Muallif Mavzu: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)  ( 15927 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« : 09 Iyul 2007, 09:38:29 »
Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Quyida keltiriladigan hikoyaga e’tiborliroq bo’lishingizni so’rab qolardim.

Kun o’tdi.


Banda uyqudan ko’zini ochdi. Tong yorisha boshlaganini ko’rdi-yu, darhol tahorat ola boshladi. Bomdod namozini o’qib, Allohga hamdu sanolar aytdi. So’ng o’z ishiga jo’nadi. U erda ham Alloh zikrini yodidan ko’tarmagani sababli haromga qo’l cho’zmadi, qaramadi. Bugungu kun uchun rejalashtirgan hamma ishlarni osonlik bilan hal bo’lgani uchun Allohga shukrona keltirdi. So’ng uyiga – oilasi bag’riga qaytdi. Ota-onasi, ayoli, farzandlari bilan dasturxon atrofida suhbatlashib o’tirish unga hush yoqardi. Kun so’nggida xufton namozini o’qib bo’lgach, tahorat oldi-da, uyquga ketishdan oldin shunday duo qildi: “Ey Allohim, Senga behad hamdu sanolar bo’lsin! Mendek ojiz bir bandangni ham, ahli oilamni ham to’g’ri yo’lingdan adashtirmagin! Ertangi kunga sog’-salomat yetib olishimizni va kunimizning hayrli bo’lishini nasib etgin! Oxiratda ham jannat ahillari qatoridan joy olishimizni O’zing musharraf aylagin, Allohim!”

***

Shu kuni Allohning yana bir bandasi uyqudan ko’zini ochdi. Ochdi-yu, endi tong yorishayotganini ko’rib; yana uyquga ketdi. Vaqt allamahal bo’lganida ko’zini ochdi. Negadir boshi qattiq og’rir, hech narsaga qo’li bormasdi. Shu yo’sinda ishga jo’nadi. Kun bo’yi lanj bo’lib yurdi, lekin biror marta ham Allohning zikrini qilmadi. Nima sababdan ishlari orqaga ketayotganini u g’ofil banda tushunmas edi. Chala qolgan ishlarini tashlab, ulfatlari bilan maishatni qildi va kechga yaqin shirakayf holda uyiga qaytdi. Kunlik odati bo’yicha janjal ko’tarib, uyidagilarning qistovi bilan uyquga ketdi.

Kun o’tdi. Soniyasiga qadar o’lchab berilgan KUN. Umr sahifalaridan yana bir kun ortda qoldi…

Muhammad Halim tayyorladi
“Musulmonlar taqvim kitobi” 1427(VI)/2006 dan olindi.


P.S. Ha, aziz birodarlar. Bu ikki inson ham Alloh taoloning bandalari. Lekin Alloh oldidagi vazifalarini bajarishga ular ikki hil munosabatdalar. Alloh taolo mehribon Zot. Hech qachon bandalarini hojatidan ortiq ishlarga buyurmaydi. Bu ikki inson misolida keltirilgan voqeaga jiddiyroq qarang va fikr qiling. Agar birinchi inson kabi yashayotgan bo’lsangiz “Alhamdulillah!!!” deng va Allohdan to’g’ri yo’lida bardavom qilishini duo qiling!
Bordiyu ikkinchi banda kabi hayotingizni zalolatda o’tqazayotgan bo’lsangiz, yaxshilab fikr qilig! Tavba qiling birodar! Zero, hech birimizga jannat eshiklaridan kalit berilmagan, hech birimizga qancha vaqt yashashimiz haqida aniq habar kelmagan, hech birimiz amoli daftarimiz o’ng tomondan beriladi deb ayta olmaymiz, chunki bu bizning ihtiyorimizda emas!!! Alloh taolo sizga shu kunga qadar umr berdimi, fikrlang, shuncha gunoh qilsangiz ham Alloh sizga zulm qilmadi. Chunki Alloh taolo rahmlilarning eng rahmlisi bo’lgan Zot. Vaqt g’animatligida tavba qilib qolingki, keyin vaqt o’tgach pushaymonlikda qolmang!!!
Alloh taolo hech birimizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdandir!!!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #1 : 09 Iyul 2007, 09:47:55 »
Yuqoridagi hikoyaga iqtibos o’rnida yana fikrlab ko’rishingiz uchun bir hikoyachani keltirmoqlikni lozim topdim. Zero vaqt g’animatligi haqida fikr yuritishimiz faqat o’zimiz uchun foydalidir! Hech kim biz behuda ketqizgan vaqtimiz uchun ma’sul emas! BEHUDA O’TGAN HAR BIR SONIYAMIZ UCHUN O’ZIMIZ FAQAT VA FAQAT O’ZIMIZ JAVOB BERAMIZ!!!   

Hisobsiz harajat.

Tasavvur qiling, bank deb atalmish muassasa har tong sizga 86 400 so’m qarz berib tursa.86 400!!! Nima qilgan bo’lardingiz? Albatta, tiyinini ham qadrlab sarflardingiz – a? Hammamizda ham ana shunday muassasa mavjud. Uning nomi VAQT. U har kuni bizga 86 400 soniyani qarzga beradi. Har tong amal daftarimizda ana shu qarzning yangi sahifasi ochilib, kechqurun yopiladi. Keyingi sahifangizni qanday bo’lishini tasavvur ham qila olmaysiz. Shuning uchun amallarni ortga surib, “erta” deb atalmish sahifaga qoldirmaslik kerak. Bir soniyalik beparvolik hayotingizni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin.
Demak, hammamiz uchun “kecha” tarix, “erta” mo’’jiza, “bugun” inoyat bo’lishi kerak. Shuni bilingki, vaqt sizni kutib turmaydi. U xuddi oxirat manzili uchun tobora yaqinlshib kelayotgan ulovga o’xshaydi. U faqat oxiratda gapiradi. Shuni ham yodingizda tutinki, u gapirganda ham sizning e’tirozingizga o’rin qolmaydi.


   Muhammad Halim tayyorladi
“Musulmonlar taqvim kitobi” 1427(II)/2006 dan olindi.

P.S. Vaqt biz uchun qarz ekan, nechun uni behuda sarflaymiz? Omonatni Egasiga topshirishda uyalib qolishimiz haqida o’ylamaymiz? Qorqmaymizmi?! Yoki shaytonni shunchalik o’zimizga yaqin olib, u bilan do’stlashdikmi?
Aziz birodar o’tagan bugungi kuningizni sarhisob qilib ko’ringchi? Kerakli ishlarga ko’p vaqt sarf qilibsizmi yoki behuda ishlargami? Oxiratingizni obod qilishga ko’proq intilibsizmi yoki dunyoni aldovlariga ko’proq ishonib, unga bog’lanib qolibsizmi? Har doim kun so’ngida o’zingizga “BUGUN ALLOH UCHUN NIMA QILDING?”  degan savol bilan murojat qiling! Va savolga javob berishni ham unutmang!!!
Alloh hammamizga ikki dunyo saodatini nasib qilsin!
Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #2 : 12 Iyul 2007, 15:27:52 »
Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam: "Dunyo hayoti bir onlik vaqtdan iboratdur. U holda uni Alloh yo'lida sarf eting", deya marhamat qilganlar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #3 : 12 Iyul 2007, 15:34:33 »
Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bir hadisda shunday deydilar: "Ikki ne'mat bordir. Insonlarning ko'pi buning qadriga yetishmaydi. Salomatlik va VAQT".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #4 : 06 Avgust 2007, 17:57:13 »
Assalamu alaykum!

Vaqt bu nima?
Vaqt bu umr.
Umr - qumsoat.
Qum zarralariga qo'sgilib, umrimiz - vaqtimiz ham o'tib boraveradi.
Umr soati Alloh nasib qilmaguncha hech qachon to'xtamaydi.
Biz esa mana shu qum uzra darbadar kzgan yo'lovchimiz.
Hamma uchun manzil bitta. Ammo yo'llar har xil.
Bu qum vodiysi ichra qanday kezmoq, asosiy manzilga qaysi yo'l bilan borish ixtiyori o'zimizda.
Vaqt - umr esa o'taveradi...
Manzilimiz obod bo'lsin!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Akmal

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 60
  • Bu - itdan tarqagan
    • http://forum.opennet.uz/index.php
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #5 : 09 Avgust 2007, 04:58:34 »
Ростини айтсам (кимларгадир ғалати туюлар), мен учун вақтнинг умуман аҳамияти қолмаган. Туну кун бирдек, лекин бир дўстимнинг айтган гапини жуда қадрлайман ва ўшанга амал қиламан. У айтгандики,

"Ҳар куни уйғонганимда бугун нимани ўрганарканман деб тураман"

Amina

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 62
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #6 : 14 Avgust 2007, 16:41:45 »
Vaqt bu eng oliy hakam.
vaqtni chindan qadrlagan inson, sabr qilishshi biladigan insondir!
vaqtni qadrini abiturentdan sorang :)
insonning bir daqiqasi ham katta boylik. osha 1 daqiqada inson nimanidir yoqotsa, yana nimadir topishligi mumkin. shunday ekan yoqotishdan qorqish kere. Doimo vaqtni qadrlash kam xatoga yol oqyishga olib keladi!

Iroda

  • muslima
  • Jr. Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 57
  • Jins: Ayol
  • Alloh Buyukdir!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #7 : 14 Avgust 2007, 18:14:59 »
-Vaqt bu Kitob..."Hayot kitobi"
Kimningdir bu kitobi necha boblardan tolib ketsa, kimningdirriki esa 1varrog'dan tashkil topgan...
Inson shuncha yil yashashi mumkin, lekin mana shu yillarda faqat bir kungina haqiqiy hayot kechirgan bolishi mumkin. Mana shu haqiqiy hayot - Yaxshilikdir!
Dunyo - qochsa quvadigan Magnit...
Dunyo - oz domiga tortadigan Zulmat...
Dunyo - hech qachon toyib bolmaydigan Nafs...
Dunyo - hech vafo qilmaydigan Bevafo yor...
"O' Hoshimov"

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #8 : 05 Sentyabr 2007, 18:00:53 »
Vaqt men uchun bu eng qadrli narsa va uni qadri men uchun eng kattadir. Yo'qotilgan vaqtni hech qachon qaytarib bo'lmaydi. Vaqtdan unimli foydalanish men uchun muhim narsa.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #9 : 25 Sentyabr 2007, 12:50:23 »
Ko’rdimki, vaqtini “essiz”, “qaniydi”, “koshki” lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.
Najimiddin Kubro
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Vaqt siz uchun nima?
« Javob #10 : 19 Noyabr 2007, 11:08:04 »
Ko'pchillik vaqtni pul bilan o'lchaydi va vaqt bu pul deb aytishadi. Lekin men umuman bu fikrga qo'shilmayman. Hech qachon pul vaqt bo'lolmaydi.
Siz qanday o'ylaysiz? vaqt nima?
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #11 : 26 Noyabr 2007, 16:01:18 »
Iqtisodchi fikricha vaqt bu pul. Mo'min odam uchun vaqt bu ezguilik, ibodat, va barcha yaxshi amallar. Iqtisodchi vaqt bu pul deganda, har bir soniyada inson foydali ish qilish orqali, ma'lum miqdorda pul ishlashi mumkinligini, soniyalar bekor ketganda esa, shu pullar "yo'qotilayotganini" tushunadi. Mo'min esa bekor ketgan soniyalarda ezgu amallarni ko'radi. Har bir inson har bir o'tgan kuninig oxirida qilgan amallarini sarhisob qilsa-yu, ular ichida ezgusini topolmasa, demak kun, ya'ni vaqt bekor o'tgani shu bo'lsa kerak....

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #12 : 06 Dekabr 2007, 16:21:31 »
Vaqtga e’tibor

Yusuf Qarzoviy

Qur’oni karimda va sunnatda vaqtga har tomonlama va turli shaklda e’tibor berilgan. Shunday e’tiborlarning eng avvalida vaqt ham Allohning buyuk bir ne’mati ekani va uning ahamiyatini bayon qilish (g’oyasi) turadi. Qur’oni karim vaqt qadrini buyukligi hamda Allohning insonga atagan fazlu karami kengligi haqida bayon qilib: “U doimo aylanib turuvchi quyosh va oyni ham sizlar uchun bo’yinsundirdi(yani, sizlar yaxshi yashashingiz uchun tartib-intizomga solib qoydi). Yana u Zot kecha va kunduzni sizlar uchin bo’yinsundirdi. Shuningdek, sizlarga barcha so’ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog’iga yetaolmaysizlar” (Ibrohim, 33-34, oyatlar mazmuni), deydi

Va yana aytadi: “U eslatma-ibrat olmoqchi bo’lgan yoki shukur qilmoqchi bo’lgankishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o’rnini bosuvchi qilib qo’ygan zotdir”(Furqon,62,oyat mazmuni).
Yani, Alloh kechaning ortidan kunduz va kunduzning ortidan kechani keladigan qilib qo’ydi, demak, kimda – kim ulardan birini behuda amallar bilan o’tqazsa, ikkinchisida o’sha qilgan hatolarini to’g’irlashga imkon bor. Vaqtning ahamiyatini bayon qilib, Alloh taolo Makkada nozil qilgan suralarni qasam bilan boshlaydi. Bunga misol tariqasida “Val-Layl”, “Val-Fajr”, “Vaz-Zuho”, “Val-Asr” kabilarni olish mumkin. Mazkur suralarni ko’zdan kechirsak, Allohning quyidagi so’zlarini o’qiymiz:
“ (Borliqni o’z zulmati bilan) o’rab kelayotgan kechaga qasam; Yorishib ko’ringan kunduzga qasam” (Val-Layl, 1-2, oyatlar mazmuni).
“Tongga qasam (Zulhijja oyidagi ilk)o’n kechaga qasam” (Val-Fajr, 1-2, oyatlar mazmuni).
“Choshgoh vaqtiga qasam (o’z zulmati bilan chor atrofni) qoplab o’rab olgan kechaga qasam” (Vaz-Zuho, 1-2, oyatlar mazmuni).
“Asr (vaqti) ga qasamki (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir” (Val-Asr, 1-2, oyatlar mazmuni).
Alloh O’z mahluqlaridan birining nomi bilan qasam ichishi u narsa yo hodisaga insonlarning diqqatini qaratish hamda o’sha qasam ichilgan narsaning qadri va manfaati buyukligini insonlarga bildirish hisoblanishini mufassir olimlar tushuntirishgan.
Payg’ambar sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida ta’kidlanadi va uning Alloh oldida qiyomat kunida inson bo’ynidagi bir mas’uliyat ekani tasdiqlab o’tilgan. Hatto hisob – kitob kunida ham bandaga beriladigan asosiy to’rtta savoldan ikkitasi ana shu vaqt haqidadir.
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinishicha, Payg’ambarimiz salallohu alayhi vassallam: “Banda qiyomat kuni to’rt hislatdan so’ralmagunicha bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi- umrini nima bilan o’tkazgani; ikkinchisi – yoshlik davrida nima bilan mashg’ul bo’lgani; uchinchisi – mol-dunyoni qay yo’sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to’rtinchisi – o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani so’raladi”.
Shuningdek, inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, o’ziga hos shaklda so’raladi. Yoshlik umrning bir bo’lagi, lekin uning boshqa davrlardan ajratib turuvchi o’ziga hos qiymatdor tarafi bor. U g’ayratu shijoatga, o’tkinchi maqsadlarga to’la fasldir hamda go’daklik va keksalik zaifliklari orasidagi jismoniy quvvatga to’lishgan bir davrdir. Rum surasi 54-oyati mazmuni bunday: “Alloh shunday zotdirki, sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, so’ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, so’ngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni (paydo) qildi…”

A’zamjon Muhammadalixon tayyorladi
“Hidoyat”jurnali.
« So'nggi tahrir: 06 Dekabr 2007, 16:31:53 muallifi Ðœuslimа »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Daqiqa qudrati. O’ZINGIZNI SINAB KO’RING-CHI!
« Javob #13 : 23 Fevral 2008, 10:53:41 »

     Bir daqiqa vaqtining qadriga yetmagan inson, bir soatlik vaqtini ham qadrlamaydi.
Qadimgi maqol.


  Alloh insonlarga eng buyuk ne’mat qilib hayotni berar ekan, uning jo’shqin, qiziqarli o’tishiga vaqtni biriktirdi. Insonning bu aldamchi dunyoda qancha hayot kechirishini vaqt orqali belgilab qo’ydi. Ammo biz g’ofil insonlar vaqtning qadriga yetish u yoqda tursin, bugun Alloh yo’lida nimalar qilishga ulgurdim, degan savolni berishga ham iymanib qoldik. Buning uchun soatlar emas, bir daqiqaning o’zi ham kifoya qilishini unutdik. Sababi insoniyat uchun daqiqa oddiy lahzaga aylanib qoldi. “Bir daqiqa vaqtingizni olsam maylimi?”, “Bir daqiqa kutib turing”, “Hozir, bir daqiqa” so’zlari bugungi kun shioriga aylanib bo’lgan. Ammo shu “arzimas” daqiqa ichida nimalar qila olishimiz mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz? Yaqinda Islom olimlari inson oltmish soniya ichida qanday ishlarni amalga oshira olishi mumkinligi haqida tadqiqot o’tkazdilar. Hulosa esa quyidagicha bo’ldi:
- inson oltmish soniya ichida uch marotaba FOTIHA SURASINI o’qiy oladi. Vaholanki, bir marotaba aytilgan bu suraga olti yuz hasanot va’da qilingan;
- bir daqiqada o’n marotaba IXLOS SURASINI ayta oladi. Bu surani uch marta o’qigan bandaga Qur’onni o’qigan savobi va’da qilingan. Demak, inson bir daqiqada uch marotaba xatm qilgan savobiga ega bo’lishi mumkin;
- bir daqiqa ichida Qur’onning bir sahifasini o’qish yoki kichik bir oyatni yodlab olish mumkin;
- bir kunlik gunohlarni barchasiga kafforat bo’lguvchi “SUBHANALLOHI VA BIHAMDIH” kalimasini oltmish marta ayta oladi;
- “LA ILAHA ILLALLOH” kalimasini ellik marotaba qaytarish mumkin;
- bir yuz yigirma marta “SUBHANALLOH”, bir yuz o’n marta “ALHAMDU LILLAH ”, bir yuz o’ttiz marta “ALLOHU AKBAR” kalimasini ayta oladi;
-   yaxshi niyatlar ila duo qilishga ham daqiqa yetadi.
Xullas, inson har bir o’tayotgan soniyalari uchun qandaydir ajrlarga ega bo’lishi, bir daqiqa aytgan kalimasi tufayli jannat ahllari qatoridan joy olishi mumkin. BIR DAQIQA JUDA KATTA IMKONIYAT.
      Olimjon Abdushukur.
      â€œHilol-3” 2006, mart-aprel (1427, Rabi’ul avval)

P.S. Aziz forumdosh siz bir daqiqada yuqorida keltirilgan kalimalardan qanchasini ayta olasiz?

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
« Javob #14 : 24 Fevral 2008, 01:48:18 »
ВақÑ‚ ҳақида яхши рисола..
« So'nggi tahrir: 24 Fevral 2008, 01:50:20 muallifi Birodar »

 

O'z joniga qasd qilish: nima uchun?

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 10226
So'nggi javob 15 Fevral 2010, 12:36:12
muallifi Shoxjahon12
Yaxshi yoki yomon baho. Nima uchun?

Muallif BonuBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 118
Ko'rilgan: 45476
So'nggi javob 20 Aprel 2008, 15:37:39
muallifi Murod_bek
Inson kim va u nima uchun yaralgan?

Muallif Muhammad AminBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 11281
So'nggi javob 29 Sentyabr 2007, 18:53:57
muallifi Muhammad Amin
Oila uchun nima muxim, jamiyat uchunchi?

Muallif Muhammad AminBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 12165
So'nggi javob 05 Avgust 2012, 05:18:28
muallifi Abdulhafizaka
Ota nima uchun farzandiga tanbeh beradi? (Otalar so'zi-aqilning ko'zi)

Muallif Muhammad AminBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 8533
So'nggi javob 06 Dekabr 2007, 17:47:10
muallifi Muhammad Amin