ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 356327 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:59:21

 Monday 11/29/2004 12:18:42am
Ismi sharifingiz:    Shamsiyev Xurshid
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistin. Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Hammaga salom.Man bu saytga endi kirdim. Bu menga juda yoqdi. Bu yerda do'stlashsa bo'ladimi? Man internetda ishlashni yahshi bilmayman. Orgatadigan odam bo'lsa yoq demasidim. Ha aytmoqchi sizlarda diniy kinolar ko'rsa bo'ladimi? Qisqa qilib aytganda saytga gap yoq ekan.
Hurmat bilan Xurshid

Davronbek: Saytimiz orqali do`stlashsangiz bo`ladi. Buning uchun mana shu mehmonxonamizga o`zingiz haqida ma'lumotni kiritib qo`ying. Sizni internetning qaysi jihatlari qiziqtiradi. Javob berishga ham harakat qilamiz. Hozircha saytimiz orqali kino ko`rish imkoni yo`q. Keyinchalik hudo hohlasa yo`lga qo`yamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:59:32

 Wednesday 12/01/2004 1:13:40pm
Ismi sharifingiz:    Gulchehra Qahharova
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan Namangan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sizdan bir iltimos saytda "bo'lajak talabar"ga ma'lumot(oliy o'quv yurtlari haqida) va maslahatlar berib borsangiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:03:55

 Wednesday 12/01/2004 3:02:59pm
Ismi sharifingiz:    Tillaboev Isroil
Mamlakat/shahringiz:    Yaypan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    SALOM DAVRONBEK,SIZ MARG`ILONDAN,MEN YAYPANDANMAN DEYARLI BIR JOYDAN EKANMIZ, MEN QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING MAT-INFO FAKULTETIDA O`QIYMAN ,O`TGAN YIL SIZZI SAYTIZNI TOPIB OLIB DO`STLARIMGA AYTUVDIM,ULARDAN BIRI HUSHNUD AKAM SIZGA HAT YOZISHIBDI.SAYTIZ ZO`R CHIQIBDI, OFARIN!!!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:04:05

 Wednesday 12/01/2004 6:33:34pm
Ismi sharifingiz:    Sharifa Madrahimova
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston, Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Davronbek, ukajonim ishlaringizga omad tilyayman. Syatingiz haqida iliq fikrlar aytgandim, avval. Uni boyiting, yana va yana. Sizga bu ishda sabr-toqat, omad tilayman.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:04:19

 Friday 12/03/2004 9:14:35am
Ismi sharifingiz:    Shamsiyev Xurshid
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Hammaga salom. Ziyo sayitiga endi kirdim. Bu sayd menga juda yoqdi.Bu yerdan qidirgan hamma narsani topsa bo'lar ekan.Qisqasi juda zo'r sayd ekan

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:04:29

 Friday 12/03/2004 9:30:31am
Ismi sharifingiz:    Shamsiyev Xurshid
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom Davron bek.Ishlar yahshimi.Manda hammasi zo'r. Davron man Internetda kutubhonaga kirish mumkinku to'g'rimi? Bo'lsa qanday qilibkirsa bo'ladi? Yahoo!da ishlashni orgata olasizmi.
oldindan rahmat

Davronbek: Maxsus kutubxona saytlari bo`lib ular orqali kirsa bo`ladi, masalan, www.lib.ru, www.library.ru, http://books.kulichki.ru/ , http://www.biblioteka.net.ru/ kabi saytlarga kirib ma'lumotlarni qidirishingiz mumkin. Yahoo!da ishlash uchun avvalo inga a'zo bo`lish kerak. A'zo bo`lish uchun esa sign tugmasi orqali kirasiz va anketani to`ldirasiz, keyin ular sizga login berishadi, login va paroliz bilan Yahoo! xizmaytlaridan foydsalansangiz bo`ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:04:45

 Friday 12/03/2004 1:34:19pm
Ismi sharifingiz:    AbdulAziz
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://ziyo-uz.land.ru
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum!
Tashqarida qor yog`moqda. Birinchi qor... Oynadan tashqariga qarab, bundayin takrorlanmas holatdan zavq olaman. Samodan oppoq dur yog`iladi. Shu paytda hayol og`ushiga cho`maman. Bu yilgi birinchi qor hayolotda meni allaqayerlarga chorlaydi. Sizda ham shu holat bo`lsa kerak-a? Tashqariga chiqaman. Yog`ayotgan qorni maroq ila tomosha qilaman. Go`zal holat!.. Hali qish bo`lishiga ishonib-ishonmay hamon bo`y chiqarayotgan maysalar o`z bag`riga oppoq libosni kiyadi. Qor shiddat bilan yog`moqda. Hali hammayoqni o`z rangiga bo`yaydi. Qor parchalari allaqayerlardan uchib menga qo`na boshlaydi... Qorga qaraysan-u, qalbingni ham qor o`z rangiga bo`yaydi. Hammayoqda oqlik. Tabiat ham, inson tabiati ham...
Aziz do`stim, sizni ham ushbu unutilmas, hissiyotli damlar bilan tabriklayman. Birinchi qor qalbingizni o`z rangiga bo`yasin, ko`nglingiz shu beg`ubor qorlar kabi zilol bo`lsin! Ushbu damda qilayotgan barcha ezgu orzu-niyatingizni Allohim o`z dargohida qabul qilsin! Mana shu yog`ayotgan o`ynoqi qor parchalari qalbingizdagi barcha yomon hislarni yuvib ketsin!
Mana shu ayyomda do`stlaringizni, yaqinlaringizni unutmang, ularni ham yangilanish,soflikka burkangan birinchi qor bilan tabriklab qo`ying.
Yana bir bor Birinchi qor bilan tabriklayman.
http://ziyo-uz.land.ru
Toshkent, 2004 yil, 3 dekabr, soat 14:02
Sizlarga doimo baxtu saodat, ofiyat tilab

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:05:30

 Friday 12/03/2004 4:23:21pm
Ismi sharifingiz:    Xaker Uzbekistan
Mamlakat/shahringiz:    UZbekistan Navoi
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://banksinf.freenet.uz
Fikr-mulohazalaringiz:    Sayt Ajoyib.
Saytni Shosha aytdi
Shosha Mani do`stim bo`ladi
Qo`shiqlar (Tohir Sodiqov)matni kerak bo`lsa murojat qiling (83 ta qo`shiq matni bor).
Xayr sog` bo`ling

Davronbek: Tohir Sodiqovning qo`shiq matnlarini bizga jo`nating. Sizning nomingizdan saytga joylaymiz.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:05:47

 Sunday 12/05/2004 6:42:12pm
Ismi sharifingiz:    Habib Bekpulatov
Mamlakat/shahringiz:    FRANCE / PARIS
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    SALUT! VOTRE RISEAU M'A PLU BEAUCOUP. JE VOUS REMERCIER, MERCI BEAUCOUP!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:05:57

 Monday 12/06/2004 8:49:07am
Ismi sharifingiz:    Alihon Kodirov
Mamlakat/shahringiz:    Germaniya
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom Davronbek. Bugun sizni saytingizga kirib ko'rgandim. Judayam ma'qul bo'ldi. Man ham Farg'onadanman, aniqrog'i Qo'qon shahridanman. Hozir Germaniyadaman. Sizdan bitta narsani so'ramoqchidim. Sizda Tohir Mahkamovning qo'shiqlari yo'qmi?
Anchadan beri qidirib topolmayapman. O'zbekistonda bo'lganimdayam boshqa gap edi. :(
Agar iloji bo'lsa qaerdan qanday qilib olish mumkinligi haqida yozib yuborsez.
Salom bilan Alihon Kodirov.

Qayd etilgan