" U zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib
otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar
(hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur." (Nahl surasi, 8 ) I z o h. Bizga zamondosh mufassirlar ushbu
oyatdagi: «... sizlar bilmaydigan narsalarni ham
yaratur» jumlasini Qur’on nozil bo‘lgan davrda
mavjud bo‘lmay, keyin ilm-fan taraqqiy etishi
bilan kashf qilingan sayyora — mashina, qator —
poezd, tayyora – samolyot va boshqa bizlar ham
bilmaydigan, bundan keyin kashf qilinadigan
naqliyot — trasport vositalari, deb tafsir qiladilar.
«Holbuki, sizlarni ham, yasab olgan butlaringizni
ham Alloh yaratgan-ku!» (Vas-soffot surasi, 96) I z o h: Ibn Jarir aytganlarki, bu oyatni ikki xil tushunish
mumkin. Alloh sizlarni va amallaringizni yaratgan
yoki Alloh sizlarni va yasab olgan butlaringizni
yaratgan.
Bu oyat bandalarning ishlari maxluq ekaniga (ya'ni kofirni ixtirosimi yoki mo'minni ixtirosimi, uni Alloh yaratishiga)
hujjatdir. Allohu a'lam. (Imom Zahabiyning "Gunohi kabiralar" kitobidagi o'ninchi kabira - taqdirni rad etish bobidan)
Agar uchrashib
qolsam mo'min bo'lmaganlarga qanday muomila
qilsam shu muomilani qilaman (yomon muomila
demoqchimasman).
Postni yaxshilab o'qib ko'rsangiz aslida kim tor fikrlayotganini aniqroq bilib olasiz birodar. Islom dinidan qat'iy nazar yaxshi muomila qilishga chaqiradi. Ammo din dushmanlari, musulmonlar orasiga fitna olib kiruvchilar, Islomga tosh otuvchilar bundan mustasno. Biz mashxur deb e'tirof etuvchi o'sha g'ayridinlarni film orqali yetkazayotgan fitnalari hammaga yaxshi ma'lum. Yana bundan tashqari musulmonlarga qarshi fondga pul o'tkazuvchilari ham bisyor. Shuning uchun aytgandim.
Kofirlar ixtirosidan foydalanish mumkinmas deydiganlar esa kaltafaxm insonlar holos, chunki yuqorida ta'kidlanganidek ularni Alloh yaratadi. Insonlar dunyoviy ishlarda, ixtirolarda bo'linmaydi balki, iymon keltirish va iymon keltirmaslikda bo'linadilar. Yana shuni ham unutmasliklari lozimki, bugungi kundagi fan va taraqqiyot rivojida musulmon olimlarining hissalari katta. Bizning diyordan o'zi Beruniy, Xorazmiy kabi yana bir qancha olimlar hissa qo'shgan, boshqa diyorlardan esa yana o'shancha. Buni avvalombor musulmonlar o'zlari bilmoqlari lozim.
P.S. Alhamdulillah musulmonman, endi suhbatlashib, yaqin birodarlarga aylansak ham bo'laveradi.