Ginnesning rekordlar kitobidan  ( 21903 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Farida  17 Mart 2008, 14:44:04

ENG KATTA CHOY PAKETCHASI...

Dunyodagi eng katta choy paketchasi 2002 yil 22 iyulda "Lipton Yellou leybl" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning uzunligi 3,18 metr, eni 2,21 metrni, og‘irligi esa 8,9 kilogrammni tashkil etgan. Uning ichida yetti kilogramm, ya’ni 3500 chashkaga yetarli choy bo‘lgan. Ushbu ulkan choy paketchasi Pokistonning Karachi shahrida namoyish qilingan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:44:23

TUYAQUSH - JIRAFA BAHSI

Ko‘hna dunyo rekordlari ham o‘ziga hosligi bilan ajralib turadi. Misol uchun eng baland qush sifatida Katta Moa aytib o‘tilgan. Dinozavrlar zamondoshi bo‘lgan bu qushning boshi hozirgi jirafalar kallasi balandligida turgan. Yuguruvchi bu qushning balandligi 4,5 metr bo‘lib, og‘irligi 250 kilogrammga yetgan. Ular bundan 2 million yil muqaddam hozirgi Yangi Zelandiya hududlarida kun kechirgan.

Qayd etilgan


Farida  17 Mart 2008, 14:44:41

KIMNING SOCHI QALINROQ?

Malla sochlilarning boshida o‘rtacha 140 ming soch tuki bo‘larkan. Sariq sochlilarda esa nisbatan siyrakroq, ya’ni tahminan 90 mingtagacha soch tolasi bo‘lar ekan. Qora va qo‘ng‘ir sochlilarning boshida chamasi 100 mingdan 110 mingtagacha soch tolasi bo‘ladi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  26 Avgust 2011, 03:30:52

 ;D

Qayd etilgan


Secret  26 Avgust 2011, 03:51:45


ENG QATTIQ QO‘RIQLANADIGAN QAMOQXONA

Bu — AQShdagi «Supermaks» qamoqxonasidir. U Kolorado shtatining Pueblo shahri yaqinidagi o‘rmonda joylashgan. Eng zamonaviy kuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan ushbu qamoqxonaning po‘latdan yasalgan 1400 ta eshigi bo‘lib, ularning har biri masofadan turib boshqariladi. U yerda mahbuslar sutkasiga 23 soat o‘z kameralarida yotadilar. Faqatgina 1 soat vaqt ularga tikanli sim va qo‘riqlash minoralari bilan o‘ralgan qamoqxona ichida «sayr» qilish uchun beriladi. Shunda ham ular qo‘llari kishanlangan holda, qattiq kuzatuv ostida bo‘ladilar.


Qayd etilgan