Nechta tilda gaplasha olasiz?  ( 43053 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Mas'ud  04 Noyabr 2009, 21:58:56

Ona tilimizni xisobga olmasak, o'rischadan yaxshigina xabarim bor...

Inglizlarning yurtida yurganim uchun bu tilsiz ham yurish amri mahol... Allohga shukr, vaqtida o'rganib qo'ygan ekanman, yaxshigina asqotayapti...

Nemislar yurtida ham o'qish/yashash nasib qilgani uchun bu tilni o'rganishga ham majbur bo'lganman...

Turkcha esa sevimli tillarimdan biri... Ayniqsa, hozirgi kunlarda tushlarimni ham turkcha ko'rayapman...

Maktab paytida arab tilini ham o'rganganmiz, lekin anchadan beri bu tilim ustida ishlamagnim uchun, gapirishga qiynalaman, lekin 40-50 foiz tushunaman, lug'at boyligim ham anchagina...:-)...

Tojikchaga kelsak, judayam shirin til... Allohga shukr, bu tilni ham yaxshigina tushunib, o'z fikrimni bayon eta olaman...

Qayd etilgan


Shamol  08 Noyabr 2009, 10:00:51

1) O'zbek tili; (ona tilim)
2) Rus tili; (80-90 %)
3) Ingliz tili; (70 %)
4) Nemis tili; (20-30 %)
5) Turk tili; (50-70 %)
6) Qozoq tili. (50-70 %)

Kelajakda franzus va ispan tillarini chala bo'lsa ham o'rganish niyatim bor. :)

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 21:10:42

Men o'zbek, rus, ingliz tillarini bilaman. Ohirgisini yuz foiz bo'lmasa ham ancha bemalol gaplashaman

Qayd etilgan


Sakiina  23 Avgust 2010, 12:33:42

koreys,ingliz(80%),hindcha.(a uzbek,rus,tojik bu oz ona tilim)

Qayd etilgan


JaviK  23 Avgust 2010, 12:38:01

Biza shu anjan shevasini bilamiz holos. :D :D :D :D

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Avgust 2010, 13:05:50

Bittasi sherigiga maqtanyotganmish:
-Men ingliz, ispan, portugal, nemis tillarini mukammal bilaman. Bildingmi, 4ta tilda gaplasha olaman.
-Unda inglizchada biror narsa aytchi.
-Bonju!
-Iye, axir bu fransuzchaku?!
-Aaaa, unda 5 ta tilni bilarkanman.  ;D

Qayd etilgan


The_Alchemist  25 Avgust 2010, 12:36:17

Bittasi sherigiga maqtanyotganmish:
-Men ingliz, ispan, portugal, nemis tillarini mukammal bilaman. Bildingmi, 4ta tilda gaplasha olaman.
-Unda inglizchada biror narsa aytchi.
-Bonju!
-Iye, axir bu fransuzchaku?!
-Aaaa, unda 5 ta tilni bilarkanman.  ;D

Unaqada man ham 10 tacha tilni bilar ekanman :):):)

The Alchemist

Qayd etilgan


AbdulAzim  25 Avgust 2010, 18:39:47

 :as:
O'zbek tiliga yaqin uyg'ur, tatar, qozoq, qirg'iz tillari hamma o'zbeklar uchun oson bo'lsa kerak. Ba'zi juz'iy farqlarni hisobga olmaganda.
O'zim arab, rus, ingliz, fors tillarini tushunaman va ma'lum darajada gaplasha olaman.

Qayd etilgan


BelleQizcha  25 Avgust 2010, 18:43:13

uzivizani tili
ruschani umuman bilmiman.. moy mirrda rossa qiynalaman..
Inglis tilini
Fransus va Fors tillarni to'liq bilaman

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  25 Avgust 2010, 19:50:43

Bismillohir rohmanir rohiym!

Bolalar tilini mukammal bilaman.

Qayd etilgan