Nechta tilda gaplasha olasiz?  ( 58992 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Varzikiy  11 Aprel 2009, 15:35:40

Assalomu Aleykum wr wb men:
O`zbek;
English;
Tojikcha;
Russcha; da so`zlasha olaman Turkchani o`rganmoqchi edim sizlarda qo`llanmalar bormi???

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2009, 13:26:05

O'zbek tili-ona tilim. Rus tili ham ancha yillar ona tilimizday qo'llanganimiz uchun yaxshi o'rgatildi bizga:) Lekin nima bo'lsa ham bu tilda "rizqimni terib yedim" :)
Turk tili sohasida aspiranturamni o'tgan oy tugatdim. Maktabda Nemis tili o'rganganman. Bilasizlar balki, "Til juda vafosiz, azgina beparvo bo'ldingizmi darrov sizni tashlab ketadi," degan gap bor:) Toshkentda Universitetda Fors tili o'qiganmiz, ishim tushganda foydalana olaman, asosan yozma adabiyotdan. İngliz tiliga kelsak, dardimni tushintira olaman. Bir marta İstambulda yo'qolib qolganimda Amerikalik bir turistdan yo'l so'raganman, taqdirni qarang:) Arapchaga qiziqishim juda qattiq, nasib bo'lsa albatta o'rganaman. Eski O'zbek yozuvi yoki Usmolicha o'qiy olaman. Turkiyada Til sohasida o'qiganim uchun O'rhun obidalari, Qutadg'u Bilig va shunga o'hshash matnlarni o'qishni ham o'rgandik vaqtida, lekin imtixonlardan o'tish qiyin bo'ldi. Turklar, bir lisan, bir insan, deydilar. Bir kun foydasini ko'rasiz albatta, Til o'rganmoqchi bo'lgan barchani Alloh zehinlarini ochsin insholloh.

Qayd etilgan


ikbaljohn  23 Avgust 2009, 15:04:57

Bir marta İstambulda yo'qolib qolganimda Amerikalik bir turistdan yo'l so'raganman, taqdirni qarang:)
Amerikalikdanam so'raydimi,vashe jest  :D
Bo'lgan voqea:Istanbuldaman,samalyotdan endi tushdim,Aksaray metro bekatida ishim bor edi,aeroportdan metroga tushdim.Vagonni ichida bekatlarni nomini o'qivoldim.Qizig'i,vagonga chiqqanlar falon bekatga boradimi deb mandan so'rashyapti ;D Mundoq bekatlar nomiga ko'z tashlaymanda,boradi diman ;D Haa,Istanbul qiziq shahar,hamma xalqdan bor,turklarni o'zi yo'q ;D

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2009, 16:52:12

Aylanib aylanib Sulaymoniya jome'sini orga tarafiga borib qolibman, qarasam bir turist kattakon sumkasini kavlab o'tiribdi, atrofda hech kim yo'q edi. majbur undan yo'l so'ragan edim:)

Qayd etilgan


Muslima.bgm  24 Avgust 2009, 14:16:13

Assalomu aleykum.
Men rus,koreys tillarida gaplasha olaman

Qayd etilgan


Muslima.bgm  24 Avgust 2009, 14:20:28

Bir iltimosim bor edi.Men forumga yangi a'zo bo'ldim. ismimni yonidagi rasmni qanday joylashtirishni o'rgatib yuborsangiz. oldindan katta raxmat

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 14:22:15

V.assalom. Juda yaxshi. Koreys tilining cho'ziiib gapirilishiga qoyilmanda:)
Sizga ish imkonlari aslida ko'p bo'lsa kerak. Bir Yevropa tillaridan, biri esa Uzoq Sharq tili, biri esa Ona tili:)

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 14:24:12

Hayirli bo'lsin sizga, men ham hech qiziqmagan ekanman rasmga, avatar degan narsalar bor edi, bazi sahifalarda. Qolgan o'rtog'lar yordam berishar insholloh.

Qayd etilgan


Molli  04 Noyabr 2009, 10:14:58

Men
Qirg`iz tilida
Uzbek (ona tilim) tilida
Rus tilida
Turk tilida (boshlangich) gaplasha olaman

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  04 Noyabr 2009, 10:30:29

oooooooo ofarin. shuncha tildi bilasmi  ;)

Qayd etilgan