ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 356335 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:20:40

 Thursday 08/19/2004 8:54:27pm
Ismi sharifingiz:    Bahodir Hayitov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan/Horazm vilyati/Honqa tumani
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://www.freewebs.com/xorazmoglonibahodir
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum saytingigizni korib chiqdim gap yoq, zor chiqqan, havas qilsa boladi, meni yana bir fikrim bor edi yana bir oz malumotlarni qoshsangiz kop odallarga yanada kop nur bera edimi deyman. Masalan Ozbekiston gazetalaridan. darakchi, .... agar iloji bolsa. Chet elda yurganlar, menimcha ularga ham bu qiziq bolsa kerlak, ozbek gazetalarini internetdan ozish. nima dedingiz

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:21:07

 Thursday 08/19/2004 9:05:47pm
Ismi sharifingiz:    Aziz A'zamjonov
Mamlakat/shahringiz:    
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum ziyo-uz.land.ru sayti hodimlari. Sizlarga xat yu`llashimdan maqsad, mazkur saytingiz xaqida u`z fikrimni bildirish. Avvalambor ushbu sayt ochilganligi va unda mu`min musulmonlar uchun mu`ljallangan maqolalar, habar-yangiliklar berib borilayotganini eshitgach, juda mamnun bo`ldim va shu kunning u`zidayoq mazkur sayt bilan bog`landim.
Saytingiz dizayni, foydalanishdagi qulayliklari meni anncha quvontirdi. Unda nafaqat diniy ruhdagi maqola habarlar balki, siyosiy, iqtisodiy, sport sohasidagi malumotlar joy olgani har bir insonni o`ziga jalb etadi, saytdan chiqmasdan u`zini qiziqtirgan ku`p narsalardan bohabar bu`lish imkonini yaratadi. Ishga tushganiga ko`p bu`lmagan bo`lsada, saytni dunyo yuzini ku`rishi uchun ancha ter tu`kilganligi sezilib turipti. Bunday serqirra saytni musulmon dunyosiga taqdim etganligingiz uchun katta rahmat.
Alloh taolo qilgan barcha xayrli ishlaringizga guvox. U`zi ajru savob ato etsin va barchamizdan u`zi rozi bu`ladigan ishlarsda sobit qilsin. Ish bor joyda kamchilik bu`lganidek, ushbu saytda ham bir oz mavzudan chetga chiqishlar bor. Shular haqida ham fikrimni bildirsam. Zero tanqid taraqqiyot sababchisi.
Saytingiz asosan musulmonlarga mu`ljallanganligi ku`rinib turipti, lekin ba`zi shariyatimizga zid rasmlar va bachkana qaerdagi g`arb artist va qo`shiqchilari haqidagi ma`lumotlar odamni saytga kirishga bu`lgan ishtiyoqini pasaytiradi. Shundoqham gazeta va jurnallarimizdagi yulduzlar haqidagi maqola va habarlar jonga tekkan. Agarda u`sha yulduzlarni jirkanch ahvollari, ularga ergashish shaytoniy ekani haqidagi risolalar berilsa nur ustiga nur, ammo ularni yarim yalong`och suratlarini kursatish shart emas deb u`ylayman.
Yana saytdagi Qur`oni Karim bo`limida suralarni eshitish imkoniyati ham yaratilsa va u`zimizni o`zbek qorilari hatmlaridan foydalanilsa.Yurtimiz hayotiga bog`liq voqea habarlar ku`paytirilsa. Yurt tanigan lamolarimiz bilan suhbatlar uyushtirilsa.
Mahsus fiqh va savol-javob bulimlari ochilsa va yurtdoshlarimiz u`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishsa. Menimcha sport va statistikaga oid habarlar ku`paysa saytga kiruvchilarni soni ham ortadi. Eng asosiysi shunday sayt mavjudligi haqida ku`pchilikka etkazilsa, chunki aksaryat dindoshlarimiz bunday sayt borligidan
behabar.
Bular meni shahsiy fikrlarim holos, balki adashayotgandirman, lekin nima bu`lgan taqdirda ham shunday har tomonlama chiroyli saytni muhlislari ku`payishi niyatidaman.Bir birimizni kamchiligimizni tu`g`irlash yelkamizdagi majburiyat. Zero mu`min mu`minga ku`zgu
Alloh taolo barcha ishlarimizda madadkor bulsin. Omin.

SAYT IJODKORLARIDAN: Bizga yozib yuborgan fikrlaringiz uvhun katta rahmat! Alloh sizdan rozi bo`lsin. Albatta, biz sizning tanqidlaringizni mamnuniyat ila qabul qilamiz. Agar saytdagi Saytimiz haqida degan bo`limni o`qigan bo`lsangiz, biz shu yerda satni tashkil etsihdan maqsadlarimizni bayon qilgandik. Saytni asosan yoshlar uchun mo`ljallaganmiz. Zero, yoshlar ko`p narsalarga qiziqishadi. O`zim ham yosh bo`lganligim bois ularning harakterlarini yaxshi tushunaman, Maqsad esa ezgu: yoshlarni haqiqiy Islomiy hayotga o`rgatish. Ma’lumki hamma yoshlar ham fikr yuritavermaydi. Ular orasida oqillaridan ko`ra johillari ko`proq. Agar biz saytimizda faqatgina diniy ruhdagi risolalarni bersak, bunday yoshlar hatto unga qarashmaydi ham, mana shunday ma’lumotlar, she’rlar, qo`shiqlar matni orqali shunday yoshlarni ham o`zimizga chorlayapmiz, boshqa risolalarni o`qish bilan birgalikda, diniy mavzularga ham ko`zlari tushib, hidoyat topsalar degan niyatimiz bor edi. Shu maqsadda qilgandik.
Allohning madadi ila va sizlarning duolaringiz ila Qur’oni karimni saytimizga joyladik. Men kecha judayam xursand bo`lib sizga maktub ham yo`llagandim. Endi saytimizdan Qur’oni karimni ham tinglab, ham arabiy yozuvda o`qib, ham uning o`zbekcha ma’nolarini o`qishingiz mumkin. Yana Qur’oni karim sahifasida bir qator zaruriy linklar ham berdik, bular yordamida Qur`’oni karimni saqlab olish imkoniyati yaratiladi. Hozircha saytga Masjidaul Haram imomi Abdurahmon As-Sudays qiroatini kiritdim, Alloh nasib qilsa o`zimizning qorilarimiz qiroatlarini ham kiritamiz.
Yurtimizning taniqli ulamolari bilan suhbatlarni ham tashkil etdik. Birinchi suhbat Toshkent shahar imom hatibi Anvar qori bilan tashkil etildi. Hudo holasa bundan keyingi suhbatimiz Chirchiq shahar bosh imom hatibi AbdulAzim Ziyovuddin o`g`li bilan bo`lib o`tdi, mavzusi Iso alayhissalom va Injil haqida. Uni ham tez orada, saytga joylashtiramiz.
Maxsus bo`limlar tashkil qilishga ham harakat qilmoqdamiz. Siz bizga maktub yo`llagan paytingizda hali ko`p islomiy materiallar qo`yilmagandi, Allohga shkurki, ular soni ancha ko`paydi. Saytimizning Ma’rifat bo`limida barcha maqolalar o`rin oldi.
Sizga yana bitta quvonchli yangilik: saytga kiruvchilarning iltimoslariga binoan namozni o`rgatadigan elektron kitob ham saytimizdan joy oldi. Unda ilk boshlovchilar uchun Islom, iymon, namoz, tahorat, tayammum, g`usl saboqlari berildi, duolar, oyati karimalar ilova qilindi.
Xudo hohlasa bundan keyin ham saytimizni to`ldirib boraveramiz.
Saytni qo`ldan kelgancha reklama qilyapmiz. Do`stlarga aytib ular boshqalarga aytib. Siz bizning saytimiz haqida qayerdan bildingiz? Sizdan yana savol: Qanday qilib saytni ommalashtirsak bo`ladi? Saytimizdagi ziyodan boshqalar ham bahramand bo`lasa deyman.
Kimdir bizning saytimizdan nimanidir olib yaxshi yo`llarga yursa Ozimni maqsadga yetgan deb hisoblardim.
Sizga katta tashakkur. Sizdek jonkuyar insonlar doimo ko`payaversin. Hammamizning Alloh yo`lida qilayotgan amallarimizni Uninh o`zi dargohida qabul qilsin

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:21:46

 Friday 08/20/2004 12:13:23am
Ismi sharifingiz:    Akramjon Ahmadaliev
Mamlakat/shahringiz:    Namangan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://15 kundan keyin tayyor bo'ladi
Fikr-mulohazalaringiz:    Sayt Uchun katta rahmat !
Ishlaringizga omad va zafarlar tilayman yoshlarni ziyoli va ilmli qilib tarbiya qilishda bu yo'l ham katta muhim bir zamonaviy yo'nalish deb bilaman.
Yoshlarni haqiqiy bilimga ega bo'lishi
yoshlarimmiz kelejakga ichonchini yanada oshiradi.
hayr , hayr

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:21:58

 Friday 08/20/2004 9:25:51pm
Ismi sharifingiz:    Baxtiyor Axmedov
Mamlakat/shahringiz:    O'zbekiston Res. Buxoro Shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Sayt haqidagi fikrim juda a'lo, ayniqsa zamonaviy va dinimizning taraqiylashtirilgani eng yaxshisi bo'lgan. O'ylaymanki kelgusi ishlarizda sizlarga Allohning o'zi kuch-quvvat ato etip martabalarizni bundan ham ziyoda qilgay. Sizlarga Sog'liq va salomatlik tilab qoluvchi Do'stiz Baxtiyordan.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:22:10

 Friday 08/20/2004 9:48:03pm
Ismi sharifingiz:    Komiljon Ikromov
Mamlakat/shahringiz:    Samarqand
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum saytni tashkilotchilari! Saytlarizga kirib rosa hursand bo`ldim, ajoyib maqolalar qo`yilibdi, bu maqolalar ko`plarni ko`zini ochishi mumkin ekan, saytingizni boshqalar ham foydalanishini istardim. Sizlarga bitta fikrim: Negadir bir hafta oldin Namoz haqida kitob, duolar qo`yamiz deb anons bergandizlar, negadir topib bo`lmayapti, tezroq o`qib, bahramand bo`lishni hohlardik
Ishlarizga Tangridan rivojlar tilayman

SAYT IJODKORLARIDAN: Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat. "Men ham namoz o`qiyman" kitobining elektron nusxasi saytimizga joylandi. Bosh sahifa hamda Ma'rifat sahifasiga qarang.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:22:24

 Sunday 08/22/2004 11:53:28am
Ismi sharifingiz:    Abu Muslim
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://www.islam.uz
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalamu alaykum ahli islom!
Sizlarni yangidan ochilgan o‘zbekcha islomiy saytga taklif etaman.
http://www.islam.uz
Shiorimiz: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o‘rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih — ulug` mujtahidlarga ergashish, kengbag`irlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at - xurofatlarni yo‘qotish.
Saytdan fazilatli shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari va o‘zlari haqida ma’lumotlar olasiz, Shayximizga savollaringiz bo‘lsa yozib yuborsangiz javobini olasiz, inshaalloh.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:22:34

 Monday 08/23/2004 10:50:50am
Ismi sharifingiz:    Sevara Hayrullaeva
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom!
Xatingizni oldim rahmat.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:23:16

 Monday 08/23/2004 8:37:13pm
Ismi sharifingiz:    Dilshod Jabborov
Mamlakat/shahringiz:    Farg`onaviloyati Yaypan shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    O'zgarish va yangiliklar juda zo'r. Ancha hursand bo'ldim. Huddi shunday tempda davom et. Hammasi OK bo'ladi hudo hohlasa. Mani qanday yordamim yoki hissam qo'shilishi mumkin saytinga. Taklifing bo'lsa yozib yubor.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:23:24

 Tuesday 08/24/2004 9:06:59pm
Ismi sharifingiz:    Ahror Abdukarimov
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    zor bopti juda katta rahmat biz rozi bolmasak ham Alloh silardan rozi bolsin :-)))

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 00:23:38

 Wednesday 08/25/2004 9:06:42pm
Ismi sharifingiz:    Murodxon
Mamlakat/shahringiz:    Toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    mkon darajasida juda yaxshi tuzilgan
uylaymanki bu nafaqat yoshlarga balki barcha yoshdagi insonlarni yaxshi yulga boshlashda muhim ahamiyat kasb etadi. internet olami aynan shunaqa saytga juda muhtoj edi va bu amalga oshirildi

Qayd etilgan