Saturday 07/17/2004 7:44:20pm
Ismi sharifingiz: Azim Toshboyev
Mamlakat/shahringiz: Boysun
E-mailingiz:
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Saytingga kirdim. Bilasanmi hammasi yaxshi, lekin xabarlar ko'pligi ularning juda kichikligi va boshqalar odamni charchatadi. Senga savol: nima sababdan Qur'on suralari tarjimasi berilmagan. Scaner qilib kiritib qo'yishing mumkinku. Agar qorilarning qiroatlarini kiritsang a'lo bo'ladi. Saytga kiruvchilar ko'payadi. Bir maslahatim. Sayting oddiy, hamma tushunadigan, lekin 4 ta ustunni juda xunuk joylashtirgansan. Fikrimcha o'ng va chap tomondagi ustun razmerini o'ylab ko'r. Yana bir gap nima uchun xabarlaring eski? 3 - ustundagi sariq rangni olib tashla, ko'zni charchatib monitorga yaqinroq borishga to'g'ri keladi, bu esa o'zing bilasan... Ziyo.uz so'zini zagalovkaga sploshnoy qo'ysang qanday bo'ladi? Agar shunday qo'yilsa sayt ochilganda atrofdagilar diqqatini tortadi deb o'ylayman. Yaxshi. Yana bir fikr. Talabalar o'z maqolalarini kiritishi uchun joy och. Magistraturada o'qiyotganlar bunga ko'p murojaat qilishadi. Talaba saytni ochganda o'zi qo'ysa bo'ladigan qilsa bo'ladimi? Talabalar iqtisod, siyosat haqida o'z fikrlarini, qarashlarini yozadigan yoki bo'lmasa diskussiya olib borishi mumkinligini kiritish saytni davomiyligiga olib keladi. Internetga faqat yoshlar, talabalar kirishi yodingda bo'lsa kerak. Keyin o'tgan olimlarimiz haqida ham bo'lim kirit. Umuman sayt menga yoqdi. Dizayn yaxshi.
SAYT IJODKORLARIDAN: Saytimiz haqida bildirgan fikrlaringiz uchun katta tashakkur.
Ma'lumki, saytning asosiy mazmuni bosh sahifa (index)da joylanadi, shuning uchun ham bundagi ma'lumotlar ko`pdek tuyulishi mumkin, ularning kichikligiga kelsak, bu joy masalasi bilan bog`liq, agar biz shriftni katta qilib joylashtirsak, bosh sahifa dizayni o`zgaradi va besunaqay holatga tushishi mumkin.
Qur'oni karim suralari tarjimasiga kelsak, ularni kelgusida kiritish niyatimiz bor. Buning uchun tarjimani saytga joylashtirish huquqini qo`lga kiritishimiz kerak. Saytda joy masalasining tanqisligi ayrim media materiallari (audio, video) joylashtirishga to`sqinlik qilayapti, xudo hohlasa, Qur'oni karim suralari qiroati ham saytimizdan joy oladi.
Ma'lumotlar, ayniqsa kundalik xabarlarning eskiligi — bu bizning muammoimiz. Chunki, bu ko`p vaqt va mehnat talab qiladi. Sayt ijodkorlari esa sanoqli. Bundan buyog`iga xabarlarni ham update qilib boramiz.
Ziyo.uz bosh so`zini yoppasiga joylashtirishga ham qarshiman, chunki, hozirgi holati normal, ikkinchidan tabiiyki, qancha fayl kattalashsa, yuklanishi ham shuncha sekinlashadi. Hozirgi holat ham sayt dizayniga mos keladi.
Marhamat, talabalar o`z maqolalarini bizning elektron manzilimiz jo`natishsin, joylab berish esa bizdan. Talaba o`z maqolasini bizning ushbu fikr-mulohazalar kitobimizga ilova qilishi ham mumkin. U yerdan esa biz kerakli bo`limlarga kiritib qo`yamiz. Diskussiyalar uchun maxsus forum tashkil etganmiz, undan foydalanishsa bo`ladi, yoki, bo`lmasa, mana shu mehmonlar kitobida ham fikr almashishsa bo`ladi. Bu yerdagi ma'lumotlar doimiy saqlanib turadi. Talabalarga yordam tariqasida o`zbekcha ma'ruza matnlari, referat. kurs ishlari kiritib borishni ham rejalashtirgamiz.
O`tgan olimlarimiz haqida ham bo`lim ochilgan, lekin hali to`liq emasligi bois saytga joylashtirilmadi.