ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 356587 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 B


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:32:05

Jahongir
Qayerdan: Jizzax
Qo'shildi: 12/18/06 01:45:23

Devid Zeltserning uchinchi kitobi tarjima qilinib bo'ldimi? 
Iltimos tezlashtiring

AbdulAziz: Bu bizning qo'limizda emas.
Tarjimondan surishtirib ko'ring: [email protected]

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:33:53

Uchqunbek
Qayerdan: Jizzah
Qo'shildi: 01/06/07 21:22:51

Qoyilmaqom sayt ekan. Sizlarga omad tilayman!!!

AbdulAziz: Sizga ham eng yaxshi tilaklarimiz!!!

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:34:05

Muzaffar
Qo'shildi: 01/06/07 21:25:52

Salom hammaga bu sayt manimcha juda yahshi uhshaydi hozir shundoq 
tekshirganimda kurib qoldim, hudoi hohlasa albatta bu saytning haqiqiy 
abonentiga aylanaman, manga iloji boricha hat yozinglar tanishamiz, 
do'stlashamiz, etiborlaring uchun oldindan rahmat
hayr

AbdulAziz: Va alaykum assalom!
Taklif va mulohazalaringizni kutamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:38:15

bushra
Qayerdan: turkiya
Qo'shildi: 01/06/07 21:33:53

Assalomu alaykum.
avvalombor sılarga kotta rahmat manga saytıngız cudayam yokdı aynıksa ıslom, hıkmatlar ,oıla va jamıyat vh bolımlarıngız cudayam yahshı tayyorlangan bızlarnı bunday muhım mavzularda yorıtıb, dunyo va ohırat soadatımızga oz hıssalarıngıznı koshganıngız uchun kattakon rahmat hurmat bılan 
bushra

AbdulAziz: Va alaykum assalom!
Sizga ham o'z tashakkurimizni izhor qilamiz.
Salomat bo'ling.

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:38:26

Oybek
Qayerdan: olmoniya
Qo'shildi: 01/06/07 21:13:25

Assalomu alaykum Davronbek,
avvalo mana shunday tabarruk ishga qo'l urib, barchaga ziyo ulashishga o'z hissangizni qo'shayotganingiz uchun, bundan juda ham xursandman va minnatdorman.
Sizni, Siz orqali barcha qadrdonlaringizni hamda sahifangiz orqali butun o'zbek xalqini kirib kelayotgan Qurbon Hayiti hamda yangi yil bayramlari bilan samimiy tabriklayman. Barchaga uzoq umr, sihat-salomatlik, ish va o'qishlariga esa rivoj tilayman. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini Yaratgandan so'rab qolaman. Yahshi kunlarda ko'rishmoq nasib etsin.
hurmat ila Olmoniyadan Oybek

AbdulAziz: Va alaykum assalom Oybek!
Sizga ham o'z minnatdorchiligimni va tabrigimni hamda eng ezgu tilaklarimni izhor qilaman.
Doimo ota-onangiz orzu qilgandek yashash nasib qilsin!
Ehtirom bilan, Davronbek

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:38:47

Oybek
Qayerdan: Toshkent
Qo'shildi: 01/06/07 21:11:16

Assalomu alaykum Davron aka.
Saytga o'zgartirish kiritganiz zo'r chiqibdi.
agar iloji bo'sa manga qo'ng'iroq qivoring.
tel no'merimi po'chtezga yozvoraman. xat yozib turing.
sizda zarl ish bor! 
Oybek Abdurahmonov.

AbdulAziz: Va alaykum assalom Oybek!
Sayt borasida biron yordam kerak bo'lsa bemalol murojaat qilavering.

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:39:04

azamat aziziovich
Qayerdan: jizzax
Qo'shildi: 01/06/07 20:39:42

Assalomu alaykum Davron aka ajoyib saytingiz uchun ulkan tashakkur. Sizga shuni ma'lum qilamanki, www.ziyouz.com da barcha yoshdagi kishilar uchun mo'ljallangan malumotlar joylangan. Sizdan bir narsani iltimos qilib suraymanki, men kollejda dars beraman bizda kuni uzaytirilgan guruhlar fani mavjud ammo u fan buyicha viloyatda ( ! ) hech qanaqa malumot yoki adabiyot yo'q sizdan shuni suraymanki agar iloji bulsa kutubxonangizga K. Hoshimov ning kuni uzytirilgan guruhlar ishining pedagogik asoslari kitobini kiritsangiz. Butun Jizzax ahlini xursan qilgan bulardiz. Axir ziyo tarqatmoq savob ish-ku!

AbdulAziz: Va alaykum assalom Azamat!
Siz so'ragan adabiyot afsuski, bizda mavjud emas.
Sizga qaysi fandan ma'ruzalar kerak.
Agar ma'ruza mavzularini aniq qilib yozib yuborsangiz, kiritishga yoxud sizga jo'natishga harakat qilamiz.
Ehtirom bilan, AbdulAziz.
   

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:40:00

Ahmad
Qo'shildi: 01/06/07 20:50:04

Assalomu alaykum xurmatli mexmonxona muxlislari xamda sayt egalari 
sizlarga savolim bor edi, QUMOR o`ynash oqibatida qanday gunoxlar bo`ladi.
Javobingiz uchun oldindan raxmat.

AbdulAziz: Va alaykum assalom!
Qur'oni karim oyati:
90. Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq bo‘lingiz! 
 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan:
Bu Qur’oni karimda aroq haqida tushgan bir necha oyatlardan ikkinchisi hisoblanadi. Bu yerda Alloh taolo aroq va qimor haqida so‘rov va uni javobiga "œBularda ham foyda, ham zarar bor. zararlari foydalaridan kattaroqdir" degan ma’noni anglatishni uqtirgan. Endi savol o‘sha qimor bilan aroqni foydasi nima degan yerga borib taqalmoqda. Ulamolarimiz mazkur oyati karimani tafsirida bu savolga javob berganlar. Bu yerdagi foyda o‘sha vaqtning tushunchasiga binoan bo‘lgan foydadir. Islomda buni foyda deb ta’kidlash ma’nosi yo‘q, balki o‘sha vaqtni tushunchasida bular foyda bo‘lib ko‘ringan. Qimorning qushtirnoq ichidagi o‘sha vaqtda tushunilgan foydalaridan biri-qimorda yutgan qimorboz cho‘tal deb ba’zi bir kishilarga kambag‘allarga o‘sha yutgan pulidan ba’zi bir qismini taqsimlab berar ekan, shuni foyda deb tushunishgan. Aroqni foydasi esa uni sotib pul topish, buni foyda deb bilishgan va shunga o‘xshash aroqni ichgan paytda, o‘sha vaqtda biroz botir bo‘lib, jasorati quzib, urushga qurqmay kiradigan paytlari bo‘lgan ekan. Mana shuni ham foyda deb tushunganlar. Bu aroqni va qimorni asta-sekin yo‘q qilish uchun Qur’oni karimda ko‘rilgan tadbirlar orasida kelgan oyatlardan bittasidir. Mana shunday qilib bu aroqsiz umr o‘tib bo‘lmaydi, busiz hayot hayot emas, degan tushunchadagi odamlarga asta-sekin tushuntiriladiki: "œHa to‘g‘ri, sizlar har narsa deyishinglar mumkin, lekin buni zarari ko‘p, foydasidan." Keyin hamma yoq zarar ekani va oxiri harom qilishgacha borib yetilgan.

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:41:18

azamat azizovich
Qayerdan: jizzax
Qo'shildi: 01/13/07 20:42:28

Avvalam bor tig'iz vaqtingizni ayamasdan kamtarona maktubimga o'zingizni javobingizni yuborganingiz uchun ulkan tashakkur. Bu fan pedagogika kollejlarining boshlang'ich sinf o'qituvchisi mutaxassisligining 2 3kurslari uchun mo'ljallangan. Agar iloji bo'lsa shu borada amaliy yordan bersangiz fanning nomi "Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta'lim - tarbiya nazariyasi". oldindan bo'lsa-da beradigan yordamingiz uchun rahmat aytishga ijozat bersangiz! Sizga chuqur hurmat buyuk ehtirom bilan Azamat azzizovich

AbdulAziz: Afsuski, siz so'ragan adabiyotni topa olmadik...

Qayd etilgan


Ziyo  31 Iyul 2007, 01:41:31

Akademik
Qayerdan: Qirg'iziston, BISHKEK
Qo'shildi: 01/13/07 20:36:51

Assalomu alaykum, Ziyo.Uz ijodkorlari!!! Avvalombor, aytib ketishim kerak, saytingiz manga judayam yoqdi. Ancha-muncha topolmay yurgan narsalarimni saytingizdan topdim. Masalan, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarini izlayotuvdim, sizning saytingiz manga juda katta yordam berdi. Ammo, ba'zi asarlarni na o'qiy olyapman, na kompyuterga yuklay olyapman. Masalan, Tohir Malikning "Shaytanat"ini. Shu va shunga o'hshash asarlarniyam o'qish uchun tayyorlab bersangiz, biz judayam hursand bo'lardik. Hurmat bilan, Akademik

AbdulAziz: Va alaykum assalom!
"Shaytanat" asarining elektron variantini ham yaqin kunlarda inshaalloh saytga joylaymiz.

Qayd etilgan