O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 47229 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:57:39

Ushbu she'r yosh o`zbek shoirlaridan Behzod Fazliddinga tegishli:

MENSIZLIK

Yulduzlari ichikib qoldi,
Mahzun endi Oysiz osmonim.
Sensizlikka ko‘nikib bo‘ldim,
Qanday ekan mensizlik, jonim!

Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.

Endi nurga begona yuzing,
Quyoshingning ranglari qani?
Sig‘mayapsan o‘zingga o‘zing,
Hayotingning tonglari qani?

Yuragingning yarmi yo‘q endi,
Mening bilan butun ekansan.
Kech tushunding. Dimog‘ing sindi,
Yongan g‘amga o‘tin ekansan.

Kechalaring o‘zingdan g‘arib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termilib turib,
Yig‘layapsan birinchi marta.

Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o‘rnim boshqa — bo‘lakman.
Yig‘lab qolgan tunlarning hag‘g‘i,
Men, bari bir, senga kerakman!

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:58:02

Muhammad Yusuf

Alloh go`zal

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutlaq kamol, mutlaq jamol,
Allog go`zal, Alloh go`zal...

Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Diydori bir shirin umud,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go`zal, Allog go`zal.

Narxi zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oramijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Tuproqqa jon etmish ato,
Momo havo, Odam Ato.
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go`zal, Allog go`zal.

Shoir tilak-ta`bim o`shal.
Ruhim o`shal, Rabbim o`shal.
Alloh akbar, ey Bilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:58:35

Erkin Vohidov:

OY O'RTANAR, KO'ZLARIDA YOSH,
KO'KSI DOG'U YURAGI QIYMA.
DER:" EY FALAK, MEN EDIM QUYOSH,
NEGA MENI QILDING TARJIMA?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:59:26

SHOIRU SHE'RU SHUUR

To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so`z yondosh bo`lur:

Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she'ru shuur.

Yana Erkin Vohidovdan

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:59:41

KAMTARLIK HAQIDA

Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 11:59:57

QARO QOSHING

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

ERKIN VOHIDOV

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:00:36

BIZ BAXTLI BO`LAMIZ

Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦

Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..

Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.

Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!

Muhammad Yusufdan

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:01:26

Abdukarim jumaboyev:

SAN'ATIM

Ko`zimga qatra yosh ilingan chog`lar,
Ko`ksim tikanlarga tilingan chog`lar,
Ayriliq azobi bilingan chog`lar,
Suyanchim sen bo`lding, aziz san'atim.

Dunyo g`amlaridan sabrim bitsa ham,
Qalbimni quzg`unlar zog`lar titsa ham,
Ishongan do`stlarim tashlab ketsa ham,
Ishonchim sen bo`lding, aziz san'atim.

Telba dunyo mani ming kuyga solsa,
G`arazli nigohlar yoqamdan tutsa,
Bechora bu ko`nglim yolg`izlab qolsa,
Tayanchim sen bo`lding, aziz san'atim.

Boshimga yog`dirib turfa balolar,
Ko`nglim siyoh qilsa ko`ngli qarolar,
Mehribon onamdek qilib duolar,
Yupanchim sen bo`lding, aziz san'atim.

San'atim qadringni ayt kimlar bilur,
Ko`ngli ishq dardidan yarimlar bilur,
Seni jondan sevgan Karimlar bilur,
Quvonchim sen bo`lding, aziz san'atim.

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:01:56

YURAK

Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.

Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!

Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!

Usmon Nosir

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:02:30

GO'ZAL

Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir"¦ mendan-da go'zal!.."

Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

Cho'lpon

Qayd etilgan