Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)  ( 29978 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Muslimа  09 Iyul 2007, 09:38:29

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Quyida keltiriladigan hikoyaga e’tiborliroq bo’lishingizni so’rab qolardim.

Kun o’tdi.


Banda uyqudan ko’zini ochdi. Tong yorisha boshlaganini ko’rdi-yu, darhol tahorat ola boshladi. Bomdod namozini o’qib, Allohga hamdu sanolar aytdi. So’ng o’z ishiga jo’nadi. U erda ham Alloh zikrini yodidan ko’tarmagani sababli haromga qo’l cho’zmadi, qaramadi. Bugungu kun uchun rejalashtirgan hamma ishlarni osonlik bilan hal bo’lgani uchun Allohga shukrona keltirdi. So’ng uyiga — oilasi bag’riga qaytdi. Ota-onasi, ayoli, farzandlari bilan dasturxon atrofida suhbatlashib o’tirish unga hush yoqardi. Kun so’nggida xufton namozini o’qib bo’lgach, tahorat oldi-da, uyquga ketishdan oldin shunday duo qildi: "œEy Allohim, Senga behad hamdu sanolar bo’lsin! Mendek ojiz bir bandangni ham, ahli oilamni ham to’g’ri yo’lingdan adashtirmagin! Ertangi kunga sog’-salomat yetib olishimizni va kunimizning hayrli bo’lishini nasib etgin! Oxiratda ham jannat ahillari qatoridan joy olishimizni O’zing musharraf aylagin, Allohim!"

***

Shu kuni Allohning yana bir bandasi uyqudan ko’zini ochdi. Ochdi-yu, endi tong yorishayotganini ko’rib; yana uyquga ketdi. Vaqt allamahal bo’lganida ko’zini ochdi. Negadir boshi qattiq og’rir, hech narsaga qo’li bormasdi. Shu yo’sinda ishga jo’nadi. Kun bo’yi lanj bo’lib yurdi, lekin biror marta ham Allohning zikrini qilmadi. Nima sababdan ishlari orqaga ketayotganini u g’ofil banda tushunmas edi. Chala qolgan ishlarini tashlab, ulfatlari bilan maishatni qildi va kechga yaqin shirakayf holda uyiga qaytdi. Kunlik odati bo’yicha janjal ko’tarib, uyidagilarning qistovi bilan uyquga ketdi.

Kun o’tdi. Soniyasiga qadar o’lchab berilgan KUN. Umr sahifalaridan yana bir kun ortda qoldi"¦

Muhammad Halim tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 1427(VI)/2006 dan olindi.


P.S. Ha, aziz birodarlar. Bu ikki inson ham Alloh taoloning bandalari. Lekin Alloh oldidagi vazifalarini bajarishga ular ikki hil munosabatdalar. Alloh taolo mehribon Zot. Hech qachon bandalarini hojatidan ortiq ishlarga buyurmaydi. Bu ikki inson misolida keltirilgan voqeaga jiddiyroq qarang va fikr qiling. Agar birinchi inson kabi yashayotgan bo’lsangiz "œAlhamdulillah!!!" deng va Allohdan to’g’ri yo’lida bardavom qilishini duo qiling!
Bordiyu ikkinchi banda kabi hayotingizni zalolatda o’tqazayotgan bo’lsangiz, yaxshilab fikr qilig! Tavba qiling birodar! Zero, hech birimizga jannat eshiklaridan kalit berilmagan, hech birimizga qancha vaqt yashashimiz haqida aniq habar kelmagan, hech birimiz amoli daftarimiz o’ng tomondan beriladi deb ayta olmaymiz, chunki bu bizning ihtiyorimizda emas!!! Alloh taolo sizga shu kunga qadar umr berdimi, fikrlang, shuncha gunoh qilsangiz ham Alloh sizga zulm qilmadi. Chunki Alloh taolo rahmlilarning eng rahmlisi bo’lgan Zot. Vaqt g’animatligida tavba qilib qolingki, keyin vaqt o’tgach pushaymonlikda qolmang!!!
Alloh taolo hech birimizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdandir!!!

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 09:47:55

Yuqoridagi hikoyaga iqtibos o’rnida yana fikrlab ko’rishingiz uchun bir hikoyachani keltirmoqlikni lozim topdim. Zero vaqt g’animatligi haqida fikr yuritishimiz faqat o’zimiz uchun foydalidir! Hech kim biz behuda ketqizgan vaqtimiz uchun ma’sul emas! BEHUDA O’TGAN HAR BIR SONIYAMIZ UCHUN O’ZIMIZ FAQAT VA FAQAT O’ZIMIZ JAVOB BERAMIZ!!!   

Hisobsiz harajat.

Tasavvur qiling, bank deb atalmish muassasa har tong sizga 86 400 so’m qarz berib tursa.86 400!!! Nima qilgan bo’lardingiz? Albatta, tiyinini ham qadrlab sarflardingiz — a? Hammamizda ham ana shunday muassasa mavjud. Uning nomi VAQT. U har kuni bizga 86 400 soniyani qarzga beradi. Har tong amal daftarimizda ana shu qarzning yangi sahifasi ochilib, kechqurun yopiladi. Keyingi sahifangizni qanday bo’lishini tasavvur ham qila olmaysiz. Shuning uchun amallarni ortga surib, "œerta" deb atalmish sahifaga qoldirmaslik kerak. Bir soniyalik beparvolik hayotingizni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin.
Demak, hammamiz uchun "œkecha" tarix, "œerta" mo’’jiza, "œbugun" inoyat bo’lishi kerak. Shuni bilingki, vaqt sizni kutib turmaydi. U xuddi oxirat manzili uchun tobora yaqinlshib kelayotgan ulovga o’xshaydi. U faqat oxiratda gapiradi. Shuni ham yodingizda tutinki, u gapirganda ham sizning e’tirozingizga o’rin qolmaydi.


   Muhammad Halim tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 1427(II)/2006 dan olindi.

P.S. Vaqt biz uchun qarz ekan, nechun uni behuda sarflaymiz? Omonatni Egasiga topshirishda uyalib qolishimiz haqida o’ylamaymiz? Qorqmaymizmi?! Yoki shaytonni shunchalik o’zimizga yaqin olib, u bilan do’stlashdikmi?
Aziz birodar o’tagan bugungi kuningizni sarhisob qilib ko’ringchi? Kerakli ishlarga ko’p vaqt sarf qilibsizmi yoki behuda ishlargami? Oxiratingizni obod qilishga ko’proq intilibsizmi yoki dunyoni aldovlariga ko’proq ishonib, unga bog’lanib qolibsizmi? Har doim kun so’ngida o’zingizga "œBUGUN ALLOH UCHUN NIMA QILDING?"  degan savol bilan murojat qiling! Va savolga javob berishni ham unutmang!!!
Alloh hammamizga ikki dunyo saodatini nasib qilsin!
Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!

Qayd etilgan


Muslimа  12 Iyul 2007, 15:27:52

Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam: "Dunyo hayoti bir onlik vaqtdan iboratdur. U holda uni Alloh yo'lida sarf eting", deya marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Muslimа  12 Iyul 2007, 15:34:33

Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bir hadisda shunday deydilar: "Ikki ne'mat bordir. Insonlarning ko'pi buning qadriga yetishmaydi. Salomatlik va VAQT".

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2007, 17:57:13

Assalamu alaykum!

Vaqt bu nima?
Vaqt bu umr.
Umr - qumsoat.
Qum zarralariga qo'sgilib, umrimiz - vaqtimiz ham o'tib boraveradi.
Umr soati Alloh nasib qilmaguncha hech qachon to'xtamaydi.
Biz esa mana shu qum uzra darbadar kzgan yo'lovchimiz.
Hamma uchun manzil bitta. Ammo yo'llar har xil.
Bu qum vodiysi ichra qanday kezmoq, asosiy manzilga qaysi yo'l bilan borish ixtiyori o'zimizda.
Vaqt - umr esa o'taveradi...
Manzilimiz obod bo'lsin!

Qayd etilgan


Akmal  09 Avgust 2007, 04:58:34

А остини айтсам (кимларгадир ғалати туюлар), мен учун вақтнинг умуман аҳамисти қолмаган. Туну кун бирдек, лекин бир дсстимнинг айтган гапини жуда қадрлайман ва сшанга амал қиламан. У айтгандики,

"Ҳар куни уйғонганимда бугун нимани срганарканман деб тураман"

Qayd etilgan


Amina  14 Avgust 2007, 16:41:45

Vaqt bu eng oliy hakam.
vaqtni chindan qadrlagan inson, sabr qilishshi biladigan insondir!
vaqtni qadrini abiturentdan sorang :)
insonning bir daqiqasi ham katta boylik. osha 1 daqiqada inson nimanidir yoqotsa, yana nimadir topishligi mumkin. shunday ekan yoqotishdan qorqish kere. Doimo vaqtni qadrlash kam xatoga yol oqyishga olib keladi!

Qayd etilgan


Iroda  14 Avgust 2007, 18:14:59

-Vaqt bu Kitob..."Hayot kitobi"
Kimningdir bu kitobi necha boblardan tolib ketsa, kimningdirriki esa 1varrog'dan tashkil topgan...
Inson shuncha yil yashashi mumkin, lekin mana shu yillarda faqat bir kungina haqiqiy hayot kechirgan bolishi mumkin. Mana shu haqiqiy hayot - Yaxshilikdir!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2007, 18:00:53

Vaqt men uchun bu eng qadrli narsa va uni qadri men uchun eng kattadir. Yo'qotilgan vaqtni hech qachon qaytarib bo'lmaydi. Vaqtdan unimli foydalanish men uchun muhim narsa.

Qayd etilgan


Muslimа  25 Sentyabr 2007, 12:50:23

Ko’rdimki, vaqtini "œessiz", "œqaniydi", "œkoshki" lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.
Najimiddin Kubro

Qayd etilgan