O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 47119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:24:55

Assalomu alaykum forum ahli.Siz bu mavzu orqali O'zbek sheriyatidan ,Buyuk shoir va shoiralar ijodidan namumalar,shu bilan birga roman yoki hikoyalardan bahramand bo'lishingiz mumkin.Agar o'zingiz sevgan sher yoki hikoyalar bo'lsa biz bilan baham ko'rsangiz g'oyat mamnun bo'lar edik.

Sheriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodidan...

Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:26:29

O'rik shohlariga qo'ngan qormikan,
Qo'llaring xinomi yo gulgun chechak,
Xanuz masrurmisan baxtiyormisan
Marghilon bogida qolgan kelinchak.

Kimni aziz tutib ketding azizam,
Kimning haroridan gullading o'sding,
Bir laxza ko'zingni kurayin desam
Kipriklaring bilan ko'zingni to'sding.

Boshingda daryodek mavjlangan ro'mol,
Shamol qulogidan tortar barglarni,
Xanuz uchirolmay dilgirdir shamol
Ro'molingga qo'ngan kapalaklarni.

Olam bir alamdir sim-siyoh cheti,
Alam bir olamdir endi sevarim,
O'rik gullaridek to'kilib ketti
Kaftimdagi bir juft setoralarim.

Orik shohlariga qo'ngan qormikan,
Qo'llaring xinomi yo gulgun chechak,
Meni eslaysanmi omon bormisan
Mening tushlarimda qolgan kelinchak.
 
 Iqbol Mirzo
 

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:27:07

Sarvim, arazlabsiz, hijob tutibsiz,
Bizni qora ko'rib, simob yutibsiz,
O'lib bo'larmidi bizsiz, bilmabsiz,
Ahvolimiz o'xshash, hech o'ylamabsiz.

Mijgonda quyoshni bandi saqlabsiz,
Sho'rlikni kimga asrandi saqlabsiz,
To'zonni sovutib g'avg'oga boshlabsiz,
Sarvim, xatomasmi, bizni tashlabsiz.

Gardun iqbol sari yurmasa yurmabdi,
Mayxona changini qormasa qormabdi,
Shungayam shunchami, xo'rlasa xo'rlabdi,
Baribir ko'nmaymiz, zo'rlasa zo'rlabdi.

Oqshom kulbasida biz-da mehmonmiz,
Avjlansak, yalang'och mohitobonmiz,
Xijolatlar bo'lmang, gul-gulistonmiz,
Biz shunday ayonmiz, shunday tamommiz.

Oh, orzu orzumi beomonlikda,
Oh, darmon darmonmi bedarmonlikda.
Sizdan so'rovimiz, ilinjimiz shu:
Sarvim, bizga qayting - sargardonlikka
Abduvali Qutbiddin


Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:27:39

Xazon lashkari kelgan-
Yaproqlar to'kiladi.
Eng so'nggi o'qi bilan
Sadoqlar to'kiladi.

Muhabbat borasida
Biz hanuz norasida.
Bulutlar orasidan
Saboqlar to'kiladi.


Loylar qordim yoshimdan
Somon qildim sochimdan
Uyga kirsam, boshimdan
Tuproqlar to'kiladi.

Senga tegmadi nafim,
Ichimda qoldi gapim.
Tegib-tegmasdan labim
Qadahlar to'kiladi.

Eslamaysan kelmasam,
Jilmayasan yig'lasam,
Sochlaringni silasam
Nigohlar to'kiladi.

Xazon lashkari kelgan-
Yaproqlar to'kiladi.
Yonoqlaru barmoqlar,
Dudoqlar to'kiladi..

Ey gul, qaytgin izingga
Rahming kelsin o'zingga.
Yuzingni qo'y yuzimga-
Gunohlar to'kiladi..

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/iqbolmirzo.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:28:11

Kani ayt maksading nimadur sening
Nega tilkalaysan bagrimni ohang
Nechun kerak boldi senga koz yoshim
Nechun kerak ,rubob, senga shuncha gam!
Eshlib ,tolgonib ingranadi kuy
Kaylardan kelmokda bu ohu faryod
Kim u yiglayotgan,Navoiymikan
Yo may kuychusi Hayomimikan, dod!

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:28:35

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/myusuf.htm#kap45

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:29:04

Yolg'iz sen uxlaysan,yolg'izim,bolam,
Maysalar shivirlar,hayqiradi tog'.
Shovullar daryolar,dalalar uyg'oq
Qasamga botirar tubi yo'q olam.


Umidning ko'zi ko'r, achchiqdir firoq,
Axir men alamman - chinqirar alam.
Bu g'olib turkuda bo'lmish edi jam,
Ona yurtim,elim,toptalgan tuproq.


Uyg'on,uyg'on,bolam,uyg'ongil, ey dil,
Uyg'ondan iborat uyg'otlik dunyo.
Inon,seni o'ylab ketmakdaman,bil.


Sengadir jon bolam,mushkilot, g'avg'o,
Uyg'on,uyg'on, deya ingraydi navo -
Senga bu Vatandir, senga turkiy til.


PS.Bu sher o'zbek adabiyotida o'chmas iz qoldirgan,xalq sevgan,ajoyib sherlari bilan o'zbekning dardini kuylagan,ajoyib inson,O'zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi ijodidan.Shoirning oxirati obod va joylari jannatda bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:29:59

O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Alisher Navoiy



Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:30:22

Uxlamaydi tunlari,
Oy nurlari taralgan.
O'zbekning ayollari
Farzand uchun yaralgan.

Yildan uzun kunlari,
Kim ko'nglini so'rolgan.
O'zbekning ayollari
Mehnat uchun yaralgan.

Qirq yil qirg'n bo'lsa ham,
O'z ahdida turolgan.
O'zbekbning ayollari
Toqat uchun yaralgan.

Yot oldidan sal nari
Qachon kokil o'rolgan.
O'zbekning ayollari,
Iffat uchun yaralgan.

O'zbekning ayollari,
Suvdan halol,
Guldan pok,
Qo'llari oltinlari,
Qay tomonga bursa yuz,
Yo'llari oltinlari-
Izzat uchun yaralgan!

Muhammad Yusuf
 
 
 

Qayd etilgan


Kumushbibi  16 Iyun 2006, 22:30:49

Shamolning bag'rida bog'man-devorim yo'qqa o'xshaydir,
Dovullar silkitib ko'rdi- g'uborim yo'qqa o'xshaydir.

Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelg'on,
O'zimman bir biyobonda-qatorim yo'qqa o'xshaydir.

Yashil bargim qanot yozsa, xazon fasli kelib yetgay,
To'kil ey barg! To'kil ey barg!-bahorim yo'qqa o'xshaydir.


Kunim yomg'ir kutib o'tkay, tunim bir qatra shabnamni,
Yoniq qumzordin yaqinroq-xumorim yo'qqa o'xshaydir.

Qaydadir sohiling, daryo?Seningsiz bu biyobonda
Xazon bo'lg'ay tanim, ammo madorim yo'qqa o'xshaydir.

Xiyonat bog'iga uchdi u qo'rqoq bulbuli rasvo,
Bu sahro rastasi ichra bozorim yo'qqa o'xshaydir.

Nigorim kel, nazar tashla,mening qutlug' xazonimg'a,
Olov bo'lmoqdin o'zga hech shiorim yo'qqa o'xshaydir.

Usmon Azim

Qayd etilgan