O'zbek yoshlariga nima bo'ldi?  ( 24100 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muhammad Amin  19 Iyul 2007, 16:16:01

HA TO'G'RI AYTASIZ ROHATOY OPA
ALLOHIM YAXSHI O'Z YORIGA VAFODOR INSONLARNI KO'PAYTIRSIN.
ALLOH TAOLOGA MING QATLA SHUKURLAR BO'LSINKIM HOZIRGI KUNDA QIZLARNING KIYINISHI  IJOBIY TOMONGA O'ZGARMOQDA. INSHALLOH HAMMASI YAXSHI BO'LADI.
HARKIMGA O'ZIGA MOS BO'LGAN UMR UO'LDASH NASIB ETISHINI ALLOHIMDAN SO'RAB QOLAMAN.
INSHALLOH HAMMASI YAXSHI BO'LASI!!!

Qayd etilgan


shoir  21 Fevral 2008, 17:37:42

Assalomu alaykum!
Bu maqola avvalroq ZiyoUzda chop etilgan edi....

Izhor ortidagi xavotir



Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko‘p va xo‘p yozildi. Bu chiqishlarning ta'sir doirasi nechog‘lik bo‘lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma'naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o‘ziga tortdi. Aslida bu to‘g‘rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo‘lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun «bezab» borayotgan dil izhorlari kishini bezovta qiladi.

davomi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 May 2008, 18:22:38

Hozirgi yoshlar

Qaro tolga suyab,
Irg'ay asoni,
Oqsoqol so'riga asta yonboshlar.
Xayoldan o'tkazar kori dunyoni:
"Eh, hozirgi yoshlar,
Hozirgi yoshlar!"

U asr tengdoshi.
Butun umr endi
Kecha ko'rgan tushday ko'zi oldida,
Yigirma yoshida amirni yengdi,
Vodiyga suv ochdi o'ttiz oltida.

Yoshlarni eslar,
Uf tortar sekin.
Salgina chimrilar oq tushgan qoshlar.
"Biz ham yosh bo'lganmiz bir mahal,
Lekin
Boshqacharoq chiqdi hozirgi yoshlar".

U kolxoz tikladi,
Yangi yurt qurdi.
Bosmachiga qarshi ot surdi o'ktam.
Jangu jadallarning barini ko'rdi.
Ko'rdi ochlikni ham,
Yupunlikni ham.

"Bizga xayol edi,
Tush edi faqat
To'kin dasturxonu lazzatli oshlar.
Baxti boqiy bo'lsin,
Ammo bu jannat
Qadrin bilarmikin hozirgi yoshlar!"

Ko'z oldidan o'tar qirq birinchi yil,
Maskov bo'sag'asi,
Achchiq qahraton.
Agar qulatmasa daydi o'q sabil,
Berlindan qaytardi bo'lib qahramon.

eslar, har yon olov,
O't ichra dunyo.
Majruh gavdalaru, uzilgan boshlar...
"Yurt tinch bo'lsin,
Bir gap bo'lsa mabodo,
Bardosh berarmikin
Hozirgi yoshlar!"

Uy-joy qilib berdi mana, Turg'unga,
Turmushga chiqardi Nazirasini.
Bukun esa o'ylar dorilfunuga
Kirolmasdan qolgan nabirasini.

Domlasiga o'zi borsinmi sekin
Ordenlarni taqib,
Oqilni boshlab...
"Kim biladi deysiz, bo'shtobroqmikin,
Erkatayroqmikin hozirgi yoshlar..."

Yana der:
"Bo'sh qolsak tunlar bo'lib jam
"Chordarvesh" o'qirdik qurshab tanchani.
Bular tanimaydi Huvaydoni ham,
Ertayu kech o'ylar kino, tansani.
Aqli kirarmikin bularning bir kun,
Kim biladi, qachon quyila boshlar!
Og'ir kun ko'rmadi
Balki shuning-chun
Yengilroq o'sdimi hozirgi yoshlar!"

Tohirni halitdan tinch qo'ymas qizlar,
Yarim tunda qaytar uyga hamisha,
"Uncha bo'lmasak ham ilmda bizlar,
Ammo kuchli edi odob, andisha.
Birovning qizig sal qarab qo'ysak,
Bizlar atalrdik sho'xu beboshlar.
Ba'zi kinolarmi buzmoqda andak,
Kapalak mijozroq hozirgi yoshlar..."
To'ng'ich o'g'li u kun qizaloq ko'rgan,
Nomini Sharlotta qo'yibdi, ajab.
O'rtanchasi tog'da yurgani yurgan,
Ba'zan uch oyda bir kelmaydi yo'qlab.
Nahot otasidan bo'lsa azizroq
Qaysidir tog'dagi qandaydir toshlar...
"Bizning bordi-keldi odatdan yiroq,
Bemehrroq o'sdi hozirgi yoshlar..."

"Kiyimlar-chi...
Qiziq bularning didi.
Ola-chipor ko'ylak...
Nimasi ko'rkam?
Rost aytsam unchalik yoqmagan edi
Otalarga bizning charm kamzul ham.

Baynalminal aytib, bayroq ko'tarib
Ko'chaga chiqqanda o'ktam safdoshlar,
Keksalar degandi yo'ldan qaytarib:
Nega shumlik qilar hozirgi yoshlar?

Endi bularga ham har qalay og'ir,
Zamon shitobi tez, parvozi tikka.
Kecha tili chiqqan Nargiza o'qir
Birinchi sinfda matematika.

Bizlar haftiyakdan boshlagan edik,
Bular iks bilan igrikdan boshlar.
Durust, zehni o'tkir, qadami tetik,
O'zimizga tortdi hozirgi yoshlar.

Ginasi noo'rin,
Qarilik qursin.
Bekor yurmagandir tog'larda O'ktam,
Mana, kerak bo'lsa Rustamni ko'rsin,
Bolasidan a'lo jiyan bo'lsa ham.

O'zi qotmagina, niholday xipcha
Nari borsa o'ttiz, o'ttiz bir yoshlar...
Fan doktori bo'ldi Maskovda kecha...
Balo chiqib qoldi hozirgi yoshlar.

Baxti butun bo'lsan tolei bekam.
Shularning borligi mening iqbolim".
Chol ko'z yoshin artar,
Shu payt mening ham
Kelajak yillarga uchdi hayolim.

Zamonlar keladir
Yana ajoyib.
Balki paydo bo'lar sun'iy quyoshlar.
U paytlar, kim bilsin,
Qarib-qartayib,
Munkillab qolarmiz hozirgi yoshlar.

Shunda kelajakning bog'lari aro
Biz, ya'ni keksalar suhbat qurgan chog'
So'zlarmiz:
"Qarshi deb atalgan sahro
Bizning qo'limizda bo'lgan edi bog'.

Esingdami Gazli,
Zilzilalar-chi?
Qayta shahar qurgan qardosh-qurdoshlar...
Biz yangi eradan bo'lgandik jarchi,
Nima ham ko'ribdi hozirgi yoshlar!

Qara,
Oq ko'ylakka galstuk taqib,
Agregat yonida turishar bula.
Biz ishladik qo'lni moylarga tiqib,
Endi rohatini ko'rishar bular.

Fanda inqilobni biz qildik ilk bor,
Ilk bor parvoz qilgan bizning yo'ldoshlar.
Ko'kni obod qildik,
Yerni ham gulzor.
Eh, hozirgi yoshlar, hozirgi yoshlar!"

Erkin Vohidov,
1973

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 May 2008, 18:28:39

Bu she'rni o'qib mazza qildim. Haqiqatdan ajoyib she'r!

O'zi bir o'ylab ko'rsam, rostan ham she'rda tasvirlangan voqea hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Ajdodlar avlodlarda bo'ladigan o'zgarishlarga doimo boshqacha nazar bilan qarashadi. Ular har doim "Bizning davr boshqa edi" deya norozi bo'lishadi. Men she'rning yozilgan vaqtini atayin keltirdim. 1973 yil!  She'r yozilgan vaqtda tug'ilganlar hayotda o'z yo'lini topib olishgan. Erkin aka aytgan voqea esa haqiqatdan ro'y berdi. Ya'ni bizning bobolarimiz, otalarimiz bizning turmushimizga, biz eshitadigan rep musiqalarga, hozirgi zamon modasiga ko'nikolmayapti.

Balki hayotning yozilmagan qonunlaridan biridir? Balki biz ham fazandlarimizga o'zimizning "zamon" haqida so'zlab berarmiz, ularning qilayotgan ishidan ko'nglimiz to'lmas. Bu davom etuvchi qadriyatmikin-a?!

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Avloddan avlodga o'tavergani sari kamchiliklar yig'ilib boraversa, madaniyat sayozlashib ketaversa unda bundan 100 yil keyin nima bo'ladi? 70-yillarda Bobolarimiz chipor ko'ylak kiyganlrni koyigan bo'lsayu, hozir otalarimiz mini yubka kiyganlarni tanqid qilayotgan bo'lsa, unda biz norozi bo'ladigan kiyimlar qanday ko'rinishda bo'larkin-a? Undan keyingilari-chi? Ahvol faqat yomon tomonga o'zgaradimi?

Siz bu haqida qanday fikrdasiz, aziz forumdosh? Zamonlar orasidagi ijobiy va salbiy farqlar nimada?

Fikringizni kutib qolaman.
Hurmat bilan...

Qayd etilgan


Jakonda  07 May 2008, 19:38:35

Mani bir paytla 90 yashar kampirga o'xshatib, o'ziz undanam oshib ketibsizu,a?  ;D

Yoshlar o'zgarsa,bu faqat yomon tomongamas. (She'rdayam ta'kidlanganidek) Hozirgi yoshla har qanaqa e'tirozga loyiq. lekin o'sha e'tiroz bildirvotganla "Biza yoshligimizda shu bilgan narsani bilarmidik?!" dib o'ylashsayam yomon bo'masdi.

p/s: yana gaplarimdan ensela qotib muzlab qovotgan bo'sela,uzr so'riman.

Qayd etilgan


Bahr Id Din  08 May 2008, 13:03:27

Assalomu aleykum,

Hozirgi eshlar, hozirgi yoshlar.....
Nima bulibdi ularga? Sizlar ham eshku?! Eki shu eshizda biror-bir ishni dundiratib quyibsizmi?
Inson uzini uzgartirsa dunyoni ham uzgartiradi....
Yoningizdagi oshnangiz sigareta cheksa, dugonangiz mini kiysa ular emonu siz yaxshimi?
Safsatani man ham yaxshi kuraman, faqat me`erida...
Usha she`rni yozgan inson kim va nima ishlar qilib yuribdi?
Solishtirib kuringchi?
Amal niyatga bog`liq.....
Niyatni yaxshi qiling.....

Assalomu aleykum...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 May 2008, 18:25:16

Assalomu aleykum,

Hozirgi eshlar, hozirgi yoshlar.....

Safsatani man ham yaxshi kuraman, faqat me`erida...


Bu yerda hech qanaqa safsata bo'lmadiku. (Yana bilmadim) Shunchaki men o'z fikrimni bildirdim. Agar o'z fikrlarimizning hammasi safsata hisoblansa......

Iqtibos
Yoningizdagi oshnangiz sigareta cheksa, dugonangiz mini kiysa ular emonu siz yaxshimi?

Hech kim birovni yomonlagani yo'q-ku.

Iqtibos
Usha she`rni yozgan inson kim va nima ishlar qilib yuribdi?

She'r muallifi Erkin Vohidov. Xozir O'zbekiston Qahramoni. Senator.

Qayd etilgan


gayrat17  15 May 2008, 20:28:23


70-yillarda Bobolarimiz chipor ko'ylak kiyganlrni koyigan bo'lsayu, hozir otalarimiz mini yubka kiyganlarni tanqid qilayotgan bo'lsa, unda biz norozi bo'ladigan kiyimlar qanday ko'rinishda bo'larkin-a? Undan keyingilari-chi? Ahvol faqat yomon tomonga o'zgaradimi?
TArih darsida o'qituvchi bir olifta qizdan so'radi
o'qituvchi: Nima uchun qadimga ibtidoiy odamlar yalong'och yurishgan
o'quvchi qiz ensasi qotib: Bilmadim, man qayoqdan bilay, o'sha paytlarda moda shunaqa bo'lgan bo'lsa kerakda degan ekan.

Xech narsa o'zgarmagan, o'sha paytdagi yomonlik xozir xam yomonlik, o'sha paytlardagi yaxshilik xozir xam yaxshilik deb ataladi.

nima ish qilib yurib degan savolga "maqtab" senator deb javob beribdsiz.
Senatorlar nima qilib qo'yishibdi? o'zlari qonun chiqarishib o'zlari buzushadi. Eng qiyini Sizag o'xshagan yuristlarga, bittalab o'rganishga majbursiz. Bizga mazza, o'rganishga majbur emasmiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 May 2008, 17:21:26


70-yillarda Bobolarimiz chipor ko'ylak kiyganlrni koyigan bo'lsayu, hozir otalarimiz mini yubka kiyganlarni tanqid qilayotgan bo'lsa, unda biz norozi bo'ladigan kiyimlar qanday ko'rinishda bo'larkin-a? Undan keyingilari-chi? Ahvol faqat yomon tomonga o'zgaradimi?

nima ish qilib yurib degan savolga "maqtab" senator deb javob beribdsiz.
Senatorlar nima qilib qo'yishibdi? o'zlari qonun chiqarishib o'zlari buzushadi. Eng qiyini Sizag o'xshagan yuristlarga, bittalab o'rganishga majbursiz. Bizga mazza, o'rganishga majbur emasmiz.

Siz buni "maqtash" deb o'yladizmi? Ular faqat yomonlik qilib yuribdi deb o'ylaysizmi? Siz o'zim shu mansabga erishsam faqat halol yashayman deb o'ylaysizmi?


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  19 May 2008, 18:06:01

Bunaqa keskin offtop bo'ladigan bo'lsa temani yopaqolinglar! :)

Qayd etilgan