O'zbek yoshlariga nima bo'ldi?  ( 32536 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Robiya  03 Iyun 2008, 00:25:04

Assalomu alaykum!
Bu maqola avvalroq ZiyoUzda chop etilgan edi....

Izhor ortidagi xavotir



Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko‘p va xo‘p yozildi. Bu chiqishlarning ta'sir doirasi nechog‘lik bo‘lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma'naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o‘ziga tortdi. Aslida bu to‘g‘rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo‘lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun «bezab» borayotgan dil izhorlari kishini bezovta qiladi.

davomi...

Assalamu alaykum! Juda ibratli,foydali maqola ekan. Boshqa userlarning ham fikrlarini kutib qolamiz v munozaralar davom etadi degan niyatdamiz. InshoALLOH, bu fikr almashuvlar kun kelib o'z mevasini berajak!

Qayd etilgan


The_Alchemist  04 Avgust 2008, 16:42:26

Birodarning gaplariga qushilaman,
Hozirgi yoshlarga raxmat. Kattalarni tanqidini ogir olmasdan olga yuringlar faqat hulosa qilingla.
Kattalarni uzlari Evropa, Amerikada uqib kurishmagan yana yoshlani tanqid qilishadi.
Ular shunchaki uzlarini aqlli bulganmiz deb uylashadi va tanqid qilib uzlariga tasalli olishadi.
Kattalani hayoti hozirgi vaqtdan kura osonroq bulgan. Hozirgi yoshlar esa ishsizlik va hayotlarini yulga quyishdagi qiyinchiliklarni yingishlari kerak. Avvalgidek tayyor sharoitla kam.
Buni ustiga fan texnika 20-30 yil avvalgidan kura 100 marta kuchayib ketgan ushalarni ham uzlashtirishi kerak hozirgi yoshlar.
Uzbekistondagi hozirgi (vaqtinchalik) qiyinchiliklar hammasi mana shu yoshlarning buynida.
Kattalar faqat tanqid qilavermasdan tasalli berib yul kursatishlari ham kerak.Ertaga mana shu avlod davlatni boshqaradi. Hozirgi yoshlarni savodsiz deb aytagigan kupchilikning kattalarning deplomlari ham sandiqda chang bosib yotganlari bor.


Qayd etilgan


Ansora  08 Noyabr 2009, 15:27:46

Yusuf Hos Hojib ham o'zining "Qutadg'u Bilig"  ("Saodatga eltuvchi blim") kitobida bundan ming yil oldin (asar davrining podishohi Qoraxonli Sultoni Qora Bug'ro Xonga 1070 chi yilda taqdim etilgan) shikoyat qilgan ekan:

"Xozirgi yoshlarda odob-ahloq qolmadi", deb:)

Demakki yoshlar zamonidan qat'iy nazar, har doim "yoshlik" qilar ekan....

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Noyabr 2009, 16:30:37

Assalomu alaykum!

Har zamonda bordir, mard insonlar.
Bugun ular ko'rinmaydi, ko'pligidan yolg'onlar.
Bobolarim sizga qarshi gapirolmaymanu, biroq.
Bor ediku sizning davrizda ham yomonlar.

Lek tan olaman, ko'pinngiz nomusli.
Qalbda tavxid ungan, go'zal hisli.
Maktabda o'qimagan ammo esli.
Ko'p edi sizning davrizda yaxshilar.

Ko'nglingiz ochiq edi, musaffo.
Olim bo'lsangizam yo'q edi da'vo.
Mardligingiz maydonda emasdi havo.
Mard edi sizning davrizda odamlar.

Bugun bilaklar bo'sh, ingichka.
Mardman deganlar chaqib semichka.
Gap otishar o'tsa biror qizcha.
Bu uyatni ko'tarolmasdi, hatto sizdagi yoshlar.

Siz yigirmada bo'lsangiz paxlavon.
Bugungi yigirmalar "tankasiz" lag'mon.
O'zi yurishni bilmay qaysi tomon.
Bir biriga chachishib ketdi bizdagi yoshlar.

So'zlari mardlarga hosmas yigitlar.
Qarg'aga o'xshar bugungi burgutlar.
Shappillab qo'y misoli yaylovda o'tlar.
Mard bo'lolmadi sizdek bizdagi yoshlar.

Sizda ham bormidi, zirakli "erkaklar".
O'n yoshga to'lmagan "oshiq" murg'aklar.
Bormidi turmushga chiqmay bo'lgan "biraklar".
Bizni tashkil etar, ko'p bunday yoshlar.

Sizni bilaman, yaxshisiz, o'rgandim.
Juda ham yomonlaringiz ham ko'rgandim.
Shuning uchun tarihdan bir savol so'rgandim.
Baribir bizda kam ekan, yaxshi odamlar

Qayd etilgan


Mas'ud  08 Noyabr 2009, 17:09:56

Узоқ бир нуқтага термулганча жим
Мсйсафид ногаҳон ксзларин ёшлар"¦
"œЗамон сзгардими, одамлар"¦  балким"¦
Ае учун бебошроқ ҳозирги ёшлар?

Билмайди, оддий бир "œсалом" ссзини,
Қсллари ксксининг висолига зор.
Услиш тарк стган чақноқ ксзини,
Маънисиз сериаллар айласпти хор.

Китоб дунёсидан йироқдир улар,
Аавоийдан битта сатр билмайди"¦
Қизиқиб асарлар сқишмас тунлар,
Аасиҳатга асло қулоқ илмайди"¦   

Вақт бекор стгандан ачинмайди ҳеч,
Аниқ мақсадидан йсқдир нишона"¦
Тушунар сканми бслганини кеч,
Деворга урилган чоғда пешона?...

Узоқ бир нуқтага термулганча жим,
Мсйсафид ксзлари тслади ёшга
Чин дилдан истайди, имконин топиб,
Айлашни насиҳат ҳар битта ёшга:

"œАшсан"¦
Қувватинг бор"¦
Шижоат бисёр"¦
Билим ол!
Илм срган!
Оллоҳни тани!
Қалбингни пок айла, бслмасин ғубор,
А­гам ҳам, ҳақ йслда қсллар бандани"¦

Жигарим!
Авлодим!
сртам, индиним!
Имонни бут айла,
А­ътиқодни дсст!
Миллатнинг шаънини бошингга қсйиб,
Шу Юртга муносиб фарзанд бслиб сс!"

Мсйсафид узоққа термулар, бесас"¦

 
(c)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Noyabr 2009, 06:38:35

Tarbiya atalmish ulug‘ yumush juda-juda nozik, go‘zal va injiq amallar tizimiga o‘xshaydi. Beshikdan to qabrgacha ilm o‘rganmoq da’vati nechog‘lik ibratli sanalsa, insonning dunyoga kelgan onidan hayotining intihosigacha «birni ko‘rib fikr, birni ko‘rib zikr» qilib yashamog‘i, ya’ni o‘zining ma’naviy olamini g‘uborlardan tozalab, yoritib bormog‘i ham yashamoq gashtining ajralmas bir qismidek, go‘yo.

Gap yana o‘quvchi-yoshlarimizning dunyoqarashlari shakllanishida ma’lum o‘rin tutuvchi tashqi ta’sirlar, aniqroq aytadigan bo‘lsak, daftar muqovalari yuzidagi yarashiqsiz suratu tasvirlar xususida. Gazetamiz bu xususda bir necha bor chiqishlar qildi. Mavzu atrofida gazetxonlarimizning fikr-mulohazalari e’lon qilindi. Ahvol birmuncha o‘nglanganday bo‘ldi, ya’ni savdo rastalarida o‘quvchiga xos va mos muqovali daftarlar ko‘rina boshladi. Lekin, bizni yana o‘ylashga, Siz aziz mushtariylarning e’tiboringizni qaratishga majbur etguvchi, daftar muqovasini afishalar taxtasiga aylantirayozgan holatlar, afsuski, takrorlanayapti. Ayniqsa, o‘quvchining asosiy quroli sanalmish daftar yuzidan hayosiz suratlarning o‘rin olishi va sinf xonalariga kirib borishi tashvishlanish, o‘ylash, xulosa chiqarish, amaliy harakatlarga boshlamog‘i shart bo‘lgan jihatdir.

— O‘g‘il-qizlarimiz foydalanishi kerak bo‘lgan daftarlar yuziga turli-tuman suratlar bosilishi bolalarimizning fikrini chalg‘itmaydimi? Bunday behayolikka indamay qarab turib bo‘ladimi axir?! — deb yozadi mehnat faxriysi, andijonlik Sadriddin Qambariddinov. — Men buni bir xuruj deb bilaman"¦

Darhaqiqat, muallif haq. Bu xuruj birovni urmoq yoki so‘kmoqdan-da xavfliroq. Bu xuruj turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ma’naviyatning ildiziga bolta urmoq sari yo‘naltirilganga o‘xshaydi.

— Ko‘rib turganingizdek ras­talarimizdan muqovalari oddiy va qalin daftarlar o‘rin olgan, — deydi «Sharq ziyokori» ochiq aktsiyadorlik jamiyati kitoblar markazi menedjeri I.Ahatova. — E’tiborlisi, farzandlari maktablarda o‘qiydigan ota-onalar asosan ana shunday daftarlarni xarid qilishadi. Talabalarimiz esa yuzida turli rasmlar, san’atkorlarning suratlari bo‘lgan daftarlarni surishtirishadi"¦

O‘ylanib qolasan kishi, bo‘yi bo‘yimiz bilan tenglashib qolgan o‘g‘limiz yoki qizimizni tergash, uning harakatlarini nazorat qilish, qiziqishlariyu odatlariga e’tibor qaratish ham katta burchimiz ekanini unutib qo‘yyapmiz chog‘i ba’zan. Axir, biz «Sen falon yoshga yetding, ixtiyoring o‘zingda"¦» deydigan xalq emasmiz-ku?! Biz nafaqat farzandini uyli-joyli qilgan, balki o‘g‘il-qizlariga juft tanlashni davlat siyosati darajasiga ko‘targan, nevara-evaralarini qo‘lidan tutib ulug‘ ziyoratgohlarga boshlab borguvchi, qadriyatlarini boshida ko‘targan O‘zbekmiz. Jigarbandlarimizning nigohlarini, dillarini, tillarini har xil illatlardan himoya etmoq madaniyatimizning bir qirrasi sanaladiku? Yanglish qadamlar har xil illat va holatlar sabab tashlanmog‘i mumkinligini har lahza his etmoq ham tarbiya bobidagi ziyrakliklardan emasmi?!

Yunusobod tumanidagi «Universam» magazini qarshisidagi savdo rastalarini kuzatamiz: Yana o‘sha, ne ma’nini anglatayotgani mavhum bo‘lgan suratlar aks etgan muqovali daftarlar. Birida «NOTEBOOK» degan yozuv va badaniga turli yozuv va belgilar chizilib bir holatda o‘tirgan, bu tomonida esa «EMINEM» degan yozuv va yana yarim-yalang‘och sifat yigitlarning rasmi. Daftarning qaerdan chiqqani haqida hech qanday belgi yo‘q. Ikkinchi «LARA GROFT TOMB RAIDER» yozuvli daftarda esa yarim-yalang‘och qizning bir holatda to‘pponcha ushlab turgan holati. Unda Turkiyada ishlab chiqarilganlik belgisi bor. Sotuvchi yigitlarni suhbatga tortmoq bo‘lamiz. Ular o‘zlarini chetga tortishadi. Bu daftarlarni qaerdan olib kelib sotishayotgani haqidagi savolimiz esa javobsiz qoladi. Afsuski, bundayin munosabatga bir nech­ta nuqtada duch keldik. Taajjub, fikr aytmoq, vaziyatni anglatmoqdan nahotki savdo xodimi cho‘chisa?! Axir, vazifa, kasb taqozosi faqat pul topishu kun kechirmoqdan iborat emas-ku?! O‘z rastasini ma’nan yetuklikka xizmat qilguvchi mollar bilan to‘ldirish ham savdo madaniyatiga xizmat qilishini, bu esa halol mehnat qilishdek fazilatning bir qirrasi ekanini bu soha xodimlarining barchasi to‘liq ang­lasa, balki mavzumiz atrofidagi muammolarning yechim topishi osonroq kecharmidi?!

Toshkent shahridagi 1-maktabda bo‘lib mavzuimizga daxl­dor vaziyatlar bilan qiziqqanimizda, tarix fani o‘qituvchisi Manzura Isaxo‘jaeva 5-sinf o‘quvchisi qo‘lidagi bir daftarni olib qo‘ygan ekan. Haqiqatdan-da daftar muqovasidagi rasm­ni ko‘rgan kishi ko‘zini yashiradi.

— Ota-onasini maktabga chaqirtirdim, — deydi muallima. — Nahotki, farzandiga shu daftarni o‘zlari sotib olib berishgan bo‘lsa. Ular bilan atroflicha gaplashib, bunday e’tiborsizliklar ham tarbiyaga ta’sir etishini anglatishga harakat qilaman.

Domlaning bu ish uslubini quvvatladik. Chunki yoshlar tarbiyasida asosiy mas’ullikni zimmasiga olgan ustozlar bu kabi qusurlarni bartaraf etishda ham sinalgan va sinalmagan usullardan foydalanishga burchdorlar.

Yunusobod bozori yonida joylashgan 595-do‘konda bo‘lganimizda, sotuvchi Zaynab  Obidxo‘jaevaning fikrlari bilan qiziqdik:

— Varaqlari oppoq, sifatli daftarlarning ko‘pchiligi yuzida estrada xonandalari yoki teleseriallar qahramonlarining suratlari bosilgan. Mana bularning varaqlari xira"¦

Opa bilan daftarning u yoq-bu yog‘ini ag‘darib qaerdan chiqarilganligi haqidagi biror belgi yoki yozuvni topa olmaymiz. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: Nega peshtaxtalardan «egasi» noma’lum mahsulotlar joy olgan?! Dorixonada dorining, do‘konda xo‘jalik mollarining, qo‘yingki, oziq-ovqat turlarigacha tayyorlagan manzil-makonini sotuvchi aytib bera olsayu o‘quv quroli haqida do‘kondor «u yerdan oldim. Bu yerdan keltirishgan"¦» qabilida aylanma gap qilib o‘tirsa. Daftarlar yuzida jilmayib turgan san’atkorlar suratiga ko‘zim tushganda bir narsa meni o‘ylantiradi: falon xonandani qo‘shiqlari elga tanitgan, betakror iste’dodi e’zozli qilgan. Ular sahnalarga, teleekranlarga, yaxshi kunlarda davralarga juda yarashiqli. Lekin hamma narsaning chegarasi bor, deydilar. Ularning roziligi yoki ruxsatisiz daftarlar yuziga suratlarining chop etilishi bachkanalik emasmikan?! Komiljon Otaniyozov, Nasiba Abdullaeva, Muyassar Razzoqova, Zamira Suyunova singari xalqning yurak-yuragidan joy olgan ajoyib san’atkorlarimizning suratlari hech qachon o‘rinli, o‘rinsiz bosilavermasa ham mashhurligi, suyukliligi kamayib qolmagan! Shunday ekan, bugun darsda o‘quvchilar ermakka goh qoshini, goh labini bo‘yab o‘tirgan surat sohiblari ham bundayin beo‘xshov afishalarga muhtoj emasdirlar?

Mavzu atrofidagi kuzatishlarda oydinlashdiki, ayrim daftarlar sifat darajasi yuqoriligi sababli qo‘shni davlatlardan buyurtma asosida olib kelinayapti. Bunda esa o‘z vaqtida har bir turdagi daftar muqovasini alohida ko‘rish va tanlashning imkoniyati bo‘lmayapti. Natijada bizning mentalitetimizga umuman zid bo‘lgan tasvirdagi muqovali daftarlar savdoga chiqib ketayapti. Yana bir muammo: ayrim turdagi daftarlar qaerda va qachon ishlab chiqilganligi haqidagi ma’lumot mahsulotda qayd etilmayapti. Bu borada tegishli tashkilotlar qat’iy chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshishini nazorat qilmoqlari darkor. Shuningdek, daftarlar sifati ma’nosida qo‘yilayotgan talablar sirasiga, albatta, muqovalardagi tasvirlarning mazmun-mohiyati masalasini kiritmoq kerak.

"¦ Yana o‘sha og‘riqli mavzu — daftar muqovalaridagi afishalar masalasi gazetamiz sahifasidan o‘rin oldi. Siz bu haqda nima deysiz, muhtaram gazetxon?!

Oybuvi OChILOVA,

Manba: «Ma’rifat»


 

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Noyabr 2009, 22:05:20

 :as:

Hozirgi yoshlarga tarbiya va o'rnak bo'layotganlar hammasi kattalarku...
Ulardan nega hafa bo'lishadi, hayronman...

Qayd etilgan


ViVeO  22 Noyabr 2009, 02:42:09

:as:

Hozirgi yoshlarga tarbiya va o'rnak bo'layotganlar hammasi kattalarku...
Ulardan nega hafa bo'lishadi, hayronman...

huddi shu fikrni etmoqchidim, nimani eksang shuni o'rasan. Kottala yowladanmas o'zlaridan o'pklashsin

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Fevral 2010, 19:08:53

Xozirgi kelin kiyovlarga nima bo'ldi bilmadim?
Jin chalgan bo'lsa kerak?  ??? ???
Shu videoni ko'rib og'zim ochilib qolgandi...
Mana o'zbek kelining ibosiyu-hayosi, mana unga mahram bo'lgan "ERKAK"ning axvoli...


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=lypBhp6to2s" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=lypBhp6to2s</a>

Qayd etilgan


uzboy  01 Mart 2010, 05:23:56

Xozirgi kelin kiyovlarga nima bo'ldi bilmadim?
Jin chalgan bo'lsa kerak?  ??? ???
Shu videoni ko'rib og'zim ochilib qolgandi...
Mana o'zbek kelining ibosiyu-hayosi, mana unga mahram bo'lgan "ERKAK"ning axvoli...


Esssssizzzzz, bu videoni kurib yig'lashni ham kulishni ham bilmay qoldim. Huddi diskotekadagi qiz va yigit uyini. Kelin bo'la turib hammani oldida shunaqa sakrab uynashi, kuyov hotini bilan halq orasida shunaqa tomosha quyib berishini aqlimga sog'dira olmadim. Gapirishga til ojiz...

Qayd etilgan