O'zbek sheriyati va xazinalari  ( 47222 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:03:03

SENSIZ

Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib.

Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
Birov azasida yig’layman qon-qon,
To’yida yayrayman o’xshab ohuga.

Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg’ular zoriga solganda quloq.
O’zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so’roq:

Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog’i tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq,

Seni majnun etib bir yer go’zali,
Nega meni tashlab ketavermading?
Tirik ayrilishning dog’I og’irmish,
Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab!

Bu-mudhish egovga berardim turish,
Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab.
Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.

Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
Bugungi qadaming kechadan yirik.
Nega, nega meni tashlab ketmading?
Bilaman, rashk meni etardi halok,

Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.

Ma’yus taqdiringga yashab men sherik,
Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?!

Zulfiya

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:03:29

MIRRIX YULDUZIGA

Go'zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuvg'oni,
Nega bizdan qochib muncha uzoqlaiga tushibsan?
Tuvg'oningga nechun sira gapurmasdan turibsan,
So'yla, yulduz, holing nadir, nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda bo'lib turgan tubanliklar, xo'rliklar,
So'yla, yulduz, sening dag'i quchog'ingda bo'lurmi?

Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar,
O'rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,
Qardosh etin qo'ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o'ksuz yo'qsulning qonin
Gurunglashib, chog'ir* kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin*
O'z qopchig'in to'ldirgani buzganlar?
Bormi senda bir o'lkani yondirib,
O'z qozonin qaynatg'uvchi xoqonlar?
Bormi senda qorin-qursoq yo'lida
Elin, yurtin, borin-yo'giin sotqonlar?

Abdurauf Fitrat

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:03:42

G’amzasin sevding, ko‘ngil, joning kerakmazmi sanga?
Teg‘a urding, jismi uryoning kerakmazmi sanga?

Otashin ohimla aylarsan banga taklifi bog‘,
Bog‘bon, gulbargi xandoning kerakmazmi sanga?

Yela verma dog‘idub, hardam oyoqlardan ketur,
Ey pari, zulfi parishoning kerakmazmi sanga?

Ey kamonabro‘, raqiba verma g‘amzangdan nasib,
O‘q odarsan dosha, paykoning kerakmazmi sanga?

Yondurub jonim, jahonso‘z etma barqi ohimi,
Osmon, xurshidi toboning kerakmazmi sanga?

Kufri zulfindan bani man’ aylamak loyiqmidir,
So‘fi, insof ayla, iymoning kerakmazmi sanga?

Tutalimkim, ashk selobina yo‘g‘dir e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmi sanga?

Fuzuliy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:04:13

Mening yuragimga ketaylik

Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo,
Orziqib kutadi bugun yuragim.
Mening yuragimga kelgil, marhabo,
Mening yuragimga kelgil, malagim.

Muhabbat baxtini topadi unda,
Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar,
Aziz boshing uzra yaltirab kunda
Oltinga aylanar kuychi yaproqlar.

Mehribon yellarning qanotlarida,
Qani, yur, boraylik lola tergali.
G'aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, ko'rmagansan umringda hali.

Qaragil, naqadar tiniqdir osmon,
Uning huzuriga yurgil, boraylik.
U yerga qaro tun yo'lamas aslo,
Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib.

Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi,
Mening yuragimga ketaylik birga.
Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib,
Achchiq tajribalar ortib taqdirga...

Rauf Parfi: http://www.htwm.de/~truziboy/adabiyot/raufparfi.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:18:49

Bilaman bu kuzdan bo'lmaydi u'tib-
Uning qayg'ulari- tentaklik qadar,
Uning hasratlari-yuksaklik qadar.
Qalbingga men qanday boraman yetib,
Axir, o'rtamizda bir fasl kadar.

Kim yozda qoldiyu, kim qishda qoldi-
Gapirma. U'zgarmas qismat tartibi,
Haq shukum, u'rtada tu'qson kun yondi,
Xazonda u'rtandi uch oy tarkibi.

Nafasim qaytmoqda- ufqlarni och,
Parishon dunyoni kuzak etsin tark.
Qimtingan lablarga boqib beiloj,
Yong'in va muz aro bu'lmasimdan g'arq.

Umrimiz o'tmoqda sahnada kabi,
Azoblar- eng qiziq tomoshaga teng.
Sendirsan bu kuzni yaratgan nabi,
Kuzga abadiylik muhrin bosgan men.

Bilaman, bu kuzdan bo'lmaydi o'tib-
Uning hasratlari yuksaklik qadar,
Uning qayg'ulari-tentaklilk qadar,
Bizni yubordiku yuksaklik yutib..
Vo ajab, yuksaklik naqadar xatar!

Yur, ketdik. Xazonrez dilni horitdi,
Bizni sig'dirmadi bu yuksak tanglik.
Yuragim pastlikka yetmasdan qotdi..
Evoh, bu-pastlikmas.
Evoh, teranlik..

Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:19:16

Biz uchrashmadik"¦

Tong chog'i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak - baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi,
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

O'lik zil tuproqni otdi ko'tarib,
G'ofil tiriklarni topdi axtarib,
Yo'qlik va borlikni oralab, g'arib -
Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Sarxush ari bilan uchrashdi gullar,
Erka shodlik bilan uchrashdi munglar,
Nigohlar, bag'irlar, lablaru qo'llar,
Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Yoningda turibman dalli devona,
Yorim-a, ketdimi ishq yona-yona?
Men seni quchaman"¦ Sovuq, begona -
Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. 
 
 
Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:19:47

Siz qarg'aysiz taqdiringizni,
Va aytasiz unga tashakkur:
-Biz yo'q qildik bir-birimizni...
Biz yo'q qildik.... Hudoga shukur!...

Siz yurakni qilmaysiz tejam,
Olgin!- borni tortiq qilasiz.
Su'ngra xafa bo'lasiz mendan-
"Qaytmayman", deb yig'lab ketasiz.

Izlab yana kelasiz bir kech,
Jilmayasiz:-Baxtlimanmi boq!...
Kulgingizga yarashmaygay hech,
Xitobingiz o'rtagan titroq.

Hijrondan so'ng savollar teran,
Hijrondan so'ng javob- daf'atan..
Men hammadan pinhon saqlagan
She'rlarimni Sizga aytaman...

Ayblamaymiz bir-birimizni,
Tilda so'zlar tug'iladi-hur.
...Qarg'amaysiz taqdiringizni
Va aytmaysiz unga tashakkur....
Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:20:13

Saratonda gullar o'ladi,
Sarg'yadi egasiz tuzlar.
Hali qayg'urmasang bo'ladi-
Hali kuzlar keladi, kuzlar.

Anglanmagan dardlarday to'zib,
Kunlar asta qiladi parvoz.
Xotirangdan chiqaru suzib,
Qaytmas bu'lib ketar bizning yoz.

Daraxtlarda junun suzadi,
Boshlanadi qovjirash, yonish...
Hali yig'lamasang bo'ladi-
Bu-kuz. Hali qish keladi, qish.

Hali qorlar o'par labingni,
Izg'irinlar belingdan quchar,
Muzlatadi ayoz taningni-
Xotirangdan kuzak ham u'char.

Shunda bir barg qiladi isyon,
Boqqa qaytar unut bo'lgan burch,
Biz bahorga chiqqani peshvoz,
Topolmaymiz o'zimizda kuch..

Sen yig'laysan. Nolangdan cho'chib,
Uchay deru qo'zg'ololmas vaqt.
Olislarda boradi u'chib,
Bahoridan mangu ayri baxt.
Usmon Azim

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:20:31

Xayrlashmoq kerak sen bilan,
Ko'ngillarni uzmoqlik kerak,
Kechmoq kerak g'arib umiddan,
Dunyomizni buzmoqlik kerak..

Boshqalarga bermoqlik kerak
Kuzgi oqshom charchoqlarini,
Endi mayus termoqlik kerak
Sevgimizning aldoqlarini..

Bizga do'zax va'dalar etib,
Tepamizdan jim boqar xudo,
Seni saqlay, sevgidan ketib,
Ishqda qolib sen bo'lma ado.

Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labingdagi charchoq kalomlar:
-Men do'zaxdan qurqmayman jonim,
Do'zaxdaman allaqachonlar...

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:21:00

Qizgaldoq bargidek uchar dildan gam,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim,
Bahoring muborak bolsin ushbu dam,
Mening Uzbekiston - dilbar Vatanim!
Faqat sen qalbimga choktirmay malol,
Charchagan ruhimga ilhom solursan,
Umr ham, hayot ham otar ehtimol,
Faqat sen dunyoda mangu qolursan!
Abdulla Oripov

Qayd etilgan