ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 356298 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:43:16

 Saturday 11/06/2004 5:54:53pm
Ismi sharifingiz:    Mehroj SHoxnazarov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Samarqand
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sog buliyla man kareadaman.

Davronbek: Koreyada birodarlarga alangali salomlar!!!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:43:34

 Saturday 11/06/2004 5:57:48pm
Ismi sharifingiz:    Mehroj SHoxnazarov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Samarqand
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom Uzbekiston yoshlari qalay sizlar zurmi man koreadan kutaman.

Davronbek: Avvalo ozgina javob berishga kechikkanimiz uchun uzr so`rayman. Savolingizga keladigan bo`lsak, sunniy mazhabidagilar doimo ahli kitoblarni doimo tan oladilar. Zero iymonning shartlaridan biri ham Alloh tushirgan hamma payg`ambarlarga, Kitoblarga ishonishdir. Sunniy mazhabida shialarni kofir degan aqida yo`q. Zohiran aytilgan La ilaha illolohu Muhammadar rasululloh kalimasini aytgan odamni kofir deyishga haqqimiz yo`q. Xuddi shu savolllaringizni Islam.Uz sayti forumiga qo`ygan edik. Savollarizga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari shunday javob berdilar:
"œSunniy mazhabidagi musulmonlar Payg`ambarimiz alayhissalomning ahli baytlarini juda ham hurmat qiladilar. Ayniqsa, hazrati Ali roziyallohu anhu va u kishining avlodlarini juda ham e’zozlashadi. Imomiya shiy’alarini hech kim do‘zaxi yoki musulmonmas demaydi. Ammo haddidan oshganlarni imomiya shiy’alarining o‘zlari ham dindan chiqqan deydilar. Ahli sunna bilan imomiya shiy’alari bir-birlarini so‘kmay har kim o‘z mazhabini ushlagan holda o‘zaro ehtiromda bo‘lganlari yaxshi."
Qaysi mazhab haqroq degan savolingizga kelsak, dunyoning 70 foizdan ortiq musulmonlari sunniy mazhabiga e’tiqod qilishadi. Ahli sunna val-jamoa Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yo`llariga yurtimiz musulmonlari ham ergashishadi. Tan olingan 4 ta mazhabdan birida bo`lmoq maqsadga muvofiqdir.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:44:55

 Saturday 11/06/2004 6:46:10pm
Ismi sharifingiz:    Sitorabonu
Mamlakat/shahringiz:    Buhoro, ayni paytda Angliya
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum! Sayt juda zo`r chiqibdi! Undan ko`p narsalarni topish mumkin. Ayniqsa, menga she'rlar, qushiklar sahifasi yoqdi. Muhabbat sahifasida berilgan maqolalar ham yoqdi. Sizlarga bitta taklifim: Jahondagi bor tillarda sevgi izhorini saytlarizda bersangiz. Sizlarga omad tilab, Sitorabonu, Manchestrdan

Davronbek: Siz aytgan sahifa tayyor bo`lish arafasida. Xudo hohlasa yaqin kunlarda saytga joylaymiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:45:03

 Monday 11/08/2004 10:05:27am
Ismi sharifingiz:    Ulug'bek
Mamlakat/shahringiz:    Termiz, Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://ulugbek.boom.ru
Fikr-mulohazalaringiz:    Barcha yurtdoshlrimizni kirib kelayotgan Hayit bayramlari bilan tabriklayman! Sayt mualiflariga ijodlariga baraka tilayman! Olloh hammani o'z panohida asrasin!

Davronbek: Sizni ham muborak Ramazon hayiti bilan qutlayman. Barchamizning ibodatlarimizni Allohim qabul qilsin!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:45:12

 Monday 11/08/2004 11:05:49am
Ismi sharifingiz:    Asrorbek
Mamlakat/shahringiz:    AQSh/Maine
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://www.uzbekvoice.tk
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum Davronbek,
Sog'liklar, ishlar yaxshimi?
Saytingizda yangi asarlarni ko'rib quvondim. Ayniqsa, Paulo Kaeloning "Alximik" asari. Qolaversa, dunyo xabarlarini o'zbek tilida bo'lishi bir tomondan o'zbek muhlislari uchun foydali, ikkinchi tomondan kasbiy malakangizga katta yordam beradi. Qolaversa muqaddas dinimiz Islom haqidagi qiziqarli va ibratli ma'lumotlar mehmonlarni quvontiradi. O'zbekistonda ham, millatmiz vakillari tomonidan ana shunday ajoyib saytlarni vujudga kelayotgani tahsinga sazovor.
Davronbek, bundan keyingi ijodingizga yaratgan Tangrini o'zi baraka bersin. Saytni mukammallashtirib boravering, Olloh kuch-quvvat bersin.
Salomat bo'ling.

Davronbek: Bizga bildirgan fikrlaringiz, tilaklaringiz uchun katta tashakkur. Sizni ham Allohim suygan bandalaridan qilsin! Ramazon oyidagi ibodatlaringizni maqbul qilsin! Assalamu alaykum!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:45:27

 Monday 11/08/2004 4:24:31pm
Ismi sharifingiz:    Quvonchbek Karim
Mamlakat/shahringiz:    Namangan viloyati Chust tumani
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum Davronbek iltimos menga Alisherbekni E-Mailni bersangiz hurmat ehtirom bilan Quvonchbek.

Davronbek: Waalaykum assalom. Shoir va dizayner Alisher Bekning e-mail manzili: [email protected]

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:45:35

 Wednesday 11/10/2004 4:08:11am
Ismi sharifingiz:    Abduazim
Mamlakat/shahringiz:    UZB Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    EEE qoyil borakanu ozbekiston da ham yashi saytla biza nima kere bosa rusiya saytlaridan qidirib yuribmiz Qoyil !!!!!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:46:15

 Wednesday 11/10/2004 9:31:49pm
Ismi sharifingiz:    Birodar
Mamlakat/shahringiz:    
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    AYTSAM TILIM KUYADI.

Bir ochiq ayol uchun, to’rt erkak do’zaxda bo’lmish.
Biri ota, biri og’a, biri o’g’il, biri er.

SHariatni bilgan inson buni yaxshi biladi.
Qiyomat kun ayol uchun erkak javob beradi.

Javobgarlik burchini bugun unutgan xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Mani o’tgan momolarim bunday ochiq yurmagan.
Orzu havas, man-man deya bid’atlarni qilmagan.

Mani o’tgan bobolarim, edilar hofizi Qur’on.
Alloh uchun shariatda bo’ldilar doimo qalqon.

SHuning uchun o’z yurtida bosmachi deb nom oldilar.
Lekin Alloh huzurida pok iymon-la qoldilar.

SHariatni posbonlari, bugun juda kam xalqim
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Paranjilar o’tda yondi, yondi kulga aylandi.
Hur erkinman degan ayol, asli qulga aylandi.

SHu o’tlarda birga yondi oru nomus, diyonat.
Barchasi yonib ketdi, qoldi faqat xiyonat.

Adolatdan yiroq bo’ldi, xiyonatga kon xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Erkak ayol teng huquqli deya farmon berdilar.
Bugun ayol erdan o’zdi, pul topishda ming chandon.

Halol-harom farqi yo’qdir, molu dunyo bo’lsa bas.
Kim yaratdi, qayga borar, buni aslo o’ylamas.

Oxiratin unutgan mani bechora xalqim.
Aytsam tilim kuyadi aytmasam dilim.

Ayoli ochiq yurgan erkak bo’larkan dayus.
Qiyomatda qabul bo’lmas, ming bor qilsalar afsus.

Alloh barcha insonlarga berarkan molu davlat.
Lekin sevgan bandasiga berar iymon, hidoyat.

Iymon yarim, hidoyatga bugun tashnadir xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

«Nurxon»ning og’asini shuncha yil dedik qotil,
Yo’q! U qotil emasdir, Alloh yo’lida botir.

SHariatni asramoq, ota-bobomdan meros.
Allohdan yuz o’girgan, singildan oldi qasos.

Qasosli dunyo uchun, yugurib elar xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Biz ham musulmon deya, bugun kerarlar ko’krak.
Lekin aslo yo’q amal, quruq so’z kimga kerak.

Erkaklarda bo’lsaydi, oru nomus, diyonat.
Minglab ayollar bugun qilolmasdi xiyonat.

O’zgalar baxtin yulib, o’z baxtin ko’zlamasdi.
Son-sanoqsiz bolalar, etim bo’lib bo’zlamasdi.

Benikoh go’daklarga to’lib ketdi bu dunyo.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:46:38

 Thursday 11/11/2004 7:38:57pm
Ismi sharifingiz:    Farida Mamatova
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Xorazm
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum! Menga saytingiz juda yoqdi. Ayniqsa, dinu diyonatga yollovchi sahifangiz. Hammangizni kirib kelayotgan hayit bayrami bilan qutlayman. Sog`-salomat bo`ling.

Davronbek: Sizni ham Iydi Ramazon bilan qutlaymiz!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:46:56

 Friday 11/12/2004 8:29:30pm
Ismi sharifingiz:    AbdulAziz
Mamlakat/shahringiz:    O`zbekiston
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://www.ziyo-uz.land.ru
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum!!!
Aziz birodar, Alloh nasib etgan munavvar kunlarda tinch-omonmisiz?
Har bir musulmonnning ko`nglida hozir ajib bir tuyg`ular hukmron. Bir tarafdan xursandsiz: Hayit ayyomi yaqinlashmoqda, ikkinchi tomondan qalbingizda ozgina qayg`u bor: tasbihda aytilganidek,
ALVADA’, ALVADA’ Ya SHAHRO RAMAZON, ALFIROQ, ALFIROQ, Ya shahrottarovihi va hotmil Qur’an"¦
Bugun esa arafa, oxirgi iftorlik, barokat"¦ Siz osh qilayapsiz, qo`shnilarga ham ulashasiz hali.
Musulmonlar ramazon oyida ikki marta quvonisharkan: birinchisi iftorlik vaqtida og`izni ochganda, ikkinchisi narigi dunyoda. Qani edi har bir kun ramazon bo`lganda der ekan.
Ertaga hayit, saharlab hayit namoziga otlanasiz, namozni o`qib hammani bayram bilan tabriklaysiz, sizni ham tabriklashadi"¦
Bu kunlar qanday chiroyli, baxtli kunlar"¦
HAYITINGIZ MUBORAK AZIZ BIRODAR!!!
Toshkent, 30-ramazon

Qayd etilgan