O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 47120 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:21:27

O'ylayman, ochilsa har yil navbahor,
Moviy kengliklarda alvon lolalar,
Bular lola emas,mangulikka yor
Lolaga aylangan askar bolalar.

O'ylayman oftob uygonib sahar
Kunchiqar ufqiga tikkanda yalov,
Bu gulgun shafaqmas,osmonga qadar
Bevalar ohidan tutashgan olov.

O'ylayman har kech shams yetsa zavolga
Borliqning tugamas motami rostdir,
Tun emas,onalar egnida qolgan
To mahshar yechilmas qora libosdir.

Yur, bolam maydonga boraylik bugun
Qo'lingda dona gul yanog'ingdek ol.
Bu gul sening baxting, shod kulgung uchun,
Fido bulgan bobong qalbiga timsol.

Yo'q, sen o'zing gulsan, Vataning chaman,
Ulg'ay, asl zoting unutma sira.
Bilki, qadr bilmak aslida Vatan
Vatanning ma'nosi boqiy xotira.
Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:22:12

Samoda kezadi hanuz tanho oy,
Yolg'izlik qiynaydi uni hoynahoy.
Yo'qlikdan izladim sening vaslingni,
Men qayga tikilsam, Ka'ba usha joy.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:22:42

Qulab tushdi iroda-zindon,
Erkka chiqdi bu so'z-"Sevaman!"
Men junatdim uni sen tomon,
Simyogochlar karvoni bilan.

Simyogochlar karvoni ketdi,
Tun bag'rini sekin oralab...
U so'z tongda shahringga yetdi,
Eshigingni bordi qoralab.

Shitirladi hovling to'la kuz,
Shitirladi xazonlar - jonli.
Ostonada kichkina bir so'z-
Sen seskanib yig'lading, jonim.

Ro'parangda u bosh egdi jim,
Horib keldi- uzoq edi yo'l...
Sen yoshingni arta bilmading.
"Salom" deb ham uzatmading qo'l.

Men kutaman... Kuz bo'lar abas,
Qor, izg'irin bilan bu'zlashib-
Ko'chalarda tentirayman mast,
Xotiralar bilan su'zlashib.

Yo'q, sen meni juda sevasan!!
Faqat yomon qishning to'foni-
Balki simlar uzilib qolgan,
Balki adahsgandir karvoni....
Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:23:17

Sen qaydasan yuragim...

Zulfiya


Qalb bo’lganda yiroqda

Iroda ekan ojiz.

Do’stlar ham ko’p atrofda,

Ammo men yakka-yolg’iz...

Birdan qalbim keksarib,

Qon ham qochdi yuzimdan.

Sen, sirdoshni axtarib,

Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding, yuragim,

Bitdi bardosh va toqat.

Suhbatingdir tilagim,

Tilda hasratim qat-qat.

Ko’pdir aytajak so’zim,

O’gitlaringga zormen,

Yig’laysan deb do’stlarim

Ta’na qilar. Netay men?

Sovush bermaydi menga

Yoqib ketganing olov.

Netay, yetmayman senga,

O’rtaga tashlangan g’ov.

Ishqqa maskan yuragim,

Topib ber deb qistaydi.

Nima qilay, berahm-

Ruhim seni istaydi

http://zulfiya.edunet.uz/lirika.html

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:23:39

Ne baloga etding mubtalo


Zulfiya

O’tdi oylar g’am bilan oqib,

Dil topmadi zarra tasallo.

Firoqingda qoldim tutoqib,

Ne baloga etding mubtalo!

Ko’z ochgani qo’ymaydi alam,

Boshim qo’ysam kuydirar bolish.

Yupatolmas kitob va qalam,

Misralarim ko’tarar nolish.

Nahot shuncha mas’um, shuncha pok

Sevishmoqda alam bor shuncha?

Bardosh bermas iroda, idrok,

Tamoman lol aql, tushuncha.

Tog’day bor deb bilgan yuragim

Qush boshicha qolmadi chog’i?

G’amni yengarman deganim sarim

Yana ortar alami, dog’i.

Erib ketmagandim sevgingdan,

Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,

Birga qolish uchun sen bilan

Kuyaman-u, bo’lmayman ado.

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:24:11

Bir gul eding- shamol bo'lib
Chamaningni ku'rib ketdim.
Shamolligim darding bilan
Ado bo'ldi-qurib ketdim...

Bir gul eding-bahoringda
Borligimni sezganing yo'q-
Do'zax sari o'zim yig'lab
Karaxtlikda yurib ketdim.

Do'zaxning o'tida kuydim,
Do'zaxning o'tida kuldim-
Jamoling shu'lasi tushgach,
"Yo, Olloh!" deb turib ketdim!

Sening hijrongda gar u'lsam-
Tiriklikda ne armondir-
Seni hayron etib yu'lni
Ayriliqqa burib ketdim...

G'ururim izmida, yorim,
Bu dunyodan borodurman-
Keta-ketguncha ko'ksimga
Urib ketdim, urib ketdim...

Visoling yo'q erur Yerda,
Samoga yetmadim,garchi
Go'zal tushlar quchog'ida
Go'zal u'ylar surib ketdim ...


Kelar avlod, qayg'u tortsang,
Meni qarg'a! Meni qarg'a!-
Bu dunyoni uzim yoshga
Qorib, gamdin qurib ketdim

Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:25:08

Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok,
Bu - bog'da adashgan parishon shamol.
Bormisan olamda, yuribsanmi sog',
Shamolday yo'llarni yo'qotgan ayol.

Sensiz - bahorlarim kuz bo'ldi manim,
Men sensiz sarg'aydim,
Men sensiz kuydim,
Bir tirik gulxanga aylandi tanim,
Shu olov ichida bir seni suydim.

Sen - bog'lar qo'ynida qiynalgan shamol,
Senga yo'l bermaydi shoxlar chalkashib...
Yam-yashil bog'larda adashgan ayol,
Men olov ichida qoldim adashib...

Usmon Azim

Qayd etilgan


Mas'ud  21 Avgust 2006, 15:17:11

OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Avgust 2006, 12:24:34

OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...
OFFTOP!
Muhtaram forum ahli! Kimda Hamid Olimjonning "Vodiylarni yayov kezganda..." deb nomlanuvchi she'rning to'liq matni bor?...Iltimos, kimda bo'lsa post qilinglar iltimos...Sizlardan Olloh rozi bo'lsin...

hurmat ila...

Menga esa Hamid Olimjonning "Eng gullagan yoshlik chog'imda.." degan she'ri kerak edi...

Qayd etilgan


Ashiq Garib  18 May 2007, 17:20:48

Bu ko'nguldir, bu ko'ngil
Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.

Mavlono Lutfiy

Qayd etilgan