Monday 06/21/2004 9:57:57pm
Ismi sharifingiz: Maftuna Ismoliova
Mamlakat/shahringiz: O`zbekiston, Qo`qon
E-mailingiz:
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Ziyo-uz saytingiz haqida juda iliq taassurot paydo bo`ldi. Ayniqsa mazmunli maqolalar, she’ru-qo`shiqlarni berib yaxshi ish qilibsiz. Menga ayniqsa Tohir Mahkamovning qo`shiqlari yoqadi. Ayniqsa, "œOna monologi" va qo`shig`ini juda sevib tinglayman. Iloji bo`lsa Tohirchaning boshqa ashulalarini ham kiritsangiz. Nega ashulalarning matni boru o`zi yo`q? Qo`shiqning o`zini kiritsangiz bo`lmaydimi. Hozir men sizlarga Tohir Mahkamovning men yoqtirgan go`zal qo`shiqlaridan birini matnini yo`llamoqdaman. Shuni ham saytingizga kiritib qo`ysangiz:
OQ O`RDAK
Oydin ko`lda oq o`rdak o`polmadim bo`ynidan,
Qanday tortib olaman endi birov qo`ynidan.
Ilinmadi, bu ko`lga men-da tuzoq qo`ygandim,
Zolim sayyod bo`lsam ham oq o`rdakni suygandim.
Sohillarda so`rasam jilmayadi suv yuzi,
Yer yuzida bittadir, shu o`lkaning shu qizi.
Endi bo`ldi, bariga siltayurman qo`limni,
Bosib ketsin nilufar o`rdagi yo`q ko`limni.
SAT IJODKORLARIDAN: Yuborgan qo`shiq matni uchun katta tashakkur! Uni mamnuniyat bilan saytga kiritib qo`ydik. Endi siz ardoqlagan "œTohircha" (Tohirbek Mahkamov)ning 15 ta qo`shig`i saytimizga kiritildi. Ulardan bahramand bo`lishingiz mumkin. Afsuski, hozir faqat matnlari bilan cheklanyapmiz. Alloh nasib qilsa, original qo`shiqlarni ilova qilish niyatidamiz.