Friday 11/19/2004 11:35:49pm
Ismi sharifingiz: Sharifi
Mamlakat/shahringiz: O'zbekiston / Buhoro
E-mailingiz:
[email protected] /
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Hammasi yaxshi, savolim bor: Juma namoz o'qilishi haqida ma'lumot bersangiz...
Davronbek: Juma namozi ikki rakat farz bo‘lib, undan oldin va keyin to‘rt rakat sunnat o‘qiladi. Ilk va oxirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi o‘qiladi. Imomga iqtido qilib o‘qiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi o‘qiladi.
Juma namozida ikki rakat farz o‘qilmasdan oldin imom minbarda xutba qiladi.
Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sog‘ kishiga farzdir.
Juma namozining shartlari:
1) peshin namozi o‘qiladigan vaqtda o‘qish;
2) namozdan oldin xutba o‘qish;
3) juma o‘qiladigan joy hammaga ochiq bo‘lishi;
4) imomdan tashqari kamida uch kishidan iborat jamoat bo‘lishi;
5) imom juma namozini o‘qishi uchun rasman ruxsatli bo‘lishi;
6) juma o‘qiladigan joy shahar yoxud shahar hukmida bo‘lishi kerak.