Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Quyida keltiriladigan hikoyaga e’tiborliroq bo’lishingizni so’rab qolardim.
Kun o’tdi.
Banda uyqudan ko’zini ochdi. Tong yorisha boshlaganini ko’rdi-yu, darhol tahorat ola boshladi. Bomdod namozini o’qib, Allohga hamdu sanolar aytdi. So’ng o’z ishiga jo’nadi. U erda ham Alloh zikrini yodidan ko’tarmagani sababli haromga qo’l cho’zmadi, qaramadi. Bugungu kun uchun rejalashtirgan hamma ishlarni osonlik bilan hal bo’lgani uchun Allohga shukrona keltirdi. So’ng uyiga — oilasi bag’riga qaytdi. Ota-onasi, ayoli, farzandlari bilan dasturxon atrofida suhbatlashib o’tirish unga hush yoqardi. Kun so’nggida xufton namozini o’qib bo’lgach, tahorat oldi-da, uyquga ketishdan oldin shunday duo qildi: "œEy Allohim, Senga behad hamdu sanolar bo’lsin! Mendek ojiz bir bandangni ham, ahli oilamni ham to’g’ri yo’lingdan adashtirmagin! Ertangi kunga sog’-salomat yetib olishimizni va kunimizning hayrli bo’lishini nasib etgin! Oxiratda ham jannat ahillari qatoridan joy olishimizni O’zing musharraf aylagin, Allohim!"
***
Shu kuni Allohning yana bir bandasi uyqudan ko’zini ochdi. Ochdi-yu, endi tong yorishayotganini ko’rib; yana uyquga ketdi. Vaqt allamahal bo’lganida ko’zini ochdi. Negadir boshi qattiq og’rir, hech narsaga qo’li bormasdi. Shu yo’sinda ishga jo’nadi. Kun bo’yi lanj bo’lib yurdi, lekin biror marta ham Allohning zikrini qilmadi. Nima sababdan ishlari orqaga ketayotganini u g’ofil banda tushunmas edi. Chala qolgan ishlarini tashlab, ulfatlari bilan maishatni qildi va kechga yaqin shirakayf holda uyiga qaytdi. Kunlik odati bo’yicha janjal ko’tarib, uyidagilarning qistovi bilan uyquga ketdi.
Kun o’tdi. Soniyasiga qadar o’lchab berilgan KUN. Umr sahifalaridan yana bir kun ortda qoldi"¦
Muhammad Halim tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 1427(VI)/2006 dan olindi.
P.S. Ha, aziz birodarlar. Bu ikki inson ham Alloh taoloning bandalari. Lekin Alloh oldidagi vazifalarini bajarishga ular ikki hil munosabatdalar. Alloh taolo mehribon Zot. Hech qachon bandalarini hojatidan ortiq ishlarga buyurmaydi. Bu ikki inson misolida keltirilgan voqeaga jiddiyroq qarang va fikr qiling. Agar birinchi inson kabi yashayotgan bo’lsangiz "œAlhamdulillah!!!" deng va Allohdan to’g’ri yo’lida bardavom qilishini duo qiling!
Bordiyu ikkinchi banda kabi hayotingizni zalolatda o’tqazayotgan bo’lsangiz, yaxshilab fikr qilig! Tavba qiling birodar! Zero, hech birimizga jannat eshiklaridan kalit berilmagan, hech birimizga qancha vaqt yashashimiz haqida aniq habar kelmagan, hech birimiz amoli daftarimiz o’ng tomondan beriladi deb ayta olmaymiz, chunki bu bizning ihtiyorimizda emas!!! Alloh taolo sizga shu kunga qadar umr berdimi, fikrlang, shuncha gunoh qilsangiz ham Alloh sizga zulm qilmadi. Chunki Alloh taolo rahmlilarning eng rahmlisi bo’lgan Zot. Vaqt g’animatligida tavba qilib qolingki, keyin vaqt o’tgach pushaymonlikda qolmang!!!
Alloh taolo hech birimizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdandir!!!