Muallif Mavzu: Savob  ( 8721 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Savob
« : 16 Iyun 2006, 22:22:34 »
Avji saratonda hansirab,yonib,
Qovrilib olovli yo’llar taftida.
Muzdayin buloqdan suv ichgach qonib,
Hordiq olganmisan chinor tagida?

Ruhingda safoyu,taningda mador,
Umidbaxsh qo’shiqlar kuylaganmisan?
O’sha payt,o’sha on hech qursa bir bor,
Chinorni kim ekkan-o’ylaganmisan?

Ro’baqro’ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz,giryon.
Lekin yo’liqqanday ajib ro’yoga,
Qarshingda bir ko’prik bo’ldi namoyon.

Bamisli uzala tushgan xor vujud,
Ko’targay u turfa insonlar korin.
O’tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o’yladingmi ko’prik me’morin.

O’rmonlar bag’rida sayr etgan sayoh,
Changalzor qo’ynida sargardon ovchi.
Mo’jaz boshpanani ko’rdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yo’lovchi.

Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan bir juft chaqmoq tosh.
O’ylab ko’rganmisan,bu himmat nechun?
O’ylab ko’rganmisan,kimdir u g’amdosh?

Ha,inson umrining kechmishi ajab,
Goh to’ng’ar,goho u yashnar qulf urib.
O,balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nashasin surib.

Ayt,axir o’zing ham to borsan sobit,
Kimsaga nasiba uzatganmisan?
Ko’changdan lapanglab o’tganda tobut,
Sen uni to’rt qadam kuzatganmisan?

Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz so’rog’iga qildingmi javob?
Ayt-chi,bilarmisan,yorug’ olamda
Bularning barchasi atalgay savob.

Yo’q,yo’q,o’zga erur bid’at va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar beta’ma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros.

Kimdir tuzar uni,kimdir buzadi,
Kimdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir ta’ma bilan dunyo kezadi,
Kimdir o’ksuk dilni etadi obod.

Savob deb ingraydi dunyomiz behol,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.

To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shu’ladan dillar fayzziyob.
Goh g’amgin,goh esa umidga yormiz,
Yo’qolmasa deymiz dunyodan savob.

Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki,jahon bus-butun,
Faqat savob borki,azizdir Inson!

Abdulla Oripov
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Savob
« Javob #1 : 17 Iyun 2006, 11:50:01 »
Manglayga kaft qo‘yib, olisga boqsam,
Yuksalib ko‘rinar bo‘ylaring, o‘zbek.
Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham,
Noming aytar qadim soylaring, o‘zbek.

Bir zamon quyoshni iloh bilgan el,
Olovga qarashni gunoh bilgan el.
Har bir bosqinchini qo‘noq bilgan el,
Yovga so‘qmoq bo‘lgan ko‘ylaring, o‘zbek.

Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo‘lgan ne sirlar...
Kentlarga sochilgan o‘rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o‘zbek.

Dil qo‘zg‘alsa, elni to‘xtatib bo‘lmas,
Sel qo‘zg‘alsa gilni to‘xtatib bo‘lmas,
Zanjir uzgan qulni to‘xtatib bo‘lmas,
Tig‘ bo‘ldi har bitta mo‘ylaring, o‘zbek.

Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,
Qo‘y, qora kunlarning o‘chsin qorasi!
Sen borsan – Temurning ulug‘ vorisi,
Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.

Qo‘lingni ko‘zimga suray, otajon,
Yoningda ul bo‘lib yuray, otajon,
Yaxshi kunlaringni ko‘ray, otajon,
Sovimasin qo‘lda choylaring, o‘zbek.

Onajon, havoli bog‘lar muborak,
Handalak band bergan chog‘lar muborak,
Kelin yuzidagi dog‘lar muborak,
Bug‘doylarga to‘lsin uylaring, o‘zbek.

Sunbula – to‘kinlik, to‘ylar mavsumi,
Bir qo‘zg‘alib olir bog‘bonning xumi.
Asli, bir satrdir she’rim mazmuni:
To‘ylarga ulansin to‘ylaring, o‘zbek!

Iqbol Mirzo
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Savob
« Javob #2 : 17 Iyun 2006, 11:53:01 »
O'ZBEK

Sen paxta terarding yetti bukilib,
Paykalingda eding ey onajonim.
O`zbekmisiz, deya g`alati kulib,
Mendan so`rab qoldi bir tannoz xonim.

Tannozlar bilan ne ishim bor,
Yorab,
Ammo tushundim bu ishorasiga.
Qarshimda turardi u ermaktalab,
Malika boqqandek fuqarosiga...

Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan,
Hammasi o`zicha qiladi talqin.
Tillolar topilgan emish uyingdan,
Oltinga ko`milib qolibsan, xalqim.

Sen nega o`rimga bormaysan yozda,
Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?!
So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan,
Ursa yig'lamaysan, demak - o'g'risan!

Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing
Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni.
O'g'rilik qilmasang, ayt axir o'zing,
Qanday boqayapsan shuncha bolangni.

Xonim nigohidan uqqanlarim bu,
Ko'nglimdan kechganin bilib turadi.
Yasama yuzida yasama qayg'u,
O'zbekmisan, deya kulib turadi.

Bir boplay dedimu tilimni tiydim,
Mayli, odam qurib shunga so'z deymi.
O'zbekni yer tanir,
Osmon taniydi.
Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni!

Muhammad Yusuf
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Savob
« Javob #3 : 22 Iyul 2006, 10:01:42 »
Дўстлар мусибатда ёнингга келмас,
Ёринг азобларинг дилдан хис килмас,
Олами Бокийда хеч тенги бўлмас,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Дунёнимнг ташвиши адо бўлмайди,
Хеч кимса сен учун фидо бўлмайди,
Дуо олган шох-ки, гадо бўлмайди,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Фано хаммамизга азалий кисмат,
Кимга мансаб керак, кимгадир хурмат,
Конимиз жон эмас, жондир Охират,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Якинлар омонат, ошно омонат,
Омонатга этма асло хиёнат,
Зиёни улашиб яшаш матонат,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Яхшилик бошингда яркираган тож,
Ёмондан саклангин, ёмонликдан коч,
Оллохдан эзгулик сўраб кўлни оч!
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

хурмат билан...JaruleUZB...18.05.2006...

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Savob
« Javob #4 : 22 Iyul 2006, 11:32:22 »
Assalamu alaykum, JaruleUZB.
Juda ham go'zal she'r ekan.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu gozal ijod namunasi sizga tegishlimi?
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Savob
« Javob #5 : 22 Iyul 2006, 11:58:50 »
Assalamu alaykum, JaruleUZB.
Juda ham go'zal she'r ekan.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bu gozal ijod namunasi sizga tegishlimi?

Assalamu Alaykum hurmatli Nargiza...Dil so'zlaringiz uchun rahmat...ha, Bu she'r mening she'rim...

hurmat ila...

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Savob
« Javob #6 : 22 Iyul 2006, 14:03:15 »
Va alaykum assalam.
Tashakkur.She'laringiz juda ham ibratli va ma'noli.
Agar shunday go'zal she'rlaringizdan ko'proq
bizni ham bahramand qilsangiz juda soz bo'lardi-da!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Savob
« Javob #7 : 24 Iyul 2006, 09:37:53 »
Va alaykum assalam.
Tashakkur.She'laringiz juda ham ibratli va ma'noli.
Agar shunday go'zal she'rlaringizdan ko'proq
bizni ham bahramand qilsangiz juda soz bo'lardi-da!

Assalamu alaykum...Dil so'zlar uchun Sizga tashakkur...She'r so'ragan ekansiz...marhamat...;)

...Siqilib g'amlardan bo'lganda mahzun,
Yo'qolib ketganda umid hislarim.
Bo'lsa tor yo'llarim uzundan uzun,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo'lsa so'zlarim.
Mehrga tashna bu foniy jahonda,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hayotdan go'zallik istayman holos,
Oltin tog'ni havas qilmas ko'zlarim.
Har qachon, har joyda Sizdan iltimos,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Siz sabab nogahon omadim kulsa,
Oftobdek charog'on etsa yuzlarim.
Mo'jazdek yuragim quvonchga to'lsa,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hammamiz otlansak boqiylik tomon,
Qalblarni bezasa ezgulik, iymon,
Jannat go'zalligin his qilgan zamon,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

hurmat ila...JaruleUZB

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Savob
« Javob #8 : 24 Iyul 2006, 10:33:49 »
Assalamu alaykum.
Sizga Allohning rahmati va marhamati bo'lsin.
She'rlaringiz juda go'zal.
Menga juda yo'qdi. Men o'zi she'r shaydosiman.
Sizni she'rlaringiz esa juda ham yoqdi.
Yana kutib qolaman.:)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Savob
« Javob #9 : 24 Iyul 2006, 14:04:27 »
Assalamu alaykum...She'rlarim Sizga yoqqanidan hursandman...Quyida yana bitta she'rimni qoldirayapman...

Bahor gullari...

Bahor gullariga qilaman havas,
Jamalak sochlarga taqishsa qizlar.
Bahor gullariga qilaman havas,
To'yib hidlaganda yuzi qirmizlar.

Bahor gullariga qilaman havas,
Kelinchak misoli bezangan go'yo.
Oq harir libos, u - ipakdan emas,
Ko'klamoy qo'lida yaralgan ziyo.

Bahor gullariga qilaman havas,
Olamni to'latar muattar islar.
Musaffo havoda olaman nafas,
Junbushga keladi yashirin hislar.

Bahor gullariga qilaman havas,
Ko'zlarga bir farah baxsh etadi u.
Va ko'ngil roziga hech bo'yin egmas,
Yurak tub-tubidan otilgan tuyg'u.

Bahor gullariga qilaman havas,
Ifori tarqalar yiroq-yiroqqa.
Mo'ysafid ko'ziga surtganicha jim,
Shukrona aytadi yaratgan Haqqa.

Bahor gullariga qilaman havas,
Baxtlidim o'hsholsam ularga shoyad.
Yuz minglab dillarga shodlik ulashib,
So'ng ketsam hayotdan, roziydim g'oyat.

Bahor gullariga qilaman havas...


hurmat ila...JaruleUZB

 

Savob istab...

Muallif maknunaBo'lim Islom

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 19632
So'nggi javob 07 Dekabr 2006, 14:16:00
muallifi Tilla
Savob uchun tender...

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 683
Ko'rilgan: 314898
So'nggi javob 08 Iyul 2016, 09:33:50
muallifi Lu`lu`
EXSONDA SAVOB KO"P

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Islom

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 4948
So'nggi javob 11 May 2019, 11:56:36
muallifi MirzoMuhammad
To'qishni o'rgatamiz bepul,savob uchun

Muallif MuallimaaBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 9020
So'nggi javob 25 Iyul 2013, 09:15:26
muallifi كوثر
Abdulla Oripov. Savob

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2328
So'nggi javob 28 Noyabr 2012, 12:22:24
muallifi AbdulAziz