O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 33931 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 14:09:40

YURAGIMNI OLOLSANG
11.05.2007 22:27
Senga tog‘lar va’da qilmayman,

Senga bog‘lar va’da qilmayman,

Tilagancha mehru muhabbat

Yuragimni beraman faqat.

Unda tog‘lar yaratish mumkin,

Unda bog‘lar yaratish mumkin,

Bo‘lsa agar bardosh, sadoqat

Va ololsang yuragim faqat.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 14:10:31

HOLAT

Sog‘inch vujudimga in qurib olgan,

Ming bor haydasam ham sira ketmaydi.

Ko‘zim yo‘llariga bosh qo‘yib olgan

Kelaman degan yor hamon kelmaydi.

 

Kutaman, borlig‘im poyondoz bo‘lib,

Hijron yuragimni qiynayveradi.

Xayol dengizida suzib boraman

Visol qirg‘oq bo‘lib imlayveradi.

Sobirjon AKBAROV

Qayd etilgan


Zuxurov  21 Iyun 2010, 07:22:58

Muhammad Yusufning "Yig'lasharmidik" ua Navoiyning "Mehribonet topmadim" she'rlarini qo'yinglar.

Qayd etilgan


shirin_a  21 Iyun 2010, 07:45:35

Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.

Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.

Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.

Bola dastida giryona - qanoti qonolud qushman,
Qutilmoqqa biror chora,azoblarga ado yo'qdur.

Axir,man qush emasman,yor,qutilmoqqa yo'lim bisyor,
Biroq ishqqa chalingan dil uchun erkin samo yo'qdur.

MAJNUN
(arab mumtoz shoiri)

Qayd etilgan