Muallif Mavzu: O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 32862 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #45 : 18 Iyun 2006, 15:24:11 »
Bir gul eding- shamol bo'lib
Chamaningni ku'rib ketdim.
Shamolligim darding bilan
Ado bo'ldi-qurib ketdim...

Bir gul eding-bahoringda
Borligimni sezganing yo'q-
Do'zax sari o'zim yig'lab
Karaxtlikda yurib ketdim.

Do'zaxning o'tida kuydim,
Do'zaxning o'tida kuldim-
Jamoling shu'lasi tushgach,
"Yo, Olloh!" deb turib ketdim!

Sening hijrongda gar u'lsam-
Tiriklikda ne armondir-
Seni hayron etib yu'lni
Ayriliqqa burib ketdim...

G'ururim izmida, yorim,
Bu dunyodan borodurman-
Keta-ketguncha ko'ksimga
Urib ketdim, urib ketdim...

Visoling yo'q erur Yerda,
Samoga yetmadim,garchi
Go'zal tushlar quchog'ida
Go'zal u'ylar surib ketdim ...


Kelar avlod, qayg'u tortsang,
Meni qarg'a! Meni qarg'a!-
Bu dunyoni uzim yoshga
Qorib, gamdin qurib ketdim

Usmon Azim
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Kumushbibi

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 158
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #46 : 18 Iyun 2006, 15:25:08 »
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok,
Bu - bog'da adashgan parishon shamol.
Bormisan olamda, yuribsanmi sog',
Shamolday yo'llarni yo'qotgan ayol.

Sensiz - bahorlarim kuz bo'ldi manim,
Men sensiz sarg'aydim,
Men sensiz kuydim,
Bir tirik gulxanga aylandi tanim,
Shu olov ichida bir seni suydim.

Sen - bog'lar qo'ynida qiynalgan shamol,
Senga yo'l bermaydi shoxlar chalkashib...
Yam-yashil bog'larda adashgan ayol,
Men olov ichida qoldim adashib...

Usmon Azim
Vijdonimiz oldida o�zimizni oqlamoqlik uchun ko�pincha maqsadga erishish uchun kuchimiz yetmaydi deb, o�zimizni ishontirmoqchi bo�lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz emas, irodasizmiz...



Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #47 : 21 Avgust 2006, 15:17:11 »
OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #48 : 22 Avgust 2006, 12:24:34 »
OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...
OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...

Menga esa Hamid Olimjonning "Eng gullagan yoshlik chog'imda.." degan she'ri kerak edi...
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Ashiq Garib

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 56
  • Jins: Erkak
  • Ya Hochu but s taboy
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #49 : 18 May 2007, 17:20:48 »
Bu ko'nguldir, bu ko'ngil
Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Mavlono Lutfiy
Muhabbat bog’idan terib ajab guldasta yasabdurmen,
Yurak qonimdan berib rang diloromimga atabdurmen.
Istasang ol,bag’ringga bos,istamasang hokipo etgil,
Tirikman toki jonimni bog’ingga pospon etubdurmen.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #50 : 30 Sentyabr 2007, 14:09:40 »
YURAGIMNI OLOLSANG
11.05.2007 22:27
Senga tog‘lar va’da qilmayman,

Senga bog‘lar va’da qilmayman,

Tilagancha mehru muhabbat

Yuragimni beraman faqat.

Unda tog‘lar yaratish mumkin,

Unda bog‘lar yaratish mumkin,

Bo‘lsa agar bardosh, sadoqat

Va ololsang yuragim faqat.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #51 : 30 Sentyabr 2007, 14:10:31 »
HOLAT

Sog‘inch vujudimga in qurib olgan,

Ming bor haydasam ham sira ketmaydi.

Ko‘zim yo‘llariga bosh qo‘yib olgan

Kelaman degan yor hamon kelmaydi.

 

Kutaman, borlig‘im poyondoz bo‘lib,

Hijron yuragimni qiynayveradi.

Xayol dengizida suzib boraman

Visol qirg‘oq bo‘lib imlayveradi.

Sobirjon AKBAROV
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Zuxurov

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 38
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #52 : 21 Iyun 2010, 07:22:58 »
Muhammad Yusufning "Yig'lasharmidik" ua Navoiyning "Mehribonet topmadim" she'rlarini qo'yinglar.

shirin_a

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 29
  • -oldi: 93
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Ayol
  • AmalLar NiyatlArdanDur.....
Re: O'zbek sheriyati va xazinalari
« Javob #53 : 21 Iyun 2010, 07:45:35 »
Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.

Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.

Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.

Bola dastida giryona - qanoti qonolud qushman,
Qutilmoqqa biror chora,azoblarga ado yo'qdur.

Axir,man qush emasman,yor,qutilmoqqa yo'lim bisyor,
Biroq ishqqa chalingan dil uchun erkin samo yo'qdur.

MAJNUN
(arab mumtoz shoiri)
Olim johilni chunadi - chunki u avval johil bo`lgan, Lek johil olimni chunmaydi - chunki u hali olim bo`lmagan....

 

Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 22073
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25201
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 30921
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 97502
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz
O'zbek xalq maqollari

Muallif NodiBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 588
Ko'rilgan: 164950
So'nggi javob 11 Aprel 2008, 11:52:50
muallifi Robiya