O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 47212 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:31:33

Kokulung anbar durur, jon ichida jonon qiz,
Ko'zlaring axtar durur, yuzi mohi tobon qiz.


Lablaring erur la'ldek, yuzlaring qizil guldek,
Barcha sengakim quldek,xizmatingga qurbon, qiz.


Tar orazing gul, soching sunbulki, tishlaring dur,
Sarv qadlig', qosh ko'rung oftobi davron qiz.


Bir ko'rib seni, zolim, qolmadi mening holim,
Tang bo'lubdur ahvolim, bilmadingmu,nodon qiz?


Oy yuzingni ko'rganda, lablaringni so'rganda,
Mashrabing bo'lur banda, qilsang ani mehmon qiz

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/mashrab.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:32:18

Uvaysiyman



Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,

Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman,



Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,

Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.



Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,

To degil kecha-kunduz: "œMosivo Uvaysiyman!"



Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,

Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.



To ko’rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,

Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.



Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,

Bosh agar kerak bo’lsa, jonfido Uvaysiyman.



Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,

Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Jahon Otin Uvaysiy

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:32:49

Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:33:27

Oy yuzida tillarang jilo,
Sambitguldan taralar hushbo'y,
Kezmoq na soz, quvnoq va hushro'y
Moviy o'lka sukuti aro.

Yiroqlarda Bog`dod. Bir zamon
Shahrizoda yashagan diyor.
Ul sanamga endi ne darkor,
Hazon bo'lmish jannat guliston.

Ul sharpalar singibdi yerga,
Dev, parilar bo'lmishdir tuproq,
Bosh egma, ey sayoh, qabriga,
Arvohlarga solmagin quloq.

Atrofga boq, qanchalar barqut!
Dudog`ingni tortar chechaklar.
Dushmanga ham do'stlik qo'lin tut,
Yorug` bo'lsin ko'nglim, desang gar.

O'yna, sendan ne qolur o'lsang,
Visol aylab ishq boliga to'y,
O'liklarga sig`inmoq bo'lsang ,
Tiriklarni o'z holiga qo'y.

Shunday degan Shahrizoda ham,
Barglar aytar yana bir bora.
Bu dunyoda armonsiz odam
Bechoralar ichra bechora.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:33:57

Shivirlaydi oyog'imda yashab o'tgan xazonlar,
Ko'zlarimga igna yanglig' sanchilmoqda mezonlar.

Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho'kmoqda,
Yiroqlarda nay ko'nglini so'nggi bora to'kmoqda.

Dala bo'm-bo'sh, ko'milgandek unga ko'hna savollar,
Faqatgina kezib yurar, izg'zib yurar shamollar.

Faqatgina ko'rinadir kuygan daraxt mung'ayib,
Qayda qoldi mangu bahor, qayga bo'lding sen g'oyib?

Rauf Parfi
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/raufparfi.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:34:19

Ishqing otashidin men tomchiga zor,
Xayoling tushlarimda manga yodgor.
Suving sharob yanglig' yondirdi mani,
Charxpalakdek aylanurman nolakor.

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:34:53

Yu'q, bu she'r shubha haqida emas!
Aslida shubha degan narsa yu'q.
Yarador ishonchlar bor,
Majruh ishonchlar bor..
Men sening lablaringdan
U'pmoqdan qu'rqmayman,
Ammo qu'rqamanki, bu lablardan u'zgalar
U'pmaganmikan, deb.
Sen men uchun ku'ngil ermagi emas,
Sen mening fojeam, sen mening baxtim,
Sen mening qog'ozga tushmagan she'rim.
Talpinib yashayman shu gu'zal she'erga.
U'ylagin, jonginam, mening nimam bor,
Nima aziz menga she'rim va sendan?
Aslida she'rku, bu qu'llarimdadir:
Shu yurak berarkan tomirimga qon,
Xiyonat qilmasman she'rim hech qachon!
Ammo sen boshqacha... Sendan qu'rqaman...
Onang ato etmish senga bir husn,
Eh, kimlar yu'lingga qu'ymagan tuzoq!
Sen kulib quvonib bir kimsa bilan
Quyuq suhbat qilsang ku'chayu ku'yda,
Yalinib-yolvoraman men Xudoga:
-Xudoyo, shu yigit bu'lsin beparvo,
Xayrlashgin jonim tezroq, jonginam..
Ammo bekor ketur tilovatlarim!
Sen kulaverasan, u-chi gapirar,
Bu shayton bu'lmasa bunchalar gapdon!
Yuragim bu'lsa qonlarga botib
Tu'lg'anur, ingranur yarador ishonch.
Yu'q, bu she'r shubha haqida emas,
Shubha ojiz tuyg'u, arzimas tu'fon..

Tushun Yer sharida osilib turibman!
She'rni mahkam tutib bir qu'lim bilan,
Biri bilan seni mahkam quchoqlab,
Ammo bugun qalbda yarador ishonch,
Sitilib ketyapsan qu'llarimdan sen.
Sensiz ham yashamoq balki mumkindir..
She'rimga hassadek suyanib olib,
Seni tafting qolgan qu'llarim bilan
Bu'shliqlarni ku'r kabi paypaslab,silab..

Tushun, Yer sharida osilib turibman!
Qancha yopishmayin hayotga, she'rga,
Sen meni tashlama, quchog'imda tur,
Hayotning bu'yniga chirmashib ketsin,
Ikkala qu'lim ham chirmovuq misol!
Yu'q, bu she'r shubha haqida emas....
Yaxshisi kela qol, meni seva qol,
Sevgingni qoldirmay zarrasigacha,
Quvonchi, ishonchi, hayrati bilan
Menga topshira qol, menga beraqol,
Tushun, Yer sharida osilib turibman...

Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:35:17

Iqbol Mirzo


Ko'zlarida g'am gardidan surmalari,
Uchib ketdi bu ku'ngilning turnalari
Ey siz, mening g'aribgina kulbalarim,
Sizni tashlab samolarga ketolmayman.


Gulyuzligim yuz noz ila burdi yuzin,
Men ko'z yumsam, kipriklarim su'ydi ko'zim.
U'z-u'zimga azon aytib, qu'ydim ism..
Endi o'shal zebolarga ketolmayman.


Kecha qadah tu'qishtirib hilol bilan
Gulob ichtim yolg'iz du'stim Iqbol bilan
Bugun qo'lda ikki bu'lak safol bilan
Iqbollarga, safolarga ketolmayman.

Endi faqat sabolarni sog'inish bor,
Elas-elas navolarni sog'inish bor,
Olis-olis ziyolarni sog'inish bor,
Aks u'zimman, sadolarga ketolmayman.

Onasidan arazlagan bola kabi
Bu olamdan burilgandir mening labim.
Ey, onamdek g'aribgina kulbalarim,
Sizdan go'zal dunyolarga ketolmayman.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:56:08

Erkin Vohidov
RASHKIM


Seni yotlar tugul, hatto
Qilurman rashk o'zimdan ham.
Uzoqroq termulib qolsam,
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.
Ko'zim yongay senga nargis
Ko'zin tiksa chamanlarda.
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang.
Labing tegsa xasad qilgum,
Gilos birlan uzumdan ham.
Seni jonim, dedim yolg'iz,
Seni qalbim, dedim tanho.
Chimirding qosh, pushaymonman,
Qo'pol aytgan so'zimdan ham.
Visol onida ko'z ochsa,
Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj.
Judo qilgay meni oy yuz,
Xumor ko'z yulduzimdan ham.
Senga o'n to'rtda bog'landim,
Hanuz erkin bo'lolmas dil.
O'zim dog'man, aql kirmas,
To'zimsiz o'ttizimdan ham.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:57:07

YORILGAN HARAKAT BAYONI

Shavkat Rahmondan

Bir odam izladim...
izladim g`arib,
jufti yo`q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to`la bir jom qidirib,
malaklar yig`ladi,
itlar tishladi...
Umring uzoq bo`lsin,
ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to`lganda yodim
o`zingdan o`zga bir dildor qolmadi.
Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg`onib opqochdim daryo dilimni.
Bu chirkin og`izlar...
singan kallalar...
ig`vodan, bo`htondan osilgan tillar...
hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo`g`izlab tishlagan dillar.
Bu quyosh xo`rlangan...
bu oy zo`rlangan...
zarlari talangan bu sodda jabal.
Qon, aroq, peshobni emib to`ralgan
buvaklar bo`kirib yig`lagan mahal
yo xudo dedimu
nurlar o`ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo xudo dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.
Umring uzoq bo`lsin,
ey, daryojonim,
kechalar qa'rida bir gul yig`ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni.
ko`nglimga bu dunyo
nechuk sig`madi?!
Nechuk bag`ringdaman,
kimning ishqida?
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo`llaring bilan.
Aytgil, ey darojon,
bormidi zulm?
Tog`lar silsilasin buzvordi nola:
"Gullarning bargini emagan, gulim,
bulbullar qonini ichmagan, bolam".

Qayd etilgan