daqiqa aytgan kalimasi tufayli jannat ahllari qatoridan joy olishi mumkin. BIR DAQIQA JUDA KATTA IMKONIYAT.
      Olimjon Abdushukur.
      "œHilol-3" 2006, mart-aprel (1427, Rabi’ul avval)

P.S. Aziz forumdosh siz bir daqiqada yuqorida keltirilgan kalimalardan qanchasini ayta olasiz?


Qayd etilgan


Imron  24 Fevral 2008, 01:48:18

Вақт ҳақида схши рисола..

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2009, 08:09:38

Vaqt bu fursat.

kimgadur... yaxshilik qilib olish uchun...

kimgadur... "mazza" qilib "yashab qolish" uchun...

kimgadur... manfaatli ish qilish uchun...

kimgadur... asli berk ko'chadan asosiy ko'chaga chiqish uchun...

kimgadur... yanada yaqinroq bo'lish uchun...

 

Qayd etilgan


siddiqa  02 Noyabr 2009, 08:24:33

vaqt bu ..........
imkoniyat.

Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Noyabr 2009, 08:36:49

Vaqt qilich kabidir, sen uni kesmasang, u, seni kesadi.

Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Noyabr 2009, 08:39:36

Inglizlar esa, Time is money deyishadi

Qayd etilgan


Hadija  02 Noyabr 2009, 14:07:54

Vaqt bu, Unga yetishish uchun ko'prik...

Qayd etilgan